Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman



Download 12,75 Mb.
bet93/181
Sana26.02.2022
Hajmi12,75 Mb.
#470615
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   181
Bog'liq
Mikrobiologiya majmua 2017

Krossingover natijasida (xromasomalarni almashlab matashishi) genlar oʻrin almashinadi va genetik manbaning kombinasiyasi hosil boʻladi. Keyingi avlodda endi har xil rekombinatlar hosil boʻladi.
Mikroorganizmlar genetikasini oʻrganish muhim ahamiyatga ega. Chunki antibiotiklar, vitaminlar, gormonlar, fermentlar, aminokislotalardan lizin va glyutamin va boshqa moddalar olish uchun yuqori faollikka ega boʻlgan yangi-yangi shtammlar zarur.
Bakteriyalar, turushlar va aktinomisetlirga radioaktiv nurlar va kimyoviy mutagenlar ta’sir etib, hujayralaridagi DNKning strukturasini oʻzgartirib, ular faoliyatini inson uchun foydali moddalar sintezlash tomoniga yoʻnaltirish mumkin. Hozirgi kunda bakteriyalarning fiziologik xususiyatini yaxshi bilgan holda, ularni oʻzgartish va shu yoʻl bilan ulardan qishloq xoʻjaligi, medisina, oziq-ovqat sanoatidagi texnologik jarayonlarda keng miqyosda foydalanish mikrobiologlar oldida turgan muhim masalalardandir.
Episomalar. Episomalar xromasomalardan holi boʻlgan mayda genlar toʻplamidir. Ular sitoplazmada erkin yoki bakteriya xromasomasiga qoʻshilgan holda uchraydi.
Episomalar bakteriyalarning pushtlilik (F), dori moddalariga chidamlilik (R), bakteriotsinogenlik, kolinotsinogenlik va boshqa omillarning nasldan-naslga oʻtishida ishtirok etadi. Episomalarning aitibiotiklarga chidamlilik omilini (R-omil) birinchi boʻlib yaponiyalik olimlar aniqlagan.
Bakteriosinogenlik deganda, bakterial hujayrada antibiotiklarga qarshi moddalar sintezlanish xossasi tushuniladi, bu moddalar bakteriotsinlar deb ataladi. Masalan: ichak tayoqchasi E. coli-kolitsin, Bac. cerlus-aerotsin, Bac. megaterium-megatsin, E. restis-testitsin, Staphylococcus aureus-stafilakokkotsin sintezlaydi. Ular bakteriya hujayrasiga adsorbsiyalanadi va bakteriyalarning halokatiga sabab boʻladi. Bakteriotsinlar produsentga yaqin turadigan bakteriyalargagina ta’sir etadi.
Mikroorganizmlarning biotexnologiyasi. 1970 yillarda molekulyar genetika, hujayra biologiyasi va kimyosi yutuqlariga asoslangan ishlab chiqarish usuli-biotexnologiya paydo boʻldi. Lekin biologik usulda ishlab chiqarish jarayoni qadim zamonlardan bizga ma’lum. Masalan, non, vino, sut mahsulotlari, pishloq ishlab chiqarish, bijgʻitish, tibbiyotda ishlatiladigan dorilarni ishlab chiqarish va boshqalar biotexnologik jarayonlar boʻlib, boshqa ishlab chiqarish usullariga qaraganda energiya va xom ashyoni koʻp talab qilmaydi. Biotexnologiyaning yana bir qulaylik tomoni shundaki, bu jarayon natijasida hosil boʻlgan chiqindilar kam va ular albatta yana bir boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. Biotexnologiya keyingi yillarda genetik injeneriyaning yutuqlariga suyangan holda yanada rivojlanmoqda. DNK molekulasini ishlab chiqaruvchi tarmoqlar yaratila boshlandi. Shunday tarmoqlar dastlab 1976 yili Amerikada, keyinchalik esa, Evropada va Yaponiyada paydo boʻldi. Biotexnologiya jarayonlaridan mikrobiologiya sanoati, oʻsimlik va hayvon seleksiyasida fermentlar ishlab chiqarish sanoati, oziq-ovqat sanoati, tibbiy dori-darmonlar ishlab chiqarish va boshqa sohalarda keng qoʻllanilmoqda. Hozirgi kunda biotexnologiya usullari asosida koʻplab (4500ga yaqin) antibiotiklar olinmoqda.
Biotexnologiya fani molekulyar genetika, mikrobiologiya va biokimyo fanlarining rivojlanishi asosida vujudga keldi. Tirik mavjudotlarda (virus, bakteriya, zamburugʻlar oʻsimlik va hayvon hujayralarida) kechayotgan hayotiy jarayonlar toʻgʻrisidagi bilimlardan foydalanib, tirik mavjudotlar yoki ularning hujayralari ishtirokida sanoat miqyosida mahsulot ishlab chiqaruvchi texnologiyalar majmuasiga biotexnologiya deb ataladi.
Qadim zamonlarda insoniyat hayotiy jarayonlar asosida ongsiz ravishda sutdan qatiq, bugʻdoydan boʻza va xamirturush, meva sharbatlaridan sharob yoki sirka tayyorlash texnologiyasidan foydalanganlar. Lekin bu mahsulotlar mikroblar yoki bakteriyalar ishtirokida hosil boʻlishini bilmaganlar.
Buyuk fransuz olimi Lui Paster tomonidan pasterizatsiya usuli yaratilishi (sut yoki meva sharbatini 100°C qizdirish yoʻli bilan ularni bijgʻish jarayonidan xalos qilish pasterizasiya deb ataladi) biotexnologiyada mikroorganizmlardan ongli ravishda foydalanishga asos soldi.

Download 12,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish