4.1.Xitoy Xalq Respublikasi aholisining tabiiy ko‘payishi.
Xitoy Xalq Respublikasi aholisining soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. 2009 yil ma’lumotiga ko’ra, Xitoy Xalq Respublikasi aholisi 1,329 mlrd kishini (Syangan MAR va Tayvan provinsiyasi, Aomen rayonidan tashqari) tashkil etdi. U hozirda dunyo aholisining 21% ni tashkil etmoqda. Xitoy aholisining o‘rtacha zichligi 1 kv.km. ga 137 kishini tashkil etadi. Xitoy aholisi uning hududi bo‘ylab bir tekisda joylashmagan bo‘lib, Sharqiy Xitoyning dengiz oldi rayonlarida aholining zichligi 1 kv.km. ga 410 kishidan ortiq aholi to’g’ri kelsa, Markaziy Xitoyda aholining zichligi 1 kv.km. ga 200 kishidan ortiq to’g’ri kelsa, g‘arbiy Xitoyning tog‘li hududlarida bu ko‘rsatkich 1 kv.km. ga 20 kishidan ham kam kishi to‘g‘ri keladi.
Xitoyda aholini qayta ro‘yxatdan o‘tqazish 1953 yilda boshlanib, u har 10-15 yilda amalga oshirilgan, ya’ni: 1964, 1982, 1990 yillar va eng oxirgi aholini ro‘xatga olish 2000 yilda amalga oshirildi. Aholining tabiiy o‘sish koeffitsienti 0,6 % ni tashkil etdi. Tug‘ulish har bir 1000 kishiga 13,4 kishini, o‘lim esa, har bir 1000 kishiga 7 dan to‘g‘ri keladi. (2007 y.)
XXR tashkil topgan yili, ya’ni 1949 yilda mamlakatning umumiy aholisi 541,67 kishini tashkil etgan bo‘lib, ijtimoiy barqarorlik, tibbiy sanitar axvolning yaxshilanishi va davlatning xarbiy sohada «inson resurslari»ning roliga katta ahamiyat berilganligi natijasida, aholining soni juda tez sur’atlar bilan o’sa boshladi. 1969 yilda, ja’ni oradan 20 yil o’tgan vaqt mobaynida Xitoy aholisining soni 806,71 mln. kishiga yetdi.
1970 yillarga kelib, Xitoy hukumati aholining bunday tez sur’atlarda o‘sishi mamlakatni iqtisodiy ravnaqqa olib kelmasligini va ijtimoiy sohada bir qator jiddiy muammolar vujudga kelishini tushunib etdi. Undan tashqari, aholini ish va turar joy bilan ta’minlashda, sog‘liqni saqlash, transport va xizmat ko’rsatish sohalarida ham qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin edi. Bu davrga kelib, soha mutaxassislari, ja’ni demogroflar, agarda, Xitoy hukumati aholining o‘sish sur’atlariga o‘zining bu soha bo‘yicha ishlab chiqqan chora-tadbirlari orqali ta’sir eta olmasa, bir necha o‘n yilliklardan so‘ng, nafaqat Xitoy Xalq Respublikasi, balki butun jahonda «demografik portlash» yuz berishi haqida gapira boshladilar. Shu bilan birga ular «Demografik portlash» - ja’ni aholini haddan tashqari ko’p tug’lishi natijasida mamlakat aholisini oziq-ovqat va kiyim-bosh bilan ta’minlashda Xitoy hukumatining moliyaviy resurslari yetishmasligini ham ta’kidladilar.
Xitoy hukumati tug‘ilishni muvofiqlashtirish va rejalashtirish siyosatini amalga oshirishi natijasida aholining o‘sish sur’atlari bir muncha pasaydi. Agar, 1969 yilda tug‘ilish ko‘rsatkichi 34,11 promilleni tashkil etgan bo‘lsa, 2005 yilga kelib, bu ko‘rsatkich-14,03 promillega pasaydi. Aholining tabiiy o‘sishi mos ravishda 26,08 promilledan 4,13 promillega pasaydi.
Hozirda ushbu ijtimoiy sohadagi amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida Xitoydagi uning tug‘ilish va o‘lim darajasi hamda hattoki tabiiy o‘sish darajasi ham pasaymoqda..
Do'stlaringiz bilan baham: |