Тошкент Давлат техника


Rezbali, shlisali va shponkali birikmalar



Download 0,6 Mb.
bet135/156
Sana13.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#787950
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   156
Bog'liq
2 5238236135330683012

Rezbali, shlisali va shponkali birikmalar. Rezbali birikmalarning asosiy nuqsonlariga rezbaning eyilishi, uzilishi, sinib qolishi, ezilishi kiradi. Eyilgan ichki rezbalarni kattalashgan o‘lchamda yangi rezba ochish, qo‘shimcha detal o‘rnatish yoki payvandlab, so‘ng nominal o‘lchamda yangi rezba ochish usullari bilan ta’mirlash mumkin. Eyilgan tashqi rezbalar eritib qoplash va nominal o‘lchamda yangi rezba ochish bi­lan ta’mirlanadi.
Кattalashgan o‘lchamdagi bolt talab qilinganligi sababli teshiklarga yangi rezba ochish usuli har doim ham ma’qul bo‘lavermaydi, chunki bunda o‘zaro almashinuvchanlik buziladi va detallarni keyingi ta’mirlash ishlari murakkablashib ketadi.
Qo‘shimcha detallar o‘rnatish usuli bilan ta’mirlashda eyilgan rezbali teshik qo‘shimcha yangi detal o‘lchamiga to‘g‘ri keladigan kattaroq o‘lchamda teshilib, unga rezba ochiladi. Mazkur detal teshikka to‘liq kirguncha buraladi va shtift bilan qotiriladi. So‘ngra nominal o‘lchamdagi rezba ochiladi.
Vallarning eyilgan rezbalarini ta’mirlashda odatda, tebranma yoy vositasida yoki karbonat angidrid muhitida 1,2—1,6 mm diametrli N-30 markali elektrodlar bilan eritib qoplash, so‘ngra nominal o‘lcham bo‘yicha rezba ochish usuli qo‘llaniladi. Ta’mirlashning bunday usuli diametri 40 mm gacha bo‘lgan rezbali vallar uchun qo‘llaniladi, kattaroq o‘lchamli rezbalar uchun esa flyus qatlami ostida yoki plazma oqimida suyuqlantnrib qoplash usuli qo‘llaniladi.
Shlisali va shponkali birikmalarni ta’mirlash. Shlisali va shponkali birikmalarning asosiy nuqsonlariga yuzalarning eyilishi va ezilishi, ish yuzalaridagi metallning cho‘tirsimon eyilishi kiradi. Valning eyil­gan shlisalari siqib chiqarish, eyilgan shlisa bo‘rtmalarining yon tomonlarini eritib qoplash, shlisa ariqchalari va bo‘rtmalaripi eritib qoplash bilan tiklanadi.
Shlislarni siqib chiqarish U6 yoki U7 markali po‘latdan yasalgan roliklar bilan amalga oshiriladi. Bundan oldin shlisalar yumshatilgan bo‘lishi kerak. Siqib chiqarish eyilgan yuzaning chetidan yoki bo‘rtmaning ikki chetidan amalga oshirilishi mumkin. Buning natijasida shlisalarning kengligi 0,5—1 mm ga ortishi mumkin. Po‘lat flaneslar, gupchaklar va boshqa detallardagi eyilgan shlisalar cho‘ktirish yo‘li bilan ta’mirlanadi.
Diametri 50 mm dan kichik bo‘lgan vallarning shlisalarini ta’mirlashda qo‘lda yoki vibrayoy vositasida eritib qoplash usuli qo‘llaniladi, bunda suyuqlantirilgan metall qatlamlari shlisalar bo‘ylab navbatma-navbat shlisa ariqchalariga qoplanadi. Bunda qo‘lda eritib krplashda OZN-300U, OZN- 350U, E42A va EU6 markali elektrodlardan, vibrayoy vositasida eritib qoplaщda esa Nn=30 elektrodidan (sovituvchi suyuqlik qo‘llanilgan holda) foydalaniladi. Diametri 50 mm dan ortiq bo‘lgan vallar­ning eyilgan shlisalari flyus qatlami ostida avtomatik payvandlash yordamida eritib qoplanadi, bunda Sv = ZOXGSA elektrodi qo‘llaniladi.
Eyilgan shponkali birikmalarni ta’mirlashda yaroqsiz shponka yangisiga yoki kattaroq o‘lchamligiga almashtiriladi. Valdagi eyilgan shponka o‘rindiqlari kattaroq shponkaga moslab 10—15% ga kengaytiriladi; buzilgan o‘rindiqqa nisbatan 90 yoki 120° ga burib nominal o‘lcham bo‘yicha yangi shponka o‘rindig‘i frezalanadi. Ayrim detallarda shponka o‘rindig‘ini o‘zgartirib frezalash usulini qo‘llab bo‘lmaydi (masalan, gaz taqsimlash valining taqsimlash shesternyasi o‘rnatilgan joydagi shponka o‘rindig‘ini). Bunday detallarining shponka o‘rindiqlarini ta’mirlashda eritib qoplash va nominal o‘lcham bo‘yicha ishlov berish usuli qo‘llaniladi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish