Motorga texnik xizmat ko‘rsatish turlari. Smenalararo texnik xizmat ko‘rsatishda motor chang va iflosliklardan tozalanadi; tashqi nazorat orqali moy oqishi, yonilg‘i, sovutuvchi suyuqlik, uzel va detallarning tashqi qotirish holati, moyning agregat karteridagi, sovutuvchi suyuqlikning radiatordagi sathi tekshiriladi va kerak bo‘lsa, agregatlarga ushbu materiallar quyiladi; generator tasmasining tarangligi tekshiriladi; yonilg‘ini mayin tozalash filtrining filtrlovchi elementi tozalanadi.
1- texnik xizmat ko‘rsatish (TXК-1) semenalar oralig‘idagi TXК to‘liq hajimda bajariladi, undan tashqari moyning sathi tekshiriladi va kerak bo‘lsa uning sathi me’yor darajasigacha etkaziladi, havo tozalagichga texnik xizmat ko‘rsatiladi (SMD-60 motori uchun).
2- texnik xizmat ko‘rsatish (TXК-2) da TXК-1 ning barcha operasiyalari bajariladi va unga qo‘shimcha ilashish muftasi ajratish podshipnigi va siqish richagi orasidagi tirqish tekshiriladi va kerak bo‘lgan hollarda u rostlanadi; yurgizib yuborish motori va dizelning havo tozalagichlari yuviladi; yonilg‘ini dag‘al tazolash filtridagi cho‘kmalar to‘kiladi; dizel karteridagi moy almashtiriladi; val podshipniklari va ilashish muftasining ajratish mexanizmi moylanadi; sentrafuga rotori cho‘kindilardan tozalanadi; turbokompressor filtri yuviladi; yurgizib yuborish motorining ilashish muftasi klapanlaridagi tirqish tekshiriladi va kerak bo‘lsa u me’yor darajasigacha rostlanadi; yurgizib yuborish motori reduktori yuritmasi karteriga moy quyiladi.
3- texnik xizmat ko‘rsatish (TXК-3) da TXК-2 ning barcha operasiyalari bajariladi va tirsakli val podshipniklari va silindr porshen gruhining texnik holatini aniqlash maqsadida dizel diagnostika qilinadi; yonilg‘ini mayin tozalash filtrining filtrlovchi elementi almashtiriladi; yonilg‘ini boshlang‘ich uzatish burchagi rostlanadi, forsunka va yonilg‘i nasosi tekshiriladi va kerak bo‘lsa rostlanadi; generator yakorining ravon va erkin aylanishi tekshiriladi, magneto uzgichlari va yurgizib yuborish motori svechasi elektrodlari orasidagi tirqish tekshiriladi va kerak bo‘lsa rostlanadi; dizelning sapuni yuviladi; suv nasosi echib olinib, moyi va kerak bo‘lsa uning salnigi ham almashtiriladi; dizelning quvvati va yonilg‘ining bir soatlik sarfi aniqlanadi; yurgizib yuborish motorining karbyuratori yuviladi, kerak bo‘lgan hollarda texnik holatini tekshirish maqsadida startyor echib olinadi. Dizelning silindrlar kallagi echib olinib, qurumdan tozalanadi, klapanlar pritirka qilinadi, kerak bo‘lsa silindrlar kallagi qistirmasi almashtiriladi, karter tagligi echib olinib yuviladi va moy so‘rgich to‘ri ham yuviladi; moy yiqqich va moy nasosining mahkamlanishi tekshiriladi.
Mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish (MTК)da TК-3 ning barcha operasiyalari bajariladi, ulardan tashqari sovutish tizimi yuviladi va antifriz bilan to‘ldiriladi, dizel karteridagi moy navbatdagi mavsumga mos keluvchisiga almashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |