2005 yilda Xitoy paxta sanoatining natijalari45
Ko‘rsatkichlar
|
Mlrd. yuan
|
O‘sishni belgilash,% da
|
Sanoat sotuv hajmi
|
503,5
|
+28,48
|
Mahsulot sotuvidan tushgan daromad
|
500,5
|
+28,48
|
Mahsulotni sotishdan foyda
|
36,83
|
+42,64
|
Foydaning umumiy hajmi
|
15,99
|
+77,01
|
Eksport mahsulotini yetqazib berish qiymati
|
74,91
|
+12
|
2006 yilda bo‘lib o‘tgan "21-asr – Forumi” anjumanida ta’kidlanganidek, Xitoy JST ga a’zoligining 5 yili mobaynida mamlakat iqtisodiyoti barqaror yuqori o‘sish sur’atlarida rivojlandi. Bunga erishish uchun Xitoy o‘zining tashqi savdosini yanada ochiq va erkinlashtirdi. Xitoy tijorat vazirining o‘rinbosari I Syaochjunning ta’kidlashicha, bu 5 yil Xitoyning eng yaxshi iqtisodiy rivojlanish yillari bo‘ldi. Xitoyning JST ga a’zo bo‘lishi unga 5 ta muhim natijalarni berdi:
-
Birinchisi, bu barqaror iqtisodiy o‘sish bo‘lib, u yiliga 10% ni tashkil etdi. O‘zining miqyosiga ko‘ra Xitoy iqtisodiyoti dunyoda 4-o‘ringa chiqdi. Uning tashqi savdo aylanmasi hajmi tez sur’atlarda o‘sdi. Xitoyning dunyo eksportidagi ulushi 4% dan 7% gacha o‘sib, u hozirda dunyoda 3-o‘rinni egallamoqda. 5 yil ichida Xitoy umumiy hisobda 2,7 trln.doll.lik tovarlarni o‘ziga kiritdi va shuning uchun uni talabga nisbatan, “o‘ziga xos zona” deb atab, uning asosida “Xitoy imkoniyatlari” nazariyasi yaratildi;
-
;Ikkinchi natija – bu ikki tomonlama investisiyalashning o‘sishi bo‘lib, mana shu davr mobaynida Xitoy rivojlanayotgan davlatlar orasidagi xorijiy investisiyalarni eng yirik resepienti bo‘ldi. Ushbu yillarda jamlangan xorijiy investisiyalar hajmi 280 mlrd.dollarni tashkil etib, u yiliga o‘rtacha 55 mlrd dollardan to‘g‘ri keldi. Xitoyning chet elga qo‘ygan sarmoyalari ham tez sur’atlarda o‘sib, 2005 yilda ularning hajmi 6 mlrd 920 mln dollarni tashkil etdi, u esa, 2002 yilga nisbatan, 2,6 marotabaga ko‘pdir. Ularning o‘rtacha yillik o‘sishi 38% ni tashkil etdi. Xitoyning boshqa davlatlarga qo‘ygan investisiyalari ularda millionlab ish o‘rinlarini yaratishga yordam berdi;
-
Uchinchi natija – bu shahar va qishloqlardagi daromadlarning o‘sishi bo‘lib, 5 yil ichida mamlakat qashshoqlikni kamaytirish va aholining yashash darajasini oshirish bo‘yicha sezilarni natijalarga erishdi. Qishloqlardagi qashshoq aholining soni 5 mln.kishiga kamayib, qishloq aholisining sof daromadi yiliga 3200 yuanni tashkil etdi. Ularning yillik o‘sish sur’ati 5,3% dan iborat bo‘ldi. Shahar aholisining o‘rtacha yillik daromadi yiliga 10 000 yuanni tashkil etdi;
-
To‘rtinchi natija – Xitoyning xalqaro normalar bilan tanishuvi bo‘lib, mana shu davrda u o‘z majburiyatlarini bajarish bilan birga, milliy sanksiyalar tizimini isloh etdi, mavjud normativ aktlarni takomillashtirdi, bojxona bojlari darajasini qisqartirdi va tashqi savdoda notarif cheklovlarni bekor qildi, intellektual mulk huquqini mustahkamladi va bozor mexanizmini optimallashtirdi. Undan tashqari, u ko‘p tomonlama xalqaro savdo normalarini ishlab chiqishda faol qatnashib, rivojlanayotgan mamlakatlar nomidan 67 ta takliflarni berdi;
-
Beshinchi natija - bu milliy ishlab chiqarishni qo‘llab quvvatladi. Xitoy JST ga a’zo bo‘lgandan so‘ng, uning avtomobil eksporti yiliga 30% ga o‘sdi.
Jadval 10.5.4.
Do'stlaringiz bilan baham: |