Toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Aviatsiya va kosmik sanoat



Download 3,16 Mb.
bet114/206
Sana12.01.2017
Hajmi3,16 Mb.
#291
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   206
Aviatsiya va kosmik sanoat. Bu tarmoqning yuzaga kelishi 1950 yillardan boshlangan bo‘lib, bugungi kunda u, harbiy va grajdan samoletlari, qiruvchi samoletlar, shturm qiluvchi, razvedkachi, passajir va transport samoletlarini ishlab chiqarmoqda. Ulardan tashqari, bu sanoat yana, o‘quv mashg‘ulotlari samoletlari va vertoletlarini ham yetkazib bermoqda. Passajir “Yun -7” samoleti Sian avia qurilish kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, u hamma Xitoy aviakompaniyalarida asosiy samoletlar turi sifatida shuxrat qozongandir.

1979 yildan boshlab, Xitoy o‘zining aviatsiya sanoati mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqa boshladi. Xitoy aviakompaniyasi dunyoning 70 dan ortiq davlatlari bilan texnik - iqtisodiy va savdo aloqalarini o‘rnatgandir. Grajdan aviatsiyasi samoletlari dunyoning 10 dan ortiq davlatlariga eksport qilinmoqda. Bu sanoat AQSh ning “Boing” aviakompaniyasining, Germaniya, yevropa passajir aviakompaniyalari va fransuz kosmik kompaniyasining buyurtmalarini bajarmoqdadir.

Sekin – asta og‘ir sanoatning an’anaviy tarmoqlari o‘rnini yangi texnika va texnologiyalarga asoslangan tarmoqlar, ilg‘or qayta ishlab chiqarish tarmoqlari egallamoqda. Keyingi 10-yillikda o‘rta va kichik yangi ilmni sig‘imi katta bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar ahamiyatli tarzda rivojlanishi ko‘zda tutildi.

Taniqli nemis olimi Gofmanning nazariyasiga ko‘ra, agar mamlakat og‘ir sanoatining yalpi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmidagi salmog‘i 50% ni tashkil etsa, mamlakat o‘rtacha industriallashtirish bosqichiga yetganligini va agar, ushbu salmoq 2/3 ni taskil etsa, mamlakatda industriallashtirish jarayoni asosan, tugatilganligini anglatadi. Gofman koeffisienti bo‘yicha, yengil va og‘ir sanoatdagi foydalanish nisbati 0,5 ga teng bo‘lsa, koeffisient -1 ga teng bo‘ladi, agar tarmoq salmog‘i 2/3 ga teng bo‘lsa – koeffisient – 2 ga teng bo‘ladi va 100% ni qoplaganda – koeffisient 3 ga teng bo‘ladi.

1975 yillarda Yaponiyada Gofman koeffisienti 3 ga teng bo‘lgan, 1985 yillarda esa, “Osiyodagi kichik to‘rtlik” davlatlarida ushbu koeffisient 2 ga teng bo‘lgan va bu davlatlarda industriallashtirish jarayoni tugatilgan. Xitoyda esa, ushbu industriallashtirish jarayoni 2010 yilda tugatilishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda Xitoyda Gofman koeffisienti 1,25% ga yetgan bo‘lib, industiallashtirish jaraeni o‘zining o‘rta fazasiga yetdi.

Mana shu maqsadlarga erishish uchun, kelajakda Xitoy sanoatiga katta hajmda yoqilg’i-energetik resurslar kerak bo‘ladi, ya’ni masalan neft, uning importi hozirgi kunda 45 mln. tonnani tashkil etib, o‘zida ishlab chiqarilgan neft 200 mln. tonnaga yetkazish imkoniyatiga ega.

Agar, rivojlangan davlatlardagi neft iste’molini aholi jon boshiga yiliga1 tonna to‘g‘ri kelishini e’tiborga olsak, kelajakda Xitoyga yana 1,2 mlrd. tonna neftni import qilishga to‘g‘ri keladi, bu esa dunyo neft savdosi hajmiga tengdir.

Garchi, umumiy ishlab chiqarish miqyosi katta bo‘lsa ham, mamlakat sanoat mahsulotlarining aholi jon boshiga iste’moli ko‘rsatkichi hali ham rivojlangan davlatlarga qaraganda sezilarli darajada orqadadir. Masalan, energiya iste’moli bo‘yicha – 1 t. shartli yoqilg‘ini iste’moli bo‘yicha Xitoy Amerika darajasidan 10%, Yaponiya darajasidan 25% orqada qolgandir. Metall prokati iste’moli bo‘yicha – 83 kg. ni tashkil etib, u Amerika iste’molidan 21%.ga, Yaponiya iste’molidan 11,2% ga pastdir.42

Buning asosiy sababi, o‘sha davrdagi korxonalarning tarqoqlik darajasini yuqoriligi, mayda korxonalarning ko‘pligi va eng asosiy sabab esa, bu ishlab chiqarish samaradorligining pastligi edi.

Hozirgi paytda Xitoyda metallurgiya sanoati bo‘yicha 1700 ta korxona mavjud bo‘lib, ulardan faqat 60% gina 200 ming tonna po‘lat eritish quvvatiga egadir. Avtomobil ishlab chiqarish esa, 122 ta ob’ektlarga bo‘lingandir.

Umuman olganda, xitoy sanoatining rivojlanishida o‘sishning ekstensiv tipi bo‘yicha omillarni ustunligini qisqartish muammosi bugungi kunning dolzarb masalasi bo‘lib qolmoqda va bu hukumat tomonidan sanoatlashtirish siyosatining quyidagi yo‘nalishlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi:


  • Industriallashtirish jarayonida «sifat» bosqichiga o‘tish va ishlab chiqarishni axborot bilan ta’minlash;

  • Mavjud tarmoqlarni texnik jihatdan qayta qurish va yangi ilm-fan sig‘imi katta tarmoqlarni yaratish;

  • o‘z ilmiy va texnik ishlanmalariga e’tiborni qaratish va ular asosida yangi texnikalar yaratish;

  • Xom ashyo balansidan rasional foydalanish asosida yirik va mayda qayta ishlash korxonalarini qayta qurish;

  • Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi «zamonaviy korxonalar tizimi»ni shakllantirishdan iboratdir.

Xullas, Xitoy sanoati va ayniqsa, uning og‘ir sanoatining rivojlanish kelajagi oldida ko‘plab muammolar mavjud bo‘lib, ularni qay tarzda hal qilish ko‘p jihatdan yangi izlanishlar olib borish, kapital, kishilik va energetik resurslaridan oqilona foydalanishni talab qiladi. Xitoy sanoatlashtirish siyosatining hamma yutuqlarini e’tiborga olish bilan birga, shuni ta’kidlash joizki, mamlakatdagi industriallashtirish jarayoni hali ham tugallanganicha yo‘qdir. Xitoy iqtisodchilarining fikricha, bu jarayon «oraliq bosqichida» qolmoqda, ya’ni u «miqdoriy» o‘sishdan «sifat» bosqichiga o’tish arafasidadir. Bu holatni biz mamlakatning bandlik strukturasidan ko‘rishimiz mumkindir.


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish