Toshkent davlat transport universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi “psixologiya”



Download 10,98 Mb.
bet60/62
Sana29.05.2022
Hajmi10,98 Mb.
#617085
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
Bog'liq
Психология УМК

Liderlikka oid nazariyalar

Liderlik hodisasi to‘g‘risida gap ketar ekan, liderlik nazariyalari xaqida ham qisqacha to‘xtalib o‘tish o‘rinlidir. Hozirgi kunga qadar liderlik to‘g‘risida asosan uchta nazariya mavjud:



  • Xarizmatik nazariya;

  • vaziyatga bog‘liqlik nazariyasi;

  • sintetik nazariya.

Jahon ijtimoiy psixologiyasi fanining turlicha yo‘nalishlari, har xil xususiyatli namoyondalari tomonidan to‘plangan behisob ham nazariy, ham amaliy materiallarni tahlil qilish va umumlashtirish ularni muayyan mohiyatiga (mazmuniga) ko‘ra menejer (rahbar)larni quyidagi tiplarga (toifalarga) ajratish imkonini yuzaga keltiradi95:


I. Faoliyatning mazmuniga ko‘ra:

  1. Ilhomlantiruvchi.

  2. Ijro etuvchi (ijrochi).

  3. Ham ilhomlantiruvchi, ham ijro etuvchi (ijrochi).

II. Faoliyatning uslubiga binoan:

  1. Avtoritar.

  2. Demokrativ.

  3. Liberal.

  4. Pedantizm.

  5. Aralash (diffuz).

III. Faoliyatning xususiyatiga qarab:

  1. Universal (ko‘pqirrali, ko‘pyoqlama keng ixtisosli, ya’ni keng profilli).

  2. Biryoqlama, ya’ni tor ixtisosli, cheklangan xususiyatli.








Endi ushbu psixologik tasnifga, turkumlashga asoslangan holda ularning har qaysisiga taalluqli bo‘lgan tavsiflarga to‘xtalib o‘tamiz. SHuningdek, yaqqol hayotiy tajribalarga asoslanib ularning mohiyatini ochishga, psixologik hodisalarini esa ro‘y-rost tushuntirib berishga harakat qilamiz.


Ijtimoiy hayotning turli bo‘g‘inlarida (infrastrukturasida) faoliyat ko‘rsatayotgan menejer (rahbar) larning ayrimlari o‘zlarining shaxsiy faolliklari, belgilangan maqsadlarga nisbatan sobitqadamliklari, ijodiy rejalari, barqaror irodaviy sifatlari, o‘zini o‘zi boshqarish (regulyativ) imkoniyatlari bilan o‘z qo‘l ostidagi xodimlarida, o‘rta bo‘g‘indagi (lavozimdagi) xizmatchilarida (o‘rinbosarlarida) xulq-atvorga, muomalaga va faoliyatga undovchi motivatsiyalari ta’sirida shijoat, ishonch, ijtimoiy burch his-tuyg‘ularini uyg‘otadi. Faollashtirishning ob’ektiv (tabiiy) omillari (ya’ni shart-sharoitlar, ishchanlik muhiti, texnika vositalari, mehnat o‘rnining sangigienik talablariga javob berishligi, ishhaqini to‘lashning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi va hokazo) va sub’ektiv (ichki ruhiy) jabhalari anglashilgan motivlar, qiziqish, shaxsiy va ijtimoiy ustanovkalar, ya’ni psixologik iliq muhit, g‘oyaviy e’tiqod, yuksak hislar (axloqiy, aqliy, estetik, praksik, ya’ni mehnatdan lazzatlanish hissi kabilar) dan unumli, omilkorlik bilan, odilona va oqilona foydalanish. Ba’zi bir ruhiy holatlarda, vaziyatlarda mehnatsevarlik, vatanparvarlik, optimistik, milliy g‘urur namunalarini namoyish qilish orqali o‘z qo‘li ostidagilarning ruhiyatida ilhom, intilish xohish, istak, ezgu niyat tuyg‘ularini vujudga keltirish maqsadga muvofiq.
Millatparvarlik yuksak hissini amaliyotda qaror toptirish, ro‘yobga chiqarish yordamida o‘zga kishilarda, begona odamlarda taqlidchanlik (imitatsiya), o‘xshashga intiluvchanlik (identifikatsiya), kutilayotgan natijani oldindan payqash, modelini ko‘z o‘ngiga keltirish (antitsipatsiya) sezgirligini, ya’ni sensorikani namoyon etish ayni muddaodir. O‘z qo‘li ostidagi odamlarni shaxsiy xatti-harakatlari bilan rom qilish, mahliyo etish (lotincha-attraksiya), tana a’zolarining tonusini ko‘tarishni erishish, biologik shartlangan ichki imkoniyatlar va zaxiralarni ishga tushirishga tabiiy jihatdan negiz hozirlash ijobiy mahsullarni keltirib chiqaradi.

Bugungi kunda mehnat psixologiyasining muammolari dolzarb bo‘lib, unda mavjud mashina bilan insonni moslashishiga urinishi o‘rganiladi.Mashina “malumot” bo‘lib, inson esa uni “izlovchi” lik qiladi.Bu o‘z-o‘zidan quyidagi masalani echishga olib keladi, yani qanday qilib kishilar qobilyatini tanlamoq, qanday qilib ularni o‘qitmoq, o‘rgatmoq, qobilyatlarini qay yo‘sinda rivojlantirmoq kabilarni birlashtiradi.


YAngi mamlakatlar konstruktorlari ilgarigi davrlarda mashinani texnik vazifasi muammolarini echib kelishag bo‘lsa ham, lekin afsuski, ular tomonidan yaratilgan mashinalarni boshqaruvchi inson imkoniyatlari hisobga olinmagan.Masalan, Fordning zavodida avtomobil motori uchun silindir blokining ishlaydigan stanoki bo‘lib, u ”habashcha” degan laqab olgan edi, amerikaliklar o‘sha stanokda bir necha kun ishlay olmagandilar.Fordning boshqa stanoklarida ishalsh ishchilar mehnat jarayonidagi harakati ibtidoiy o‘yinga o‘xshab ketardi.
Mehnat psixologiyasida anchadan buyon, bizda ham xorijda ham boshqa yo‘nalishlar belgilab olindi, yanikim “malumot” insonga bo‘lib endi nafaqat jismoniy holati balki yana psixologik imkoniyatlari ham kiritildi.Endi mashina esa xuddi “izlanuvchi” sifatida qaralmoqda.Kembrij Universitetining psixologi F.Barlett ushbu muammoni mashinaning insoniylashuvi deb nomladi va boshqa hamma yo‘nalishdagi ishlar oxirgi yillardagi umum tan olgan “muhandislik psixologiyasi” deb nom oldi.Bzida ushbu yo‘nalish yana “obekt-psixologiya” deb ham ataladi.Ushbu yo‘nalish oxirgi yillarda samarali kibernetika bilan hamkorlikda rivojlanib kelmoqda.Undan oldingidan farqli o‘laroq insonni mashina sifatida ko‘rishga intilayotgan bo‘lsa, injenerlik psixologiyasi aksincha mashinada insonni ko‘radi.
Muhandislik psixologiyasi texnika, ayniqsa avtomashina va elektronika taraqqiyoti munosabati bilan umumiy psixologiyaning bir tarmog‘i sifatida paydo bo‘ldi. Muhandislik psixologiyasi umumiy psixologiyaning bir tarmog‘i sifatida texnik to‘zilmalar va insonning axborot almashinish jarayonlarini o‘rganadi. Ba’zida muhandislik psixologiyasi texnika psixologiyasi tushunchasi bilan ham yuritiladi.
Mashinalar tizimining ahvoli va ishining borishi haqida har xil signallar qabul qilayotgan, pult boshqarmasida ishlab turgan muhandisdan tez va aniq idrok qilish, tez harakat, diqqatning tez ko‘chishi va taqsimlanishi bilan birgalikda keng ko‘lamli diqqat, farosatning tezligi va topqirlik, hissiy vazminlik va o‘z-o‘zini tuta bilish kabi sifatlar talab qilinadi. Inson psixikasining bu xususiyatlarini aniqlab berish va amaliyotga tadbiq etish muhandislik psixologiyasining eng muhim vazifalaridan biridir.
Davrimizning buyuk texnika progressi munosabati bilan psixologiya sohasida ham yangi, juda qiziqarli muammolar paydo bo‘ldi.
Inson keyingi yillar davomida atom yadrosining sirini egalladi, reaktiv va raketa texnikasi, avtomashina, elektronika, telemexanika taraqqiyotida ajoyib yutuqlarni qo‘lga kiritdi, kibernetika, radioastronomiya, radioximiya, astrobotanika singari yangi fanlarni kashf etdi. Fan va tex­nika inson qo‘li kuchlarini, harakatlar tezligini, ko‘zining quvvatini, eshitish sezgirligini million marta orttirdi, tafakkur operatsiyalari tezligini yuz va ming martalab kuchaytirdi.Bularning hammasi inson aqli va ijodiy irodasiga xos kuch va g‘ayratining zafari bo‘ldi. Bu yutuqlarning hammasi tadqiqotchilar e’tiborini insonning aqliy va ijodiy kuch-imkoniyatlari oxir nechog‘li yuksalishi mumkin ekan degan masalalarga yana bir marta qaratishga majbur qiladi.Muhandislik psixologiyasi texnika, ayniqsa avtomashina va elektronika taraqqiyoti munosabati bilan umumiy psixo­logiya va mehnat psixologiyasining bir tarmog‘i sifatida paydo bo‘ldi.Muhandislik psixologiyasi mashinalar konstruksiyasi in­sonning psixik xususiyatlari va imkoniyatlariga moslashtirishning amaliy masalalarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.Bu sohaning vazifasi, xususan, mashina yoki butun bir ma­shinalar sistemasini boshqarayotgan injener-texnik xodimlarning idrok, diqqat, xotira, tafakkur, emotsional kechinmalar va irodasiga xos bo‘ladigan xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.
Mashinalar ishining ahvoli va borishi haqida har xil signallar qabul qilayotgan pul’t boshqarmasida ishlab turgan ipjenerdan tez va aniq idrok qilish, tez reaksiya, diqqatning tez ko‘chishi va taqsimlanishi, keng hajmli farosat tezligi va chopqirlik, emotsional vazminlik va o‘z-o‘zinituta bilish kabi sifatlar talab qilinadi. Inson psixikasining bu xususiyatlarini aniqlab berish Muhandislik psixologiyasining eng muhim vazifalaridan biridir.

Muhandislik psixologiyasi “Odam-texnika” tizimidagi faoliyat egalarining umumiy va texnikaviy iste’dodini o‘rganish va uni qanday shakllantirish masalalarini o‘rgatadi.


“Odam-texnika” tizimi munosabatlari qay tarzda amalga oshirilishi kerak? degan savol tashlanadi.
“Odam-texnika” tizimini boshqarish uchun mehnatkashlarning psixologik xususiyatlari va ularning o‘ziga xosligi muhim ahamiyatga ega.
Ishchi va xodimlarning psixologik masalalari quyidagilardan iborat bo‘lib, mehnatkashlar fazilatlarining ijtimoiy psixologik xususiyatlari va ijtimoiy guruxlarning o‘ziga xosligi, sinfiy , kasbiy xususiyatlari, psixologik umumiylik, bog‘liqlik, moslik, ishonch va e’tiqodni o‘zida aks ettiradi.
Muhandislik psixologiyasining paydo bo‘lishi texnik loyihalar, ixtirolar va qayta qurishlarning tez rivojlanishida inson rolini oshib borishi va undagi inson omilini o‘rganish bilan bog‘liqdir.
Muhandislik psixologiyasining uslubiy prinsipi texnikani insonparvarlashtirish va insonnni mehnat faoliyatining sub’ekti sifatida ko‘rib chiqadi. Muhandislik psixologiyasi mashinalar loyihasini insonning psixik xususiyatlari va imkoniyatlariga moslashtirishning amaliy masalalarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bu sohaning vazifasi mashina va butun bir mashinalar tizimini boshqarayotgan muhandis –texnik xodimlarning idroki, diqqati, xotirasi, tafakkuri, xissiyoti va kechinmalari hamda irodasiga xos bo‘lgan xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.
Muhandislik psixologiyasi injener-texnologdan hissiy vazminlik, o‘z-o‘zini tuta bilish, diqqatining tez ko‘chishi va taqsimlanishi, farosatining tezligi va topqirligini talab qiladi.
Muhandislik psixologiyasi sohasiga yaqin, ko‘pincha xatto u bilan yaqinlashib ketadigan soha bu-psixologiyaning bionika bo‘limidir, yoki “psixobionika” dir.Bizga malumki, bionika jogivorlar organizmidan texnikada foydalansa bo‘ladigan qonuniyatlarni o‘rganadi, “psixobionika” mashinaga psixikadan olingan hamma narsani berishga xarakat qiladi, unda faqat inson psixikasidan tashqari jonoivorlar psixikasidan ham foydalanildai.Bu erda umumiy muammolar mavjud hamda ular “injenerlik psixologiyasi” bilan “berkitilgan” ammo fanning ushbu ikki sohasi hali boshqa boshqadir.
Dastlab muhandislik psixologiyasi materiallarini to‘plab, umumlashtirib chiqqan olimlar S.CHapanis, V.Karnet, S.Morganlar 1949 yilda nashr etdilar.Ular haqqoniy ravishda shuni qayd ettilarki texnika shunday bo‘sag‘aga keldiki, inson imkoniyatlari cheklanganligi tufayli yaxshi uskunular ham so‘zsiz undan foydalanishda yaxshi natijalar berishini taminlamaydi.
XX asrning 50-yillaridan etiboran sobiq Ittifoqda muhandislik psixologiyasi jadalroq kengaya boradi.Muhandislik psixologiyasidagi masalalrni turli murakkabliklarini unga ajratish mumkin:

    1. solishtirilib ko‘rilayotgan uskunalar variantlari ikkitasidan (yoki bir nechasidan) qaysinisi yaxshiroq;

    2. o‘rganilayotgan obektning psixologik tomondan nimasi yaxshi va nimasi yomon;

    3. chngi konstrktorlanayotgan mashina yoki pribolarga qanday psixologik talab qo‘yilishi kerak.

Oxirigi masala ancha mushkul va unga javob zarurdir, umumnazariy tadqiqotlardan tashqari, undan avvalgi ikki masaladan olingan echim to‘g‘risida malumot kerak bo‘ladi.
Oxirgi yillarda muhandislik psixologiyasi texnika estetikasi bilan tutushib “nima yaxshi” savoligagina emas, balki “nima qulay” manosidan tashqari “ nima chiroyli” savollrini bermoqda.
K.K.Platonov rahbarligi ostida V.M.Danilyak olib borgan tadqiqoti shuni ko‘rsatadiki, ushbu muammoni eksperimiental-psixologik metodni qo‘llab echish-tez orada amalga oshadiagan ishdir.
Dizaynerlar ishini muhandis psixolog mutaxassislar bilan yaqinlashuvi faqat maqullamoq kerak.Mahalliy injnerlar A.I.Leontev, B.F.Lomov, D.A.Oshanin ishlarida tez va muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.Lekin, shu narsa bezovta qiladiki u o‘zidan yuqorida tavsiflangan spetsifikatsiyaga sarflaydi va mehnat psixologiyasi vazifasi bilan o‘rnini almashtirmoqda.Masalan, 1963 yildagi psixologlrning II sezdida umuman mehnat psixologiyasi seksiyasi tashkillashtirilmaydi.
Muhandislik psixologiyasi bu mehnat psixologiyasi tarmog‘i bo‘lib texnikani butkul gumanizatsiya qilishga qaratilgan.Bu texnikani ekspuulatatsiya qilish kishilarni tanlash va tayyorlash unga ega bo‘lgan masalalarni muhandislik psixologiyasi bilan ko‘pgina umumiy muammolari bo‘lgan mehnat psixologiyasining boshqa bo‘limlari bilan echadi.
M.I.Bobnevning dissertatsiyasida muhandislik psixologichis maqsadi quyidagicha ifodalanadi:” injenerlik psixologiyasi predmeti bo‘lib kishining psixologik xususiyat va hislati qonuniyatini tasiri texnikaning konstruktorli tuzilishiga tasir etishidir, shu bilan inson faoliyatining murakkab sistemaga qo‘shilishidir”.

Muhandislik psixologiyasi mehnat psixologiyasining shunday sohasiki (franso‘zchadan igenieuz-muhandis texnika sohasidagi mutaxassis) inson va mashina o‘rtasidagi axborotli o‘zaro harakat jarayonlari va usullarini tadqiq etuvchi soha.


Muhandislik psixologiyasi ishlab chiqarish mehnati psixik strukturasini qayta shakllantirish ilmiy texnikaviy inqilrbi sharoitida yuzaga kelgan.Unda operativ axborotni idrok qilish va qayta ishlash va chegaralangan vaqt mobaynida qaror qabul qilish jarayonlari muhim tarkiblari bo‘lgan.Muhandislik psixologiyasining asosiy muammolari; 1) boshqaruv tizimida insonning vazifalarini analiz qilish va inson avtomatlashgan qurilmalar, xususan EVM o‘rtasidagi funksiyalarni taqsimlash.
2) operatorlar o‘zaro faoliyatni ular orasidagi o‘zaro axborotli muloqat va munosabatni o‘rganish.
3) opnrator faoliyatini psixik strukturasini analizi.
4) operatorlarni xarakatlari ishonchliligi, tezkorligi, aniqligi sifati, effektivligiga tasir ko‘rsatuvchi faktorlarni o‘rganish.
5) insonni axborotlarni qabul qilish jarayonlarni, insonni sensor “kirish” jarayonni o‘rganish.
6) insonni axborotlarni qayta ishlash jarayonlari ularni saqlanishi va qaror qabul qilish, operatorlar faoliyatini regulyasiyasini psixik mehanizmlarini o‘rganish.
7) inson xarakatlarini boshqaruvchilari buyruq va ijro shakllanishi jarayonlarini, uning nutq va motor “kirish” jarayonlariga xarakterikasini o‘rganish.
8) opnratorlik muttaxassisligi uchun psiodiagnostika metodlarini ishlab chiqish, professional orientatsiya va muttaxassislar tanlovini o‘tkazish.
9) operatorlarni o‘qitish jarayonining analizi va optimizatsiyasi.
Muhandislik psixologiyasi mehnat faoliyatini alohida elementlaridan mehnat faoliyatini bir butun o‘rganishdan kelib chiqqan.Operatorni boshqaruv tiziminining oddiy zvenosi sifatida qarashdan uni murakkab yuqori tashkillashgan tizim, mashina sentrik yondashuvdan-antropologik o‘tganday.
50 yillarda muhandislik psixologiyasining asosiy tadqiqot predmetini, priborlarni alohida elementlarini idrok etish (strelkali ko‘rsatkichlar, shkalalarni bo‘lish, yozuv uchun shrift) tashkil qilingan.70 yillarda muhandislik psixologiyasi operatorning axborotini aks ettirish ko‘p komponentli tizim bilan o‘zaro munosabatini o‘rganishga o‘tdi.Xozirda inson va boshqariluvchi tizimning o‘zaro adaptatsiyasi murakkab jarayonlari o‘rganilmoqda.Bu adaptatsiya boshqaruv tizimining murakkabligi va inson masuliyatiga qarab turli darajada bo‘ladi.Muhandislik psixologiyasi ishlab chiqilgan individual adaptatsiya metodlarini, shuningdek o‘quv informatsion sohalarda ko‘rishning murakkab anomaliyalari o‘quvchilar uchun ham qo‘llanilmoqda.Muhandislik psixologiyasining ilmiy natijalari asosida xalq xo‘jaligi amaliyoti operatorlrning ish joyini muhandislik psixologiyasini proektlashtirish, boshqaruv pultlari, axborotni aks ettirish tizimi va usullari yo‘li bilan amalga oshiriladi.Muhandislik psixologiyasida quyidagi tizimlarning qator umumiy prinsiplarninng sintezi shakllangan: Optimal lokolichlik, avtonomnik, strukturali nazorat va boshqaruv elementlariga aksent va ularning o‘zaro mutanosibligi, insonning ish tempiga psixologlarning II sezdida umuman mehnat psixologiyasi seksiyasi tashkillashtirilmadi.
Muhandislik psixologiyasi- bu mehnat psixologiyasi tarmog‘i bo‘lib texnikani butkul gumanizatsiya qilishga qaratilgan.Bu texnikani ekspluatatsiya qilish kishilarni tanlash va tayyorlash unga ega bo‘lgan masalalarni muhandislik psixologiyasi bilan ko‘pgina umumiy muammolari bo‘lgan mehnat psixologiyasining boshqa bo‘limlari bilan birga echadi.
M.I.Bobnevning dissertatsiyasida muhandislik psixologiyasining maqsadi quyidagicha ifodalanadi: “Muhandislik psixologiyaning predmeti bo‘lib kishining psixologik xususiyati va xislati qonuniyatini tasiri texnikaning konstruktorlik tuzilishiga tasir etishidir, shu bilan inson faoliyatining murakkab sistemaga qo‘shilishidir”.
SHu bilan birshalikda muhandis psixologiyasining rivojlanishi jarayonida “inson mashina” tizimidagi o‘ziga xos yondashuvni ishlab chiqish zarur bo‘lib qoldi.Bu yondashuv “antropotsentrik” yani “insondan-mashinaga” degan nom oldi.
“Inson-mashina munosabati” boshqaruv tizimida mehnat subekti va mehnat quroli inson opnrator faoliyati loyihalashtirish.Bu lotsihalashtirish faoliyati boshqa hamma masalalarning asosidir “inson-mashina” tizimini ishlab chiqish bilan bog‘liqdir.Mashinatsentrik yondashuvdan antrotsentrik yondashuvga o‘tishda ehtimollik sistemasini o‘rganish qatiy darajada ko‘rsatiladi.Birinchi xaraktlar qatiy darajada programmalashtirilgan.Programmada ko‘rsatilmagan shartlar berilsa sistema rad qiladi.Ehtimollik sistemasi voqealarga asoslanib unda qatiy programma boshqaruvi mavjud emas.Oldindan olingan faktlar asosida u yoki bu darajada ehtimollik sistemasi ko‘rsatib beradi.Inson mashina tizimida, sistemali yondashuv loyihalashtirish obekti alohida tizimda emas, balki umumiy texnik sistema orqali ish olib boradi.
Bunday yondashuvdv loyihalashtirish 3 asosiy bo‘limga bo‘linadi.

    1. texnik-loyihalashtirish: tizimning tehnik bo‘limini ishlab chiqish bilan yakunlanadi. (alohida bog‘lamalar va o‘zaro aloqasi)

    2. Badiiy-sanat loyihalashtirish talabalarning-talabini qondirish zarurlik tizimi (yoqimli, ko‘rkam, go‘zal)

    3. Muhandislik –psixologiyasi loyihalashtirishga sistemaga kiritish bilan bog‘liq masalalarga oid savollarni xal qiladi.Uni loyihalashtirishda 6 ta etabni kiritiladi;

  1. Boshqaruv obektining analiz-xarakteristikasi.

  2. Inson va texnika o‘rtasida ularning imkoniyatidan kelib chiqqan xolda funksiyalarni taqsimlash.

  3. Operatorlar orasida ham funksiyalarni taqsimlash (bu etab xar doim ham o‘z o‘rniga ega emas, shunday vaziyat bo‘ladiki bir guruh operatorlar biriror masalani xal qilsalargina)

  4. Operator faoliyatining ichki vositasini loyihalashtirish.(insoon operator tizimida, xotira xajmi, diqqat, reksiya tezligi, emotsional barqarorlik va xarakteristikalarga talab qilinadi.

  5. Operator faoliyatining texnik vositasini loyihalashtirish

  6. Loyihaga muhandis psixologik baho va olingan natijalarni taqqoslash.

Bu loyihalashtirish muhandislik psixologiyasini loyihalashtirishda bir qator psixologik metodlar ko‘zatish, xar xil turdagi so‘rovnomalar, xar xil turdagi eksperimentlardan foydalaniladi.

2. Mehnat psixologiyasining vazifalariga avvalo shaxsning muayyan mutaxassisligi sohasidagi ishning muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlovchi, har bir kasbni xarakterlab beruvchi psixik sifatlarni o‘rganish kiradi.


Mehnat psixologiyasining quyidagi vazifalari mavjud bo‘lib, mehnat faoliyatida ayrim psixik jarayonlarning namoyon bo‘lish xususiyatlari, mehnatga nisbatan u yoki bu munosabatning ahamiyati, ishdagi anglanganlikning roli, mehnat unumdorligini oshirishda shaxsiy sifatlarni nazarda tutish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehnat psixologiyasining asosiy muammolari - bu inson mehnati faoliyati nuqtai-nazaridan mehnat jarayonidagi ayrim psixik xususiyatlarning (diqqat, idrok, hissiyot) namoyon bo‘lish xususiyatlari, mehnatga nisbatan u yoki bu munosabatning ahamiyati, ishda onglilikning roli, mehnat unumdorligini oshirishda psixik jarayonlarning sifati, mehnat jarayonida kasbiy ijodiyotning namyon bo‘lishi, xodimlardagi konstruktiv-texnikaviy tafakko‘rni rivojlantirish hamda ish jarayonida bilimlarni amaliyotda qo‘llash malakasini hosil qilish bilan belgilanadi.
Mehnat psixologiyasining asosiy vazifalariga ishchi va xodimlarning jismoniy zo‘r berib qilinadigan harakatlardan ozod bo‘lishi ularning aqliy saviyasini kengaytirishga, mehnat jarayonini ijobiy hislar bilan boyitishga, davlatning yuksak moddiy-texnika bazasining yaratilishi munosabati bilan jismoniy va aqliy mehnat o‘rtasidagi farqlarni tugatish uchun shart-sharoit yaratish muhim ahamiyatga ega.

3.Mehnatni tashkil etish va uni samaradorligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ham dolzarb muammolardan biridir. Bunga kasbiy toliqish, mehnat ritmi va dam olish masalalari, ish joyi va uning psixologik talablarga mos kelishi, hayot havfsizligini oshiruvchi shart-sharoitlarni o‘rganish, kadrlar qo‘nimsizligini oldini olish hamda har bir ishchining psixik holati mehnat unumdorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganmog‘i kerak.


Mehnat jarayonini samarali tashkil etish rahbarning tashkilotchilik qobliyatiga bog‘liq bo‘lib:

    1. rahbar ishlab chiqarishda moliyaviy va iqtisodik masalalarni to‘g‘ri va oqilona tashkil etishi;

    2. i/ch texnologiyasi va ilg‘or tajribalarni mahalliy sharoit va xodimlarning saviyasiga moslashtirish;

    3. favquloddagi i/ch muammosini tezkorlik bilan hal etish;

    4. o‘z vaqtida individual va jamoaviy qaror qabul qilish va bunda kamroq xatolarga yo‘l qo‘yish;

    5. xodimlar, i/ch a’zolari, o‘rinbosar va yordamchilar hissiyoti va mehnatga psixologik munosabat xususiyatini baholay olish va keskin o‘zgarishlar qilish;

    6. tobe kishilar jinsi, yoshi, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olib faolyaitni tashkil etish.

Kasbiy yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish, korxonalarda mutaxassis kadrlani tanlash masalalarini psixologik jihatdan asoslash muhim ahamiyatga ega.
Kasbga yo‘naltirish – bu kasb tanlashda yordam beradigshan shaxsning qiziqishlari va qobiliyatlari hamda jamiyat talablarini hisobga olgan holda psixologo-pedagogik, tibbiy, iqtisodiy va ma’naviy tadbirlari tizimi sifatidagi mehnat tahlili shaklidir.
Kasbiy maslahat – bu kasb tanlashda qarama-qarshi ko‘rsatmalarni tark etgan holda bevosita kasbga yo‘naltirish shaklidir.
Kasbiy tanlov - kasbiy-texnik kollej bitiruvchilarining tor mutaxassisligi, ularning ish o‘rinlari, hatto lavozimlari bo‘yicha taqsimlashni amalga oshiruvchi mehnat ekspertizasi shaklidir.
Psixologik tanlov – bu shaxsning psixologo-fiziologik sifatlari, kasbiy qobiliyatlarining aniq mutaxassislikka mos kelishini namoyon qilishi, kelajakdagi mehnat faoliyati va ta’limiga tayyorgarlik layoqatini belgilovchi tadbirlar tizimidir.



Download 10,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish