Toshkent davlat transport universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi “psixologiya”


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Download 10,98 Mb.
bet58/62
Sana29.05.2022
Hajmi10,98 Mb.
#617085
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
Bog'liq
Психология УМК

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Insoniy munosabatlar psixologiyasi.
2. SHaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni.
3. Muomalaning psixologik asoslari
4. Muloqotning psixologik vositalari.
5. Muloqot va uni o‘rganish muammolari.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Charles Stangor. Introduktion to Psychology. 2011.

ODAM-TEXNIKA TIZIMINI BoshqarISH VA UNDA MEHNATNI TASHKIL ETISH
Reja:
1. Boshqaruv haqida tushuncha.
2. Rahbarlik boshqaruv faoliyati sifatida.
3. “Odam-texnika”tizimida mehnatni tashkil etish.
3. Mehnatni tashkil etish va kasbga yo‘naltirish.


Tayanch so‘zlar: boshqaruv, personal, rahbar shaxsi, liberal, avtoritar, demokratik boshqaruv,. , mutaxassislik, ixtisoslik, “Odam-texnika” tizimi, mehnat ritmi, ish rejimi, tanlov.

Oxirgi yillarda inson omiliga e’tiborning ortib borishi munosabati bilan boshqarish psixologiyasi masalalariga ham qiziqish kuchaydi. SHu asosda ijtimoiy psixologiyaning maxsus bo‘limi — boshqarish psixologiyasi paydo bo‘ldi. Boshqarish psixologiyasi psixologiyaning shunday tarmog‘iki, u boshqaruv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni, shaxs va shaxslar guruhi tomonidan boshqa guruhlar faoliyatini samarali tashkil etish va birgalikdagi faoliyatini amalga oshirishning psixologik mexanizmlarini o‘rganadi.


Boshqarish muammolari ham bir qancha fanlar tomonidan o‘rganiladi, jumladan, falsafa, tarix iqtisod, xuquqshunoslik va psixologiya uning o‘ziga xos tomonlarini ochish bilan shug‘ullanadi. Psixologiya boshqarishni ham ob’ekti, ham sub’ektini o‘rganadi. Psixologik tadqiqotlarda o‘rganiladigan olimlar jamoasi, alohida shaxs, ularning psixologik holatlari, ulardagi ayrim jarayonlar va vazifalari boshqaruv ob’ekti deb aytiladi. Boshqaruvning sub’ekti o‘rganilganda esa odatda boshqaruvchi shaxs yoki odamlar guruhi nazarda tutiladi.
Psixologiya ko‘proq boshqaruvchi shaxs faoliyatining psixologik asoslarini o‘rganadi va shu asosda buysunuvchilar ishlarinn samarali tashkil etish, aniq va to‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun qanday psixologik xolat va jarayonlarni o‘zida tarbiyalash lozimligi kabi qator muammolarni echadi. Masalan, konkret hayotiy sharoitlarda agar boshliq majlis olib borayotgan bo‘lsa, har bir so‘zga chiquvchilarning fikrlari, ma’ruzalari va hokazolar orqali ularning psixologik holatlari aniqlanadi, yangi ish dasturlari ishlab chiqariladi, qabul qilingan qarorlarga ko‘ra boshliqning va xodimlarning har biriga alohida ilmiy ko‘rsatmalar va maslahatlar beriladi.





Boshqaruv psixologiyasi boshliq faoliyatini analiz qilganda asosiy diqqatni boshqarish uning ehtiyoji yoki qobiliyatlariga mos yoki mos emasligi, qaysi individual xususiyatlariga ko‘ra u boshliq darajasiga ko‘tarildi, ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun u boshqaruvning qay usullaridan foydalanyapti, xodimlarga psixologik ta’sir ko‘rsatish maqsadida u qanday ta’sir uslublarini qo‘llayapti kabi qator masalalarga qaratadi. Boshliq bo‘lish ishiga turli shaxslarning munosabatlari har xil, chunki kimdir boshliqda bo‘lgan imtiyozlarga beriladi, kim uchundir unga berilajak huquqlarni afzal ko‘rish xos, kimgadir yuksak mas’uliyatlarni bo‘yinga olish ma’qul keladi. SHaxslarning boshliq funksiyalari haqidagi tasavvurlari qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, boshliqdan real sharoitlarda odamlar guruhini aniq maqsad asosida faoliyatga yo‘llash, ularga bosh bo‘lish, turli tadbirlarni amalga oshirish, obro‘ga ega bo‘lish, har bir qilingan ish uchun javobgarlikni o‘z buyniga olish kabi ko‘plab sifatlarning mujassam bo‘lishi talab qilinadi.
Ayniqsa boshliq uchun turli guruhlardagi, ko‘p holda bir boshliq uchun bir vaqtning o‘zida bir qancha guruhlardagi shaxslararo munosabatlarning xarakteriga javobgar bo‘lish qiyinchiliklar turdiradi, chunki o‘sha guruhlarni tashkil etgan har bir shaxsning o‘ziga xos individualligi, boshqaruvchi haqidagi ular tasavvurining har xilligi va guruhlarda norasmiy liderlarning borligi boshliqdan odamlar bilan ishlash borasida ham tajribaning, ham psixologik fahm-farosatning va sabr-qanoatning bo‘lishini talab qiladi. SHuning uchun ham kundalik hayotimizda, ham ilmiy adabiyotlarda tez-tez yonma-yon ishlatiladigan ''lider" va ''boshliq" tushunchalarining psixologik mazmunlarini analiz qilib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi zamon menejmentning psixologik asoslari fanining vazifasi - bu yangi texnika va texnologiyalarni keng qo‘llagan holda mazkur jarayonning eng maqbul samarali ilmiy-nazariy, metodologik negizlarini yaratish, mexanizmlarini kashf qilish va ularni inson omiliga muvofiqlantirishdan iboratdir.
XX asrning 60-80 yillarida AQSH va Evropaning bir qator mamlakatlarida zamonaviy menejment nazariyasi rivojlana boshladi. Ilg‘or davlatlarning nazariyotchilari tizimli menejmentni tashkil qilish maqsadida XXI asrning bo‘sag‘asida psixologiya fanida bir qancha konsepsiyalarni ishlab chiqdilar94, chunonchi:
- tizimli yondashuv
- tarmoqlararo uyg‘unlik
- ichki va tashqi omillarga asoslanuvchi menejmentlikka
bog‘liq idora etish majmuasini yaratish
- gemogen va geterogen xususiyatlarini hisobga oluvchi omilga
asoslanish va hokazo.

1. Tizim - bu bir-biri bilan izchil o‘zaro bog‘liqlikka, uyg‘unlikka ega bo‘lgan qismlarning majmuasidir. Har bir alohida qism yaxlit tizimning sifat va shakl jihatidan o‘zgarishiga o‘z hissasini qo‘shadi, shuningdek, uning o‘zi ham muayyan darajada takomillashadi va faollashadi. Psixologik nuqtai nazardan tashkilot yoki muassasa - bu yaxlit ochiq toifadagi tizimning aynan o‘zidir. Uning tuzilishida ham ob’ektlar, ham sub’ektlar aniq tartibda o‘zaro uyg‘unlashgan holda mujassamlashgandir. Xuddi shu boisdan uning hukm surishi (umrboqiyligi) tashqi va ichki muhit mutanosibligiga bevosita bog‘liqdir. Tizimli yondashuvda tashkiliy menejmentga binoan uning tarkibidagi psixologik va ijtimoiy psixologik hodisalardan tashqari (iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy) muhitga e’tibor beriladi.


2. Garchi tizimli yondashuvda yaxlit tashkilot yoki muassasa qanday tarkibiy qismlardan tashkil topganligi aniq bo‘lsa-da, biroq bu qismlarning qaysi birisi birlamchi, qaysisi ikkilamchi yoki uchlamchi darajali ekanligiga qat’iy e’tibor qaratilmaydi.
Modomiki shunday ekan, tashkilotning yoki muassasaning qaysi bir qismi o‘ta muhim, degan muammoga vaziyatli tahlil (yondashuv) ro‘y-rost javob bera oladi. Mazkur holatda tashkilot (muassasa) dagi ichki tarkibiy o‘zgarishlar tashqi muhitning ta’siri bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganiladi. Ichki tarkib mexanizmi tashqi muhit omili bilan uyg‘unlashadi, natijada muammoni hal qilish vaziyat hukmi, mohiyatiga singib ketadi. SHuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, turli darajadagi, xususiyatdagi vaziyat har xil bilimni taqozo etadi, oqibatda ko‘rsatkichlar ushbu psixologik hodisaning harakatlantiruvchisi yoki ta’minlovchisi funksiyasini bajaradi.
3. Menejmentda tashkiliy mexanizmlarning eng oqilona yo‘llarini ishlab chiqish imkonini beradi. Mazkur nuqtai nazardan menejment quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • - faoliyat yoki ishlab chiqarishning asosiy yoki bosh maqsadini aniqlash;

  • - muammo echimi bo‘yicha qaror qabul qilish;

  • - muammo echimini topishning yo‘l va vositalarini rejalashtirish;

  • - ushbu jarayonni amalga oshirishni tashkillashtirish;

  • - yuzaga kelgan ob’ektiv, sub’ektiv sharoitlarga va favquloddagi vaziyatga moslashtirish;

  • - muammo kechishini nazorat qilish va hokazo.

4. Unga asosan boshqarishning:
- operatsion tamoyiliga;
- qaror qabul qilish nazariyalarining o‘ziga xos
tamoyillariga;
- ilmiy menejment mohiyati, tuzilmasi kabilarga asosiy
e’tibor qaratiladi.
Inson xatti-harakatining zamirida doimiy uning uchun dasturiy maqsad, mayl mujassam bo‘ladi, natijada unga ko‘ra shaklning u yoki bu munosabatlari jarayonidan (masalan: ishlab chiqarishdagi ijtimoiy ruhiy muhit) ta’sirlanishi yuz beradi, bunda uning xarakteriga xos belgilarini aniq bilib olish mumkin. SHuning uchun ham mazkur jarayon, xususiyat va holatlar menejmentning psixologik asoslari fanining ilmiy tadqiqot predmetiga aylanishi zaruratdir. Psixologik bilimlarning bunday tarzda tizimlashuvi teranlik, ob’ektivlik va ishonch negizida jiddiy tashkiliy - menejmentlik ishlarini olib borish uchun mustahkam asos bo‘la oladi.
SHu o‘rinda “munosabat” kategoriyasini misol tariqasida o‘rganish foydalidir. Munosabat - faoliyat rivojlanishining ko‘p qirrali jarayoni hisoblanib, u odamlar o‘rtasidagi hamkorlikdagi faoliyatning ehtiyojlaridan kelib chiqadigan o‘zaro bog‘lanishlarning murakkab majmuasini o‘zida bevosita aks ettiradi.



Download 10,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish