1 Узбекистан Республикаси Президенти 2002 йил 30 мартдаги “Пул массаси усишини
чеклаш ва молия интизомига риоя этиш масъулиятини ошириш чора-тадбирлари
тугрисида” 3047-сонли Фармони. // Пул массасини тартибга солишга оид конунчилик
хужжатлари.
“ Plastik k a rtoch k a la r asosida h is o b -k ito b qilish tizim ini yanada
rivojlantirish ch ora-tadbirlari to ‘g ‘risida” qaror va uning asosida
O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, O'zbekiston Banklari uyushmasi
Banklararo protsessing markazi negizida savdo va xizmatlar sohasi tashkiloti
yoxud plastik kartochka egasiga qaysi bankda xizmat ko'rsatilishdan
qat’iy nazar, barcha savdo shaxobchalarida bank operatsiyalarini yagona
rejimda amalga oshirishga imkon beruvchi O'zbekiston Banklari uyushmasi
huzurida Yagona umumrespublika protsessing markazi tashkil etildi.
M arkazning asosiy vazfialaridan biri m a v ju d banklarning plastik
kartochkalarini yagona bir tizim asosida ishlashini ta’minlashdan iborat.
Farmonda xo'jalik yurituvchi subyektlarga ish haqi to'lash, chakana
savdoni amalga oshirish, kommunal va boshqa xizmatlar uchun to'lovni
yakka tartibda va korporativ plastik kartochkalar yordam ida amalga
oshirish zarurligi ta’kidlangan.
10-§. Veksellar va boshqa pul majburiyatlari bilan
hisob-kitoblar qilish
Veksellar ularda ko'rsatilgan m uddat kelganda veksel beruvchi
muayyan pul summasini veksel egasiga (veksel oluvchiga) so'zsiz to'lashi
lozim bo'lgan majburiyatdan guvohlik beruvchi qimmatli qog'ozdir. Y a’ni
veksel bu belgilangan shaklda tuzilgan, albatta bajarilishi kerak bo'lgan
qarz majburiyati bo'lib, qarzdor qarz beruvchiga belgilangan muddatda,
belgilangan joyda, vekselda ko'rsatilgan summani to'lash majburiyatini
oladi.
Veksellarning turlari:
1. Xazina veksellari
2. Tijorat veksellari
3. Oddiy veksellar
4. Yuboriladigan veksellar (o'tkazma).
Veksellarning asosan ikki turi: oddiy va o'tkazma veksellar ko'proq
qo'llaniladi. Oddiy veksel qarzdorning vekselda ko'rsatilgan summani
beliglangan joyda, muayyan muddatda uning buyrug'iga asosan qarz
beruvchiga to'lash to'g'risidagi yozma majburiyati sanaladi.
Oddiy vekselda quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
-
matnga kiritiladigan va hujjat qaysi tilda yozilgan bo'lsa, o'sha
tilda ifodalangan “ Veksel” so'zi;
-
m a’lum summani to'lash yuzasidan oddiy hamda hech nima
bilan shartlashilmagan majburiyat;
-
to'lash muddati;
-
to'lovni amalga oshirish joyi;
-
to'lov kim ga yoki kim ning bu yru g'i bilan amalga oshirilsa,
o'shaning nomi;
-
veksel yozilgan sana va joy;
-
veksel beruvchining imzosi.
O 'tk a zm a v e k se l (tra tta ) yozm a h u jja t b o 'lib , unda v ek sel
b e ru v ch in in g veksel olu vch iga uning b u y ru g 'i b o 'y ich a m uayyan
miqdordagi pulni m a’lum muddat va ma’lum joyda to'lash to'g'risidagi
to'lovchiga bergan shartsiz buyrug'i aks ettiriladi. O'tkazma vekselda
quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
-
matnga kiritiladigan va hujjat qaysi tilda yozilgan bo'lsa, o'sha
tilda ifodalangan “Veksel” so'zi;
-
m a ’lum summani to'lash uchun oddiy va hech narsa bilan
shartlashilmagan taklif;
-
to'lov muddati;
-
to'lovni amalga oshirish joyi;
-
to'lov kimga yoki kim ning b u yru g'i bilan amalga oshirilsa,
o'shaning nomi;
-
veksel yozilgan sana va joy;
-
veksel beruvchining imzosi.
Mohiyati bo'yicha qarz tilxati bo'lgan oddiy vekseldan o'tkazma
vekselning asosiy farqi shundaki, u mablag'larni bir shaxs ixtiyoridan
boshqa bir shaxs ixtiyoriga o'tkazish uchun mo'ljallangan.
Bank veksellari oluvchining nomi yozilgan hujjatlar bo'lib, aksept
va a v a l’ (veksel b o'y ich a yozm a vakillik) haqidagi qoidalar tadbiq
etilmaydi.
O'zbekiston Respublikasi fuqarosi sanalgan har bir shaxs vekselni
sotib olishi mumkin. Yuridik shaxslar vekselni pul o'tkazish yo'li bilan sotib
oladilar. Veksel belgilangan shakldagi blankda yozib beriladi va undan
tovarlar hamda xizmatlar uchun to'lov sifatida foydalanilishi mumkin.
Veksel xohlagan summaga 1 yilgacha berilishi mumkin. Vekselni
to'lash muddati quyidagicha bo'lishi mumkin:
-
Veksel taqdim qilinganda;
-
Taqdim qilingandan boshlab ma’lum vaqt ichida
-
Tuzilgan vaqtdan boshlab ma’lum vaqt ichida;
-
Belgilangan, m a’lum kunga.
-
Muddati “taqdim qilinganda” deb ko'rsatilgan veksel u ko'rsatilishi
bilan to'lanadi
Veksellar arzonlashtirilgan narxda, (diskont bilan) sotilishi yoki veksel
summasiga foizi qo'shilishi mumkin. Foiz stavkasining miqdori bank
tomonidan vekselni sotib oluvchining mablag‘larining hajmi va joylashtirish
muddatiga qarab belgilanadi. Foizlar veksellar rasmiylashtirilgan kundan
boshlab to veksel qaytarilguncha yoziladi. Foiz stavkasi yangi chiqarilgan
veksellar uchun qayta ко‘rib chiqilishi mumkin. Ilgari chiqarilgan veksellar
bo'yicha vekselning butun muddati davomida o'zgartirilmaydi. Veksel
egasi muddatidan ilgari veksel pulini olishga haqlidir.
Veksel birinchi xaridorning (veksel egasining) nomiga tuziladi va
veksel blankasining orqa tomoniga o'tkazish to'g'risidagi yozuv yozish
(indosament) yo'li bilan birovning egasidan ikkinchi bir tomon nomiga
o'tkazilishi mumkin.
Veksel egasining topsh irig'iga asosan bank vekseln i m uddati
tugaguncha o'zida saqlab berishga qabul qilishi mumkin.
Yo'qolgan veksel qayta tiklanmaydi. Veksel egasi yo'qolgan veksel
to'g'risida bank-emitentga ariza beradi. Ariza umumiy da’vo muddatida
qabul qilinishi mumkin. Ariza bank boshqaruvi tomonidan tuzilgan maxsus
komissiyada ko'rib chiqiladi va keyin to'lov amalga oshirilishi mumkin.
Vekselni y o 'q o tib qo'yganlik uchun m axsus kom issiya belgilangan
miqdorda jarima ushlab qolishi mumkin.
Veksel sotib olish uchun sotib oluvchi shartnoma tuzadi va bankka
pul o'tkazadi. Veksel qayerdan sotib olingan bo'lsa, puli o'sha joyda
to'lanadi. Veksel bo'yicha pulni olishda veksel egasi veksel bilan birga
vekselni to'lash to'g'risida ariza beradi. Arizada veksellar pulini o'tkazish
va foiz yozish uchun zarur to'lov rekvizitlari ko'rsatiladi. Puli to'langan
veksellarga to'langanlik to'g'risida maxsus shtamp qo'yiladi va bankning
kassa operatsiyalari bo'limiga saqlash uchun topshiriladi.
To'lash muddati kelganda veksel puli to'lanmasa, veksel egasi veksel
beruvchilar, indossanlarga nisbatan da’vo bilan chiqishi mumkin.
Veksel egasi da’vogar shaxsdan quyidagilarni talab qilishga haqlidir:
- agar kelishilgan bo'lsa, vekselning to'lanmagan pulini foiz bilan
birga to'lashni;
-
to'lash muddati boshlangan kundan boshlab Markaziy bankning
hisobiga olish stavkasi miqdorida foiz to'lashni;
-
norozilik berish bilan bog'liq va boshqa xarajatlarni qoplashni
va boshqalar.
V eksellar chiqarish ham da ularni r o 'y x a tg a olish qoidalarini
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi bilan birgalikda
belgilaydi.
Hozirgi vaqtda O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz shakldagi
pul muomalasida vekselarning qo'llanilishi vaqtincha to'xtatib qo'yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |