Operatsion texnologiyalar Estetik texnologiyalar
Boshqaruvchanlik Evristik
texnologiyalar texnologiyalar
Amaliy texnologiyalar
1.Operatsion texnologiyalar – fikrlash malakasini fikrlash refleksini rivojlantiruvchi texnologiyalar hisoblanadi. Ular har xil fikrlash turlarini shakllantirishga moslashgan bo'ladi.
2.Estetik – axloqiy xislatlarni shakllantirishga qaratilgan texnologiyalar.
3.Boshqaruvchilik xususiyatini rivojlantiruvchi texnologiyalar.
4.Evristik – ijodiy yondashuvni rivojlantiruvchi texnologiyalar, talabalardan ijodiy yondashib masalaning yechimini topish talab etadi.
5.Amaliy texnologiyalar – amaliy hatti-harakatlarni shakllantiruvchi texnologiyalar.
4.Ta'lim tizimida munosabatlarning shakllanishi jihatidan (avtoritar, didaktik markazlashgan, shaxsta yo'naltirilgan).
Pedagogik jarayonni tashkil etishda talabaning va o’qituvchining munosabati ham turlicha bo'lishi mumkin. Bu munosabatning quyidagi turlarini ajratish mumkin:
1. Avtoritar texnologiyalar
O’qituvchi - asosiy sub'ekt, boshqaruvchi, talab qiluvchi, etaklovchi sifatida maydonga chiqadi. Talaba shaxsi esa tobe bo'lib, barcha talablarni bajarishi kerak. Bunda talabaning qiziqishlari va ehtiyojlari ta'limni tashkil etish jarayonida e'tiborga olinmaydi.U bajaruvchi sifatida maydonga chiqadi.
2. Didaktik markazlashgan texnologiya
Bu texnologiya markazida ta'lim jarayoni turadi va ta'lim jarayoni tarbiyadan ustun qo'yiladi. Aynan didaktik vosita yordamida shaxsni shakllantirish maqsad qilib qo'yiladi. Bunda o’qituvchi etaklovchi sifatida maydonga chiqadi. Ikki tomon ham (o’qituvchi va talaba) bir xil pozitsiyani egallaydi. Asosiy maqsad - ta'lim olish va tomonlarning hamkorlikda ish olib borishlaridir.
3.Shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalar
Ta'lim tizimining markazida talaba shaxsi turadi. Talabaning rivojlanishiga sog’lom psixologik muhitni tashkil qilish, nizo va inqirozlardan asrash, tabiiy imkoniyatlarini rivojlantirish, qobiliyatini o'stirishga qaratilgan. Bu yo'nalishni to'rt guruhga bo'lish mumkin:
a) Insoniy texnologiyalar
Bu texnologiya o'zining insoniyligi bilan, psixoterapevtik yo'nalishi bilan ajralib turadi. Ushbu texnologiyaning mazmuni talaba shaxsini har tomonlama qo'llab-quvvatlash va talabani ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Talabaga nisbatan hurmat va mehr bilan qarash va majburiylikdan voz kechishdan iboratdir.
b) hamkorlik texnologiyasi
Bu texnologiya demokratiya, hamkorlik, tenglik kabi g’oyalar asosida qurilgan. O’qituvchi va talaba orasidagi munosabatlar sub'ekt - sub'ekt sifatida haraladi. Birgalikda ta'lim jarayoni tashkil etiladi va birgalikda ijod etiladi.
v) Erkin tarbiya texnologiyasi
Talabaga tanlash, mustaqillik erkinligi beriladi. Talaba o'zi tanlagan vosita va mazmunni to’liq qabul qiladi, hamda bu faoliyatni xohish bilan bajaradi. Ichki ehtiyoj bilan uyg’unlik hosil bo'ladi.
g) Ezoterik texnologiya
Ezoterik bilimlar (ongdan tashqari) qonuniyatlarni o'rganish orqali haqiqatga yaqinlashish nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |