Munosabatlar va yo‘nalish shaxdagi asosiy ko‘rinishlar sifatida - bu shaxsning hayotdan nimani kutishi va nimani xohlashi.
Qobiliyatlar ana shu tilak-istaklarni amalga oshirish imkoniyati sifatida - bu odamning nimalarga qodir ekanligi.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
SHaxs tuzilmasi va uning shakllanishidagi Sigmund Frod, Jin-Mark CHarkodlarning psixodinamik nazariyasi.
Individual tipologik xususiyatlar klassifikatsiyasi.
SHaxsning iqtidori va qobiliyatlari diagnostikasi.
SHaxs xarakteri va temperament xususiyatlari.
Sangvinik va Xolerik toifasiga mansub insonlar va ularga xarakteristika.
Melonxolik va flegmatik toifasiga mansub insonlar va ularga xarakteristika.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Charles Stangor. Introduktion to Psychology. 2011.
16-Mavzu: “MULOQOT VA SHAXSLARARO MUNOSABATLAR”.
Muloqot - shaxslararo munosabatning asosidir.
Muomalaning psixologik asoslari.
Muloqotning psixologik ta’sir vositalari.
Muloqot taktikasi va usullari.
Odamlarni bir-biriga intilishiga nima majbur qiladi? Nima uchun inson o‘ziga mos bo‘lgan muhitni zo‘r berib qidiradi? Nima uchun u yuragidagi dardi va xissiyotlarini kimgadir to‘lib –toshib gapirib bergisi keladi? SHaxs o‘zining fikrlari, taassurotlari, eng achinarli va alamli hamda qiziqarli kechinmalarini kimdir dildan tinglashini istaydi. Nima uchun inson o‘zining “Men”i haqidagi sir-asrorlarini, ruhiy dunyosini ochib tashlashni yaqqol namoyon qiladi? Nima uchun biz muloqotli do‘st, o‘rtoq va suhbatdosh izlaymiz yoki nima uchun biz boshqalar bilan muloqotga muhtojmiz?
Mulqot nima – bizning rivojlanishimiz jarayonidagi, maishiy hayotimizdagi odatiy shart-sharoitmi yoki ajralmas ehtiyojlarimizmi?
“Odam – odam bilan tirik” degan gap ota-bobolarimizdan qolgan ko‘hna haqiqatdir. Ammo har bir odam o‘zi bir olam bo‘lib yaralgan va hech kim hech qachon birovga aynan o‘xshamaydi. Biz birovlarga o‘xshamaganimiz uchun ham xoxish-istaklarimiz, yaxshi va yomon fikirlarimiz turlichadir.
SHaxsdagi eng chuqur joylashgan psixologik qatlamlar muloqat orqali shakllanadi.
Muloqatning quyidagi asosiy vazifalari mavjud:
axborot almashinish;
aloqa o‘rnatish;
turtki;
o‘zaro tushunish;
ma’naviy-ahloqiy sifatlarni tarbiyalash.
Muloqot muomalaning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham shunday muhim rol o‘ynaydi.
Muloqotning uchta asosiy o‘zviy tomoni mavjud:
1) Muloqotning KOMMUNIKATIV tomoni – bunda axborot o‘zatish va odamlar bir-biri bilan muloqotga kirishishi jarayonida muomalaning muhim vositasi hisoblanmish tilga va uning amaliy ifodasi bo‘lgan nutq faoliyatiga bevosita murojaat qiladi.
2) Muloqotning INTERAKTIV tomoni – bunda muloqotga kirishuvchilarning o‘zaro ta’siri, ularning nutq faoliyatidagi nafaqat so‘z orqali fikr almashinuvi, balki xatti-harakati, hulq-atvori bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazish, ta’sirlanishdan iboratdir.
3) Muloqotning PERSEPTIV tomoni – bunda muloqotga kirishuvchilar o‘zaro bir-birlarini idrok qilishi, ya’ni insonni inson tomonidan idrok qilishi yuzaga keladi.
Muloqot jarayonida quyidagi vositalar muhim ahamiyat kasb etadi:
Til – muloqot uchun ishlatiladigan so‘zlar tizimi.
Intonatsiya, hissiy ifodalash.
Mimika, poza, qarash.
Jestlar
Masofa (15-40 –intim, 70-80 –do‘stona, 120-150 -hurmat).
Kompetentlik – boshqa odamlar bilan zarur aloqalarni o‘rnata olish va uni shu ruhda saqlab qolish qobiliyatidir. Samarali kommunikatsiya uchun muloqot predmeti va vaziyatni va hamkorlarning o‘zaro tushunishlariga erishish lozim.
Muloqot quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
shaxslararo;
guruhli;
jamoaviy;
ommaviy .
2. Muomala ijtimoiy psixologik voqelik sifatida shunday ko‘rinishga egaki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan o‘zaro psixik jihatidan aloqaga kirishadilar, axborot almashadilar, bir-biriga ta’sir o‘tkazadi va ta’sirlanadilar, tushunadi, muayyan obraz yaratadi hamda o‘z imkoni yatlarini anglaydilar.
Muomala umumiy psixologiyaning asosiy kategoriyalaridan biri bo‘lib, o‘z ichiga shaxslararo munosabatlarning eng muhim mexanizmlarini va qonuniyatlarini qamrab oladi.
Muomala inson taraqqiyotining genezisi xisoblanmish, o‘yin faoliyatini yuzaga keltiruvchi, harakatlantiruvchi, ma’naviy ehtiyojlarni qonduruvchi ta’limning hamkorlik faoliyatining boshqaruvchisi, ijtimoiy ishlab chiqarishning negizi sanalmish mehnat faoliyatining moddiy , iqtisodiy stimulidir.
Muomala muvaffaqqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari, motivatsiyasi, xarakter xislatlari, individual –tipologik xususiyatlari, e’tiqodi va aql-zakovatining rivojlanishi hisoblanadi.
Muomala ko‘p qirrali to‘zilishga ega bo‘lib, uning mohiyati odob-ahloq, odatlar, ko‘nikma va malakalar, hamkorlik faoliyati, ob’ektiv va sub’ektiv munosabatlar( rahbaolik, tobelik) hamda sub’ektiv munosabatlar – simpatiya (ichdan yoqtirish), antipatiya (ichdan yoqtirmaslik), empatiya (hamdardlik, odamlar o‘rniga o‘zini qo‘ya bilish), eyfariya (o‘ta quvonch, armon, negizida shaxslar aro munosabatlar o‘rnatila, axborot almashinadi va o‘zaro ta’sir vujudga keladi.
3. Psixologik ta’sir – bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, xissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsata olishdir.
Psixologik ta’sirning asosan uchta vositasi mavjud:
Verbal ta’sir – bu so‘z va nutqimiz orqali ko‘rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so‘zlarimizdir. Nutq jarayonida odam o‘zidagi barcha so‘zlar zahirasidan foydalanib,eng ta’sirchan so‘zlarni topib sherigiga ta’sir ko‘rsatishni hohlaydi.
Paralingvistik ta’sir – bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar.Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi,artikulyasiya,tovushlar, duduqlanish, yo‘tal, til bilan amlga oshiriladigan xarakatlar, nidolar kiradi. SHunga qarab,masalan, do‘stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo‘lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz.
Noverbal ta’sir – uning ma’nosi nutqsizdir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, holatlari(yaqin, o‘zoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlari, bir-birini bevosita his his qilishlari, tashqi qiyofasi kiradi. Ularning muloqot muloqot jarayonini yana kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi
Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa sho‘qi, suhbatdoshlar bir-birlariga ta’sir ko‘rsatishmoqchi bo‘lishganda, dastavval nima deyish, qanday so‘zlar vositasida ta’sir etishni o‘ylar ekan. Megrabyan formulasi bo‘yicha: verbal ta’sir 7%, paralingvistik ta’sir 38%, noverbal ta’sir 58%ni tashkil etadi. YAna muloqotda ta’sining tashabbuskoriga va ta’sirning adresatiga ham muhim ahamiyatga ega.
Muloqot taktikasi quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshiriladi:
Muloqotni balanddan qurish;
Muloqotni pastdan qurish;
Muloqotni yonma-yon qurish;
Muloqotda qatnashmaslik.
Muloqotni amalga oshira turib, uning quyidagi kodekslaridan har doim qurol sifatida foydalanish lozim.
Samimiylik kodeksi. O‘zgalarni qiziqishlariga samimiy munosabatda bo‘l!
Qo‘llab-quvvatlash kodeksi. O‘zgalarni tingla!
Simpatiya kodeksi. Muruvvatli va ochiq bo‘l!
Muloqotning quyidagi usullari mavjud:
Avtoritar muloqot.
Demokratik muloqot.
Liberal muloqot.
Muloqot usullarini qo‘llash bilan barobar uning prinsiplariga rioya qilish ham muhim ahamiyatga ega.
Kooperativ prinsipi: o‘zaro tashkil etilgan suhbatda o‘z imkoniyatlarini ishga solish.
Axborotning etarli bo‘lishi: ushbu vaziyat uchun ko‘p ham oz ham gapirmaslik kerak.
Axborotning sifatliligi: aldamaslik kerak.
YAxlitlilik: mavzudan chetga chiqmaslik, qanday bo‘lsa shunday qabul qila olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |