Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1 Радмонкулов 
Мажбурият хукуки. - Т.: ТДЮИ. 2005. Б. 18-19


shartnom asi obyekti xodimning m eh n a t faoliyati hisoblansa, p u d rat 
shartnom asida esa pudratchining m ehnat natijasi hisoblanadi. M ehnat 
shartnom asida xodim tashkilotga qo'shilgan holda u belgilagan ichki 
tartib qoidalarga bo'ysungan holda m ehnat faoliyatini am alga oshirsa, 
p u d rat shartnom asida pudratchi o'z faoliyatini o'zi m ustaqil belgilaydi 
va ish natijasi yuzasidan butun m as’uliyatni zimmasiga olgan holda 
n u q s o n li is h n in g o q ib a ti f u q a r o lik - h u q u q iy ja v o b g a r lik b ila n
yakunlanishini e ’tiborga olib, faoliyat yuritadi.
Shuningdek, m ehnat shartnom asi m ehnat m unosabatlaridan kelib 
chiqsa, p u d ra t shartn o m asi fuqarolik huquqiy m unosab atni yuzaga 
keltiradi. M ehnat shartnom asi shartlarini buzganlik uchun O'zbekiston 
Respublikasi M ehnat kodeksining tegishli moddalariga asoslangan holda 
intizomiy javobgarlikka tortilsa, p u d rat shartnomasi fuqarolik-huquqiy 
moddiy javobgarlikka tortiladi.
M ehnat shartn om asi bo'yicha uyida ish b ajaradigan xodim ning 
m ehnati bilan p u d ra t shartnom asi bir-biriga o'xshab ketsa-da, lekin 
ular farqlanadi. Uyda ish bajaruvchi aniq bir buyurtm ani ishxonadan 
olib uyida bajarib beradi. Lekin garchi u korxona m ehnat tartib qoidalaridan 
yiroqda bo'lsa-da korxonaning ishchisi hisoblanadi va unga nisbatan 
ijtimoiy kafolatlar qo'llaniladi.
Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5- 
yanvarda «Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish 
asosida ishlab chiqarish va xizmatlar o'rtasida kooperatsiyani kengaytirishni 
rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi Farmoni ham da O'zbekiston 
Respublikasi Vazirlar M ahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-son Qarori 
bilan tasdiqlangan «Kasanachilik to'g'risida»gi Nizomga asosan kasanachilik 
faoliyati rivojlanmoqda. Kasanachilikning pudrat m unosabatlaridan farqi 
ham yuqoridagi qoidalardan kelib chiqib belgilanadi. Kasanachilik bu -
tuzilgan m ehnat shartnomasiga muvofiq 16 yoshdagi yoki undan katta 
yoshdagi jismoniy shaxs (kasanachi) ning yashash joyi bo'yicha yoki unga 
yoki uning oila a ’zolariga tegishli bo'lgan boshqa binolarda ish beruvchining 
b uyurtm alari bo'yicha tovarlar ishlab chiqarish yoki xizm atlar ko'rsatish 
bo'yicha am alga oshiraladigan ish - m ehnat faoliyatidir. Korxona bilan 
m ehnat shartnom asini imzolagan kasanachiga korxona asbob-uskunalar, 
jihozlar, xom ashyo va m ateriallar yetkazib beradi. Korxonada ishlayotgan 
xodim bilan kasanachining maqomi tenglashadi. M ehnatga haq to'lash, 
ijtimoiy m uhofazalash, ijtimoiy sug'urtalash masalalari hal qilinadi hamda 
soliq imtiyozlari qo'llaniladi. Demak, kasanachilik pudrat shartnom asidan 
farqli ravishda m ehnat m unosabatlarini vujudga kelishi uchun asos bo'ladi.


S h u n in g d e k , m e h n a t m u n o sa b a tla rid a x o dim ish b e ru v c h ig a
bo'ysunadi, kasanachi ham b uyurtm achi bilan m eh n at m unosabatlari 
orqali bog'liq bo'lganligi va faqatgina uning buyurtm asi orqali m ehnat 
qilishini nazarda tutsak unga nisbatan ham “ish beruvchiga bo'ysunadi” 
iborasini qo'llasak bo'laveradi. Xodim ish b e ru v c h i b u y u rg a n ishni 
yakunlagandan so'ng ham ish beruvchi bilan m unosabatda qolaveradi. 
P u d ra t shartnomasida esa pudratchi buyurtm achiga bo'ysunm aydi va 
u n d a n a lo h id a u n in g b u y u r tm a s in i b a ja r g a n d a n s o 'n g u b ila n
m unosabatlari tugaydi.
P u d rat shartnomasi bilan tuziladigan m ajburiyatlarning konstitutiv 
belgilari quyidagilardan iborat:
-pudratchi buyurtm achining topshirig'i bo'yicha buyurtm achining 
u yoki bu individual topshiriqlarini qondirish m aqsadida ishni bajaradi;
-pudratchi yangi ashyoni yaratish yoki qayta tiklash, yaxshilash, 
m avjud b o igan ashyoni o'zgartirish kabi natijaga ega b o ig an belgilangan 
ishni bajarish m ajburiyatini oladi;
-p u d ra t shartnom asi bo'yicha yaratilg an ashyo to b u yu rtm achi 
bajarilgan ishni qabul qilgunga qadar pudratchiga m ulk huquqi asosida 
tegishli boiadi;
- p u d ra tc h i sh a rtn o m a g a asoslan g an n a tija g a e rish ish usul va 
vositalarini m ustaqil tan lash huq u q ig a ega (sh artn o m ad a va qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
-p u d ra tc h i ishni b ajarish jaray o n id a uning natijasiga n isb atan
tavakkalchilik qiladi.
P u d ra t shartnomasining huquqiy belgilari quyidagilardan iborat: 
P u d rat shartnomasi ikki tomonlama shartnom a hisoblanadi. Chunki 
p u drat shartnomasida shartnom a taraflarining h a r birida o'ziga xos huquq 
va m ajburiyatlar mavjud. P udratchida shartnom ada belgilangan ishni 
bajarish m ajburiyatini va bajarilgan ish haqini talab qilish huquqi m avjud 
boisa, buyurtm achi shartnom ada belgilangan, bajarilgan ish uchun haq 
to ia sh m ajburiyati va ishni bajarishni talab qili huquqi m avjud boiadi.
P u d ra t shartnom asi konsensual sh artn o m a hisoblanadi. C hunki 
shartnom a taraflar o'rtasida kelishuvga erishilgan paytdan boshlab tuzilgan 
hisoblanadi va shu paytdan boshlab kuchga kiradi.
P u d r a t sh artn o m asi h a q b a ra v a rig a tu z ila d ig a n s h a rtn o m a la r 
turkum iga kiradi. Pudrat shartnomasida buyurtm achi pudratchi tomonidan 
amalga oshirilgan ishlar uchun shartnom ada belgilangan haqni toiash i 
lozim b o iad i. B ajarilgan ishning bahosi ta ra fla rn in g kelishuvi bilan 
belgilanadi.


Taraflarning kelishuviga ko‘ra, pudratchi tomonidan bajariladigan 
ishlar p u drat shartnomasining predm eti hisoblanadi. P udrat shartnomasi 
bo'yicha bajariladigan ish m a’lum bir ashyoni tayyorlash, m asalan, ishlab 
chiqarish texnikasiga oid bo'lgan m ahsulot yetkazib berish shartnom asi 
bo'yicha olishi m um kin bo'lmagan asbob-uskunalar va shunga o'xshash 
m ahsulotlarni yasatib olish, fuqarolarning m aishiy ehtiyojlari uchun 
buyum lar tayyorlab berish yoki ashyolarni qayta ishlab, ta ’mirlab, xom- 
ashyoga qay ta ishlov berish yoxud boshqacha tartib da ishni bajarib, 
buyurtm achiga topshirish yo buyurtm achining topshirig'iga muvofiq, 
uning tom onidan ko'rsatilgan, vakil qilingan shaxslarga topshirishdan 
iborat hisoblanadi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish