Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi


III-BOB. EKOLOGIYA HUQUQINING MANBALARI



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/144
Sana17.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#382234
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   144
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi

III-BOB. EKOLOGIYA HUQUQINING MANBALARI. 
 
1 §. Ekologiya huquqi manbalarining tushunchasi, xususiyatlari va tizimi. 
 


 Har  bir  fan,    huquq  sohasi  o`z  manbalariga    ega  bo`lib,    ushbu  manbalar  
asosida  rivojlanadi. 
 Tabiat  bilan  jamiyat  o`rtasidagi    o`zaro  munosabatlarni    tartibga  solishda  
yordam  beradigan,  qatnashadigan    huquqiy  hujjatlar  ekologiya    huquqining  
manbasi  sifatida qaralishi mumkin. 
 Ekologiya  huquqining  manbalari  sifatida    me'yoriy-huquqiy    hujjatlar 
hisoblanadi. 
 Shuni  alohida  ta'kidlash    joizki,   har  qanday    huquqiy  hujjat    manba  bo`lib 
xizmat qilmaydi. 
 Ekologiya  huquqining  manbasi  sifatida  qaralayotgan  huquqiy  hujjat  
quyidagi  talablarga javob berishi kerak: 
Vakolatli  davlat organlari  tomonidan  qabul qilinganligi; 
Belgilangan doirada  majburiy ahamiyat  kasb etishi; 
Ekologik qoida-talablarni belgilashi; 
Rasmiy  shakl,  tuzilish,  amal  qilish  muddatlari  va  boshqa  atributlarga  ega 
bo`lishi, hakozo. 
Ekologiya  huquqining  manbalari 

  deganda  atrof-tabiiy  muhitni  muhofaza 
qilish, tabiiy resurslardan oqilona  foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini 
ta'minlash bilan bog`liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda xizmat qiladigan 
qonunchilik hujjatlari  tushuniladi. 
Ekologik  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  konstitutsiyaviy  qoidalar, 
O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar 
Mahkamasining farmon va qarorlari, Maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari 
hamda  mahalliy  davlat  hokimiyat  organlarining  me'yoriy  hujjatlari  yig`indisi 
ekologik qonunchilik hujjatlari tizimini tashkil etadi. 
Ekologiya  huquqining  manbalari  keng  qamrovli  ijtimoiy  munosabatlarni 
tartbiga solishi uchun ham ularni quyidagicha  tasniflash mumkin: 
yuridik  kuchi  bo`yicha  manbalarni    qonunlar  va  qonunosti  me'yoriy 
hujjatlarga  bo`linadi; 
Ekologik munosabatlarni tartibga solinishi yo`nalishlari bo`yicha: 
tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi; 
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish qonunchiligi; 
aholining ekologik xavfsiziligini ta'minlash qonunchiligi. 
munosabatlarni tartibga solish predmeti bo`yicha: 
umumiy va maxsus ekologik qonunchilik hujjatlari. 
huquqiy tartibga solish holati bo`yicha moddiy va protsessual ahamiyatidagi 
qonunchilik hujjatlari; 
qonunchilik  hujjatlarining  tizimi  bo`yicha  oddiy  kodifikatsiyalashgan  va  va 
manbalar; 
qonunchilik hujjatlarining qo`llanilish doirasi bo`yicha: 
xududiy-mintaqaviy  
respublika miqyosida 
xalqaro miqyosidaga manbalar va hokazo. 
Demak  ekologiya  huquqining  manbalari  ekologik  munosabatlarni    tartibga 
solishda  tabiiy  qonunlar  va  jamiyat  qonunchilik  hujjatlarini    mujassamlantirgan 


holda    tartibga  soladi.  Bu  esa  o`z  navbatda  ekologik  qonunchilik  hujjatlarining 
hajmining ko`payishiga olib keladi.  
Tabiat-jamiyat  tizimida  o`zaro  munosabatlarni    tartibga  solishda    bir 
tomondan qonun, farmon, qaror, nizom kabi me'yoriy hujjatlar, ikkinchi tomondan, 
ushbu  qonun  hujjatlarini    qo`llanilishiga    yordam  berish    va  davomiyligini 
ta'minlashda  ekologik  normativ,  standart    va  yo`riqnomalar    kabi  minglab  
me'yoriy-texnik ahamiyatdagi  hujjatlar  qo`llaniladi. 
Ekologiya  huquqining    manbalari    boshqa  huquq    sohalari    manbalari 
chambarchas  bog`liq bo`lib,  ijtimoiy  munosabatlarni tartibga solish  tamoyillari, 
usullari, qoidalarini  qo`llashda umumiylikka egadir. 
Lekin  shuning  bilan  bir  qatorda  o`ziga  xos  xususiyatlarga  ham  ega  bo`lib, 
boshqa huquq sohalari qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatidan  farq qiladi.  
Ular muhim ahamiyatga ega bo`lib, birinchidan, ekologiya sohasida ijtimoiy 
munosabatlarni  tartibga  solishda  tabiiy  qonuniyatlar  ustuvorligini  e'tirof  etadi, 
ikkinchidan,  atrof  tabiiy  muhitni  muhofaza    qilish  va  tabiiy  resurslardan    oqilona  
foydalanishda  jamiyat-davlatning    mavjud  barcha    vosita  va  tadbirlaridan 
foydalanadi. 
Ekologik  qonunchilik  hujjatlari    birinchidan,  tabiatning  ustuvor  qonunlarini  
jamiyat-davlat  qonunchilik  hujjatlari  bilan    mujassamlantiradi,  ikkinchidan, 
tabiatni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holatini  belgilash va 
kafolatlashda    boshqa  huquq  sohalari  ya'ni      konstitutsiyaviy  huquq,  ma'muriy 
huquq,  mehnat  huquqi,  moliya  huquqi,    qishloq  xo`jalik  huquqi  kabilarining 
qonunchilik hujjatlarini ekologik masalalarni hal qilishga  yo`naltiradi. 
Demak,  ekologiya  huquqining  manbalari  atrof  tabiiy  muhitni    muhofaza 
qilish,  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish,  aholining    ekologik  xavfsizligini  
ta'minlash  bilan  bog`liq    jarayonlarda  paydo  bo`ladigan  ijtimoiy  munosabatlarni 
tartibga soladigan qonunchilik hujjatlari tizimida iboratdir. 
Ekologik  qonunchilik  hujjatlari  murakkab  tizimga  ega  bo`lib,  o`z  mazmun-
mohiyatiga  ko`ra    biz  ularni  o`rganishni  oson  bo`lishi  uchun  uch  asosiy  qismga 
bo`lib o`rganamiz: 
Ekologiya huquqining konstitutsiyaviy asoslari; 
Ekologiya sohasidagi O`zbekiston Respublikasining qonunlari tizimi; 
Ekologiya sohasidagi qonunosti me'yoriy hujjatlar tizimi. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish