Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Cheklar bilan hisob-kitob qilish



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

8-§. Cheklar bilan hisob-kitob qilish
Tijorat banki hisob-kitob cheki mijozning unga xizmat ko'rsatuvchi 
bankka chek beruvchining hisobvarag'idan chek egasi hisobvarag'iga 
mablag'lar m uayyan summasini to'lashni amalga oshirish to'g'risidagi 
topshiriqnomasidan iborat. Tijorat bankining hisob-kitob cheki mijozning 
xizm at k o 'rsa tu v ch i bankiga ch ek b eru vch in in g sch yotidan chek 
ushlovchining schyotiga m a’lum sum m adagi m ablag'larga o'tkazish 
bo'yicha bergan topshirig'idir.
Cheklar tijorat banklari buyurtmasiga ko'ra ularning faoliyati uchun 
yetarli b o'lga n m iqdorda M arkaziy bankning "Davlat belgisi" DIB 
tomonidan tayyorlanadi. Bunda, chekning raqami va seriyasi, bank-


emitentning nomi va firma belgisi bosmaxona usulida chop etiladi.
Cheklar tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun jismoniy shaxslar va 
yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar o'rtasidagi faqat naqd 
pulsiz hisob-kitoblarda qo'llaniladi.
Am aldagi qonunchilik b o'yich a naqd pulsiz hisob-kitoblarning 
bunday shakli jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) bilan 
yuridik shaxslar o'rtasida tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun faqat o'zaro 
munosabatlardagina qo'llanishi mumkin.
Chek berilayotganida bank jismoniy shaxsning arizasiga m uvofiq 
balans hisobvarag'i - «Jism oniy shaxslarning talab qilib olinguncha 
depozitlari»da chek summasiga alohida ikkilamchi shaxsiy hisobvaraq 
ochadi va chekka faqat shu hisobvaraqdan haq to'laydi. Chek jismoniy 
shaxsning talab qilib olinguncha depozit hisobvarag'ida mavjud bo'lgan 
mablag'lar yoki u tomonidan kiritilgan naqd pullar hisobidan beriladi.
Chek ikki qismdan iborat: chekning o'zi va uning koreshogi (milki). 
Koreshokda chekda ko'rsatilgan summani tasdiqlash uchun mo'ljallangan 
nazorat raqamlari bo'ladi.
Chekning amal qilish muddati tijorat banklari tomonidan mustaqil 
belgilanadi. Agar chekning amal qilish muddati tugashi bilan u bankka 
taqdim etilmagan bo'lsa, chek summasi maxsus balans hisobvarag'ida 
hisobga olinadi. Chekning amal qilish muddati tugashi bilan uning egasi 
bankka murojaat qilsa, bank chek egasining pasporti (yoki uning o'rnini 
bosadigan boshqa hujjati) m avjud bo'lgan holda, to'sqinliksiz chekni 
qabul qiladi va so'ndiradi.
Chek muddatidan qat’iy nazar, notarial tasdiqlangan tegishli hujjatlar 
mavjud bo'lgan holda, merosxo'rlar yoki ishonchli shaxslar tomonidan 
taqdim etilishi mumkin. Chek tekshirilgach, bank boshqaruvchisi va 
bosh buxgalteri uni so'ndirish uchun ruxsat beradi.
Foydalanilm agan chek taqdim etilgan vaqtda, taqdim etilgan 
chekning asl yoki asl emasligi tekshiriladi, chek berilishiga asos bo'lib 
xizm at qilgan h ujjat b o 'y ich a chek egasining shaxsi tasdiqlanadi, 
foydlanilmagan chek summasi esa chek egasining depozit hisobvarag'iga 
o'tkaziladi. Qonunchilik bo'yicha chek yo'qotilgan bo'lsa, bank ushbu 
chek bo'yicha mablag'larni hisobdan chiqarish uchun javobgar bo'lmaydi.
Chek beruvchining chekda ko'rsatilgan summani chek saqlovchiga 
to'lash haqida bankka hech qanday shart qo'yilm agan topshirig'i m avjud 
bo'lgan qimmatli qog'oz chek deyiladi.
Chek bilan hisob-kitob qilinganida faqat chek beruvchining chek 
berish puli bilan tasarruf etishga haqli bo'lgan mablag'lari saqlanayotgan


bankkina chek bo‘yicha pul to'lovchi qilib ko'rsatilishi mumkin (FKning 
807-moddasi).
Hisob-kitob cheklari quyidagi turlarga:
1. Bank tomonidan akseptlangan cheklar;
2. Bank tomonidan akseptlanmagan cheklar;
3. Limitlangan daftarchalar bo'yicha olinadigan cheklar;
4. Limitlanmagan daftarchalar bo'yicha olinadigan cheklarga bo'linadi.
Agar bank chekni akseptlasa, ya’ni pul to'lash majburiyatini olsa,
bunday cheklar akseptlangan cheklar hisoblanadi. Budjet hisobida turgan 
tashkilotlar tomonidan olingan tovarlar, ularga qilingan xizmatlar uchun 
bir shahar ichida hisob-kitob qilinishda akseptlangan cheklar qo'llaniladi.
Bank tomonidan akseptlanmagan cheklar bilan hisob-kitob qilish, 
asosan, xo'jalik tashkilotlari tom onidan olingan mahsulotlar, ularga 
qilingan xizmatlar uchun haq to'lashda qo'llaniladi.
Limitlangan chek daftarchalari xo'jalik tashkilotlari tom onidan 
bankdan olinadi. Limit deb mazkur daftarchadan beriladigan chekda 
ko'rsatilishi mumkin bo'lgan umumiy summaga aytiladi. Limit summasi 
100 so'mdan kam bo'lishi mumkin emas.
Limitlangan chek daftarchalari olingan mahsulot, bajarilgan ishlar 
uchun haq to'lashda qo'llaniladi.
Limitlangan chek daftarchasida chekdan foydalanish shartlari bank 
tomonidan ko'rsatiladi.
Limitlanmagan cheklar transport korxonalari va aloqa tashkilotlari 
xizmatlaridan foydalanganlik uchun haq to'lashda qo'llaniladi. Chek 
daftarchalarining kuchda bo'lish muddati olti oyga belgilanadi. Cheklardan 
noto'g'ri foydalanganlik uchun, chek daftari boshqa shaxsga berilganligi 
natijasida kelib chiqkan ziyon uchun yoki chek daftarining alohida chekini 
yo'qotish yoki o'g'irlanganligi uchun, shuningdek, chekni imzolash uchun 
vakil qilingan shaxs tomonidan suiiste’mol qilinishi natijasida kelgan 
ziyon uchun chek daftarchasi olgan xo'jalik organi javobgar bo'ladi.
Limitlangan va limitlanmagan chek daftarchalarining egasi har 
haftada bir marta o'z vakillarining daftarchalardan cheklarning to'g'ri 
sarflanayotganligini tekshirib turmog'i lozim. Bu tekshirish haqida berilgan 
chekning so'm i k oreshogining orqasiga bosh buxgalter yoki uning 
o'rinbosari imzosi bilan belgi qo'yilishi shart.
Hisob cheki chek beruvchining o'z hisob varag'idan chek oluvchining 
hisob varag'iga m uayyan summani o'tkazish to'g'risida bank muassasasiga 
bergan topshirig'i haqidagi hujjatdir.
Cheklar tijorat banklari tomonidan ushbu banklarda o'z hisob yoki


joriy schyotlarini ochgan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi.
Mahsulot oluvchi tashkilot chek olish to'g'risida o'ziga xizm at 
ko'rsatuvchi bank bo'limiga ariza beradi. Bank muassasasi bu arizaga 
asosan unga chek beradi. Mahsulot oluvchi mahsulot sotuvchidan mahsulot 
olib, unga chek beradi. Mahsulot sotuvchi bu chekni o'ziga xizm at 
ko'rsatuvchi bank bo'limiga beradi va o'z navbatida bank bo'lim i bu 
chekka asosan mahsulot sotuvchining hisob varag' iga mablag'ni yozib 
qo'yadi, bu o'tkazilgan mablag' to'g'risida mahsulot oluvchiga xizmat 
ko'rsatuvchi bank muassasasiga yuqoridagi mablag'ni sotib oluvchining 
schyotidan olish to'g'risida hujjat yuboradi.
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik K odeksining 808-m oddasiga 
muvofiq, chekda quyidagilar bo'lishi shart;
1. Hujjatlar matniga kiritilgan “chek” degan nom;
2. Muayyan pul summasini to'lash haqida to'lovchiga topshiriq;
3. To'lovchining nomi va to'lov qaysi hisobvaraqdan amalga oshirilishi 
kerakligi;
4. To'lov valutasi;
5. Chek tuzilgan sana va joy;
6. Chekni yozib bergan shaxsning - chek beruvchining imzosi.
7. Hujjatda mazkur rekvizitlardan birontasining bo'lmasligi chekni 
kuchdan mahrum qiladi.
Tuzilgan joyi ko'rsatilmagan chek chek beruvchi turgan joy d a
imzolangan, deb hisoblanadi. Chekning shakli va uni to'ldirish tartibi 
qon u n h ujjatlari bilan belgilanadi. C h ek n in g m aksim al sum m asi 
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan. minimal summasi 
esa tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Chek ikki qism dan iborat, y a ’ni cheknin g o'zi va uning milki 
(koreshogi). Milkda chekda ko'rsatilgan summani tasdiqlovchi nazorat 
raqamlari ko'rsatiladi. Chekning amal qilish muddati tijorat banklari 
tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Chek yozilgandan boshlab 10 kun davom ida bank muassasasiga 
ko'rsatilishi lozim. Chek to'liq summaga to'lanishi shart. Chek kartochkasi 
chek bergan bank muassasasiga oldin berilgan cheklarning barchasi 
foydalanilganda topshiriladi. Bitta chek limiti o'zgarmagan holda korxona 
chekka bo'lgan talab haqida ariza bersa, kartochka korxonada qoldirilnshi 
mumkin. Bankka topshirilgan chek kartochkasi y o'q qilinadi va bu haqda 
mijozning arizasiga belgi qo'yiladi.
Chek oluvchi 10 kun muddat ichida bank muassasasiga chekni taqdim 
etib, bu bo'yicha uz schyotiga ko'rsatilgan mablag'ni topshirishni so'raydi. 
Agar bu muddat o'tib ketsa, chek hisob-kitob uchun qabul qilinmaydi.



Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish