Starterlarni ta’mirlash. Dizel tirsakli valining sekin aylanishi, akkumulyator batareyalarining zaryadsizlanishi, batareya kabellarining siqqichlarini yoki keltiruvchi simlarning uchliklarini oksidlanishi natijasi hisoblanadi.
Batareya siqqichlari oksidlanganda, uning sirtida oq rangdagi qo‘rg‘oshin oksidi hosil bo‘ladi, u tok o‘tkazmaydi, kuchlanishni pasayishi sodir bo‘ladi, bu staterni ishlash sharoitiga va dizelni yurgizib yuborishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Stator yoki yakorning chulg‘amlarida tarmoqlaroaro tutashuv bo‘lsa, kollektor va shchyotkalarini ifloslanishi yoki moylanib qolishi starterning ishiga va quvvatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Staterning elektromagnit relesini val aylanmasdan davriy ravishda ulanishi va uzilishi staterga beriladigan kuchlanishning etarli emasligini ko‘rsatadi. Agar stater ishlab, dizelning vali aylanmasa, bu ildirish mexanizmining nosozligi (o‘zish muftasining roliklarini shataksirashi) hisoblanadi.
Starter ulanganda uni gijillashi ildirish mexanizmini va elektromagnit relesini rostlanganligini buzilganligi to‘g‘risida axborat beradi.
Ushbu holda starter yakorini aylanishini boshlanishi ildirish mexanizmi shesternyasi dizelning maxovigi gardishi bilan ilashmaga kirishdan vaqtliroq sodir bo‘ladi.
Starter yakori aylanmasdan ildirish mexanizmining elektro-magnit relesini ishlab ketishi, relening kontaktlarini kuyganligini ko‘rsatadi.
Agar kontaktlar kuygan bo‘lsa (bu nuqson relening ko‘proq tarqalgan nuqsoni hisoblanadi), tok staterning chulg‘amiga kelmaydi yoki kelsa ham uning qiymati juda kichik bo‘ladi.
Bu nosozlikni bartaraf etish uchun relening qopqogi olinadi, kontakt boltlari bo‘shatiladi va kontakt diski chiqarib olinadi. Uni kontakt boltlariga nisbatan boshqa tomoni bilan o‘rnatiladi, kontakt diski 1800 buriladi yoki metallning kuygan izlari ketgunga qadar egov bilan tozalanadi. Dizelning tirsakli vali aylantirilganda starterda begona shovqin yoki gijillashi mavjudligi eshitib tekshiriladi.
Ushbu holatning mavjudligi yakor sirpanish podshipnik-larining vtulkalarini eyilganligi yoki yakor valining egilishi natijasida statorning boshmoqlariga tegishini ko‘rsatadi.
Dizel yurgizilgandan so‘ng starterni ajralmasligi yurgizish relesi kontaktlarini yoki ildirish mexanizmining elektromagnit relesining kontaktlarini kuyganligidan darak beradi.
Starterlarni traktordan ajratmasdan КI-1093 rusumdagi olib yuriluvchi voltmetr yordamida tekshiriladi. Starterni akkumulyator batareyasini «plyusi» bilan tekshirish uchun starterga boruvchi sim chiqarib olinadi, batareyani plyus chiqishiga voltampermetr komplektiga kiruvchi olinadigan shunt kiygizilib, u asbobga ulanadi.
Traktor yuqori uzatmaga ulanib u puxta tormozlanadi. Yonilgini uzatish to‘xtatilganiga ishonch hosil qilib, starter 5-10 s yurgiziladi va voltmetr va ampermetrning ko‘rsatishi kuzatiladi. Tekshirishda kuchlanishning qiymatlari past bo‘lsa, akkumulyator batareyasining zaryadsizlanganligini yoki uning nosozligini ko‘rsatadi. Starter tomonidan istemol qilinadigan tokning kamligi, uning tashqi zanjiridan o‘tuvchi qarshiliklarning (elektromagnit rele kontaktlar guruhi, chiqish klemmalari) ko‘pligi to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Starter tomonidan iste’mol qilinadigan tokning kattaligi yakor yoki starter chulg‘amlarining tarmoqlararo tutashuvi borligini ko‘rsatadi, yakor vali podshipniklarida moyning bo‘lmasligi yoki uni quyuqlashib qolishi va b.
Agar tekshirilganda yakor aylansa, bu ildirish mexanizmida nosozlik borligini ko‘rsatadi. Starterda barcha hollarda nosozlik aniqlansa u ta’mirlanadi.
Eyilgan detallarni almashtirish maqsadida starter texnik ekspertiza uchun bo‘laklarga ajratiladi. Dastlab tashqi nazorat bilan elektromagnit relesining chiqish siqqichlarini, kontakt disk sirtlarining ishchi sirtlarini, rele va kollektor shchetkalarining kontakt boltlarini, yuritma shesternyalarining holati aniqlanadi. Кontakt diskining va boltlarning ishchi sirtlari egov bilan tozalanadi, undan so‘ng abrazivli charim bilan shlifovkalanadi. Shchyotkani shchyotka tutgichda qo‘zgoluvchanligi tekshiriladi va ularning balandligi o‘lchanadi. Shchetka-larning balandligi 10 mm dan kam bo‘lmasligi lozim.
Shchyotkalar shchyotka tutgichda, prujinalarning siquvchi uchlari shchetkaning o‘rtasida erkin qo‘zg‘olishi lozim.
Yakor tokarlik dastgohining markaziga o‘rnatilib serdech-nikning tepishi tekshiriladi. Yakor kollektori sirtida eylish izlari bo‘lganda, u tokarlik dastgohida yo‘niladi. Yo‘nilgandan so‘ng esa kollektorning lamellari orasidagi izolyasiya 0,5-0,8 mm ga chuqurlashtiriladi. Кollektorning yo‘nilgandan keyingi minimal diametri ruxsat etilgan qiymatlardan kichik bo‘lmasligi lozim.
Shesternya tishlarining chetlaridagi o‘yiqchalari (2 mm dan ortiq bo‘lsa) egovda tozalanadi.
Agar starter traktorda sinalganda, yuritma shesternyasi sirpansa, ildirish mexanizmi yig‘ilganda, ilashtirish mexanizmi yig‘ilgan holda almashtiriladi. Statorning chulg‘amlarida tarmoqlararo tutashuv bo‘lsa, u olib yuriladigan КI-959 defektoskopi bilan tekshiriladi. Statorning chulg‘amini «korpus» ga tutashuvi 220V lik nazorat lampasi yordamida tekshiriladi. Yakor chulg‘amining tarmoqlararo tutashuvi yoki «kopus» ga tutashuvi, chulg‘amning uzilishi E-202 (PPYa-533) asbobida tekshiriladi.
Starter yig‘ilganda vkladish o‘rnatiladigan shlisalik qism va yakor bo‘yni SIATIM-201 yoki mashina moyi bilan moylanadi.
Maxsus shayba bilan o‘rnatiladigan yakor vali va qopqoq-ning cheti orasidagi o‘q bo‘yicha siljishi rostlanadi, uning qiymati 0,15-0,20 mm atrofida bo‘lishi kerak.
Zaruriyat tug‘ilsa yuritma shesternyasi va tayanch halqasi orasidagi tirqish rostlanadi. Tekshirish uchun nazorat lampasining bir uchi rele chulg‘amining chiqish klemmasiga birlashtiriladi, ikkinchi uchi esa akkumulyator batareyasining «plyus» klemmasini birlashtiruvchi kontakt boltiga ulanadi. Yuritma shesternyasini nazorat lampa yongunga qadar qo‘lda suriladi (relening kontaktlari ulangan bo‘ladi) va shesternya va tayanch shaybasi orasidagi tirqish o‘lchanadi. Uning qiymati 2,0-4,0 mm atrofida bo‘lishi lozim.
Starterlar yig‘ilgan holda nazorat-sinash stendlarida sinaladi. Stendlar starterning tormoz momentini o‘lchash uchun maxsus qurilmaga ega. КI-968 stendi mezdalik manometrik qurilmaga ega bo‘lib, uning diafragmasiga starterning yuritma shesternyasidan qurilmaning tishli richagi orqali keltirilgan kuch ta’sir qiladi.
Dastlab starter salt yurish rejimida, so‘ng esa to‘liq tormozlash rejimida sinaladi elektrostarterli yurgizib yuborish tizimiga ega bo‘lgan MTZ-80 traktorlarining elektr sxemasida blokirovka relesi nazarda tutilgan, u dizel yurgizib yuborilgandan so‘ng starterni qayta ulanishini oldini oladi Blokirovka relesi starterning boshqarish relesi zanjiriga qo‘shilgan va u tirsakli valning 700-1000 min-1 aylanishlar chastotasidan boshlab o‘zgaruvchan kuchlanish beruvchi generatordan ishlaydi. Asbob shchitidagi yonuvchi nazorat lampasi starterni boshqarish zanjiriga ulanganligini ko‘rsatadi. Dizel yurgizib yuborilgandan so‘ng blokirovka relesi ishlab ketadi va nazorat lampasi o‘chadi.
Agar dizel yurgizib yuborilgandan so‘ng shchitdagi nazorat lampasi o‘chmasa, u blokirovka relesini nosozligini ko‘rsatadi.
Starter detalari, maxovik gardishi sinmasligi uchun, relening ishlashi davriy ravishda tekshirilib boriladi. Tekshirishdan avval reledan simlar uzilib, ularni КI-1093 voltampermetrga ulanadi.
Dizel yurgizilmasdan avval, traktorning «massa»si ulanadi, voltampermetrni nazorat qilib, reostat bilan sekin rele siqqichlaridagi kuchlanish uning kontaktlari ishlab ketgunga (uzilgunga) qadar oshirilib boriladi. Asboblar shchitidagi nazorat lampasi o‘chadi. Releni ishlab ketish kuchlanishi 10 V dan katta bo‘lmasligi lozim. 10 V da ishlab ketish davri yakor va g‘altak serdechnigi o‘rtasidagi tirqish 0,35-0,45 mm spiral prujinaning taragligi hisobiga rostlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |