Bugungi kunda iqtisodni bozor munosabatlariga yo`naltirilishi kun tartibiga axolini ozuqaviy qiymati yuqori, sifatli oziq-ovqat mahsuloti bilan ta’minlash masalasini qo`ymoqda. Oziq-ovqat va qayta ishlash sanoatini oldiga bu masalalar echilishi uchun tayyor mahsulot va yarimfabrikatlar ishlab chiqarish miqdorini ko`paytirish, yangi ozuqaviy qiymati yuqori bo`lgan mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratib, bunda ozuqaviy moddalarni me’yorlashtirishga erishishda an’anaviy va noan’anaviy xom ashyo turlaridan rasional foydalanish vazifasini qo`ymoqda.

Oziq-ovqat va qayta ishlash sanoatida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda asosiy faktorlardan biri xom ashyo resurslaridan kompleks va rasional foydalanishdir. So`nggi yillarda bu sohada bir qancha ishlar amalga oshirilib, ikkilamchi xom ashyolardan ozuqaviy qiymati yuqori bo`lgan mahsulotlar texnologiyasi yaratilmoqda.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik yangilash va diversifikasiya qilish, innovasion texnologiyalarni keng joriy etish Respublikamiz xududida inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo`lidir.
O`tkazilayotgan barcha islohotlar farovon hayot, baxtli kelajakni ta’minlash, vatanni ozod va obod bo`lishiga qaratilgan. Respublikamiz rahbariyati bugungi kunda aholining turmush tarzini yaxshilash, hayot farovonligini oshirish va xalq dasturxonini to`kin-sochin bo`lishi, iste’mol tovarlarining assortimenti keng, oziqaviy qiymati yuqori va tannarxi arzon bo`lishiga erishish uchun bir qancha ishlarni amalga oshirmoqda.