O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
SHARQ FILOLOGIYASI VA TARIX FAKULTETI
FALSAFA KAFEDRASI
Qo`lyozma huquqida
Ilhomov Hamdamjon Ilhomovich
AHMAD AL-FARG’ONIYNING TABIIY VA ILMIY
QARASHLARINING FALSAFIY AHAMIYATI
mavzusida
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
5220300 – Falsafa ta’lim yo’nalishi
Ushbu bitiruv malakaviy ishi vatandoshimiz, O’rta asrlar qomusiy olimi
Ahmad al-Farg’oniyning tabiiy-ilmiy av falsafiy qarashlarining tahliliga
bag’ishlangan bo’lib, ishda allomaning hayoti, faoliyati va ilmiy merosi to’g’risida
ilmiy tahliliy va tanqidiy mulohazalar yuritiladi.
Ilmiy rahbar:
fal.f.n., dots. Qodirov M.
TOSHKENT – 2011
2
Himoyaga ruxsat berildi:
Fakultet dekani:
fil.f.n., dots. Ziyamuhamedov J.
Kafedra mudiri:
fal.f.n., dots. Po’latova D.A
3
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. VIII-IX asrlarda Movarounahrda ijtimoiy-madaniy hayot
1.1. VIII-IX asrlarda Movarounahrdagi ilmiy muhit.................... 8-16
1.2. Ahmad
al-Farg’oniyning
hayoti
va
ijodi
(Marv
va
Bag’dod)............................................................................................................17-26
II BOB. AHMAD AL-FARG’ONIYNING TABIIY VA ILMIY
QARASHLARI
2.1 Ahmad al-Farg’oniy tabiiy va ilmiy qarashlarining falsafiy
tahlili..................................................................................................................26-35
2.2 Ahmad al-Farg’oniyning tabiatshunoslik falsafasiga qo’shgan
hissasining falsafiy tahlili.................................................................................35-46
XULOSA...................................................................................................47-
48
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati........................................................48-
52
4
Kirish
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: Mustaqillikka erishganimizdan
so’ng barcha jabhalar qatori tarix va falsafa kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida
ham o’ziga xos yangilanishlar va o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mustabid sho’ro tuzumi
davrida tarix va falsafa sohalari tuzumga mos ravishda mafkuralashtirilgan edi.
Istiqloldan so’ng ushbu sohalarning asl mohiyatini xalqimizga yetkazish
ziyolilarimizning dolzarb vazifasiga aylandi.
“Haqqoniy tarixni bilmasdan turib, o’zlikni anglash mumkin emas”
1
degan
edi prezidentimiz I.A.Karimov. Darhaqiqat, xalq o’z tarixini mukammal darajada
o’rganishi zarur.
“Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda
tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo’lmaganidek, o’z tarixini bilmagan
xalqning kelajagi bo’lmaydi”
2
Tarix kelajak sadosi vazifasini bajaradi. Shuning
uchun mamlakatimizda ajdodlar xotirasini yod etish uchun turli xil bayramlar,
yubileylar har yili nishonlanadi.
Kishilik taraqqiyotiga o’zining o’chmas ulushini qo’shib, mamlakatimiz
shuhratini olamga taratib, tarix sahifalariga abadul-abad muhrlangan Muhammad
al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Imom al-Buxoriy,
Imom at-Termiziy, Bahoviddin Naqshband, Alisher Navoiy singari ulug’
siymolarni yetishtirgan millat har qancha g’ururlansa arziydi.
Bir haqiqatni barchamiz anglab olishimiz zarur. O’zbek zaminida asrlar
davomida fan va madaniyatning turli sohalarida buyuk iste’dodlarning parvarish
topgani bejiz emas, albatta.
Buning uchun, avvalo, asriy an’analar, tegishli shart-sharoit, tafakkur
maktabi, madaniy-ma’rifiy muhit mavjud bo’lmog’i kerak. Millatning tabiatida,
1
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. T. 7. T.: “O’zbekiston”, 1999-y. 153-bet
2
Karimov I.A Milliy davlatchilik, istitqlol mafkurasi va huquqiy madaniyat to’g’risida. T.: “O’zbekiston”, 1999-y. 493-
496 betlar
5
qonida, nasl-nasabida ezgulik va ma’rifat sari intilish mafkurasi va qonuniyati
jo’sh urishi lozim.
Ahmad al-Farg’oniyning olamshumul merosi dunyo madaniyati va ma’rifati
xazinalaridan biri bo’lib, milliy salohiyatimiz, milliy tafakkurimiz ko’lami va
qudratining isbotidir.
Ahmad al-Farg’oniy islom madaniyati davrining eng zabardast va yorqin
namoyandalaridan biri, o’z zamonasining fundamental fani asoschilaridan edi.
Uning merosi insoniyatning yangi ilm cho’qqilariga ko’tarilishiga sabab
bo’ldi, butun ma’rifiy dunyo olimlari uchun dasturulamal bo’lib xizmat qildi.
Farg’onalik bu fozil zotning “Astronomiya asoslari” nomli shoh asari o’n ikkinchi
asrdayoq lotin va ivrit tillariga tarjima qilingan edi.
Yevropada kitob nashr etish boshlangan XV asrda esa bu asar Italiyada,
keyinchalik Germaniya, Fransiya, Gollandiya va AQSH kabi mamlakatlarda qayta-
qayta chop qilingani uning naqadar yuksak ahamiyatga egaligini ko’rsatadi. Inson
tafakkurining bebaho mahsuli bo’lgan bu kitob asrlar davomida astronomiya fani
bo’yicha o’ziga xos qomus vazifasini o’tagan. Dunyoning eng nufuzli
dorilfununlarida undan asosiy darslik sifatida foydalanib kelingan.
Ahmad al-Farg’oniy yerning sharshimon shaklga egaligi borasidagi
qarashlarini oradan sakkiz yuz yil o’tib amalda isbotlagan mashhur sayyoh
Xristofor Kolumb, Yer meridianining bir darajasi miqdori haqidagi al-Farg’oniy
hisoblarining to’griligiga to’la ishonch hosil qildim, degan dastxat qoldirgan.
Bu e’tirof bobokalonimiz, yanada kengroq aytsak, millatimiz ilmiy
salohiyatiga berilgan munosib bahodir.
Ahmad al-Farg’oniyning astronomiya fani rivojidagi nufuzi shu qadar ediki,
alloma bobomizning nomi yer kurrasidagina emas, samoda ham abadiy shuhrat
topdi. O’n oltinchi asrdayoq Oydagi kraterlardan biriga uning nomi berilgan edi.
Atoqli astronom Yan Geveliy tomonidan 1647 yili nashr qilingan “Selenografiya ”
kitobida Oydagi kraterlardan ikkitasi ikki buyuk vatandoshimiz – Ahmad al-
Farg’oniy va Mirzo Ulug’bek nomi bilan ataladi.
6
Bugun ozod yurtimizda Ahmad al-Farg’oniy kabi zotlar yoqib ketgan ilm
mash’ali yangitdan porlay boshladi. Biz o’sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-
tarbiyasini ularning zamonaviy ilg’or bilimlarga ega bo’lgan holda ulug’
bobokalonlarimiz merosiga munosib bo’lishlarini davlatimiz siyosatining ustuvor
yo’nalishi, deb bilamiz.
Bu zotning shu yerda tug’ilgani, tarbiya topib voyaga yetgani bu yurtni
barchamiz uchun yanada aziz va mukarram qiladi.
Bu zot qayerda yashagan bo’lmasin, xoh Bag’dodda, xoh Damashqda, xoh
Qohirada o’z ilmiy kashfiyotlari bilan shuhrat topgan bo’lmasin , ishonamizki, u
hamisha tug’ilgan yurtini sog’inib yashagan.
Ona Vatanining muhabbati va sog’inchini bir umr qalbida saqlab yurgan. Bu
tuyg’u nafaqat ulug’ insonlarga, balki iymonli, diyonatli har bir odamga xos
xususuyatdir.
Yillar o’tadi, yangi avlod dunyoga keladi, lekin bu zotning nomi, buyuk
merosi xalqimiz uchun shon-sharaf ramzi bo’lib abadul- abad saqlanib qoladi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Mazkur bitiruv malakaviy ish
bo’yicha deyarli to’la tadqiqotlar olib borilmagan. Uning ko’p asarlari chet
tillariga tarjima qilingan, lekin yaxlit holdagi tadqiqot ishi amalga oshirilmagan.
Ahmad al-Farg’oniy asarlari u yashagan davrdan boshlab hozirgacha Sharq
va G’arb olimlari tomonidan yuqori baholanib, ulardan ko’pchilik olimlar o’z ilmiy
asarlarida foydalanadilar. 903-913 yillari ijod etgan eronlik geograf Abu Ali
Ahmad ibn Umar ibn Rusta “Al-A’loq an-nafis” (“Nafis javohirlar”) asarida uning
asarlariga suyangan. Abu Rayhon al-Beruniy “At-Tafhim li avoil sino’at at-tanjim”
(“Boshlang’ich munajjimlik sana’tini tushuntirish”) nomli ensiklopedik asarining
astronomiyaga bag’ishlangan qismida al-Farg’oniy asarlaridan foydalangan.
Sobiq Sho’ro davrida bizda ham Ahmad al-Farg’oniy ijodi qisman o’rganildi.
I.Yu.Krachkovskiy o’zining “География у арабов до первих географических
произведений” va boshqa yirik maqolalarida olim ijodini ilmiy asosda tahlil
qilgan.
7
O’zbekiston olimlari Qori Niyoziy, H.Hasanov, A.Ahmedov, M.Xayrullayev
va boshqalarning ilmiy ishlarida ham Farg’oniy asarlari tilga olinadi. Olim haqida
birinchi marta A.Nosirov, X.Hikmatullayevlarning Ahmad al-Farg’oniy nomli,
A.Qayumovning “Ahmad al-Farg’oniy” risolalari chop etildi.
Shularga qaramay, Ahmad Farg’oniy haqida na xorijda, na bizda yirik
tadqiqiy asar yozilgani yo’q. Uning asarlari, qo’lyozmalarining bizda -
O’zbekistonda yo’qligi tufayli haligacha ulardan birortasi na rus, na o’zbek
tillariga tarjima qilinib, chop etilmagan.
B.Y.Zohidov “O’rta asr falsafiy ongning ulug’ pahlovoni” asarida Ahmad
al-Farg’oniyning falsafaga, ayniqsa tabiatshunoslik falsafasiga qo’shgan ulkan
hissasi haqida bayon qilgan.
Bitiruv malakaviy ishning tadqiqot metodlari: Mazkur bitiruv malakaviy
ishni yozishda milliy ma’naviy merosimizni tiklash, ularni asrab avaylash,
qadimda yaratilgan qadriyatlar orqali milliy istiqlol g’oyamizni boyitishga doir
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oliy Majlis va Senat qonunlari,
Prezidentimiz I.A.Karimovning tarixsiz kelajak yo’q shiori ostida olib borilgan
ma’ruzalari asos qilib olindi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari: Bitiruv-malakaviy
ishining maqsad vazifalari quyidagilardan iborat:
-
Ahmad al-Farg’oniy tabiiy va ilmiy qarashlarining falsafiy tahlili
ko’rsatib berildi.
-
Olim dunyoqarashiga ta’sir ko’rsatgan g’oyaviy ta’sirlar o’rganildi.
Qur’ondagi ko’pgina oyatlar olim dunyoqarashiga ta’sir ko’rsatgan. Jumladan,
yunon olimlaridan Arastu, Klavdey Ptolomey, Batlimus asarlarini o’rgandi. Olim
mazkur olimlarning asarlarini ilmiy o’rganib, tahlil etib, tanqid ham qilgan. Ahmad
al-Farg’oniy qadumgi yunon olimlari amalga oshira olmagan kashfiyotlarni amalga
oshirdi.
-
Ahmad
al-Farg’oniy
tabiatshunoslik falsafasiga katta hissa
qo’shganligi, uning rivojlanishiga o’z bilimlari bilan hissa qoshib boyitgani ochib
8
berildi. Yerning tuzilishi, eralar haqidagi ta’limotlari tabiatshunoslik falsafasiga
qo’shgan hissasida ko’rinib turibdi.
Bitiruv malakaviy ishning obyekti: VIII –IX asrlarda Markaziy Osiyoda
ijtimoiy-madaniy muhit, Ahmad al-Farg’oniyning hayoti va ijodi.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Ahmad al-Farg’oniy tabiiy va ilmiy
qarashlarining falsafiy tahlili.
Bitiruv malakaviy ishining aprobatsiyasi: Mustaqillik tufayli buyuk
yurtdoshimizning boy milliy merosini o’rganish va jahon afkor ommasini ular
hayoti va ijodi bilan tanishtirish imkoni yaratib berilmoqda, ularning tavalludlari
prezidentimiz farmonlari bilan keng ko’lamda nishonlamoqda. Alloma
tavalludining 1200 yilligini nishonlash YUNESKOning 1998 yildagi tadbirlari
rejasiga kiritildi. Shuni hisobga olib 1998 yil al-Farg’oniy tavalludining 1200
yilligini nishonlash haqida Vazirlar Mahkamasining qarori e’lon qilindi (27 noyabr,
1997). Sharqshunos olimlarimiz Ashraf Ahmedov va Ubaydulla Uvatov Al-
Farg’oniy asarlarining qo’lyozmalari, mikrofilmlarini xorijiy mamlakat
kutubxonalaridan oldirib keldilar. Ularni o’zbek tiliga tarjima qilib, keng xalq
ommasiga yetkazish olimlarimiz oldida turga eng dolzarb va sharafli vazifadir.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi: Bitiruv malakaviy ishi
“Kirish”, ikki bob, 4 ta paragraf, “Xulosa” va “Foydalingan adabiyotlar ro’yxati”
dan tashkil topgan bo’lib, umumiy hajmi 52 sahifadan iborat.
9
I-bob VIII va IX asrlarda Movaronnahrda ijtimoiy-madaniy hayot
1.1. VIII va IX asrlarda Movaronnahrdagi ilmiy muhit.
O’rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishiga qadar arab lashkarlari bu
yerga Amudaryo janubidagi Xuroson tuprog’idan turib tez-tez hujum qilar,
o’ljalarni qo’lga kiritib yana qaytib ketar edilar.
Arablarning nisbatan yengil muvaffaqiyat qozonganliklari O’rta Osiyoda
yagona markazlashgan davlatning yo’qligi bilan izohlanadi. Chunki o’sha davrda
O’rta Osiyo ko’pgina mayda davlatlarga bo’lingan bo’lib, ularning har biri uncha
katta bo’lmagan hududdagi bir necha mustahkamlangan shaharlardan iborat edi.
Xalqlarning islomga qadar bo’lgan madaniyatining yo’q qilinishi uning
islom aqidalariga mos kelmasligi bilan bog’liq edi.
Aniqlanishicha, O’rta Osiyo arablar tomonidan istilo qilinganidan bir asr
keyin yangi madaniyat shakllana boshladi, uning gullab-yashnash davri IX-XII
asrlarga to’g’ri keladi. Uning barcha sohalarida dastlab arab islom madaniyatining
kuchli ta’siri, shuningdek, arab va mahalliy an’analarning o’zaro ta’siri ham sezilar
edi. Mafkura sifatida faqat islom, ilm va ilohiyot tili hukmron edi.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, O’rta Osiyoga kirib kelgan davrda
islom hali tugallangan diniy tizim bo’lib shakllanmagan edi, buning uchun undan
to’rt asrdan (VIII-XI) ko’proq vaqt kerak bo’ldi. Bu davrdagi islom ilohiyot
adabiyotini tahlil etish islomning tugallangan diniy tizim sifatida shakllanish
jarayoni Eron, Xuroson, O’rta Osiyo, Kavkaz orti istilo qilingandan so’ng sodir
bo’lganidan dalolat beradi. Qur’onni talqin qilish, hadislarni to’plash, IX-XI
asrlarda shariat qonunlarini ishlab chiqish O’rta Osiyodagi Buxoro, Samarqand,
Termiz va boshqa shaharlarda sodir bo’ldi.
Ta’lim va maorif masalasida ham islom ma’lum rol o’ynagan. Madrasa va
maktablarda bolalarni o’qitish asosan diniy bo’lib, oddiy savod chiqarilgan.
Jamiyatda umuman dinning, xususan islomning xalq ommasiga axloqni
10
singdirishdagi va targ’ib qilishdagi roli g’oyat kattadir.
Bundan tashqari Qur’on, hadis va shariatda kishilarning hayoti va
turmushini adolatli boshqarishga qaratilgan ko’pgina tadbirlar: chunonchi, o’z
mehnati, hunari bilan yashash, boshqalar mulkiga xiyonat qilmaslik, ota-onalar,
bevalar, yetim-yesirlar haqida g’amxo’rlik qilish, o’z bolalarini boqish va
tarbiyalash qonun qilingan, manmanlik, adovat, hasad, xasislik, munofiqlik,
takabburlik va hokazolar qoralangan.
Movarounnahr va, jumladan, Farg’ona arab xalifaligi tarkibiga kirganidan
so’ng bu yerlarda xalqning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida biror muddat turg’unlik yuz
beradi. Bu yerda kushonlar davridayoq boshlangan feodallashish jarayoni arab
fathi davrida biroz to’xtab qoladi. Bu davrda xalifalikning markaziy qismlari – Iroq,
Suriya va Misrda feodal munosabatlar jadal rivojlanadi. VII asr boshida arab
jamiyati hali ijtimoiy tuzumning qabila-urug’chilik bosqichida turgan bo’lsa,
markazlashgan
yagona
xalifalik
shakllanishi
bilan
xalifalikning ilg’or
viloyatlarining xo’jalik, iqtisodiy va madaniy yutuqlarini o’zlashtirish natijasida u
feodal munosabatlarga to’laqonli ravishda kirishadi. Shunga ko’ra VIII asr
o’rtalarida xalifalikning markaziy viloyatlarida feodalizm Movarounnahrdagiga
nisbatan ancha yuqori pog’onaga ko’tarilgan edi. Lekin xalifalikning yagona
iqtisodiy doirasiga kirish, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining rivojlanishi,
xalifalikning boshqa viloyatlari bilan faol savdo munosabatlari olib borish
natijasida VII asr oxirlaridan shaharlar rivojlanib va ishlab chiqarish kuchlari
taraqqiy topib, Markaziy Osiyo hududa ham, xalifalikning boshqa yerlaridagi kabi
taraqqiy etgan feodalizm bosqichi boshlanadi. Markaziy Osiyoning boshqa
yerlaridagi kabi, Farg’onada ham fan va madaniyat yangi tarixiy sharoitda taraqqiy
etadi. IX asrda butun xalifalikda fan va madaniyatning qudratli rivojlanishi yuz
beradi. Markaziy Osiyo xalqlari ham bu jarayonda xalifalikning boshqa xalqlari
kabi faol ishtirok etadilar. Bu payt xalifalik tarkibiga kirgan xalqlar “islom
madaniyati”, deb ataladigan, lekin aslida turli xalqlar madaniyatlarining o’zaro
singishi natijasida yuzaga kelgan yagona madaniy harakatning qatnashchilari
11
bo’lib qoldilar. Ilm-fan sohasida ham jonli hamkorlik o’rnatiladi. Xalifalikda fan
va madaniyat sohasida qudratli to’lqin ko’p jihatdan, o’sha davrda boy ilmiy
iboralar bilan sug’orilgan arab tili yagona siyosiy va ilmiy tilga aylandi. Bu haqda
Abu Rayhon Beruniy o’zining “Saydana”sida quyidagicha sermazmun so’zlarni
aytgan: “Arablar tiliga butun dunyo mamlakatlarining ilmlari ag’darilgan: ular
bezalib , qalblarga yoqadigan bo’ldi, ulardan tilning ko’rki ortib, tomirlarga
yoyildi”. Turli xalqlar vakillari o’z ilmiy asarlarini arab tilida yozganlar. Markaziy
Osiyolik barcha olimlar qatorida al-Farg’oniy ham asarlarini shu tilda yozgan.
Fikrimizcha, IX-XI asrlar musulmon fani va madaniyati tarixida katta
yutuqlar va muhim ilmiy kashfiyotlar davri bo’lganligidan, bu davrni ba’zi
tadqiqotchilar Sharq fani va madaniyatining “oltin davri” deb e’tirof etadilar
o’sha davrda arab xalifaligi tarkibiga kirgan Movarounnahr va Xuroson mintaqasi
va yuz bergan madaniy-ma’rifiy yuksalishni ta’minlovchi va harakatlantiruvchi
asosiy kuchlardan biri edi. Bu xulosa, birinchi navbatda, bu ilmiy yuksalishda
ishtirok etgan mutafakkirlarning asosiy qismi ushbu zamin farzandlari bo’lgani
bilan izohlanadi.
Ko’p yillik uzviy ilmiy va madaniy hamkorlik xalifalikning turli mintaqalari
xalqlariga turlicha ta’sir o’tkazdi. Agar xalifalikning Iroq, Suriya, Misr va Mag’rib
mamlakatlari kabi markaziy va g’arbiy yerlarida madaniy va milliy assimilatsiya
yuz berib, natijada bu mamlakatlarning aholisi arablashgan bo’lsa, Markaziy Osiyo,
Eron va Kavkaz xalqlari bu assimilatsiyaga berilmadilar. Aksincha, ular boshqa
xalqlar bilan arab tilida muloqot va hamkorlik qilib, dunyo madaniyati xazinasiga
bebaho hissa qo’shdilar va shu bilan birga, milliy o’zliklarini saqlab qolib, o’z
madaniyatlarini ham boyitdilar, bu esa keyinchalik ularga o’z ilmiy maktablarini
rivojlantirishga va ilmiy izlanishning yangi istiqboli va yonalishlarini ixtiro
qilishga imkon berdi.
Darhaqiqat, Xalifalikda islom dinining hukmronligi Arabiston yarim orolida
ham, undan tashqarida ham ko’chmanchilarning o’troqlashuviga va mamlakatda
shaharlashuv kuchayishiga obyektiv ravishda imkon yaratdi. Nemis sharqshunosi
12
G.E.fon Gryunebaum ta’kidlaganidek, islom ko’chmanchilar orasida zuhur qilgan
bo’lsa ham, o’troqlikni rag’batlantirdi, chunki, odatda, musulmon jamoasi o’z
xizmatchilariga ega bo’lgan masjidlarga birikardi, jamoa esa o’z huquqiy
masalalariga ega bo’lishi, bular esa o’z qonuniyatlariga amalga oshiruvchilarga ega
bo’lishi kerak edi va hokazo. Arablar Suriya, Eron, Misr, Sug’d, Xorazm, Farg’ona
va qadimgi madaniyatga ega bo’lgan boshqa mamlakatlarga kirib borish bilan
ularda mavjud bo’lgan shahar turmush tarziga xos xususiyat va masalalarni,
madaniyat elementlarini o’zlashtirdilar.
O’ylaymizki, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari xalqlari tarixida IX asr
maxsus o’rin tutadi. U turli fanlarning, ayniqsa, tibbiyot, matematika va
astronomiyaning jo’shqin rivojlangan asri bo;ldi. To’qqizta hind raqami va sifr(nol)
belgisiga asoslangan o’nlik husoblash tizimi ixtiro qilinib, keng omma orasida
singdirilishi xalqlar madaniyatida haqiqiy inqilobiy burulish yasadi. Shu ilmiy
yangiliklarni kiritishda Muhammad al-Xorazmiyning xizmati juda katta bo’ldi.
Astronomiya fanidan trigonometriya ajralib chiqadi va asosiy trigonometrik
funksiyalar aniqlanadi.
Shuningdek, Xuddi shu asrning o’zida ijtimoiy fanlar, ayniqsa,
kalom(teologiya), tarixnavislik, tilshunoslik va shunga o’xshash fanlar sohasida
ulkan odimlar tashlanadi. Bu sohada al-Farg’oniyning vatandoshi, islom
dunyosining faxri bo’lmish Imom al-Buxoriy (810-870) nomini eslash zarur.
Xalifalikda tarjimonlik faoliyati ham keng ko’lamda rivojlanadi. VIII
asrning 70-80-yillaridan boshlab qariyb 100 yil davomida Yevklid, Arximed,
Aristotel, Apolloniy, Gippokrat, Galen, Ptolomey va boshqa yunon olimlarining
asosiy asarlari hamda qator hindcha, forscha ilmiy asarlar tarjima qilindi.
O’ylashimizcha, VIII asr oxiri va IX asrda xalifalikda yuz bergan ulkan
ilmiy va madaniy taraqqiyotni faqat xalifalarning fanga qiziqishlari bilan bog’lash
xato. Bunday o’sishning zamini xalifalikning iqtisodiy talablari va g’oyaviy-
nazariy asosining o’zida mavjud edi. Xalifalikning asosiy g’oyaviy bazasi islom
idealogiyasi bo’lib, Qur’oni Karim va hadisi shariflarda bayon qilingan. Avvalida
13
islom yaxlit bo’lgan esa-da, tez orada unda turli tariqat, oqim va suluklar paydo
bo’ldi. Yaxlit islomdan ajralgan ilk oqim shi’a paydo bo’ldi. Dastavval u siyosiy
oqim bo’lib, xalifalikda hukmron doiralarning hokimiyatga vorislik bo’yicha
yuzaga kelgan kelishmovchiliklarning g’oyaviy ifodasi edi. Shi’a ko’p tarafdan
o’zini payg’ambar sunnasiga zid qo’yardi. Xalifalik tarixining ikkinchi asrida
islom to’rt mazhabga bo’linadi. Bu mazhablar o’z asoschilarining nomlari bilan
“hanafiya”, “molikiya”, “shofe’iya”, “hanbaliya” deb ataladi.
Bilishimizcha, Al-Farg’oniy davri bo’lmish VIII asr oxiri va IX asrni hamda
uning atrof muhitini tavsiflash bilan birga o’sha davrning quyidagi xususiyatiga
ahamiyat berish lozim. Bu davrda feodalizm katta odimlar bilan borganligi uchun
obyektiv sharoit ishlab chiqarish kuchlarini takomillashtirishni va shu bilan bog’liq
ravishda ishlab chiqarishni katta shaharlarda to’plashni taqoza qilar edi. Markaziy
Osiyoda IX-X asrlarda shaharlarning soni ham, kattaligi ham ortib bordi. Ishlab
chiqarish taraqqiyoti va shaharlashish kuchayishi bilan xalifalikning yirik
shaharlarida doimiy bozorlar paydo bo’ldi. Buning oqibati sifatida ko’p tarmoqli
hunarmandchilik ishlab chiqarishi paydo bo’lib, u nafaqat ichki talabni, balki
tashqi talabni ham qondiradi; pul tizimi, quruqlik va dengiz orqali savdo
rivojlanadi. Ana shu omillarning hammasi shaharlarning ulkanlashuviga olib
keldi.
3
Jumladan, ishlab chiqarish kuchlarining va shahar hunarmandchilik ishlab
chiqarishining o’sishini fundamental va tatbiqiy fanlar sohasidagi tadqiqotlarni
yo’lga qo’ymasdan va tashkil qilmasdan ta’minlab bo’lmas edi. Ilmiy tadqiqotlarni
tashkil qilishga obyektiv talab paydo bo’ldi. Xalifalar al-Mansur(754-775 yillar) va
Horun ar-Rashid(786-809yillar) davrida ahvol tubdan o’zgardi. Aslida ana shu
xalifalar davrida xalifalikda ma’rifat davri boshlanadi. Ilmiy ishlarning tashkil
qiluvchisi va rahbari xalifa al-Ma’mun (813-833 yillar) edi, u xalifalik olimlarini
“Baytul hikma” – “Donishmandlar uyi”ga birlashtirdi. Xalifa al-Ma’mun saroyida
ko’plab Xuroson va Movarounnahrlik olimlar qanday qilib to’planib qolgani
3
Toshpo’lat Usmonov. “Ahmad al-Farg’oniy va Baytul hikma”. 6-7-betlar.
14
haqida faqat taxmin qilishadi. Lekin al-Farg’oniyning Muhammad al-Xorazmiy,
Habash al-Hosib, Xolid al-Marvarrudiy kabi hamkasblari Marvdayoq al-Ma’mun
homiyligida Xuroson , Movarounnahr va qo’shni yerlardan olimlarni to’plab, o’z
tashkilotchiliklarini namoyish qilganliklari shubhasizdir.
Bilishimizcha, O’rta Osiyoda islom dini VIII-IX asrlar davomida urush,
zo’ravonlik, imtiyozlar yaratish kabi vositalar bilan ommaga singdirildi va u
hukmron mafkuraga aylandi. Eski yozuvlar, madaniyat namunalari yo’qotildi, arab
yozuvi keng tarqaldi, arab xalifaligining boshqa o’lkalari bilan turli savdo-sotiq,
iqtisodiy-siyosiy, madaniy aloqalar kengayib bordi.
Shuningdek, O’rta Osiyo va Xuroson arab xalifaligi vakili tomonidan
boshqarilar, siyosat markazning topshirig’i asosida olib borilar edi. Shu bilan birga
O’rta Osiyo uchun xalifalikning markazi va turli joylarida yuz berayotgan madaniy
o’zgarishlardan bahramand bo’lish imkoniyati ochilgan edi. Ayniqsa VIII asr oxiri
IX asr boshlarida xalifalikning markazi – Bag’dod va Damashq shaharlarida
madaniyat, ilm-fan kuchayib bormoqda edi. Xususan xalifalar Mansur (754-776),
Xorun ar-Rashid (786-809), Ma’mun (813-833) hukmronligi davrida hindcha,
yunoncha,forschadan ilmiy, siyosiy, badiiy asarlarning tarjimalari ko’paydi,
madaniy aloqalar avj oldi. Xalifalikning turli o’lkalaridan taniqli olimlar
Bag’dodga olib kelindi, bu yerda IX asr boshida “Baytul hikma” – ilmlar –
falakiyot, riyoziyot, tibbiyot, tarixshunoslik, geografiya, kimyo, falsafa kabi fanlar
rivojlandi.
Bilishimizcha, Ma’mun Bag’dodga xalifa bo’lib ketishidan avval Marvda
xalifalikning O’rta Osiyo va Xurosondagi noibi bo’lgan. Uning saroyida katta
olimlar – Xorazmiy, Fargo’niy, Turkiy, Marvaziy, kabilar ijod etgan edilar. O’rta
Osiyoda arablar boshqinchiligiga qarshi olib borilgan kurash VIII-IX asrlarga
kelib xalifalikka buysunishdan qutulish va mustaqil davlat tuzish uchun kurashga
aylanib ketdi. Natijada IX asrning oxiridan boshlab mo’g’ullar istilosoga – XIII
asrning boshlariga qadar bo’lgan davr ichida O’rta Osiyo va Xurosonda bir necha
feodal davlatlari vujudga kelib, parchalanib ketdi – bu tohiriylar, somoniylar,
15
saljuqiylar, g’aznaviylar, qoraxoniylar va nihoyat xorazmshohlar davlati edi.
IX asrning oxirlarida ilk bor somoniylarning davlati tashkil topgan bo’lsa,
XIII asrning 20-yillaridan boshlab Xorazmshohlar davlati mo’g’ullarning ayovsiz
hujumiga uchradi. Lekin to’xtovsiz feodal kurashlarining davom etishiga
qaramasdan, bu mustaqil feodal davlatlarida madaniyat, ayniqsa, ilm-fan, san’at,
adabiyot juda rivojlandi. Bu davrda O’tra Osiyo dunyoga buyuk mutafakkir olim,
shoirlarni yetishtirib berdi.
Shuningdek, Xalqning mustaqillik uchun kurashi va bu mustaqillikning
qo’lga kiritilishi uning ma’naviy yuksalishiga olib keldi va ajoyib iste’dod
egalarining yaratdi. Mashhur dinshunoslar Buxoriy, Termiziy, Nasafiy,
tabiatshunos olimlar – Xorazmiy, Farg’oniy, Jurjoniy, Chag’miniylar, qomusiy
bilimlar egalari Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Roziy kabilar shu davrning mahsuli
edilar. Bu davr adabiyoti uch tilda – arab, fors, turkey tillarida o’z namunalarini
qoldirdi. Bu davrni o’z mazmuni, salmog’i, ahamiyati jihatidan O’rta Osiyo
“Yuksalish davri” deb atasak xato bo’lmaydi.
“Yuksakish davri” madaniyatining o’ziga xos tomonlari mavjud bo’lib, ular
quyidagilardan iborat edi:
1.
Dunyoviy ma’rifatga intilish, bu yo’lda o’tmish va qo’shni
mamlakatlarning madaniyati yutuqlaridan keng foydalanish, ayniqsa tabiiy-falsafiy,
ijtimoiy ilmlarni rivojlantirish.
2.
Tabiatga qiziqish, tabiatshunoslik ilmlarining rivoji, ratsionalizm, aql
kuchiga ishonish, asosiy e’tiborni haqiqatni topishga qaratilgan fanlarga berish,
haqiqatni inson tasavvuri, ilmining asosi, deb hisoblash.
3.
Insonni ulug’lash, uning aqliy, tabiiy, badiiy, ma’naviy fazilatlarini
asoslash, insonparvarlik, yuqori axloqiy qonun va qoidalarni namoyon etish, komil
insonni tarbiyalashni maqsad qilib qo’yish.
4.
Universallik – qomusiylik, barcha narsa bilan qiziqish bu davr
madaniyatining muhim tomonlaridan biri edi.
Bu davr madaniyati umuminsoniy fazilatlar rivoji uchun xizmat qildi.
16
Yuqorida ta’kidlanganidek, Bu davrda O’rta Osiyoning rivojlangan
shaharlari Urganch, Buxoro, Samarqand, Marv, Termiz, Shosh va boshqalar
musulmon mamlakatlari ichida eng taraqqiy etgan shaharlar, o’lkalardan biriga
aylandi va “musulmon madaniyati”, deb atalgan madaniyatnig tez rivojlanishiga
katta ta’sir ko’rsatdi. Ma’naviy madaniyat bilan birga savdo-sotiq,
hunarmandchilik, qurilish ishlari keng avj oldi, ilm-fan, adabiyot asarlari tez
tarqaldi.
Falsafaning nima ekanligidan xabar beruvchi o’nlab ta’riflarni keltirish
mumkin. Masalan, IX asrda yashagan arab faylasufi Abu Yaqub ibn Is’hoq al-
4
Kindiy (801-866) xalifa Mu’tasimga bag’ishlab yozgan “Birinchi falsafa” asarida
falsafaga ta’rif berib, “Insonning toqati yetguncha narsalar haqiqatini bilish ilmi”
yoki “Maba’di ut-tabia” (“Tabiatdan keyin keladigan narsalar”) kitobida “Har bir
haqiqat sababini birinchi haqiqatga olib boruvchi ilm” deb atagan.
“Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida
Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qilgan. Uzoq
davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O’zbekiston xalqi avloddan
avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o’ziga xos
an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi”
5
. Musulmon Sharqida falsafiy
tafakkurning paydo bo’lish tarixi yozma ravishda VIII asrga taalluqli bo’lib, ilk
kalom vakillari bo’lgan mo’’taziliylarning faoliyati bilan bog’liqdir. Ilohiyat
bahslarida o’zlarining qat’iy aqlga tayanishlari bilan alohida ajralib turgan
ilohiyotchilar guruhi bo’lgan mo’’taziliylar Bag’dodda xalifa Ma’mun saroyida
katta nufuzga ega bo’ldilar. Insonning iroda erkinligi va ilohiy sifatlar masalasini
muhokama qilishdan o’z faoliyatlarini boshlagan mo’’taziliylar shunday ta’limotni
ishlab chiqdilarki, u diniy mavzudan chetga chiqish bilan cheklanmasdan, hatto
musulmonchilik e’tiqodining ba’zi aqidalarini ichdan buzar edi. Masalan, ularning
qayd etishlaricha, xudo tabiat qonunlarigagina muvofiq faoliyat ko’rsatishi
5
Ashraf Ahmedov. “Ahmad al-Farg’oniy”. 50-60 betlar.
Toshpo’lat Usmonov “Ahmad al-Farg’oniy” 4-10 betlar
Матвиевская Г П ‘Ал- Фаргани’’ 13-17 betlar
17
mumkin edi. Uning uchun ezgulik va yovuzlikning yagona mezoni sifatida uning
haqli xizmat qilmog’i lozim. Ular birinchi bo’lib Xoliqni inson qiyofasida tasavvur
etishga qarshi chiqib, unga majhul ilohiy g’oyani qarama-qarshi qo’ydilarki, o’z
mohiyatiga ko’ra u iroda, qudrat, bilim va boshqa sifatlardan holi edi. Jumladan,
xudoda nutq borligini inkor etib, Qur’onning abadiyligi haqidagi ta’limotni rad
etdilar. Qur’onni bunday talqin qilish mo’’taziliylarga va keyinchalik
arastuchilarga uni ramziy ma’noda tushunishga imkon berib, o’z qarashlarini unga
muvofiqlashtirishga yo’l ochdi.
Aniqlanishicha, Tabiat haqidagi ta’limotda mo’’taziliylarning ko’pchiligi
atomistik nazariyadan kelib chiqib, shuni qayd etdilarki, har qanday jism izchil
bo’linish jarayonida bo’y, rang, hid va boshqa sifatlarga ega bo’lgan unsur
parchalarga bo’linadilar. Har bir shunday zarra bo’yga ega bo’lmagan muayyan
miqdorda atom parchalaridan tashkil topgan bo’lib, harakat qilish va sokin holatda
bo’lishdan boshqa har qanday xususiyatlardan holidir. Bunday nazariyadan
quyidagicha xulosalarga kelish mumkin: borliqning shakllari abadiy bo’lgan
moddaning o’zida imkoniyat darajasida mavjuddir. Ammo, majhul qarashga ko’ra,
u qandaydir shakllanmagan va shuning uchun u yo’qlik bilan ayniyatdadir;
xoliqning yagona vazifasi barcha zaruriy sifatlarga ega bo’lgan moddani yana bir
sifat, ya’ni mavjudlik bilan siylashdir; moddiy dunyoda ko’zga tashlanadigan
barcha hodisalar sababiyu shartlangan xususiyatlarga ega bo’lib, o’z asoslarini
tabiatdagi ashyolarda topadilar. Mo’’taziliylarning barcha hodisalarni aqliy yo’l
bilan bilish mumkinligi haqidagi aqidalari ana shundan kelib chiqadi. Ular bilishni
vahiy orqali idrok qilishga salbiy munosabatda bo’ldilar. Ilk islom aqidalariga
ishonishni ularning ko’pchiligi faqat shuning uchun qabul qilish mumkin, deb
bildilarki, ular ahloqiy doirada ko’pchilikkka foyda yetkazish mumkin.
6
Islomning har jihatda mustahkam joriy etilishi esa asosan IX asrning 1-
choragidan boshlangan edi. Shuning uchun ham Movarounnahr allomalari arab
musulmon madaniyati bilan faqat IX asrning boshidan tanisha boshlaganlar.
6
M. Qodirov “Markaziy Osiyo, Yaqin va O’rta sharqning falsafiy rafakkuri” 15-16-betlar
Do'stlaringiz bilan baham: |