Mavzu:O‘zbek kurash usuli texnikasi va taktikasiga o‘rgatish.
Reja:
Kurashchini turish shakillari.
Sport kurash turlari texnikasi va taktikasiga o‘rgatish.
Ximoya harakatiga qarshi usul ishlatish bilan xujumga o‘tish yoki undan qochish.
Kurashchini turish shakllari: chap, o‘ng, frontal, yuqori, o‘rtacha, past.
Siljib yurishlar: oldiga, orqaga, o‘ngga, chapga, qadam tashlab, sakrab-sakrab.
Ushlashlar: Bir qo‘li bilan belbog‘idan, ikki qo‘li bilan belbog‘idan, bir qo‘li bilan belbog‘idan va yaktagidan, tanasidan.
Muvozanatdan chiqarish: o‘zidan o‘ngga va chapga siltab; oldinga o‘ziga tortib va orqaga o‘zidan itarib; o‘zi atrofida o‘ngga va chapga burilish bilan.
Uloqtirishlar: Kurash usullarida asosan qo‘llar bilan uloqtirishlar raqibni orqaga, oldinga, yon tomonlarga bir zarb bilan ko‘tarib va siljib muvozanat xolatidan chiqarish va so‘ng uloqtirish (yiqitish); belbog‘dan, yaktakdan, belbog‘ va yaktakdan ushlab uloqtirish; qo‘lini, gavdasini ushlab uloqtirish; yaktak va gavdasidan ushlab uloqtirish; turli xilda ushlab uloqtirish.
Belbog‘li kurash qoidasi bo‘yicha kurash texnikasida oid usullar. Quyidagilar eng ko‘p tarqalgan usul xisoblanadi: bosma, ilma, qaytarma, o‘ng va chap yonga tashlash, ko‘tarib yon tomonga tashlash, yonbosh.
Kurash turlaridagi asosiy taktik harakatlar: xujum va himoya harakatlari, qarshi xujum harakati; razvedka, manevr qilish, raqibini chalg‘itish.
Qat’iy hujumkorlik harakatlari, oddiy ataka usuli, mudofaa, himoya va qarshi hujum harakati.
Aldash va soxta harakatlar: qo‘llar bilan, gavdasi bilan; oyoqlari bilan aldash va soxta harakatlar qilish; qo‘li, oyog‘i va gavdasi bilan aldash; siljitish va masofa bilan aldash.
Sport kurash turlari texnikasi va taktikasiga o‘rgatish
Kurashchilarni 3 xil turish texnikasiga o‘rgatish:
Baland turish. Kurashchi o‘ng oyog‘i oldida chap oyog‘i orqada, tizza sal bukilgan xolda, qo‘llar ko‘krak oldida bo‘ladi.
O‘rta turish. O‘ng oyoq yoki chap oyoq oldinga tizza bukilgan xolda, orqa oyoq ham bukilgan xolda bel egilib, gavda qismi belda bir oz balandroq turadi.
Past turish. Bunda kurashchini oyoqlari bukilgan xolda tizzasi gilamga tegishiga bir oz qoladi. Bel va gavda qismi ham o‘ta egilgan xolda kurashchi harakatlanadi. Parterda 3 xil turishda bo‘ladi. YUqori parter, O‘rta parter, Past parter. Har bir turishning qoidasi bor.
Sportcha kurashda kurashchi raqibni chalg‘itib bir harakat bilan uni oyog‘i, qo‘li, yoki bo‘ynidan, qo‘ltig‘i tagidan, belidan mahkam ushlab olib shu ushlagan joyidan unga xujum bilan usul qo‘llaydi. Kurashchi qadam tashlab raqibni qo‘ltig‘i tagidan o‘tib raqibni parter holatiga tushiradi. Raqibni kurashchi bo‘ynidan va elkasidan kuchli siltash bilan parterga tushirib o‘zi tezda orqasiga o‘tib oladi. Kurashchi raqibni oyog‘idan ushlab o‘ziga qulay tomonga ag‘daradi yoki usul bajaradi.
Zarb bilan uloqtirish natijasida kurashchi gavdasi va qo‘li bilan raqibni ag‘daradi. Qayirib uloqtirish-bunda raqib o‘z bo‘yi o‘qi atrofida buriladi. Elkadan oshirib uloqtirish usulda raqibni qo‘li yoki oyog‘i, boshi va qo‘ltig‘i tagidan ushlab olib elkalardan oshirib gilamga tashlaydi. Orqadan oshirib burilib uloqtirish usulda kurashchi raqibga orqasi bilan burilib bel tos yordamida raqibni oldinga yiqitadi. O‘tirib usul bajarishda - kurashchi raqibni qo‘lidan ushlab oyoq orasidan qo‘lini o‘tkazib cho‘kkalab olgan xolda raqibni ko‘tarib gilamga yiqitadi.
Kurashchi raqibni xujumiga va yo‘nalishiga qarab unga qarshi usul bajaradi. O‘tirgan xolda (parterda) bunda kurashchi gilamga o‘tirib raqibga oyog‘ini tirab keyin orqasi bilan dumalatib, uni o‘zini ustidan oshirib yuboradi. Raqibni qo‘lini elkasidan ushlab bir qo‘lni qo‘ltig‘i tagidan o‘tkazib teskari o‘tirib belidan va elkasidan oshirib uloqtiradi. Kurashchi avvalo raqibni soxta va aldov harakatlar bilan harakat qilib chalg‘itadi.
Kurashchi raqibga bir usul harakatini boshlab 2- usulni bajarishi bilan fint ishlatadi. Kurashchi raqibga o‘ng tomondan xujumni boshlab chap tomonga usul bajarish bilan raqibni muvozanatdan chiqaradi. Bir usulni harakatini yarmini boshlab raqibni qarshiligini va uning tayyorgarligini razvedka qilib oladi. Takroriy xujumni ketma-ket bajarib, oxirgi harakat xal qiluvchi, qolganlari esa aldamchi harakat xisoblanadi.
Kurashchi raqibini oyog‘i, qo‘li, beli, boshi va gavdasi bilan to‘sib uni harakatini sustlashtiradi. Bunda kurashchi raqibni belidan, oyog‘idan bo‘yin orqasidan qo‘lidan ushlab to‘sib unga harakat qilishga yo‘l qo‘ymaydi. Raqibni qulochidan chiqishda uni bog‘lamini tez harakatlar bilan uzish zarur. Bunday holatda oldinga, orqaga, yoki chapga va o‘ng yonboshlarga chiqib ketish bilan bajariladi. Raqibini xujumini to‘xtatish uchun undan ximoya qilish bilan uni xujumiga qarshi usul bajariladi.
Raqibni parter holatda yoki yotgan holatda va tik turgan holatda, belidan, qo‘ltig‘i ostidan, belidan, oyoq yoki qo‘lidan va bo‘ynidan bir qo‘l bilan mahkam bog‘lam bilan ushlab turiladi. Og‘riq beruvchi usullarni bajarishda bo‘g‘imlarni qayirish, qattiq bukish yoki paylarni ezish mumkin bo‘ladi. SHunda raqib og‘riqni xis qiladi. Qo‘ldan, oyoqdan, beldan, bo‘yindan ushlab olib qo‘l yoki oyoq yordamida qisib og‘riq beradi.
Sambo, Dzyudo kurashida bo‘g‘ishda kimanodan yoki kiyimidan ushlab qattiq bo‘g‘iladi. Ushlab turishda maxsus qo‘l bilan, bo‘yin yoki oyoq bilan, bo‘yindan, boshi bilan ma’lum vaqtgacha mahkam ushlab turiladi. Bu harakatlarni bajarishda qo‘pol harakatlar qilish man etiladi. Noto‘g‘ri bog‘lanish ham mumkin emas. Og‘riq beruvchi usullar bajarayotganda raqibni qo‘li, oyog‘i, bo‘yni qismini to‘g‘ri ushlab turib og‘riq berish kerak. Raqibni bir qo‘li bo‘sh bo‘lishi kerak. SHu qo‘li bilan gilamga urib kurashni to‘xtatishni ishorasini xakamga bildiradi.
Sport kurash texnika va taktikasi - bellashuv jarayonida 15-20 ta shakldagi harakatlar texnika va taktikasini kurashchi xujumda qo‘llaydi. Xujum yaxshi taktik jihatdan tayyorlangan vaqtda kuch va tezkorlik ishlatiladi. Kurashchi kuchni talab etmaydigan taktik harakatlarni qo‘llayotib kuchni tejaydi va bellashuv oxirigacha ish qobiliyatini saqlaydi. Kurashchi chaqqon va egiluvchan bo‘lishligi uchun o‘zini xujum yoki ximoya paytida kerakli texnik va taktik harakatlardan foydalanishi lozim.
Kurashchini raqib qarshisidagi har bir harakati raqibga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: qattiq ushlash, qadamlash elka bilan surish. Qo‘ldan tortish bo‘ynidan yoki gavdasidan mahkam ushlash kabi harakatlar kurashchini chaqqon va epchilligidan dalolat beradi. Kurashchi oqilona texnik va taktik harakatni qo‘llaganda jismonan kuchli bo‘lgan raqibni ham engadi. Kurashchini muvozanatini saqlashda asosan oyoqlariga mustahkam tayanch nuqtasini yig‘ib, gavda, bel, oyoq qo‘lini mustahkam bir meyorda ushlab turish.
Bellashuvni olib borish asosan raqib tayyorgarligiga bog‘liq. Bellashuvda bo‘sh raqib bilan bo‘ladigan kurashda kurashchi “Sof g‘alabani” maqsad qilishi kerak. Kuchli raqib bilan esa ochkolar bo‘yicha g‘alabaga erishish kerak.
Bellashuvda-Razvedka, xujum, qarshi xujum, ximoyalanish, faollikni namoyish qilish, ustunlikni ushlab qolish, kuchni tiklash, gilam chetida ushlab olishni amalga oshirish, xavfli holatni amalga oshirish, yuqori malakali kurashchilar uchun xususiy tayyorgarlik bo‘lib xisoblanadi.
Kurashchi taktik va texnik tayyorgarligi yaxshi bo‘lsa u har qanday vazndagi kurashchi bilan kurasha oladi. Og‘ir vaznli bo‘yi uzun kurashchini aldash va soxta harakatlar bilan chalg‘itib uni charchatish kerak. Unga tez va chaqqon usullar bilan uni chapchitish zarur bo‘ladi. Engil vazndagilar bilan kurashganda ularga aldov harakatlar berib qo‘pollik qilmay ko‘proq qarshi usul yoki ximoyani qattiq ushlash zarur.
Sport kurashdagi usullar: Tik turib uloqtirishlar oldinga engashib usul bo‘lib unda raqibni qo‘lidan va belidan ushlab 180 gradus burilib belidan oshirib gilamga uloqtiradi. Elkadan oshirib (burilib)-usul bo‘lib bunda kurashchi raqibni qo‘llari, qo‘l va oyog‘i, boshi va oyog‘i, kiyimidan ushlab olib tutib turgan elkalardan oshirib gilamga tashlaydi.
Uloqtirishlar: qo‘llar bilan uloqtirishlar-raqibni orqaga, oldinga, yon
tomonlarga bir zarb bilan ko‘tarib siljib muvozanat xolatidan chiqarib so‘ng uloqtirib yiqitish. Oyoq bilan uloqtirish ich tomonidan, boldirdan, tovonini tashqariga, ichkariga qaratib ilib uloqtirish. Gavda bilan uloqtirish: soni va elkasidan oshirib uloqtirish, qo‘llarini ushlab olib, raqibga o‘girilib, qo‘llar bilan uloqtirish, qo‘li va bo‘yni elkasiga qilib uloqtirish.
Ximoya harakatiga qarshi usul ishlatish bilan xujumga o‘tish yoki undan qochish. Qulay ximoyalanib olib, qarshi xujum qilishdan iborat. Usulga ximoya qilib o‘zini harakatidan foydalanish. Ximoya, qo‘l, oyoq va gavda bilan bajariladi.
Qarshi usullar. Raqibni bajarayotgan usuliga qarshi usul qilish yoki raqib xujumiga qarshi xujum qilish kerak bo‘ladi. Raqibni qaysi usulni bajarishini sezib unga qarshi usul ishlatish kerak. Qarshi uloqtirish, javob uloqtirishlari, ximoyadan keyin uloqtirishlar bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |