Vaziyatga huquqiy baho bering



Download 33,77 Kb.
bet1/5
Sana11.05.2022
Hajmi33,77 Kb.
#602161
  1   2   3   4   5
Bog'liq
fuqorolik kazus javobi


Kazus №4
“Arian” MChJ qurilish tashkiloti va buyurtmachi o‘rtasida qurilish pudrati shartnomasi tuzildi. Shartnoma 100.000.000 so‘mlik qiymatga ega edi. Shartnoma tuzilgandan so‘ng 7 kun o‘tib MChJning ta’sischilaridan biri bo‘lgan Sh. Salimov ushbu shartnomani tuzishga MChJ ijro organining haqqi yo‘qligini, bu shartnoma umumiy summasi MChJ ustav fondining 70%ni tashkil etishini shu sabab bunday shartnoma yirik bitim hisoblanib uni tuzishga faqatgina MChJ umumiy yig‘ilishi xaqli ekanligini, ushbu shartnomaning tuzilishi jamiyatni moliyaviy qiyin ahvolga solib qo‘yganligini aytdi va sudga murojaat etdi.


Vaziyatga huquqiy baho bering.

Vaziyatga huquqiy baho berishdan oldin “Arian” MChJ qurilish tashkiloti va buyurtmachi o‘rtasida tuzilgan qurilish pudrati shartnomasi haqida ma’lumot bersak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun biz avvalo pudrat tushunchasiga ta’rif berishimiz, shuningdek uning kelib chiqish tarixiga nazar solishimiz kerak bo‘ladi. Pudrat shartnomasi fuqarolarning huquqiy munosabatlarini bir ko‘rinishi bo‘lib, fuqarolik huquqiy munosabatlarning kelib chiqish tarixi Qadimgi Rim davlatiga borib taqaladi. Bu soha hozirgi kunda rim huquqi orqali o‘rganiladi. Ko‘plab olimlar rim huquqi sohasidagi asarlarida pudrat shartnomasi o‘rganib turli ma’lumotlar yozib qoldirgan. Mana shunday manbaalardan birida pudrat shartnomasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Pudrat sharnomasi – bu bir tomon(conductor) ya’ni pudratchi ikkinchi tomon(locator)ning ya’ni buyurtmachining foydasiga ma’lum ishni bajarish va undan kelib chiqqan mahsulni topshirish, shuningdek ikkinchi tomon(locator) esa ishni o‘z vaqtida qabul qilish va belgilangan summani to‘lash majburiyatini oladigan shartnoma1.”


Qadimgi Rimda pudrat shartnomasi ijara shartnomasining bir qismi sifatida tushunilgan va ijara shartnomasi uch turga bo‘lingan. O.S.Ioffe va E.A.Suxanovlarning ta’kidlashlaricha Ular narsalarni ijaraga berish, xizmatlarni ijaraga berish va ishlarni ijaraga olish kabilardir2. Rim huquqida bular quyidagicha nomlangan:

  • Locatio-conductio rerum — mulk ijarasi shartnomasi;

  • Locatio-conductio operarum — xizmat ko‘rsatish shartnomasi;

  • Locatio-conductio operis — pudrat shartnomasi3.

Bulardan locatio-conductio operis ya’ni pudrat shartnomasi konsensual shartnoma hisoblanadi, unga ko‘ra pudratchi muayyan ishni buyurtmachining ko‘rsatmalariga binoan bajarish majburiyatini oladi buyurtmachi esa, ishning natijasini qabul qilish va unga haq to‘lash majburiyatini oladi. Shartnomaning predmeti har qanday xizmatni taqdim etish emas, balki alohida aniqlangan narsalarni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash, ya’ni moddiy ko‘rinishga ega ishning mahsulini topshirishi nazarda tutiladi. Mana shu jihati bilan pudrat shartnomasi xizmat ko‘rsatish shartnomasidan farq qiladi. Bizga ma’lumki, qadimda davlatlar tomonidan ko‘plab qurilish ishlari amalga oshirilgan. Ushbu omil pudrat shartnomasining turi hisoblangan qurilish pudrati shartnomasi rivojlanishiga zamin yaratgan. Keyinchalik esa qurilish pudrati shartnomasi bilan bog‘liq munosabatlar Yevropa davlatlarida ham rivojlanib borogan va XVIII asr oxiri XIX asrning boshlariga kelib fuqarolik huquqiy munosabatlar umumlashtirilib yaxlit qonun hujatlari ko‘rinishiga keltirila boshlangan. Keyinchalik bu sohaga oid barcha normalar Fransiya, Germaniya, Rossiya kabi davlatlarning fuqoarolik kodeksida, shuningdek o‘zimizning qonunchilik tizimimizda ham o‘z ifodasini topgan. Masalan: O‘zbekiston Respubliksi Fuqarolik kodeksining 37-bobi pudrat haqida bolib, uning 647-moddasida pudrat shartnomasiga quydagicha ta’rif berilgan: “Pudrat shartnomasi bo‘yicha bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirig‘iga binoan ma’lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq to‘lash majburiyatini oladi.” Shu bilan birgalikda davlatlarda qurilish sohasini tartibga solish nafaqat qonun normalari, balki qonunosti normalari, davlat idoralari tomonidan chiqarilgan qurilish meyyorlari, yo‘riqnomalari orqali ham tartibga solingan.
Yuqorida biz pudrat shartnomasining kelib chiqish tarixi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdik, endilikda esa pudrat shartnomaning turlaridan biri qurilish pudrati shartnomasi tushunchasini ochib berishga harakat qilamiz. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 666-moddasida qurilish pudrati sharnomasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig‘i bilan muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni to‘lash majburiyatini oladi.”
Shartnomaga muvofiq ikki taraf ya’ni pudratchi va buyurtmachi o‘rtasida huquq va majburyatlar vujodga keladi. Bunda pudratchi deganda muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishlari bilan shug‘ilanuvchi tashkilot tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 17-moddasida tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar shuningdek jismoniy shaxslar obyektlarni qurish bo‘yicha pudratchilar bo‘lishi mumkinligi keltirilgan. Ular qurilish pudrati shartmosini tuzish orqali buyurtmaching topshirig‘iga muvofiq obyektni qurish bilan birgalikda ushbu obyektdan maqsadli foydalanish uchun buyurtmachiga texnik va boshqaruv ko‘nikmasi hamda bilimlarini berish majburiyatini oladi. Shu bilan birgalikda topshirilgan obyektni qurib bo‘lgandan so‘ng shartnomada kelishilgan haqni buyurtmachidan talab qilish va qonung muvofiq boshqa huquqiga ega bo‘ladi. Buyurtmachi sifatida har qanday yuriduk va jismoniy shaxslar ishterok etishi mumkin. ular shartnomaga muvofiq pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, kelishilgan haqni to‘lash majburyati va ishni qabul qilish kabi hamda qonunda belgilangan boshqa huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi. Qurilish pudrati sharnomasining predmeti ko‘chmas mulk obyektlari - turar joy, bino, inshoot, korxona va uning bir qismi kabi obyektlarni qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish hisoblanadi. Shartnomaga berilgan ta’rif hamda taraflarning shartnomaga muvofiq vujudga kelgan huquq va majburiyatlarida kelib chiqib shartnomaning quyidagi asosiy huquqiy belgilarini aniqlab olshimiz mumkin: Birinchidan, bu shartnoma konsensual, ya’ni taraflar o‘rtasida o‘zaro kelishuvga erishilgan va shartnomada tuzilgan paytdan boshlab taraflarda huquq va burchlarni vujudga keltiradigan shartnomalar guruhiga mansubdir. Ikkinchidan, haq baravariga tuziladigan shartnomadir ya’ni pudratchi bajargan ishi ishun buyurtmachidan shartnomadan belgilangan miqdorda haq oladi. Uchinchidan, qurilishga oid pudrat shartnomasi ikki tomonlama shartnoma bolib, har ikki tomonlar shartnomaga muvofiq muayan huquq va majburiytalarga ega bo‘ladi. Qurilish pudrati shartnomasi odatda yozma shaklda tuziladi. Taraflar o‘zaro kelishib olishgach, uni imzolaydilar va shu vaqtdan e’tiboran ularda huquq va majburiyatlar vujuga keladi. Shartnomada buyurtmachi va pudratchining o‘zaro munosabatlari qanday amalga oshirilishi lozimligi to‘g‘risida aniq va tushunarli kelishuvga erishishlari muhim ahamiyatga egadir.
Endi yuqoridagi vaziyatga huquqiy baho beradigan bo‘lsak. Ushbu vaziyatga huquqiy baho berishda O‘zbekiston Respublikasining “Mas’ulyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonuniga murojat qilamiz. Undan bizga kerak bo‘lgan MChJ ning boshqaruv organi vakolatlari, jamiyatning ustav fondi, qanday masalalar MChJ ning umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqilishiligi, jamiyatni boshqaruv organlarining qarorlari ustidan shikoyat berish muddati va tartibi, MChJ tomonidan tuzilgan qanday bitimlar yirik bitim ekanligiga to‘xtalib o‘tamiz. O‘zbekiston Respublikasining “Mas’ulyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasiga muvofiq bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. MChJ ni tashkil etishda uning muassislari ta’sis shartnomasini tuzadi va jamiyat ustavini tasdiqlaydi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. Bunda jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilsa, shu shaxs tasdiqlagan ustav jamiyatning ta’sis hujjati hisoblanadi. Jamiyat ishtirokchilarining soni ikki va undan ortiq bo‘lsa, ular o‘rtasida ta’sis shartnomasi tuziladi. MChJ ning ijro etuvchi organlari jamiyatning muassislari tomonidan saylaylanadi yoki tayinlanadi. Jamiyat ustavida jamiyatning to‘liq va qisqartirilgan firma nomi, faoliyatining predmeti, pochta manzili, organlarining tarkibi va vakolatlari, ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatiga kiruvchi masalalar, jamiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi, jamiyat ustav fondining miqdori, jamiyat har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal qiymati, jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari, jamiyat ishtirokchisining jamiyatdan chiqish tartibi va uning oqibatlari tog‘risidagi ma’lumotlardan va boshqa ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. Jamiyatning ustav fondi jamiyatning ustavida belgilangan bo‘ladi va jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatidan iborat bo‘ladi.

Download 33,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish