O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
SHARQ FILOLOGIYASI VA TARJIMASHUNOSLIK FAKULTETI
FILOLOGIYA VA TILLARNI O’QITISH TA’LIM YO’NALISHI
ARAB-INGLIZ 5-GURUH TALABASI
Xodixonov Rahmonxon
Mustaqil ish
Toshkent 2022-yil
XX asr 60-yillar Suriya adabiyoti
Reja:
Suriya adabiyotida realizmdan chekinish.
Suriya adabiyotida modernizm oqimi.
Zakariya Tamer, Jorj Salim ijodi.
Suriyada 1960 - yillarda bir guruh yozuvchilar maydonga chiqdilarki, ularning ijodida ongli ravishda realizmga qarshi isyon sezila boshladi. Buning sababi ular realizmni bevosita marksizm falsafasi bilan bir narsa, deb talqin qilishlarida edi. Shu bois Suriya yozuvchilarining realizmga bo‘lgan intilishlari to‘siqqa uchradi. Gazeta va jurnallar sahifalarida yozuvchilarning ingliz-amerika va Fransiya adabiyotiga yaqinlashib borayotgani sezila boshladi. 1965 yilda "al-Ma’rifa" jurnali "Sizning ijodingiz biror xorijiy yozuvchi ta’sirini o‘zida aks ettiradimi?" degan savol bilan murojaat qilganida ko‘pchilik yozuvchilar Sartr, Kamyu, Joys, Kafka nomlarini tilga oldilar. Bundan keyingi davrda ekzistensializm falsafasi ta’sirida bo‘lgan yozuvchilar asarlaridagi personajlar jamiyatdagi ochiq kurash o‘rniga o‘zlarining ichki psixologik kurashlari bilan band bo‘ldilar, mavhum falsafiy muammolar ifodachisiga aylandilar.
Bu yillarda kuzatilgan realizmdan chekinish o‘zining siyosiy sabablari, ijtimoiy ildizlari, madaniy omillariga ham ega edi. Mamlakatdagi murakkab siyosiy holat, turli mafkuralar orasidagi kurash, asrlar osha davom etib kelayotgan islomiy va feodal mag‘lubiyat alami, mamlakating bir qism hududi bosib olinishi - bularning barchasi mamlakatda realistik adabiyotning rivojlanishi uchun noqulay sharoitni vujudga keltirdi.
Suriya adabiyoti mexanik tarzda realistik va modernistikka ajratish qiyin. Aksar hollarda yozuvchilar ijodida ham realistik, ham modernistik tamoyillar yonma yon mavjud bo‘lib, o‘zaro to‘qnashadi va kurashadi. Yozuvchilar ijodida hayotning murakkab, ziddiyatli masalalari har xil individual uslub va janrlar orqali o‘z
ifodasini topadi. Zanariyo Tamer, Jorj Salim va boshqalar hikoyaning shu vaqtgacha araab adabiyotida misli ko‘rilmagan turlarini yaratdilar. Epik vazmin, keng qamrovli voqealar bayoni o‘rnini o‘quvchi bilan muloqotga asoslangan murakkab shakllar egalladi. Yozuvchilar o‘z g‘oyalarini majoz, istioralar vositasida, bayonga ertak va fantastika unsurlarini kiritgan tarzda ifodalay boshladilar. Yozuvchining ijodini kuzatib borayotgan arab tanqidchilari Zakariya Tamerni "dahshatlar va hayot go‘zalliklari kuychisi" deb atashadi. Misrlik tanqidchi Sabri Xafiz Tamer haqida bunday yozadi: "Bu yozuvchi hayotdagi o‘rnini tinimsiz mehnat orqali egallar ekan, dunyoga g‘alati, hayrona ko‘zlar bilan nigoh tashlaydi va ko‘p odamlar ko‘rmagan narsalarni ko‘radi. U hayotni boshqacha, odat tusiga kirganda o‘zgacha mushohada etadi. Bu qip - yalang‘och, jarohatli qalb mujohadasidir".14
Zakariya Tamer yozuvchilik uslubining o‘ziga xosligi nimada ko‘rinadi? Ko‘pgina arab yozuvchilari kabi urush va tinchlik, jamiyatni qayta qurish, qoloqlik, jaholat, xurofatga qarshi kurash, qashshoqlarning fojealari uning ham diqqat markazida turadi. Bu masalarni yoritishda Tamer, albatta, arab yozuvchilari ichida birinchi emasdi. Ammo yozuvchi ijodida arab adabiy an’analariga xos poetik ramzlar hozirgi zamon jahon adabiyoti uslublari bilan uyg‘unlashib ketgan. Uning adabiy uslubiga xos xislat so‘zdagi tejamkorlik, sipolik, uslubdagi izchillik va til ifodaligidir. Tamer uslubining o‘ziga xosligi majozga, ramzlarga tez-tez murojaat qilishda, realistik bayonga ertak unsurlarini kiritishda namoyon bo‘ladi.
"Qush" hikoyasida realistik bayon fantastika bilan qorishib ketadi. Abbos och. Uyidagi mushuklar ham uning o‘zidek och. Bir och boshqa ochning qornini to‘yg‘azaolmaydi. O‘zingiz qorin g‘amini yenglar, - deydi Abbos mushuklarga alam bilan. Uning yengida butun dunyoni portlatishga qodir bomba loyihasi pishib yetiladi. Mushuklar undan bu ishni qilmaslikni so‘rashadi, evaziga esa unga uchish uchun qanot berishadi. "U quvonch bilan yer uzra parvoz etadi. Uning dahshatli g‘azabi qayoqqa ketdi? Abbosning qalbida odamlarga nisbatan cheksiz muhabbat
14 Закария Тамер. Ёнѓинда ќолган Дамашќ. М. 1977.
jo‘sh uradi. Baxtiyorlikdan yig‘lagisi keladi".15 Lekin dam o‘tmay u yerga qulab tushadi. Uning erkin, baxtli hayot haqidagi barcha orzulari sarob bo‘lib chiqadi.
"Kichkina qalb" hikoyasidagi kambag‘al Abu Fahid bir kuni mast holda uyiga qaytayotib yo‘lda bir qo‘zichoqqa duch keladi. U xursand bo‘lib, och o‘tirgan oilasi qornini to‘ydirish uchun quzini uyiga qarab sudraydi. Ammo bu oddiy qo‘zi bo‘lmasdan, balki devlar podshohining bolasi ekani ma’lum bo‘ladi. Qo‘zi inson ovozi bilan Abu Faxiddan uni qo‘yib yuborishni so‘raydi, evaziga yetti ko‘za oltin va’da qiladi. Uyiga qaytgach Abu Faxid xotiniga bo‘lgan voqeani gapirib berib turishni va oltinni olmaguncha qo‘zichoqni qo‘yib yubormaslikni uqtiradi. Er-xotin yangi uy, farovon hayot, bola-chaqaning yorqin kelajagi haqida hayol surib ketadilar. Lekin ertasi kuni Abu Faxid kechagi joyda qo‘zichoqqa duch kelmaydi, o‘zi esa mast bezori qo‘lida halok bo‘ladi.
Zakariya Tamer o‘zi jamiyatning qashshoq tabaqalaridan chiqqani bois arab qashshoqlari hayotini yaxshi bilardi. Uning anduhli, lirik hikoyalari esa yozuvchining tashvishlarini, oddiy odamlarga bo‘lgan hamdardligini ifodalaydi.
Abdulla ibn Sulaymon tez-tez nima uchun Alloh unga o‘xshash becharalarga rahm qilmasligi haqida o‘ylar edi. U umr bo‘yi mehnat qilar, lekin oyog‘ida poyafzali yo‘q edi. Nihoyat, u taqdiriga qarshi borishga qaror qiladi. Kunlardan bir kuni u bir yo‘lovchini yo‘lini to‘sib oyog‘idagi poyafzalini tortib oladi. Shu damda polisiya mashinasi kelib qoladi va Abdullohni hibsga oladi. Hikoya yozuvchining quyidagi achchiq kinoyasi bilan tugaydi: "Bu ishning nihoyasi buyuk Alloh o‘lim yuborishni kutmasdan poyafzallik bo‘lishni xohlab qolgan yalangoyoqlarga yaxshi ibrat bo‘ladi".
Suriya adabiyotlarda an’anaga aylangan ijtimoiy tengsizlik mavzusi Suriya yozuvchilari uyushmasining tashkilotchisi va raisi Jorj Salim ijodida ham salmoqli o‘rin egallaydi. Uning "Kambag‘al odamlar" nomli hikoyalar to‘plami nashrdan chiqqanida arab tanqidchilari bir ovozdan uni Ushmaning demokratik an’analarini davom ettirib kelayotgan yozuvchilar guruhiga qo‘shadilar. Yozuvchi hikoyalarining qahramonlari kambag‘al odamlar. Yozuvchi ularning falokatlarga
15 З.Тамар. Ўша китоб.
to‘la, umidsiz hayotini ko‘rsatish orqali ijtimoiy muhitni tadqiq etadi. "Qabr" hikoyasida u faqatgina yurish dunyoda nasib qilishi mumkin bo‘lgan yaxshi hayot to‘g‘risida orzu qilishga imkon qoldiradigan qashshoqlik tasvirini beradi. Hikoya qahramoni bir umr keng uy, farovon hayot to‘g‘risida hayol suradi, lekin umrini kambag‘allikda, tor uyda o‘tkazadi. O‘g‘li uning dardini yengillashtirish uchun marfiy olib kelganida, deydi: "Tiqilinchlik, dard - yomon narsa, dori ham kerak emas, menga kenggina qabr kerak". Hikoya o‘g‘ilning monologi asosiga qurilgan, u biror narsani o‘zgartirishga qodir emas, shundan aziyat chekadi. Aptekachi unga marfiy taklif qiladi, bu - uning onasiga ozgina vaqtga bo‘lsa ham o‘zini tashvishsiz va baxtli sezish imkonini beradigan yagona vosita.
"Arzimas voqea" asaridan yosh, ammo tinka - madori qurigan qiz vrach kabineti yonida uni kuta-kuta jon beradi. Poliklinika egasi va uning yaqinlarini qizning o‘limi tashvishga solmaydi, balki ular bu voqea poliklinika va doktorlar obro‘siga putur yetkazishdan tashvishga tushadilar. Bu achinarli manzarani kuzatgan kotib inson hayotining qadr-qimmati haqida o‘y surib ketadi.
"Bolalar" hikoyasi kontrast asosiga qurilgan. Hikoyaning boshi yoqimli, kishiga xursandchilik bag‘ishlaydi. Quyosh charaqlab turibdi, bahor ayyomi, bog‘da qushlar sayraydi. Qabriston yaqinidagi bu bog‘da o‘ynab yurgan bolalar beixtiyor noxush manzara guvohi bo‘ladilar. Bir qizchani dafn qiladilar, ammo negadir jasadni tobutsiz qabrga qo‘yadilar (hikoyada masihiy oila to‘g‘risida so‘z boradi). Bolalar ruhoniydan buning sababining so‘raganlarida kambag‘allar hatto o‘z yaqinlarini odamlarga o‘xshab quma olmaydilar ham, deb javob beradi. Bu gap ta’sirida bolalar diliga dard, va kelajaklariga nisbatan qo‘rquv o‘rmalab kiradi.
J.Salim mutafakkir san’atkor bo‘lgani bois ijtimoiy zulm odamlarni mayib- majruh qilishini, ularning erkinn rivojlanishiga xalaqit berishni tushunadi. Lekin adibning hikoyalarini o‘qir ekanmiz, ularda ziddiyat yetishmasligini his qilamiz, yozuvchining hayotiy pozisiyasini ilg‘ab olmaymiz. J.Salim "Jo‘nash", "Tashnalik tarixi" to‘plamlariga kirgan hikoyalarida o‘z qahramonlarini ijtimoiy voqelikdan ajralgan holda tasvirlaydi, ularni tez-tez o‘zgarib turadigan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitdan yuqori qo‘yadi. Uning asarlarida ko‘pincha nohaqlik tarixdan,
zamondan tashqarida tasvirlanadi. Ularda yozuQ, taqdir alohida ahamiyat kasb etadi. Qator hikoyalar personajlari o‘tmishni qoralaydilar, o‘zlari yashab turgan shahardan nafratlanadilar. Biz ularda o‘z g‘azabini pinhon tutib qahvaxonada, sahroda tanho o‘tirgan yoki ko‘chalarda, yovvoyi tabiat qo‘ynida kezib uni tushunayotgan hayotni, odamlarni la’natlab yurgan qahramonni ko‘ramiz.
"Jo‘nash" to‘plami hikoyalaridagi qahramonlar g‘ayri-tabiiy holatlarda yashab, tafakkur qiladilar. Ular shartli "Sin" harfi bilan ataladilar. "Poezd" hikoyasida Sin kutilmaganda o‘zini yurib ketayotgan poezdning bir vagonida o‘tirgan holda ko‘radi. "Men qanday bu yerga kelib qoldim, meni bu vagonda kim chiqazib qo‘ydi, oldin qaerda edim?" - so‘raydi u o‘zidan. O‘ikoyada yurib ketayotgan poezd - hayot ramzi, uning uzluksiz hazakati, shodliklari, qayg‘uli, bayramlari, inson hayotidagi oddiy kunlari timsoli. Poezdda juda ko‘p turli yosh va kasbdagi odamlar bor. Ular orasida hayotni falsafiy talqin qilishga uringan donishmand munajjim obrazi diqqatga sazovor. O‘ikoya boshidan oxirigacha Sinning hissiyotlari bayoni asosiga qurilgan bo‘lib, u qadam - baqadam munajjim yordamida bu Qalati poezdning tuzilishini kashf etib, uning shafqatsiz va ildam harajatiga ko‘nikib boradi. Sinning bu safar qachon tugaydi, degan savoliga munajjim faqat o‘lim kishini bu intihosiz harakatdan xalos qiladi, deb javob beradi. Sin Qildiraklarining surunkali taqir-tiqiri ostida uyquga ketar ekan, birdaniga to‘xtovsiz oldinga intilayotgan, o‘lim nomli noma’lum manzilga shoshayotgan bu poezdning to‘siq bilmas harakatiga ko‘rinish, bo‘yin echish lozimligini anglaydi.
Valid Ixlos, Zakariya Tamer ijodidagi modernizm konsepsiyasiga xos ekzistensializm, irrasianolizm, fenomenologizm, mifologizm va boshqalarga hayotni diniy konsepsiya asosida tushinishni qo‘shdi. Ularning ijodida ezgulik va adolatning to‘la g‘alabasi yo narigi dunyo bilan yoki oxirat bilan bog‘lanadi. Ularning falsafasidagi itoat, mo‘minlik, zulmga qarshi bosh ko‘tarmaslik, kechiriklikning ildizi shu yerda.
"Chiganoq" hikoyasida insonning o‘zi yashayotgan jamiyatdan begonalashib yurishi - odamovilik muammosi qalamga olingan. Јahramonga hayotdagi hamma narsa - universitet, sayohatlar, oila - nasib etgan, hatoga qiziqishi, bolalari bor.
To‘satdan uni sotsial letargiya - befarqlik o‘z domiga tortadi. Asta-sekin qahramonni muhit bilan bog‘lab turgan ijtimoiy rishtalar zaiflashib, yo‘q bo‘lib ketadi. Uzlat, tanholikka intilib, u katta chig‘anoq ichiga Haligacha u ruhiy qiynoqlardan aziyat chekkan bo‘lsa, endi chidab bo‘lmas jismoniy azoblar iskanjasiga oladi. U o‘rnidan turish, yurish imkoniyatidan ham mahrum bo‘ladi. Yaqinlari yodiga tushadi, ularni yordamga chaqiradi. Uning ko‘z o‘ngida alp gavda shayxning baxaybat soyasi paydo bo‘ladi. Ammo uning yolborishlari behuda ketadi. Shayx uni tanholikda azob chekib o‘lishga mahkum etib, yolg‘iz tashlab ketadi. "Dilingdagi nur so‘ndi, qalbing qurib, bir parcha yog‘ochga aylandi, u endi a’zolaringni oziqlantirishga qodir emas" - deydi shayx uni tashlab ketayotganida.
"Katta mehmonxona", "So‘qovlar so‘zlashuvi", "Golgofaga ko‘tarilish" asarlarida dunyo qora bo‘yoqlarda tasvirlanadi. Inson tasodifan hayot girdobiga otilgan, u cheksiz mashaqqatlar, og‘ir va umidsiz qiynoqlardan so‘ng o‘limga mahkum. Umrbod qashshoqlik, bir luqma non uchun kurash, doimiy qo‘rquv va xavotirlik insonning sillasini quritadi. Undagi o‘z ideallari yo‘lida kurashish istagini so‘ndiradi.
"Tashnalik tarixi" to‘plamidagi "Bulutga aylangan odam" hikoyasida tasvirlangan davlat idorasi xodimi har doim ishdan haydalish qo‘rquvi ostida yashaydi, yolg‘izlik azobini chekib yashaydi. Salim talqinida hayotda reallik va noreallik orasida chegara yo‘q, hayot chegarasizlik, absurd va olg‘ov-dolg‘ovdan iborat. Hikoya g‘oyasi xodim va osmondan farishta qiyofasida tushgan bola obrazlari orqali ochiladi. Yordam hayot qahramonni jonidan to‘ydiradi va u nigohini osmonga qaratadi, bulutlarga havas qiladi, boshqa dunyoga ketgisi keladi; bola uning orzusini ro‘yobga chiqaradi, qo‘lidan tutib, ochiq fazoga sayohatga olib ketadi.
Muta as-Safadi, Valid Ixlash va boshqalar hikoyalarida odamoviligi muammosi qahramonlarda sarosimalik, hamma narsani dar-badar qilish to‘yg‘usini uyg‘otgan bo‘lsa, Salim asarlarida bu muammo hayotning butunlay ma’nisizligini, o‘lim haqligi e’tirofiga olib keladi.
"Shahar ostida" hikoyasidagi yigit yarim tunda qahvaxonadan qaytar ekan yo‘ldan adashib, uyini topa olmay qoladi. Uning kun bo‘yi uyini topishga qilgan harakatlari zoye ketadi. U uydan ham, xotindan ham, bolalardan ham mahrum bo‘ladi. Dallol unga yordamga qo‘l cho‘zadi. u yigitga turli uylarni ko‘rsatadi, lekin yigit yana ularni yo‘qotib qo‘yaveradi, topa olmay yuraveradi. Kutilmaganda dallol unga ajoyib uy topgani va u bu uyni hech qachon yo‘qotib qo‘ymasligini, eng muhimi, bu uyda u o‘zini yolg‘iz va g‘amgin sezmasligini aytadi. Dallol topgan uy shahar chetidagi manzarali sayhonlikda joylashgan qabrga ko‘madi. Yozuvchi talqinida ma’nisiz, uning qo‘ynidagi inson esa ojiz va notavon, falokatlar, dunyoning yugur-yugurlaridan qutulishning yo‘li esa - o‘lim, qabr. Faqat shu yerda inson, nihoyat, orom oladi, o‘z hayotining ma’nosizligi, maqsadsizligini anglab yetadi. Shu yo‘l bilan o‘lim g‘oyasini Salim umumiy, mutlaq darajaga ko‘taradi. Modernizmning boy ifoda uslubidan Salim bayondagi uzuq-yuluqlik, turli zamonlarning qorishib ketishiga ko‘proq murojaat etadi.
Salim personajlarini hatto muhabbat tuyg‘usi ham hayot azoblaridan qutqara olmaydi. Sin bir qizni sevib qoladi ("Jo‘nash" hikoyasi). Shu vaqtda Sinni telegramma orqali uyiga chaqirib qolishadi. Oshiq-ma’shuqlar bir-biridan ayrilishiga to‘g‘ri keladi. Budan ular ko‘p iztirobga tushadilar. Yoshlarning o‘zaro suhbatidagi qisqa, uzuq-yuluq iboralar ularning qayg‘uli ahvolini ifodalaydi. Ular norozilik bildirish, muhabbatlarini himoya qilishga qodir emas. Qayg‘u, umidsizlik, biror narsani o‘zgartirishdan ojizlik, ularning ahvoli-shu. "Poezd" hikoyasida hayotning beshafqat ritmi ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu yerda, aksincha, zamon va hayot to‘xtab qolgandek, dunyoda yurakni o‘rtovchi muhabbat tuyg‘usi va judolik alamidan o‘zga narsa yo‘qdek.
Borliq va shaxsning ekzistensializmga xos konsepsiyasi Suriya adabiyotida 60- yillarning boshlarida kuchaydi. Adabiy jarayonda kuzatilgan bu bo‘hronli holat ham arab, ham xorijlik olimlar tomonidan o‘rganilayotir. Suriyalik olim Ali Solih Ali Suriya adabiyotida kuzatilgan realizmdan chekinishni bunday izohlaydi: Bu Ushmaning tarqalib ketishi tufayli realistik adabiyotning ko‘zga ko‘ringan namoyandalari adabiy hayotdan chetlanishi, ko‘proq modernistik adabiyotga
ergashish, bir vaqtning o‘zida ham marksistik, ham burjua-falsafasidan yuz o‘girgan mayda burjuaziyaning mafkuraviy bo‘shliqqa tushib qolishi oqibatida falsafada "uchinchi" yo‘lni izlashi va uni ekzistensializmda topishi oqibatidir.
Jorj Salim, Muta Safadi va boshqalar to‘g‘risida gapirganda, ularning badiiy shakl sohasida, uslubiy va kompozision rang-baranglikda erishgan yutuqlarini chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Jorj Salim ijtimoiy jihatga diqqat qilmagan holda insonning ichki dunyosiga kirib borish texnologiyasini ishlab chiqishga o‘z ulushini qo‘shdi. Insonning jamiyat bilan bog‘liq fojealarini ko‘rsatar ekan, najot yo‘lini u shaxsning ongliligida ko‘radi. Bu esa, uni shaxsning majburiy qulligi, jamiyatga qarshi foydasiz isyoni g‘oyasi tomonga yetaklaydi. Pirovardida, u inson hayotining boshqacha shakli bo‘lishi mumkinligiga ishonchsizlik bildiradi.
Agar Suriya adabiyotining paydo bo‘lishi, shakllanish davridan bugungacha bo‘lgan umumiy taraqqiyot yo‘nalishiga nazar tashlansa, uning har doim milliy zaminga chuqurroq kirib borishga, turli davrlarda mamlakat, xalq orzu-umidlarini tasvirlashga intilganini ko‘rish mumkin.
Hozirgi zamon sharoitida insonga bo‘lgan munosabat, uning imkoniyatlarini baholash, ichki dunyosini tushunish, shaxsning jamiyatdagi o‘rnini belgilash, uning tarix taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatini tadqiq etish - bu massalalar Suriya yozuvchilari tomonidan turlicha talqin etib kelingan va etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |