Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


U y -jo y g a bo‘lg a n m u lk huquqi



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

2. U y -jo y g a bo‘lg a n m u lk huquqi
Uy-joy sohasidagi ko'chmas m ulk xususiy mulk yoki davlat mulki 
b o 'lis h i h a m d a q o n u n h u j ja tl a r i d a b e lg ila b q o 'y ilg a n t a r tib d a
mulkchilikning bir shaklidan boshqa shakliga o'tishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi hududida fuqarolar, yuridik shaxslar va 
davlat uy-joyga bo'lgan m ulk huquqining subyekti bo'lib hisoblanadilar.
Uy-joyga bo'lgan mulk huquqi muddatsiz bo'lib, yuridik va jismoniy 
shaxslarning, davlatn ing hu q u q larin i ham da qonun bilan m uhofaza 
qilinadigan manfaatlarini buzmagan holda shaxsning o'ziga tegishli uy-joy 
binosiga o'z xohishi va manfaatlariga ko'ra egalik qilish, undan foydalanish 
va uni boshqarish, shuningdek o'zining mulk huquqi buzilishini bartaraf 
etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Uy-joy binolarining ko'rinishini 
o'zgartirishga, ulam i qayta qurish yoki buzishga davlat hokimiyati mahalliy 
organlarining tegishli ruxsatnomasi bo'lgan taqdirdagina yo'l qo'yiladi.
Uy-joy binolari, kvartiralar, binoning bir qismi, kvartiraning bir qismining 
xususiy mulkligi miqdor, o'lcham va qiymat jihatidan cheklanmaydi
Fuqarolarning xususiy m ulki bo'lgan uy-joy binolari, kvartiralar 
olib qo'yilishi, m ulkdor esa uy-joy binosiga, kvartiraga egalik huquqidan 
m ahrum etilishiga yo'l qo'yilmaydi, qonunda belgilangan hollar bundan 
mustasno. Uy-joy faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda sudning 
qaroriga asosan m ajburiy tarzda olib qo'yilishi mumkin.
T a ’k id la b o 'tilg a n id e k , u y -jo y n in g u m u m iy m ulk b o 'lish i o'z 
navbatida ikki tu rg a bo'linadi. Birinchisi, uy-joy m ulqdorlardan h a r 
birining ulushi aniqlab qo'yilgan - ulushli mulk, ikkinchisi esa, ulushlar 
aniqlab qo'yilm agan — birgalikdagi mulk holida bo'ladi.
Um um iy ulushli m ulkda m ustaqil ravishda boshqa shaxsga berilishi 
m um kin bo'lm agan obyektlar quyidagilardan iborat: uylarning umumiy 
joylari, u stu n va to'sinlar, k v a rtira tashqarisidagi yoki ichkarisidagi, 
b ittadan ortiq kvartiraga xizm at qiluvchi mexanik, elektr, sanitariya- 
texnika, boshqa turdagi qurilmalari.
K vartira miqdori tu rar-jo y binosining um um iy mol-mulkidagi o'z


ulushini boshqa shaxsga berishga, shuningdek b u ulushning kvartiraga 
bo'lgan m ulk huquqidan alohida tarzda boshqa shaxsga o'tishiga olib 
keluvchi o'zga harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
S h u o'rinda yana bir holatni eslatib o'tish joiz bo'ladiki, bund a 
qonunchilik mulkchilik turlarining o'zgarishi m unosabati bilan uy-joyga 
nisbatan egalik huquqi ham o'zgarishi mumkinligini nazarda tutadi. Qaysiki 
bu: dav lat korxonalari, m uassasalari va tashkilotlarini mulkchilikning 
boshqa shakliga o'tkazish yoki tugatish chog'ida ularning to'la xo'jalik 
y u ritish id a yoki operativ b oshqaruvida bo'lgan uy -jo y fondi u sh b u
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar huquqiy vorislarining (agar ular 
qonun talablariga ko'ra aniqlangan bo'lsalar), boshqa yuridik shaxslarning 
to'la xo'jalik yuritishiga yoki operativ boshqaruviga yoxud belgilangan 
tartib d a fuqarolarning barcha uy-joy huquqlarini, shu jum ladan, uy- 
joyni xususiylashtirish huquqini saqlab qolgan holda m ahalliy davlat 
hokimiyati organlarining yuritishiga o'tkazilishi lozim. Bunday holatlarda 
uy-joyning yangi egasi ilgari tuzilgan ijara shartnom asi shartlari asosida 
aynan shu uy-joyni ijaraga beruvchiga aylanadi.
D avlat uy-joy fondiga qarashli uylardagi uy-joy binolari uy-joy 
sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarga ijara shartnomasi 
bo'yicha uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun tuzilgan m avjud navbatga 
m uvofiq, m ahalliy davlat hokim iyati o rganlarining q aroriga binoan 
beriladi.
Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarga uy-joy 
berish tartibi va imtiyozlar ro'yxatini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
M ahkam asi belgilaydi. Uy-joy berishning bunday tartibga solinishi aynan 
shu sohada adolat prinsi p lan n in g yan ad a m u stahkam lan ishini to'la 
ta ’minlaydi.
Shaxsga xususiy mulk sifatida qarashli bo'lgan uy, kvartirani ijaraga 
olish shartnomasining shartlari taraflarning o'zaro kelishuviga muvofiq 
belgilanadi.
Uy-joy binosini ijaraga olish huquqi davlat uy-joy fondiga qarashli 
uylardan qonun hujjatlarida belgilangan uy-joy m aydonining ijtimoiy 
normasi doirasida uy-joy binolarini oluvchi fuqarolarga beriladi.
Davlat uy-joy fondiga qarashli uylarda ijara shartnom asi bo'yicha 
yashovchi fuqarolarning bu uylarda yashaydigan boshqa fuqarolar ko'chib 
ketgan taqdirda uy-joy binosini egallab tu rg an m aydonidan q a t’iy nazar, 
ijaraga olish huquqi saqlanadi. Fuqarolarda esa uy-joyni bergan davlat 
hokim iyati organlariga yoki k orxonalar, m uassasalar, tashk ilotlarg a 
ijtimoiy norm adan ortiqcha m aydonga ega bo'lgan uy-joy binolarini


ijtimoiy norma doirasidagi uy-joy binolariga almashtirib berish to'g'risida 
iltimos bilan m urojaat qilish huquqi saqlanib qolinadi.
Uy-joy binolarini ijaraga olish shartnomasi mahalliy davlat hokimiyati 
organlari, davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari tom onidan uy- 
joy m aydoni oluvchi fuqarolar bilan qonun h u jjatlarida belgilangan 
tartibda tuziladi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish