Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman


Bakteriya klonlari va shtammlarini olish



Download 12,75 Mb.
bet94/181
Sana26.02.2022
Hajmi12,75 Mb.
#470615
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   181
Bog'liq
Mikrobiologiya majmua 2017

Bakteriya klonlari va shtammlarini olish. Bir bakteriya hujayrasining bir necha marta izchil boʻlinishi tufayli hosil boʻlgan bakteriyalar avlodining koloniyasi bakteriya kloni deb ataladi. Klon tarkibidagi har bir hujayra barcha irsiy xossalari jihatidan ona hujayraga oʻxshashdir. Klondan ajratib olingan har bir hujayra boʻlinganda irsiy belgilari oʻzgarmasdan avlod hujayraga oʻtadi.
Bakteriyalarni klonlash quyidagicha amalga oshiriladi: sunʻiy suyuq ozuqada oʻsayotgan bakteriya steril sharoitda agar-agar moddasi bilan aralashtirilgan qattiq sunʻiy ozuqa sathiga oʻtkaziladi. Qattiq agar-agar sathiga tushgan har bir bakteriya hujayrasi ketma-ket boʻlina boshlaydi. Natijada bir ona hujayradan hosil boʻlgan bakteriyalar avlodining koloniyasi qujudga keladi va bu koloniya klon deb ataladi.
Biotexnologiya jarayonlarida faqat maqsadga muvofiq xossalarga ega boʻlgan bakteriya klonlari tanlab olinib oʻstiriladi, koʻpaytiriladi va ishlatiladi.
Insoniyat XIX asr oʻrtalarigacha bakteriyalar plastik oʻzgaruvchandir, ya’ni irsiyatsizdir deb hisoblab kelgan. Lui Paster bakteriyalarning xilma-xilligini, ularning irsiyati mavjudligini va xususiyatlarining irsiyatga toʻla bogʻliqligini, bakteriyalarni klonlash usulini kashf etish bilan ilk bor bor koʻrsatib berdi. Tabiatdagi mavjud mikroorganizmlar maqsadga har doim ham mos kelavermaydi. Tadqiqotchilar ma’lum irsiy xossaga ega boʻlgan bakteriya shtammlari (shtamm irsiy oʻzgargan klon) xilma-xilligini mutagen moddalarni qoʻllash natijasida koʻpaytiradilar, klonlash orqali seleksiya qiladilar va biotexnologik jarayonda ishlatiladi. Soʻnggi yillarda gen injenerligi usuli bilan hoxlagan genning istalgan nukleotidini almashtirish biotexnologiyasi ishlab chiqildi. Hozirgi kunda bu usul mukammallashtirilmoqda. Bu usul yoʻnaltirilgan mutatsiya deb ataladi (Transformatsiya, transduksiya, kon’yugatsiya va boshqalarni yuqorida oʻrganildi).
Mikroorganizmlar biotexnologisi sutni qayta ishlash (tvorog, smetana, suzma, kefir, qimiz, pishloq va boshqa mahsulotlar), sirka ishlab chiqarish, aminokislota va oqsillar ishlab chiqarish, antibiotiklar ishlab chiqarish, achitqi (drojji)lar ishlab chiqarish, spirt ishlab chiqarish, vino va pivo ishlab chiqarish sanoatlarida keng qoʻllanmoqda. Shu bilan birga hozirgi kunda mikroorganizmlardan foydalangan holda biooʻgʻitlar ishlab chiqarish ham sanoat asosida yoʻlga qoʻyilmoqda.



Download 12,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish