5.Ilmiy tajribani o'rganish bo'yicha klassifikatsiyalash.
Ilmiy tajribani o'rganish bo'yicha: Geshtalt texnologiya, Bixevioristik rivojlantiruvchi kabi texnologiyalarni ajratish mumkin.
1. Bixevioristik texnologiya – (E. Torondayk, D. Uotson, V.S.Dinner va boshq.) bu nazariyaning umumiy ko'rinishi quyidagicha: Stimul-reaktsiya-mustahkamlash. Stimul – qo'zg’atuvchi, reaktsiya – faoliyat, mustahkamlash – baholash va rag’batlantirish. Ular o'zlashtirish mexanizmi mana shu ko'rinishda vujudga keladi degan fikrni oldinga tashlaydi. Bunda talabaning munosabati va hissiyotlari hisobga olinmaydi va talabaning onglilik masalasiga kam e'tibor qaratiladi.
2. Geshtalt texnologiya – (M. Vetmeymer, G. Myuller, V.Keler) talabaning qabul qilishiga, idrok qilish refleksini o'rganishga asoslangan, yangi mavzuni o'zlashtirish yorqin fragmentlardan va yakuniy fikrlardan tashkil topish nazarda tutiladi. Idrok va diqqatga qaratilgan texnologiyalardir. Talabaning qabul qilish xususiyatlarini va diqqatning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holga o'zlashtirish jarayonini tashkil etish zarur ekanligini ta'kidlaydi va shu asosda o'zlashtirish texnologiyalarini yaratadi.
3.Rivojlantiruvchi texnologiya (V.V.Davidov, D.B.Elkonin g’oyasi).
Asosiy mazmuni - nazariyaning amaliyotdan ustunligi va mazmuniy umumlashtirishlardan foydalanish, mantiqiy bog’liqliklar va guruhlash tizimlashtirishdir. Umumiydan yakkaga qarab harakatlanish. Mavjud bilimlardan yangi bilimlarga qarab harakat qilish, ya'ni bor bo'lgan assotsiatsiyalar asosida yangi assotsiatsiyalarni vujudga keltirishni nazarda tutadi. Talabaning tushunishi oson bo'lgan bilimlardan uzoqroq va murakkabroq bilimlarga qarab harakatlanishni tavsiya etadilar. Soddadan murakkabga qarab izchil rivojlanish o'zaro bog’liqliklarga amal qilish talab etiladi.
4.Suggestiv texnologiya
Emotsional, yorqin taassurot, ishontirish, qiziqtirishga yunaltirilgan. Talaffuz, mimika, gipnoz, avtoritetdan foydalanish kabilarga asoslanadi. His–tuyg’ularni uyg’otishga qaratilgan. O'zlashtirish jarayonida insonning nafaqat ongi, balki his-tuyg’ulari ham ishtirok etishini va o'zlashtirish jarayonida hissiyotlarni uyg’otish bilimlarning faqat ong bilan emas, balki qalb bilan ham anglab etishiga yordam berishini ta'kidlaydilar. Faqat ong bilan qabul qilingan bilimlar quruq va yuzaki bo'ladi degan fikrlar asosida o'zlarining o'zlashtirish texnologiyalarini yaratadilar. Ular har bir yangi mavzuni o'zlashtirishda obrazlardan foydalanish, hissiyotlarni uyg’otish va har bir talaba ana shu hislarni sezishini ta'minlashga e'tibor beradilar.
Shuningdek, talabalar kontingentiga ko'ra quyidagi texnologiyalarni ajratish mumkin:
yalpi, an'anaviy texnologiyasi (o'rta talabaga moslashgan),
chuqurlashtirilgan texnologiya (ba'zi predmetlarni chuqurlashtirilgan dastur asosida o’qitish (litsey, gimnaziya, kollej).
kompensatsiyali o’qitish texnologiyalari (pedagogik korrektsiya, ya'ni kamchiliklarni yo'qotishga qaratilgan texnologiyalar).
viktimologik texnologiyalar (surdo, orto, tiflo, oligofrenika).
tarbiyasi og’ir bolalar, yoki iqtidorli bolalar bilan ishlash texnologiyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |