Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman


Fenotipik oʻzgaruvchanlik



Download 12,75 Mb.
bet90/181
Sana26.02.2022
Hajmi12,75 Mb.
#470615
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   181
Bog'liq
Mikrobiologiya majmua 2017

Fenotipik oʻzgaruvchanlik. Modifikatsiyalar tashqi muhitning turli omillari ta’sirida kelib chiqadi va odatda, mikrob turli oziq muhitida oʻsib koʻpayganda kuzatiladi. Oziq muhiti tarkibi va sifati, muhit pHi, haroratning oʻzgarishi, kimyoviy moddalar (kolxitsin, etilamin) va boshqalar modifikatsiyalar kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin. Bunday oʻzgarishlar nasldan-naslga oʻtmaydi (irsiylanmaydi) va ularni keltirib chiqargan omil ta’sirining toʻxtashi bilan yoʻqolib ketadi.
Muhitga penisillin qushiladigan boʻlsa hujayralar choʻziladi, ba’zan juda oʻzgarib ketadi. Bakteriyalarda spora hosil boʻlishi ham muhit xususiyati (quyuq yoki suyukligi), uning tarkibi, oʻstirish haroratiga bogʻliq boʻladi.
Muhitga 0,1% pepton qoʻshilganda, 48 soatdan soʻng 100% spora hosil boʻlsa, 2% pepton qoʻshilganda faqat vegetativ formalar qayd etiladi. Koʻpgina bakteriyalar va zamburugʻlar turli oziq muhiti va turli haroratda oʻstirilganda, pigment hosil qilish tezligini oʻzgartiradi. Chunonchi, “ajoyib” tayoqcha (chudesnaya palochka) uy haroratida oʻstirilganda oziq muhitida toʻq qizil pigment hosil qiladi. 37°C da esa bunday pigment hosil boʻlmaydi. Bakteriyalar quyuq oziq muhitida oʻstirilganda, hosil qiladigan koloniyalarning tipi ham oʻzgarishi mumkin.
Ba’zi koloniyalar silliq, yumaloq shaklda, cheti tekis, yaltiroq, bir jinsli, kichik boʻladi, bular S-formalardir. Boshqalari gʻadir-budir, xira, koʻpincha tiniqmas, cheti notekis, notoʻgʻri shaklda, quruq boʻladi, bular R-formalardir. Koloniyalarning oraliq formalari, ya’ni shilimshiqlari (M-forma), mittilari (S-forma) ham boʻladi. Bir turdagi bakteriyalarning har xil shakldagi koloniyalar hosil qilishi dissosatsiya (ajralish) deb ataladi.
Genotipik oʻzgaruvchanlik. Hujayraning irsiy axboroti ona hujayradan qiz hujayraga oʻtadigan xromosomadagi genlarda joylashgan. Jinssiz boʻlinishda, mitoz jarayonida, genlar ikkita hujayra oʻrtasida teng taqsimlanadi. Qiz hujayralar dastlabki (oʻzidan oldingi) hujayraning toʻliq genlar toʻplamini (naborini) oladi.
Genotipik oʻzgaruvchanlik mutatsiyalar va genotip rekombinatsiyalar (transformatsiya, transduksiya, kon’yugatsiya) natijasida vujudga kelishi mumkin.
Mutatsiyalar. Turli omillar ta’sirida DNK molekulasining oʻzgarishi undagi axborotning ham oʻzgarishiga olib keladi. Shunday oʻzgarishlar natijasida mutatsiyalar paydo boʻladi. Mutatsiyalar spontan va induksiyalangan boʻlishi mumkin. Spontan mutatsiyalar kelib chiqish sabablarini aniqlab boʻlmaydi. Induksiyalangan mutatsiyalarda esa ularning sabablarini bilish mumkin. Mutatsiyalarni keltirib chiqaradigan sabablarga kimyoviy moddalar (kolxitsin, etilamin, iprit va h.k.), jinsiy gormonlar, oʻsishni tezlashtiruvchi moddalar va boshqalarni misol qilib koʻrsatish mumkin. Bularning ta’sirida nukleotidlar tasodifan qayta guruhlanadi va yangi xossaga ega boʻlgan mutant vujudga keladi. Agar vujudga kelgan mutatsiya organizm uchun foydali boʻlsa, mutantlar koʻpayib ketadi va aksincha vujudga kelgan oʻzgarish foydali boʻlmasa, mutantlar nobud boʻladi.
Mikroorganizmlarda million hujayraga bitta mutatsiya toʻgʻri kelishi mumkin. Masalan, antibiotiklarga chidamlilik, triptofan sintez qilish xususiyati, faglarga chidamlilik, koloniyalar shaklining oʻzgarishi, pigment hosil qilishning oʻzgarishi yoki kapsulali formalarning kapsulasiz boʻlib qolishi, xivchinlar hosil qilishning oʻzgarishi va boshqalar shular jumlasidandir. Nonvoychilikda ishlatiladigan achitqilar yangi shtammlarining olinishi, koʻp miqdorda antibiotiklar sintezlovchi shtammlar olinishi, B12 vitamini, moylar va lipidlarni sintezlovchi shtammlar olinishi, sut kislota hosil qiluvchi shtammlarni olinishi yoki dizenteriya, paratif va tifga qarshi faol oldini oluvchi (profilaktik) formalarning olinishi va boshqalar mutatsiyalarga misoldir.

Download 12,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish