2005 yilda Xitoyning tektil sanoatidagi eksport va import hajmi hamda ularning o‘sishi, % da48
Ko‘rsatkich-lar
|
Import
ming tonn (m) /mlrd. doll.
|
Eksport
ming. tonn (m) /mlrd. doll.
|
Importni o‘sishini belgilash, % da
|
Eksport o‘sishni
belgilash,
% da.
|
Paxtali ip
|
793,8/1,698
|
459,5/1,4
|
+11,08/+10,73
|
+8,89/+4,92
|
Paxtadan matolar
|
0
|
5,49/6,029
|
0
|
+14,63/+15,1
|
Sof paxtadan matolar
|
0
|
4,873
|
0
|
+14,28
|
Sof bo‘yalgan paxta matolar (jumladan djinsi matolari )
|
0
|
1,017
|
0
|
+13,58
|
Sof djinsi paxta matolar
|
0
|
390
|
0
|
+20,23
|
Hozirgi kunda AQSh, boshqa dunyo mamlakatlariga qaraganda Xitoyni tekstil tovarlarini hammadan ko‘p istemol qiluvchi davlatdir va shu sababli, mazkur davlatning Xitoy tovarlarini import qiluvchi kompaniyalari hammadan ko‘p iqtisodiy zarar ko‘rmokda. Masalan, birgina 2005 yil yanvar oyining o‘zida Xitoydan AQSh ga tekstil tovarlarini eksport qilish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan, 75% ga o‘sdi, shu yilning yanvar oyida AKSh ga Xitoy tomonidan kiritilgan tekstil tovarlarini qiymati 1,2 mlrd AQSh dollarini tashkil qildi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan, 500 million dollar ko‘p demakdir.
Xitoy tomonidan import tovarlarini kirib kelishi oqibatida AQSh ning iqtisodiyotiga anchagina salbiy ta’sir ko‘rsatmokda. Chunki,:
-
birinchidan, bunday holatga AQSh kompaniyalari iqtisodiy jihatdan tayyor emas edi;
-
ikkinchidan, buning oqibatida AQSh tekstil sanoati korxonalari yanvar oyining o‘zida 12 ming ishchidan ayrilishdi, ba’zi bir iqtisodchi ekspertlarining taxminiga ko‘ra, Xitoy mahsulotlari shu tartibda AQSh bozoriga kirib kelishini davom ettirsa, bunda yaqin 2 yil ichida AQSh bozorining 70% ni o‘zining tekstil mahsulotlari bilan egallaydi. Buning asosiy sabablaridan biri,- bu Xitoyga ilgarigi yillarda berilgan 16% li kvotadir.
AQSh ning tekstil sanoati Xitoy tekstil mahsulotlaridan kvotani olib tashlashi oqibatida, yaqin yillar ichida AQSh tekstil sanoatida 500 ming ishchini ishdan ketishiga olib kelishi mumkin, bu ko‘rsatkich AQSh tekstil sanoati ishchilarini 1/4 qismini tashkil qiladi. Lekin, bu holat AQSh ning mayda ishbilarmon va tadbirkorlari uchun ancha yaxshi, sababi ular o‘z do‘konlariga mahsulotning ko‘p turlarini va importining narxi boshqa davlat mahsulotlariga nisbatan, ancha arzon hamda sifatli bo‘lib, ularning boshqa davlat mahsulotlaridan xech farqi yo‘kdir
Xitoyning bunday shiddat bilan rivojlanib borayotganidan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ham AQSh kabi import mahsulotlaridan iqtisodiy zarar ko‘rishmoqda. 2005 yilni 1yanvaridan boshlab, Xitoy tekstil hamda kiyim-kechaklariga cheklovlar qo‘yilishiga qaramasdan, Xitoydan kirib keladigan mahsulotlar hajmi 46% ga oshgan va boshka alohida tovarlarga qaraganda esa, o‘n barobarga oshgandir
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida Xitoy tovarlariga nisbatan xar xil cheklovlar qo‘yilishi munosabati bilan, Xitoy xukumati demping siyosatini birgalikda olib borgan holda, 2005 yilning fevral oyida tekstil va kiyim kechaklariga o‘rnatilgan narxini yanada arzonlashtirdi va bu holat Yevropadagi Xitoy mahsulotlarini import qiluvchilar sonini salkam 4 barobarga oshishiga sabab bo‘ldi. Bunday davom etayotgan kurash oqibatida, Yevropa ishbilarmonlari borgan sari tang holatda qolishmokda. Yevropa tekstil assotsiatsiyasiyasiga murojat qilib, o‘z hukumatlaridan Italiyada joylashgan yuqori kengashga murojat qilib, Xitoy import tovarlarini 12 turdagisini mamlakatga kirgizishini so‘radi. So‘nggi vaqtlarda, Xitoy o‘z tovarlariga arzon narxni belgilashga o‘rganib qoldi va bozorning mazkur segmenti orqali boshqarib kelayotgan edi.
Hrzirgi kunda u mahsulot sifatini oshirib borib, agar ilgari fakatgina tayyor kiyim tikib sotish bilan shug‘ullanib, ko‘p maxorat va ko‘p investisiya talab etadigan ipak va kalava iplardan tayyorlanadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirmagan edi. 2005 yilda Xitoyga AQSh va Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonidan tekstil tovarlari savdosida buzilishlar bo‘ldi. 1995 yilgi kelishuvga binoan, AQSh, Kanada va Yevropa ittifoqi davlatlariga berilgan kvotalar 2005 yilning 1 yanvarida olib tashlandi va ularga kiritiladigan import tovarlariga qo‘yiladigan talablar yanada osonlashtirildi. Bunga qaramasdan 2005 yilning1 yanvarida 148 ta turdagi tekstil tovarlariga to‘lanadigan bojxona to‘lovlari 1 iyunga kelib 74 turdagi mahsulot turlarigagina qoldirildi va bu ko‘rsatkich o‘rta hisobda 5 marotabaga oshganini ko‘rishimiz mumkin.
Xitoy tekstil mahsulotlari va kiyim kechaklari AQSh va Yevropa ittifoki davlatlarining peshtaxalarida keragidan ortiq to‘lib ketdi. 2005 yilning 1 yarmida Xitoy tekstil mahsulotlari 2004 yilning shu davriga nisbatan, 97% ga oshdi. Yevropa ittifoqi davlatlarida bu ko‘rsatkich 130% ni tashkil qildi. JST qoidalariga binoan, tekstil mahsulotlarini import qiluvchi mamlakat import qilingan tovarlari yiliga 75 % ga oshsa va uni muvozanatiga salbiy ta’sir ko‘rsatsa, bunday holatni oldini olish maksadida mamlakatlar o‘z chora tadbirlarini ishlab chiqish huquqiga ega bo‘ladilar.
Bugungi kunda Xitoy choy, tamaki va pivo ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinda turadi.Undan tashqari, hozirgi kunda Yevropa Ittifoqi davlatlari Xitoydan import qilinayotgan tekstil mahsulotlariga cheklovlar qo‘yilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini anglab yetmoqdlar. Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonidan Xitoy tekstil tovarlari importining keskin o‘sishi natijasida proteksionistik choralarni qo‘llash xarakatlarini olib borish to‘g‘risida gapirildi. Shu yilning atigi 3 oyida XXR sining Yevropa davlatlariga sviterlarni eksport qilishi 534% ga o‘sdi. Xitoy kolgotkalari importi shu yilning yanvar-fevral oylarida 1940% ga, erkaklar shimlari esa 413% ga o‘sdi..
XXR va Yevropa Ittifoqi davlatlari orasidani savdo hajmi 2007 yilda $163 mlrd.dollarni tashkil etdi. Yevropa Ittifoqi Xitoyning asosiy savdo hamkori hisoblanib, Xitoyni Yevropa Ittifoqi uchun esa, AQSh dan so‘ng 2-savdo hamkoridir. Shuning uchun har qanday nojo‘ya xarakat yoki ular orasidagi kelishmovchiliklar Yevropa ishlab chiqaruvchilari uchun yirik yo‘qotishni anglatadi.
“Adolatli” va “erkin” savdo (fair-trade, free-trade) – orqali barcha dunyo davlatlari xarakat qilib, unda qoshshoq davlatlar doimiy ravishda boshqalar tomonidan ekspluatatsiya qilinadi. Yevropa Ittifoqi Xitoyning tekstil bo‘yicha yirik eksporteri hisoblanib, unda 2 mln.kishi banddir. Yevropa davlatlarining tekstil konsernlari cheklovlar bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilishni talab qildilar. Mazkur, cheklovlarni qo‘llash uchun kirgizishni 13 ta mamlakatlar va 25 ta YeI ning a’zolari (Italiya va Fransiya) qo‘llab-quvvatladilar.
"Evropa o‘zining tekstil sanoatining yo‘q bo‘lib ketishiga jimgina qarab o‘tira olmaydi” deydi, YeI savdo masalalari bo‘yicha komissari Peter Mandelson. Xitoy bir tomonlama tartibda eksport qilinayotgan tekstiliga soliq kiritdi. Xitoy hukumati AQSh ga o‘z eksportini yilllik o‘sishini 7,5% qilib chegaralab qo‘ydi va XXR dan import olib qirishga cheklovlar belgilandi
Xitoy moliya vazirligi va XXR Davlat bosh soliq boshqarmasi 2009 yilning 1 fevralidan boshlab, tekstil va kiyim-kechaklar eksportiga o‘rnatilgan soliq stavkasini 14% dan 15% ga qaytarish orqali ko‘tarish to‘g‘risida e’lon qildi. Bu ko‘tarish 3325 ta tovarlar turlariga tegishli bo‘ldi.
XXR Davlat Kengashida tekstil sanoati va uskunalar ishlab chiqarishni jonlantirish va qayta tarkib toptirish bo‘yicha rejalar qabul qilindi. Ushbu Kengashda ta’kidlanganidek, mahalliy tekstil sanoati xalqaro bozorda yuqori raqobatbardoshlikka ega bo‘lgan, xalq xo‘jaliginining an’anaviy tayanch tarmog‘i hisoblanadi. U eksportni kengaytirishda, ish bilan ta’minlash muammosini yumshatishda, urbanizatsiyani rag‘batlantirishda katta ahamiyatga egadir.
Tekstil sanoatini yangidan barpo etish uchun ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning tarkibini tartibga solish lozim bo‘lib, o‘zining mashhur markalarini yaratish, qoloq ishlab chiqarishni bekor qilish va mazkur tarmoqqa moliyaviy yordam ko‘rsatish lozimdir.
Jadval 10.5.6.
Do'stlaringiz bilan baham: |