Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman



Download 12,75 Mb.
bet84/181
Sana26.02.2022
Hajmi12,75 Mb.
#470615
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   181
Bog'liq
Mikrobiologiya majmua 2017

Rizosfera bakteriyalari. Tuproqning oʻsimliklar ildizi ta’sir doirasi ostidagi zonasi rizosfera deyiladi. Rizosfera mikroorganizmlari ildizlar yuzasida va oʻsimlik ildizlariga bevosita tegib turadigan tuproqda koʻplab rivojlanadi. N.A. Krasilnikov ma’lumotlariga qaraganda, makkajoʻxori, kungaboqar, soya va boshqa ekinlar rizosferasidagi mikroorganizmlar soni, nazorat yerdagiga qaraganda 5-10 barobar koʻp boʻladi.
Rizosferada uchta zona farq qilinadi:
1) mikroorganizmlarga nihoyatda boy boʻlgan ildizlar yuzasi;
2) ildizlar tegib turadigan tuproqning yupqa qatlami;
3) ildizlar yuzasidan 0,5-1 mm naridagi haqiqiy rizosfera zonasi. Bu zonada mikroorganizmlar uchun oziqa koʻp boʻladi.
Rizosfora zonalarida mikroorganizmlar juda koʻp miqdorda uchraydi, oʻsimlikning rivojlanish fazalariga qarab ularning soni ham oʻzgarib turadi. Odatda, urugʻ unishidan to gullash fazasigacha boʻlgan davrda mikroorganizmlar soni ortib boradi, gullash davrida kamayadi. Zamburugʻlar, aktinomisetlar va selyulozani parchalovchi bakteriyalarni soni esa gullash davrida oshadi. Rizosferada spora hosil qilmaydiganlardan koʻpincha psevdomonaslar, mikobakteriyalar, radiobakteriyalar va hokazolar uchraydi. Bakteriyalar oʻsimliklar uchun fiziologik faol moddalar hosil qiladi, qoldiq moddalarni parchalaydi va yuksak oʻsimliklarga ta’sir etib turadi. Rizosfera bakteriyalari esa oʻsimliklar ildizidan chiqqan moddalardan foydalanadi. Yuksak oʻsimliklarning barglari va novdalarida epifit mikroorganizmlar uchraydi. Bular orasida eng koʻp uchraydiganlariga misol qilib Bac. herbicola ni koʻrsatish mumkin.
Nemis olimi E. Libbert (1966 y.) epifit mikroorganizmlar fiziologik aktiv modda-geteroauksin sintezlash xususiyatiga ega, degan fikrni aytdi V.I. Kefeli (1969, 1971 y.) karam oʻsimligi steril muhitda L-triptofandan geteroauksin sintezlashini koʻrsatadi.
A.A. Tarasenko (1972 y.) epifit mikroorganizmlar makkajoʻxori maysalarining oʻsishi va modda almashinuvi jarayoniga ijobiy ta’sir etganligini koʻrsatgan. Ajratib olingan 12 tur bakteriyadan, atigi 6 turi geteroauksin sintezlash xususiyatiga ega ekanligi ma’lum boʻldi.


Sinov savollar:
1. Polisaprob zona suvlariga tavsif bering.
2. Oligosaprob zona deb nimaga aytiladi?
3. Koli-titr va koli indeks suvni qanday holatini koʻrsatadi va ular orasida qanday farq bor?
4. Rizosfera zonalari va ularda tuproq mikroorganizmlarini tarqalishi ayting.



Download 12,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish