Oziqlanish tiplari. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlarni oziqlanish tipiga qarab klassifikasiyalaganda, e’tibor ularning energiya va uglerod manbalarini oʻzlashtirishiga qaratiladi va ular qoʻyidagicha:
1. Fotolitotrofiya – bu tipda oziqlanuvchi mikroorganizmlar yorugʻlik energiyasini ishlatib, CO2, H2O, H2S, S dan foydalanib hujayra moddalarini sintezlaydi. Bu guruhga sianobakteriyalar va qirmizi oltingugurt bakteriyalar misol boʻla oladi.
2. Fotoorganogeterotrofiya – bu tipda oziqlanuvchi bakteriyalar fotosintezdan tashqari, oddiy organik moddalarni ishlatishi mumkin. Bu guruhga qirmizi oltingugurt bakteriyalari kiradi.
3. Xemolitoavtotrofiya – bu tipda oziqlanuvchi mikroorganizmlar energiyani anorganik birikmalarning oksidlanishidan oladi. Bu jarayon xemosintez deyiladi. Xemolitoavtotroflar hujayrani komponentlarini sintez qilishi uchun uglerodni CO2 dan oladi.
Temir va nitirofikator bakteriyalar xemosintezini 1887-90 yillarda S.N. Vinogradskiy kashf etgan.
4. Xemoorganogeterotrofiya – bu tipda oziqlanuvchi mikroorganizmlar kerakli energiya va uglerodni organik moddalardan oladi. Misol qilib, tuproq va boshqa muhitlardagi aerob va anaerob mikroorganizmlarni koʻrsatish mumkin. Bularga saprofit, parazit mikroorganizmlar kiradi.
Mikroorganizmlarda miksotrof oziqlanish tipi ham uchraydi. Bu tipda oziqlanadigan mikroorganizmlar bir vaqtning oʻzida ham organik modda ham mineral birikmalarni oksidlaydi, yoki ular uchun uglerod manbai boʻlib, karbonat angidrid va organik moddalar xizmat qiladi.
Tabiatda keng tarqalgan mikroorganizmlardan yana bir guruhi metiltroflar boʻlib, ular oʻsish uchun kerak energiya va uglerodni bir uglerodli moddalardai (metan, metanol, formiat, metilamin) oladi. Ular boshqacha, uglerod oʻzlashtiruvchi formalar (shakllar) yoki metiltroflar deyiladi.
Mikroorgannzmlar tomonidan karbonat agidridning oʻzlashtirilishi. Avtotrof mikroorganzmlar ustirilganda ularni CO2 bilan ta’minlash uchun oziqa muhitiga natriy bikarbonat qoʻshiladi va shu orqali yopiq idishdagi havoda CO2 mavjudligi ta’minlanadi. Karbonat angidridni puflab kirgizsa ham boʻladi.
Geterotrof, oʻsishiga organik manba talab qiluvchi mikroorganizmlarga ham CO2 zarur. Qonda, toʻqima yoki ichaklarda parazitlik qilib yashaydigan koʻpgina mikroorganizmlar karbonat angidridning ancha yuqori kopsentrasiyasiga moslashgan. Shuning uchun bunday bakteriyalar karbonat angidrid bilan boyitilgan (10% hajm) muhitda oʻstiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |