Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


D avlat u y -jo y fo n d in in g b in ola rid a g i u y -jo y n i ijaraga o lish



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

5. D avlat u y -jo y fo n d in in g b in ola rid a g i u y -jo y n i ijaraga o lish
sh a rtn om asi va u n in g m uddatlari
Davlat uy-joy fondining (munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq 
m aqsadli kom m unal uy-joy fondi) binolaridagi uy-joyni ijaraga olish 
shartnomasiga binoan bir tomon uy-joy mulkdori yoki vakolat bergan 
shaxs (ijaraga beruvchi) ikkinchi tomonga (ijaraga oluvchiga) uy-joyni


haq evaziga u yerda yashash uchun uning egaligiga va foydalanishiga 
berish majburiyatini oladi. Ijaraga olish shartnomasida tomonlaming huquq 
va m ajburiyatlari ham da fuqarolik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
boshqa sh artlar belgilab qo'yiladi. Ijaraga olish shartnom asida ijaraga 
oluvchi bilan doimiy yashovchi fuqarolar ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Agar 
shartnom ada ana sh u n d ay qay dlar ko'rsatilm agan taqdirda, bu n d ay
shaxslarni ko'chirib kelish fuqarolik qonun hujjatlarida va O'zbekiston 
R esp ub lik asi U y -jo y k od ek sin in g 5 8 -m o dd asid a n a z a rd a tu tilg a n
qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
M unitsipal, idoraviy uy-joy fondining aniq maqsadli kom m unal 
uy-joy fondining binolaridagi uy-joyni ijaraga olish shartnom asining 
obyekti bo'lib fuqarolarning yashashlari uchun yaroqli bo'lgan alohida 
uy-joy binosi yoki k vartiralar hisoblanadi.
Shuni alohida t a ’kidlash lozimki, xonaning bir qismi yoki b itta 
um um iy kirish joyi bilan bog'langan xona (tutash xonalar), shuningdek, 
yordamchi xonalar (oshxona, yo'lak, hujra va shu kabilar) ijaraga olish 
shartnomasining m ustaqil obyekti bo'la olmaydi.
K o'p kv artirali uy-joy binosidagi uy-joyni oluvchi ana shu uy- 
joydan foydalanish bilan b ir qatorda, um um iy foydalanishdagi mol- 
m ulkdan (xona tashqarisida yoki ichkarisida joylashgan ham da bir necha 
xonadonlarga xizmat ko'rsatuvchi ko'tarilish joylari, zinapoyalar, liftlar, 
tom , ch iqindilar to 'p la n a d ig a n xona, sh uningdek, m exanik, elek tr, 
s a n ita riy a - te x n ik a va b in o n in g b o sh q a m u h a n d islik q u rilm a la ri, 
belgilangan doiralardagi dov-daraxtlar va boshqa qulayliklarga ega bo'lgan 
y er uchastkalari, shuningdek, ko'p kvartirali uy-joy binolaridagi ko'chmas 
mulkning yagona kompleksiga xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan boshqa 
obyektlardan) foydalanish huquqiga ega bo'lib hisoblanadi.
U y-joyni ija rag a olish sh artn o m asi m ahalliy dav lat hokim iyati 
organlari, davlat korxonalari, m uassasalari, tashkilotlari yoki ular vakolat 
b erg an org an lar bilan uy-joyni olayotgan fuq arolar o'rtasida qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibd a yozma shaklda tuziladi. Uy-joyni ijaraga 
olish shartnom asining yozma shaklda bo'lishiga rioya qilmaslik pirovard- 
natijada shartnom a haqiqiy em as deb topilishi uchun asos bo'ladi.
Ijaraga olish shartnom asiga binoan egallab turilgan uy-joyga bo'lgan 
m ulk huquqining boshqa shaxsga o'tishi shartnomaning o'zgartirilishiga 
yoki bekor bo'lishiga olib kelmaydi. Bunday paytda yangi m ulkdor ilgari 
tuzilgan uy-joyni ijaraga olish shartnom asi sh artlari asosida ijaraga 
beruvchi bo'lib qoladi.
M unitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kom m unal uy-


joy fondining binolaridagi uy-joyni ijaraga olish tipovoy shartnom asi 
to'g'risidagi nizom Uzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlanadi. M azkur turdagi shartnom a uzog'i bilan besh yil m uddatga 
tuziladi. Agar shartnom ani tuzish vaqtida tomonlar shartnom aning amal 
qilish m uddatini aniq qilib ko'rsatm agan bo'lsalar, aynan shu tuzilgan 
uy-joyni ijaraga olish shartnom asi besh yil m u d d atg a tuzilgan deb 
hisoblanadi.
Shuning bilan bir qatorda, uy-joyni ijaraga berish shartnom asi qisqa 
m uddatga ham tuzilishi mumkin. Bir yilgacha m uddatga tuzilgan uy-joy 
shartnomasi qisqa m uddatli shartnom a bo'lib hisoblanadi.
Uy-joy ijarasi shartnom asining belgilangan m u d d ati tu g ash ig a 
qaram asdan, ijaraga beruvchi tom onidan uy-joyni ijaraga oluvchiga 
nisbatan hech qanday talab va e ’tirozlar bildirilmagan taqdirda, shartnom a 
qayta tuzilgan deb hisoblanadi.
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kom m unal uy- 
joy fondidagi binolardan turar-joyni ijaraga oluvchilar uchun turar-jo y 
maydonining normasi O'zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksida 
belgilangan turar-joy normasiga muvofiq belgilanadi, lekin u bir kishiga 
9 kvadrat m etrdan kam bo'lmasligi kerak.
O 'zbekiston R espublikasi V azirlar M ahkam asining 1994-yil 28- 
iyundagi «Davlat uy-jo y fondi xususiylashtirilishi m unosabati bilan 
norm ativ hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida »gi 325-sonli qaroriga 1-ilova, 
«O'zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to'g'risida»gi Nizom 
talablariga ko'ra fuqarolarning ayrim toifalariga norm adan ortiqcha tu ra r- 
joy maydoni bir xona sifatida yoki 10 kvad rat m etr hajm dagi qo'shim cha 
turar-joy maydoni beriladi. Qo'shimcha tu rar-jo y maydoni berish tartibi 
va sh artlari, shuningdek, uni olish h u q u q ig a ega bo'lgan fu q aro lar 
toifalarining ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tom onidan 
belgilanadi.
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining binosidagi uy-joy olish 
huquqiga ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam t a ’minlangan toifadagi, 
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj va uy-joy olish uchun hisobda 
turgan fuqarolar egadirlar, y a’ni:
— 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan 
shaxslar va baynalminal jangchilar;
— zaxiraga yoki iste’foga chiqqan zobitlar va m uddatdan tashqari 
xizmat harbiy xizmatchilari;
— O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan 
ro'yxat bo'yicha surunkali kasalliklarning og'ir ko'rinishlariga duchor


bo'lgan fuqarolar;
— o'n olti yoshga to'lmagan, yetti va undan ortiq bolalari bo'lgan 
ko'p bolali oilalar;
— halok bo'lgan harbiy xizmatchilarning oilalari;
— ota-onasiz, o 'n olti yoshga to 'lg an , hom iylikka (vasiylikka) 
olinmagan yetim bolalar;
— yetim bolalarni homiylikka (vasiylikka) olgan oilalar;
— boquvchisini yo'qotgan, uch va undan ortiq m ehnatga layoqatsiz 
oila a ’zolari bo'lgan oilalar;
— I va II g u ru h nogironlari,
— keksa va yolg'iz pensionerlar;
— nogiron bolalari bo'lgan oilalar;
— birinchi m arta oila qurgan yoshlar, agar ikkala tomon yashab 
tu rg an joyda ular uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb e ’tirof 
etilsalar.
B u n d a y s h a x sla rn i h isobga olish m ah a lliy d a v la t h o k im iy ati 
organlarida amalga oshiriladi. Shuningdek, uy-joy fondiga ega bo'lgan 
va uy-joy qurilishini olib boruvchi yoki uy-joy qurilishida ulush bilan 
q a tn a sh u v c h i d a v la t korxon alarid a, m u assasalarida, tash k ilo tlarid a 
yashovchi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga m uhtoj fuqarolarni hisobga 
olish ish joyida, ularning xohishiga ko'ra esa, yashash joyida ham amalga 
oshiriladi. Shu o 'rin da yana bir holatni alohida t a ’kidlab o'tish lozim 
bo'ladi. Yuqorida q ay d qilib o'tilganlar bilan teng holatda pensiyaga 
c h iq is h i m u n o s a b a ti u s h b u k o r x o n a la r d a n , m u a s s a s a la r d a n , 
tashkilotlardan ishdan ketgan fuqarolar, shuningdek, ishlab chiqarishdagi 
baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan shaxsning oila a ’zolari, 
ular ushbu korxona, muassasa va tashkilotda ishlashidan q a t’iy nazar, 
uning ish joyida hisobga olinadilar. Oila a ’zosining hisobga olinishi oila 
boshqa a ’zolarining, u larn in g xohishiga k o 'ra, o'z ish joyida u y -jo y
sharoitlarini yaxshilashga m uhtojlar hisobida turishiga to'sqinlik qilmaydi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish