Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman



Download 12,75 Mb.
bet92/181
Sana26.02.2022
Hajmi12,75 Mb.
#470615
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   181
Bog'liq
Mikrobiologiya majmua 2017

Transduksiya. Donor bakteriya xususiyatining bakteriofag orqali retsipient bakteriyaga oʻtishi transduksiya deyiladi. Masalan, bakteriofaglar orqali retsipient bakteriyaga xivchinlar, ovqatlanishni nazorat qiluvchi genlar, fermentlar sistemasi, antibiotiklar va kislotaga chidamlilikni belgilovchi genlar, virulentlik, kapsula hosil qilish va boshqa xususiyatlarni belgilovchi genlar oʻtishi mumkin.
Bu ish odatda muʻtadil bakteriofaglar tomonidan bajariladi.
Transduksiyaning 3 turi ma’lum:
1. Nospesifik transduksiyada DNKning har xil fragmentlari muʻtadil bakteriofaglar orqali retsipient hujayraga oʻtishi kuzatiladi. Bunda bakteriofag olib oʻtgan DNK-fragmenti retsipient hujayra DNK sining gomologik uchastkasiga birikishi mumkin.
2. Spesifik transduksiyada bakteriofag donor hujayra DNKsidagi aniq bir genni retsipient hujayraga olib oʻtadi. Bunda transduksiya qiluvchi bakteriofag DNKsi bakterial hujayra DNK sining (donor) ma’lum genlari bilan birikadi. Har bir bakteriofag zarrachasi bir yoki bir necha yaqin joylashgan gen (genlarni) olib oʻtadi.
3. Abortiv transduksiyada bakteriofag olib oʻtgan donor hujayraning DNK fragment(boʻlakchasi)i retsipient hujayra DNK siga birlashmaydi va retsipient hujayra sitoplazmasida avtonom boʻlib joylashadi va shu holda oʻz vazifasini bajaradi. Hujayra boʻlinganda bu fragment (DNK) qiz hujayralarning birigagina oʻtadi va boshqa hujayra undan ozod boʻladi.
Transduksiya basillus, psevdomonas, salmonella, ichak tayoqchasi kabi bakteriya vakillarida topilgan.
Konyugatsiya. Mikrobiologlar XIX asrning oxirida bakteriyalarda kon’yugatsiya hodisasini kashf etib, uni boshqa organizmlardagi kon’yugatsiyadan ajratish uchun “konyuksiya” deb nomlaganlar. Kon’yugatsiyaning genetik analizini 1947 yilda Lederberg va Tatumlar amalga oshirdilar. Ular bu hodisani elektron mikroskopda kuzatganlar va kon’yugatsiyalanadigan hujayralarning biri uzunchoq, ikkinchisi ovalsimon ekanligi aniqangan. Uzunchoq hujayra erkak xujayra boʻlib, F+ (donor) deb, ovalsimon hujayra esa urgʻochi boʻlib, F- (retsipient) deb belgilanadi. Kon’yugatsiya vaqtida bular bir-biriga yaqinlashib, ular orasida koʻprikcha hosil boʻladi. Hosil boʻlgan koʻprikcha orqali genetik omillar donor hujayradan retsipient hujayraga ma’lum bir tartibda oqib oʻtadi. Kon’yugatsiya salmonellalar, ichak tayoqchasida va psevdomonaslarda ancha chuqur oʻrganilib, F+ va F- hujayralar quyidagicha ta’riflandi. Ikki hujayradan qaysi birining donor boʻlishi hujayrada F omilniig bor-yoʻqligiga bogʻliq. U bor hujayra “F+ - hujayralar” deyiladi. F omil yoʻgʻi boʻlsa “F- - hujayra” deb belgilanadi.
F+ omil konyugativ plazmidalarga mansub boʻlib, u halqa DNK (64 x 106 a. m.e.) holatidadir. F plazmida hujayra ustida 1-2 jinsiy fimbriy boʻlishini, donor hujayra bilan birlashishini ta’minlaydi. F-plazmida sitoplazmada avtonom joylashadi, ammo u bakterial xromosoma bilan birikish xususiyatiga ega.
Integrasiya natijasida, F-plazmida bakterial xromasoma bilan birikib, Hfr shtamm hosil qiladi. Odatda Hfr shtamm bilan “F” bakteriyalar chatishganda, F omil berilmaydi (bakteriya xromasomasidagi genlar juda yuqori chastota bilan oʻtkaziladi).
Kon’yugatsiya boshida F+ yoki Hfr-li donor hujayralar, retsipient hujayra bilan birlashadi. Soʻngra hujayra orasida konʻyugasion koʻprik hosil boʻladi va donor hujayradan retsipient hujayraga genetik manba beriladi, F-plazmida yoki xromasoma ham beriladi.
Kon’yugatsiya vaqtida ikki zanjirli DNK alohida zanjirlarga boʻlinadi va odatda faqat DNKning bir zanjiri beriladi, ikkinchi zanjir esa retsipient hujayrada DNK-polimeraza yordamida ikki zanjirli plazmidaga aylanadi, oʻtish xromasomaning bir tomonidan boshlanadi va soʻngra boshqa qismlariga ham oʻtadi. Kon’yugatsiyalangan bakteriya juftlarini silkitib genetik manbaning oʻtishini toʻxtatish mumkin. Ba’zan erkak hujayraning bunday xususiyati urgʻochi hujayraga oʻtishi va keyingi avlodda koʻrinishi mumkin. Halaqit qilinmasa, kon’yugatsiya oxirida genetik manbaning oʻtishi toʻxtaydi. Oradagi konʻyugatsion koʻprikcha buziladi, chunki u uncha mustahkam emas. Koʻprikchaning buzilishi hujayrani hayot faoliyatiga ta’sir qilmaydi.
F+ retsipient hujayrada kon’yugatsiyaning oʻz-oʻzidan toʻxtashi natijasida, faqat F+ hujayraning ma’lum genetik axborotigina oʻtadi. Shunday qilib kon’yugatsiya natijasida, retsipient hujayra F merozigotaga (“qisman zigota” degan ma’noni anglatib, retsipient-hujayraning toʻla genomiga, donor esa hujayraniig qisman genomiga ega boʻladi) aylanadi.

Download 12,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish