Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi


§.  Ekologiya  huquqining tamoyillari, usullari va tizimi



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/144
Sana17.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#382234
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   144
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi

4§.  Ekologiya  huquqining tamoyillari, usullari va tizimi. 
 
 
Har    bir  fan  sohasi,  shu  jumladan  ekologiya  huquqi  fani  ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga  solish  jarayonida o`z yo`nalishlari, ya'ni tamoyillarga ega 
bo`lib, o`z navbatida har bir fan sohasining maqsad va vazifalaridan kelib  chiqadi. 


 
Ekologiya  huquqining  tamoyillari  -  tabiat-jamiyat  tizimidagi  o`zaro 
munosabatlar  yo`nalishi,    chegaralarini  belgilab  berishda  ekologik-huquqiy 
mexanizmining  barqarorligini  kafolatshda  va  qonunchilik  qoida-talablarning 
ekologik  munosabatlarini  tartibga  solish  tartibini  belgilashda  muhim  ahamiyatga 
egadir. 
 
Bizga  ma'lumki,  ekologiya  huquqi  tabiat  bilan  jamiyat  o`rtasidagi  o`zaro 
munosabatlarni  huquqiy  tartibga  soladi.  Shu  jumladan,  tabiatning  inkor  etib 
bo`lmaydigan qonuniyatlari va ijtimoiy xatti-harakatlari tartibga soluvchi jamiyat-
davlat  qonunlari  mavjud  -  ekologiya  huquqi  tamoyillarining  asosiy  vazifasi 
shundan  iboratki,  tabiiy  qonuniyatlarning  ustuvorligini  tan    olgan  holda    jamiyat 
a'zolarining  tabiatga  bo`lgan  hatti-harakatlarini  ilmiy  asoslangan    holda 
yo`naltirishdan iboratdir. 
 
Tabiat  va  jamiyat  o`rtasidagi  o`zaro  munosabatlar  juda  xilma-xil  va 
murakkab  bo`lganligi  uchun  ham  ekologiya  huquqining  tamoyillarini  quyidagi 
tizimga bo`lishimiz mumkin. 
1. Davlat va huquqning umumiy tamoyillari; 
2. Atrof tabiiy muxitni muhofaza qilishga oid tamoyillari; 
3. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan tamoyillar. 
         Ekologiya  huquqi  huquq  tizimining  sohasi  sifatida  ekologik  munosabatlarni 
tartibga solishda davlat va  huquqning quyidagi tamoyillardan foydalanadi: 
 
· Qonuniylik; 
 
· Ijtimoiy adolat; 
 
· Oshkoralik; 
 
· Ishontirish va majburlov choralarining hamkorligi; 
 
· Shaxslarning huquq va burchlarining birligi va boshqalar. 
        Atrof  tabiiy  muhit  barqarorligini  ta'minlash  va    tabiatni  muhofaza  qilishning 
asosiy tamoyillari quyidagilarni  o`z ichiga oladi. 
·          Biosfera  va  ekologiya  tizimlari  barqarorligi  hozirgi    va  kelguchi  avlodning 
genetik fondini saqlash; 
·         Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishda tabiat qonuniyatlari ustuvorligini tan 
olish; 
·          Fuqarolarning  hayot  uchun  qulay  tabiiy  muhitga  ega  bo`lish  huquqini 
ta'minlash; 
·          Jamiyatning  ekologik,  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  manfaatlarini 
uyg`unlashtirish; 
·          Tabiatni  muhofaza  qilish  sohasida  milliy,  mintaqaviy  va  xalqaro 
uyg`unlashtirish; 
·         Tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining tabiiy resurslardan foydalanish 
tadbirlaridan ustuvorligini tan olish; 
·         Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini rag`batlantirish; 
·         Tabiiy resurslar holatini tiklash majburiyligi
·         Ekologiya ekspertizasini o`tkazishning majburiyligi; 
·          Ekologik  qonunchilik  qoidalarni  buzganlik  uchun  javobgarlikning 
qo`llanilishi va boshqalar. 


       Tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanishga  qaratilgan  ijtimoiy  munosabatlar 
quyidagi tamoyillar doirasida tartibga solinadi: 
·          Tabiiy  resurslardan  faqat  ilmiy  asoslangan  holda  oqilona  foydalanishning 
zarurligi; 
·          Tabiatni  muhofaza  qilish  va  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish 
faoliyatini rag`batlantirish; 
·          Yer,  yer  osti  boyliklari,  o`simlik  va  hayvonot  dunyosidan    maxsus 
foydlanganlik  uchun  haq  to`lash  va  umumiy  asosda  foydalanganlik  uchun  haq 
to`lamaslik; 
·         Yerlardan belgilngan toifalar doirasida maqsadli foydalanish
·         Qishloq xo`jaligiga  mo`ljallangan yerlarning ustivorligi; 
·         Tabiiy resurslar kadastrini yuritish majburiyligi va boshqalar. 
     Tabiat  va  jamiyat  o`rtasidagi  o`zaro  munosabatlar,  davlat  va  ekologik 
funksiyasi  ushbu  tamoyillar  asosida  va  doirasida  amalga  oshirilib,  atrof  tabiiy 
muhit  barqarorligini  ta'minlash,  aholining  ekologik  xavfsizligini  ta'minlash  va 
tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi. 
     Ekologiya  huquqi  o`z  predmeti,  yo`nalishlari,  maqsad  va  vazifalariga  bo`lgani 
kabi o`z usullariga ham ega bo`lib, ushbu usullar tabiat-jamiyat tizimidagi ijtimoiy 
munosabatlar xolatiga ta'sir etish orqali katta ahamiyatga egadir. 
    Hozirgi  paytda  ekologik  munosabatlar  qatnashayotgan  jismoniy  va  yuridik 
shaxslar  xatti-harakatlarini  to`g`ri  yo`nalshtirish  uchun  turli  usullar  qo`llanilib,  
ularning ko`lami ortib bormoqda. 
 
Ekologik huquqiy munosabatlar tizimida quyidagi usullardan foydalaniladi: 
1. Ekologizatsiyalashtirish; 
2. ma'muriy-huquqiy; 
3. fuqaroviy-huquqiy; 
   Ekologizatsiyalashtirish usuli bugungi kunda jamiyat hayotning siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy jabhalariga tobora kirib borib, tabiat qonuniyatlarining 
ustivorligini  ta'minlash,  tabiatni  muhofaza  qilish  chora-tadbirlarining  ishlab 
chiqarish  jarayoniga    qo`llanilishi  sog`lom  ekologik  muhitga  erishish  zaruriyatini 
oldimizga    qo`ymoqda,  ushbu  usul  orqali  shaxs,  davlat  va  jamiyat  hayotinging 
barcha jabhalarining ekologik qoida-talablar asosida olib borishini taqozo etadi. 
 
Ma'muriy-huquqiy usul - davlat va huquqning muhim usullaridan biri bo`lib, 
davlatning majburlov chora-tadbirlarining qo`llanilishda namoyon bo`ladi. 
 
Ekologiya  huquqida  ma'muriy-huquqiy  usul  keng  qo`llanilib,  atrof  tabiiy 
muhitni  muhofaza  qilish,  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish  va  aholining 
ekologik  xavfsizligini  ta'minlovchi  qoida-talablarning  belgilanishi,  barcha  yuridik 
va jismoniy shaxslari tomonidan bamil qilinishining majburiyligi, ekologik qoida-
talablarni  buzganlik  uchun  javobgarlik  chora-tadbirlarining  qo`llanilishida  katta 
ahamiyatga egadir. 
 
Fuqaroviy-huquqiy  usul  ekologiya  huquqida    tobora  rivojlanib,  borayotgan 
usul  sifatida  bevosita  ekologik-huquqiy  munosabatlar  ishtirokchilarining  tengligi, 
mulkning  daxlsizligi,  moddiy  rag`batlantirish,  tabiatni  muhofaza  qilish  va  tabiiy 
resurslardan  foydalanishda  iqtisodiy  chora-tadbirlarning  qo`llanilishda  namoyon 
bo`ladi. 


 
Ekologiya  huquqiy 

  tabiat-jamiyat  tizimidagi    murakkab  munosabatlarni 
tartibga  soladi,  shuning  uchun    ham  turli  tushunchalar,  institutlar,  toifalar  keng 
qo`llanib,  ekologik-huquqiy  qoida-talablarni  qo`llanilishi  va  mazmunini  ochib 
berishga xizmat qiladi. 
 
Ekologik  huquqiy  munosabatlar  tizimini  o`rganishni  oson  bo`lishi  uchun 
o`ziga  xos  institut,  toifa  va  nazariy  qoidalar  majmuini  birlashtirgan  holda 
ekologiya huquqi o`z tizimiga ega. 
 
Ekologiya  huquqining  tizimi  -  ekologik munosabatlarni    tartibga  solishdagi 
ahamiyati  va    mazmuniga  ko`ra  asosiy  institut,  toifa  va  nazariy-huquqiy 
masalalarning  ma'lum tartibda joylashishidir. 
 
Biz murakkab ekologik huquqiy munosabatlar yo`nalishlarini tahlil qilish va 
o`rganishni yengillashtirish maqsadida ekologiya huquqi tizimini ikki qismi, ya'ni 
umumiy va maxsus qismga bo`lib  o`rganamiz. 
 
Ekologiya huquqining umumiy qismi 
·         tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro bog`liqligi; 
·         ekologiya huquqining tushunchasi, predmeti va tizimi; 
·         tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi
·         ekologiya sohasida davlat boshqaruvi
·         ekologiya nazorati  va ekologiya ekspertizasining huquqiy holati; 
·          ekologiya  qonunchilikni  buzganlik  uchun  javobgarlik  kabi  mavzularni  o`z 
ichiga olib, tabiatni muhofaza qilish va  ulardan foydalanishning ilmiy-nazariy 
jihatlari, 
huquqiy 
asoslari, 
ekologik-huquqiy 
mexanizmi 
va 
uning 
elementlarining umumiy ekologik-huquqiy qoidalarni belgilaydi. 
Maxsus  qismi  esa  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish  va  muhofaza  qilish 
bilan bog`liq quyidagi: 
·         yerlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati; 
·         suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati; 
·         yer osti boyliklarining huquqiy holati; 
·         o`simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy holati
·          hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va  ulardan  foydalanishning  huquqiy 
holati; 
·         Atmosfera havosini muhofaza qilishning huquqiy holati; 
·         Alohida  muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holati; 
·         Xalq  xo`jaligi  sohalari  va  aholi  punktlarida  atrof  tabiiy  muxitni  huquqiy 
muhofaza qilish; 
·         Atrof  tabiiy  muhitni  xalqaro-huquqiy  muxofaza  qilish  kabi  har  bir  tabiat 
obyektining  huquqiy  holatini  qamrab  oluvchi  maxsus  ahamiyatdagi  ekologik-
huquqiy qoidalarni o`z ichiga oladi. 
 
 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish