Temir birikmalarining almashinishi. Tabiatda bir guruh mikroorganizmlar oʻz hujayrasida FeCO3 ni oksidlab, tanasining sirtida toʻplaydi. Bular temir bakteriyalar deb ataladi va atrofdagi muhitdan temir karbonatning suvda eriydigan tuzlarni yutadi hamda temir gidrooksidga aylantiradi. Bunday oksidlanishdan ajralib chiqadigan energiyadan shu bakteriyalar karbonat angidridni assimilyasiya qilish uchun foydalanadi. Bu bakteriyalar guruhida Leptotrix gernotrix, Xlomidotrix va Klodotrix eng muhim ahamiyatga ega.
Xemosintetik jarayon temir bakteriyalarida ham kuzatiladi. Leptotriks oxraseae (Leptotrix ochraceae) va Spirofillum ferregennum (Spirophyllum ferrigeneum) bakteriyalari chuchuk koʻl va dengiz suvlarida hayot kechiradi. Temir bakteriyalari temir tuzlarining oksidlanishida qatnashib, quyidagicha reaksiya sodir boʻladi:
4FeCO3 + O2 + 6H2O → 4Fe(OH)3 + 4CO2 + energiya
Oksiddlanish jarayonida ajralib chiqqan karbonat angidrid shu reaksiyada hosil boʻlgan kimyoviy energiya bilan birga organik moddalarning sintezlanishida sarflanadi. Temir gidroksid esa suv ostiga toʻplanishidan botqoq-temir rudalari paydo boʻladi.
Tuproq mikroorganizmlari va biosfera. Biosfera-yer qobigʻining tiriklik tarqalgan ustki qavatidir. Biosferada oʻsimliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, odamlarning geologik faoliyati namoyon boʻladi.
Biosferaning yuqori chegarasi, havoda 10 km boʻlsa, u quruqlikda, butun balandlik va pastliklarni oʻz ichiga oladi, okeanlardagi uning chegarasi 4-10 km chuqurlikkacha etib boradi.
Barcha tirik organizmlar yigʻindisi planetamizning biomassasini tashkil etadi. Biosfera biomassasining koʻpaytirishda oʻsimliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning roli katta.
V.I. Vernadskiy fikricha, mikroorganizmlar togʻ jinslarini oʻzgartiruvchi kuchli agentlardan biridir. Chunki ular juda tez koʻpayishi, koʻp miqdordagi moddalarii oʻzgartirib, hayoti uchun zarur boʻlgan energiyadan foydalanishi bilai ajralib turadi. Masalan, temir bakteriyalari 1 g. tanani qurish uchun 464 g. FeSO3 ni, ammonifikatorlar 20 g. NH3, nitrifikatorlar 72 g. HNO2ni oksidlashi lozim. Turushlar bir necha yuz tonnalab mahsulotlarni oʻzgartirib, spirtga aylantiradi.
Choʻkindi moddalarning hosil boʻlishi organik olamniig paydo boʻlish jarayoni bilan chambarchars bogʻliqdir. Yerda hayot paydo boʻlmasdan oldin barcha moddalar erigan holda ma’lum bir konsentratsiyaga yetguncha dengiz suvlarida toʻplanib borgan. Keyinchalik tirik organizmlar oʻz tanasini qurish uchun suvdagi Ca, R, C, S, Si va boshqa elementlardan foydalangan. Bular nobud boʻlgandan soʻng ohaktosh, fosforit, oltingugurt, toshkoʻmir, neft va gaz qatlamlari hosil boʻlgan. Bir guruh mikroorganizmlar bir tomondan togʻ jinslarini hosil qilsa, ikkinchi tomondan ularni parchalab turadi. Masalan, granit mexanik nurash tufayli kichikroq boʻlaklarga ajraladi. Kimyoviy omillar (CO2 va H2O) bu boʻlaklarni yanada yemiradi, ya’ni kalsiy hamda natriyning suvda eriydigan karbonat tuzlarini hosil qiladi. Erimaydigan kaolin (tuproq) suv bilan boshqa joylarga oqib ketadi. Granit ustiga oz miqdorda tushib qolgan organik modda shu yerda saprofit bakteriyalarning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Oʻz navbatida saprofit bakteriyalar organik moddalarni parchalab karbonat angidirid (CO2) ajraladi. Karbonat angidirid (CO2) togʻ jinslarini yanada yemiradi. Bulardan tashqari, togʻ jinslari ustida ammonifikatorlar bakteriyalari paydo boʻlib, NH3 hosil qiladi, jarayon uchun kerakli boʻlgan CO2 ni saprofit bakteriyalar hosil qiladi. Soʻngra ba’zi bir yashil suvoʻtlari paydo boʻlgan. Ba’zilari atmosfera azotini oʻzlashtira olsa, ikkinchilari azotofiksatorlar bilan birga yashab, lishayniklarni vujudga keltiradi. Bulardan keyin moxlar va asta-sekin yuksak oʻsimliklar paydo boʻla boshlagan.
Shunday qilib, togʻ jinslari yemiriladi va tuproqning chirindi qatlami vujudga keladi, chunki sporafit mikroorganizmlar oʻsimliklar qoldigʻini parchalab, gumus hosil qiladi.
Tauson koʻrsatgandek, mikroorganizmlarning ba’zi guruhlari neft, fenollar, parafin, naftalin va boshqa mahsulotlarni oʻzlashtira olishi bilan saprofitlardan farq qiladi. Uning aniqlashicha, mikroorganizmlar faoliyati natijasida CO2 hosil boʻladi. U dengiz sathidan 3-4 km yuqorida Pomir va Kavkaz togʻlaridagi toshlar ustida qora dogʻlarni koʻradi. Qora dogʻlarni tekshirib, ularning koʻk-yashil suvoʻtlari bilan bakteriyalar qoldigʻidan iborat ekanligini aniqlaydi. U koʻk-yashil suvoʻtlari orasidan azotobakter hujayralarini topadi. Demak, koʻk-yashil suvoʻtlari atmosferadan CO2 ni oʻzlashtirgan va oʻz tanasini qurgan hamda azotabakterga ozuqa yetkazib bergan. Azotobakter oʻz navbatida atmosferadagi azotni oʻzlashtirib, suvoʻtlarni azot bilan ta’minlagan va bu oʻziga xos simbiozdir.
Keyiichalik esa koʻk-yashil suvoʻtlari va bakteriyalar nobud boʻlib, organik modda hosil qilgan. Saprofitlar esa organik moddalarni parchalab, CO2 ajratgan. CO2 boshqa omillar bilan birgalikda togʻ jinslarini yemirgan. Ayniqsa, ohaktoshli jinslarining tez yemirilishida saprofit bakteriyalarning roli nihoyatda katta boʻlgan. Bu bakteriyalar CO2 dan tashqari, oksalat, sirka, sut, limon va boshqa organik kislotalar hosil qiladi, bu kislotalar oʻz navbatida CaCO3 ni tez yemiradi
Togʻ jinslarining yemirilishida saprofitlardan tashqari, avtotroflardan nitrifikatorlar, oltingugurt bakteriyalari va boshqalar ham qatnashadi. Avtotroflar saprofitlarga qaraganda ohaktoshlarni 8 marta tez yemiradi. Oltinguturt bakteriyalari hosil qilgan H2SO4 ham togʻ jinslarini yemiradi.
Mikroorganizmlarniig ohaktosh hosil qilishi uchun, muhitda ularning tuzlari boʻlishi kerak, dengiz suvida esa kalsiy tuzlari doim yetarli miqdorda boʻladi. Saprofitlar oʻz navbatida ohaktoshlarni parchalab turadi. Demak, mikroorganizmlar ohaktoshlarni ham hosil qilishi, ham parchalashi mumkin. Bunday mikroorganizmlar selitra konlarini ham hosil qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |