v a q t i
bilan belgilanadi. Bunday muddat
qonun hujjatlarida yoxud taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.
1.6. Oldi-sotdi shartnomasining mazm uni
O ldi-sotdi shartnomasining mazmunini taraflarning huquq va
burchlari tashkil etadi.
Sotuvchining asosiy burchi va huquqi sotilgan ashyoni shartnomaga
muvofiq oluvchining ixtiyoriga topshirishdan va buning uchun tegishli
haqni olishdan iborat.
Oluvchining asosiy huquqi va burchi sotilgan tovarni qabul qilib
olish va buning uchun belgilangan haqni to'lashdan, agar sotilgan tovar
o'ziga shartnoma shartlariga muvofiq topshirilmagan bo'lsa, uni o'ziga
topshirishni talab qilishdan iborat bo'ladi.
Oldi-sotdi shartnomasini ijro etish yuzasidan qilinadigan harakatlarni,
ya’ni tovarni topshirish va haqini to'lash, agar qonun yoki shartnomada
boshqacha holat belgilanmagan boisa, darhol amalga oshirish lozim.
FKning 419-moddasi, 1-qismiga asosan xaridor tovar haqini sotuvchi
tomonidan tovarni yoki ushbu tovarni tasarruf qilish hujjatlarini
berganidan so'ng kechiktirmasdan to'lashi lozim.
Qonun ayni vaqtda taraflar zimmasiga yana bir qator qo'shimcha
majburiyatlar ham yuklaydi.
Umladan, sotuvchi sotilgan mol-mulkni (tovarni) to u topshirishigacha
saqlashi shart. Bu qoida FK 391-moddasida mustahkamlangan. Mulk huquqi
yoki boshqa ashyoviy huquq mol-mulkni topshirishdan oldin sotib oluvchiga
o'tgan hollarda sotuvchi mol-mulkning yomonlashuviga yo'l qo'ymay,
uni topshirgunga qadar saqlashi shart Bunda qilingan chiqimlar xaridor
zimmasiga yuklatiladi.
Sotuvchi zimmasiga yana bir majburiyat FKning 393-moddasida
belgilab qo'yilgan. Sotuvchi tovarni sotib oluvchiga uchinchi shaxslarning
har qanday huquqlaridan ozod holda topshirishi shart, sotib oluvchi
shaxslarning huquqlari boigan tovarni (ijaraga berilgan, garovga qo'yilgan,
tekin foydalanishga berilgan tovarni) qabul qilishga rozilik bergan hollar
bundan mustasno. Sotuvchi ushbu majburiyatni bajarmagan hollarda
xaridor tovar bahosini kamaytirishni yoki shartnomani bekor qilib,
ko'rilgan zararlar qoplanishini talab qilishga haqli (sotib oluvchi bu tovarga
uchinchi shaxslarning huquqlari borligini bilgan yoki bilishi lozim boigani
isbotlanadigan hollar bundan mustasno).
Yuqoridagi qoidalar tovarni sotib oluvchiga topshirish paytida unga
uchinchi shaxslarning da’volari borligi sotuvchiga m a’lum hollarda
(masalan, uchinchi shaxs sotilayotgan tovar o'zining mulki ekanligi haqida
sotuvchiga aytgan va uning o'ziga qaytarilishjpi talab etib, da’vo qilayotgan
hollarda) ham, agar bu da’volar keyinchalik belgilangan tartibda qonuniy
deb tan olingan boisa, tegishli ravishda qo'llanadi.
Agar uchinchi shaxs oldi-sotdi shartnomasi bajarilgunga qadar vujudga
kelgan asos bo'yicha tovarni olib qo'yish to'g'risida sotib oluvchiga da’vo
qilsa (eviksiya), sotib oluvchi sotuvchini ishda qatnashishga jalb qilishga
haqli, sotuvchi ham bu ishda sotib oluvchi tarafida qatnashishi shart.
Masalan, A. ismli shaxs B. ismli shaxsga sigir sotadi. Oradan ko'p o'tmay,
D. ismli shaxs ushbu sigir uning mulki ekanligi va undan o'g'irlab
ketishganini bildirib, sigirni o'ziga qaytarish haqida sudga vindikatsion
da’vo bilan murojaat qiladi. Bunday holda D. B.ga nisbatan da’vo qiladi.
Ayni vaqtda B, ushbu ishga A.ni jalb etishi lozim.
Agarda sotuvchi ishda qatnashganida sotilgan tovar sotib oluvchidan
olib qo'yishning oldini olgan boiishi mumkinligini isbotlab bersa, sotib
oluvchi sotuvchini ishda qatnashishga jalb qilmasligi sotuvchini sotib oluvchi
oldida javobgarlikdan oz Sotib oluvchi tomonidan ishda qatnashishga jalb qilingan, biroq unda
qatnashmagan sotuvchi (agarda, masalan, tovar uchinchi shaxs tomonidan
da’vo q o‘zg‘atish asosida sotib oluvchidan olib qo'yilgan boisa) sotib
oluvchining ishni noto‘g‘ri yuritganligini isbotlash huquqidan mahrum
boiadi.
FKning 395-moddasida sotib oluvchidan tovar olib qo'yilganda
sotuvchining javobgarligi belgilab qo'yilgan. Agar yuqoridagi misolga
murojaat qilsak D.ning B.ga nisbatan da’vosi qanoatlantirilgan, ya’ni
sigir undan olinib, D.ga berilgan taqdirda A. B.ning barcha zararlarini
qoplashi lozim. (B. sigirning o‘g ‘irlangan ekanligini va A. uni sotishga
haqli emasligini bilgan hollar bundan mustasno).
Olingan tovar uchinchi shaxslar tomonidan sotib oluvchidan talab
qilib olinadigan hollarda taraflarning sotuvchini javobgarlikdan ozod qilish
yoki uning javobgarligini cheklash to'g'risidagi kelishuvi haqiqiy emas.
Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha sotuvchi tovarni xaridorga mulk
sifatida topshirishi shartnoma real ijrosining belgisi ekanligi sababli sotib
oluvchi qachondan boshlab sotilgan tovarga nisbatan mulkdor boiib
hisoblanishi muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu masalani to‘g ‘ri hal
etish qator huquqiy oqibatlar bilan bogiiq, jumladan, tovarning tasodifan
shikastlanishi yoki nobud boiish xavf-xatari kimning zimmasiga tushadi,
sotilayotgan tovarga nisbatan u yoki bu taraf kreditorlarining haq undirish
haqidagi talablariga qaratish mumkin yoki mumkin emasligi, xaridorga
ushbu mol-mulkka nisbatan egallash, foydalanish, tasarruf qilish bo'yicha
vakolatlarning real amalga oshirish imkoniyatlari vujudga kelishi mana
shunday holatlardan hisoblanadi.
Masalan, V. ismli shaxs D. ismli shaxsdan yengil mashina sotib oldi.
Shartnoma tuzilib, notarial guvohlantirildi va DANda ro'yxatdan o'tkazildi.
Shartnoma bo'yicha V. shartnoma ro'yxatidan o'tkazilgan kunning ertasiga
D.ga pulni toiab, mashinani olib ketishi kerak edi. Biroq o'sha kuni
tunda garajga yashin tushib, mashina yonib ketdi. Savol tug'iladi: V. D.ga
pulni toiashi kerakmi yoki yo'qmi? Bu masalaning yechimi mashina
yongan vaqtda kimning mulki ekanligi bilan bogiiq.
FKning 185-moddasiga muvofiq, shartnoma asosida mol-mulk
oluvchida mulk huquqi agar qonunda yoki shartnomada boshqacha
belgilanmagan boisa, ashyo topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Agar bunday shartnoma davlat ro'yxatidan o'tkazilishi yoxud notarial
tasdiqlanishi kerak boisa, tegishli harakat sodir etilgandan boshlab,
agar shartnomani ham notarial tasdiqlash, ham davlat ro‘yxatidan
o'tkazish zarur bo‘lganida esa, ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan boshlab
vujudga keladi.
FKning 390-moddasida sotuvchining tovami topshirish majburiyatini
bajarish payti belgilab qo'yilgan. Bunga asosan, basharti oldi-sotdi
shartnomasida boshqacha hoi nazarda tutilgan bo'lmasa, sotuvchining
sotib oluvchiga tovarni topshirish vazifasi quyidagi paytlarda bajarilgan
hisoblanadi:
agar shartnomada tovami yetkazib berish majburiyati nazarda
tutilgan bo'lsa, tovami sotib oluvchiga yoki u ko'rsatgan shaxsga topshirish
paytida;
agar tovar sotib oluvchiga tovar turgan yerda berilishi lozim bo'lsa,
tovarni sotib oluvchi ixtiyoriga topshirish paytida; shartnomada nazarda
tutilgan muddatda tovar tegishli yerda sotib oluvchiga topshirish uchun
tayyor bo'lgan va sotib oluvchi shartnoma shartlariga muvofiq tovar
topshirishga tayyor ekanligidan xabardor qilingan vaqtda tovar sotib
oluvchi ixtiyoriga topshirilgan deb hisoblanadi. Agar tovarning shartnoma
maqsadlariga mosligi tamg'alash yoki boshqa yo'l bilan tasdiqlangan
bo'lmasa, tovar topshirish uchun tayyor deb hisoblanmaydi.
Oldi-sotdi shartnomasidan sotuvchining tovarni sotib oluvchiga
yetkazib berish yoki tovarni turgan yerida sotib oluvchiga topshirish
majburiyati kelib chiqmaydigan hollarda, agarda shartnomada boshqacha
tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, tovarni sotib oluvchiga yetkazib berish
uchun tashuvchiga (transport tashkilotiga), aloqa tashkilotiga topshirish
paytida sotuvchining tovarni topshirish majburiyati bajarilgan hisoblanadi.
Umumiy qoida bo'yicha sotuvchi sotib oluvchiga ashyoni berish bilan bir
vaqtda unga mansub ashyolarni, shuningdek, qonunda yoki shartnomada
nazarda tutilgan ashyoga aloqador hujjatlar (texnik pasport, sifat
sertifikati, foydalanish uchun yo'riqnoma va h.k.)ni ham topshirishi lozim.
Sotuvchining tovarni xaridorga topshirish majburiyatini bajarish
muddati oldi-sotdi shartnomasida belgilanadi, agar shartnomada bunday
shart mavjud bo'lmasa, FKning 242-moddasi qoidalari qo'llaniladi.
Belgilangan muddat buzilgan taqdirda xaridorda shartnomani
bajarishga qiziqish yo'qolishi shartnomadan aniq bilinib tursa, masalan,
archa bezaklarini xaridorga 29 dekabrgacha topshirish haqidagi shart,
oldi-sotdi shartnomasi uni qat’iy belgilangan muddatda bajarish sharti
bilan tuzilgan hisoblanadi. Sotuvchi bunday shartnomani unda belgilangan
muddatdan oldin yoki bu muddat tugagandan so'ng xaridorning roziligisiz
bajarishga haqli emas.
FKning 392-moddasida ko'rsatilishicha, agarda oldi-sotdi shartnomasida
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, tovarning tasodifan nobud
bo'lish yoki shikastlanish xavf-xatari sotuvchi tovarni sotib oluvchiga
topshirishi bo'yicha o'z majburiyatlarini qonun yoki shartnomaga muvofiq
bajargan deb hisoblangan paytdan boshlab sotib oluvchiga o'tadi. Agarda
taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, yo'lda
bo'lgan paytida sotilgan tovarning tasodifan shikastlanish yoki nobud
bo'lish xavfi shartnoma tuzilgan paytdan boshlab sotib oluvchiga o'tadi.
Oldi-sotdi shartnomasining tovar tasodifan nobud bo'lishi yoki
shikastlanishi xavfi u birinchi tashuvchiga topshirilgan vaqtdan boshlab
sotib oluvchiga o'tishi haqidagi sharti, agar shartnoma tuzilgan vaqtida
sotuvchi tovar yo'qolgani va shikastlanganini bilgan yoki bilishi lozim
bo'lgan bo‘Isa va bu haqda sotib oluvchiga ma’lum qilmagan bo'lsa,
sotib oluvchi talabiga ko'ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi
mumkin.
Agar tovarni topshirish sotuvchi tomonidan kechiktirilsa yoki xaridor
tomonidan tovarni qabul qilib olish kechiktirilgan bo'lsa, tovarning
tasodifan nobud bo'lish yoki shikastlanish xavf-xatari kechiktirgan taraf
zimmasiga yuklanadi.
Xususiy belgili ashyolarning oldi-sotdi shartnomasida FK 331-
moddasida belgilangan qoidalar qo'llaniladi.
Xaridor zimmasidagi asosiy majburiyat tovar haqini qonun yoki
shartnomaga muvofiq muddatda va miqdorda to'lash hisoblanadi. Umumiy
qoida bo'yicha xaridor sotuvchi unga tovarni yoki tovarni tasarruf qilish
hujjatlarini berganidan so'ng uning haqini kechiktirmasdan to'lashi lozim.
Agarda shartnomada haqni bo'lib-bo'lib to'lash nazarda tutilgan bo'lmasa,
haq tovaming to'liq bahosi miqdorida to'lanishi lozim. Agap haq to'lash
xaridor tomonidan kechiktirilsa, sotuvchi kechiktirilgan davr uchun foizlar
talab qilishga hakli. FKning 420-moddasida tovar haqini oldindan to'lash
421-moddada nasiyaga sotilgan tovarlar haqini to'lash, 422-moddada
esa tovar haqini bo'lib-bo'lib to'lash qoidalari va tartibi belgilab qo'yilgan.
Yuqorida sotib oluvchiga sotib olgan tovar unga topshirilishi bilan
mulk huquqi o'tishi aytib o'tilgan edi. Qonunda yoki shartnomada ushbu
umumiy qoidadan istisnolar nazarda tutilishi mumkin. Masalan, tovar
xaridorga topshirilmasdan unga nisbatan mulk huquqi vujudga kelishi
mumkin. Ba’zan esa buning aksi bo'lishi ham mumkin. Masalan, tovar
nasiyaga sotilganda yoxud uning haqi bo'lib-bo'lib to'lanishi hollarida
tovar haqi to'langunga qadar, garchi tovar xaridorga topshirilgan bo'lsa
ham mulk huquqi sotuvchida saqlanib qolishi mumkin. Bunday hollarda
agarda tovaming vazifasidan yoki uning xususiyatlaridan kelib chiqmasa
xaridor mulk huquqi o'ziga o'tguncha tovarni birovga berishga yoki
boshqacha tarzda tasarruf qilishga haqli emas (FK 424-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |