Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va tarix fakulteti falsafa kafedrasi



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana05.03.2020
Hajmi0,66 Mb.
#41634
1   2   3   4
Bog'liq
ahmad al-fargoniyning tabiiy va ilmiy qarashlarining falsafiy ahamiyati


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

38 



2.2  Ahmad  al-Farg’oniyning  tabiatshunoslik  falsafasiga  qo’shgan                     

hissasining falsafiy tahlili  

Ahmad  al-Farg’oniy  tabiatshunoslik  falsafasiga  ulkan  hissa  qo’shgan 

olimlardan. U tabiatshunoslik bilan bog’liq ko’p asarlar yaratgan. 

Ahmad  al-Farg’oniyning  asosiy  astronomik  asari  “Samoviy  harakatlar  va 

umumiy ilmu nujum” (“Kitobat al-harakat as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum”). 

Asarning  “Osmon  kurra  shaklida  ekanligi  va  uning  o’zidagi  barcha  yoritgichlar 

bilan  birgalikda  aylanishi  kurraning  aylanishiga  o’xshashligi  haqida”,  deb 

ataluvchi  ikkinchi  bobida  al-Farg’oniy  bevosita  astronomik  masalalar  bayoniga 

o’tadi. 

Qadim-qadim  zamonlardan  boshlab  odamlar  Yerning  shakli  va  kattaligini 

aniqlashga intilib kelganlar. Osmon jismlari haqida ham turlicha afsonaviy ertaklar  

yuzaga kelgan. Ba’zi xalqlarda osmondagi yulduzlar farishtalarning chiroqlari deb 

izohlansa,  boshqa  xalqlarda  go’yo  ular  osmon  gumbaziga  qoqib  qo’yilgan 

brilliantlar bo’lib, kechalari nur sochib turadi, deb tasavvur qilingan. 

Bilamizki,  bizlargacha  yetib  kelgan  yozma  manbalarning  xabar  qilishiga 

qaraganda  miloddan  oldingi  VI  asrda  yashab  ijod  qilgan  yunon  olimi  Pifagor  Yer 

dumaloq  shaklda  bo’lsa  kerak,  deb  taxmin  qiladi.  Eramizdan  oldingi  IV  asrda 

yashagan  yunonistonlik  olim  Arastu  Yer  aylanasining    uzunligini  o’lchab,  60 000 

kmga teng deb aytadi, dengiz  va okean suvlarining  muvozanatda bo’lish sababini 

Yer shaklining sharsimonligi deb izohlaydi. 

Beruniy  buning  sababini  yerning  shakli  sharsimon  bo’lishi  bilan  birga 

og’irlik  kuchining  hamma  tomondanYer  markaziga  tomon  yo’nalishi  tufaylidir, 

deb izohlaydi; eramizdan oldingi asrlarda yashab  ijod qilgan olimlardan  Arximed, 

Parmenid, Suqrot,  Aflotun,  Aristarx kabi olimlar  ham Yerning shaklini  sharsimon 

deb bilganlar. 

Aniqlanishicha,  VIII-IX  asrlarda  Arabistonda  ham  Yer  o’lchamlarini 

aniqlashga doir  geodezik o’lchash  ishlari  olib borilgan. Bag’dod shahri sharqning 

siyosiy va madaniy markazi hisoblanib, bunda Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, 



 

 

39 



Ahmad  al-Farg’oniy  kabi  Sharqning  mashhur  olimlari  yer  kurrasining 

o’lchamlarini aniqlash ustida”Baytul-hikma”da  ilmiy tadqiqotlar olib borishgan. 

Yunon  olimlarining  asarlaridagi  chalkashliklar  al-Ma’munning  o’lchash 

ishlari  uyushtirilishiga  sabab  bo’ldi.  Bu  o’lchash  ishlarida  Ahmad  al-Farg’oniy 

ham ishtirok etgan. 

Qu’oni Karimdagi ushbu oyatlarni tahlil qilib ko’raylik: “Siz tog’larni ko’rib  

tinch  qotib  turibdi,  deb  o’ylarsiz.  Holbuki,  ular  ham  xuddi  bulutlar  yurgandek 

yuradilar.  Bu  barcha  narsalarni  puxta  qilgan  zot  –  Allohning  hunaridir.  Albatta  u 

zot – Alloh sizlar qilayotgan barcha  ishlardan ogohdir ” deyiladi.  Tog’lar  bulutlar 

singari  suzib  uchib  yuribdi  degan  so’zdan,  Yer  qo’zg’almasdan,  olam  markazida 

turibdi, degan ma’no chiqmaydi-ku. Tog’lar uchib yurib, Yer ajralib qolmaydi-ku. 

Yoki  “Alloh  kecha  va  kunduzni,  Quyosh  va  Oyni  yaratgan  zotdir.  Bularning 

barchasi o’z falak-fazosida suzurlar ” – deyilgan. Bu oyatdan Yerning, Quyosh va 

Oyning  bir  joyda  qo’zg’almasdan  turadi  degan  ma’no  chiqmaydi.  Aksincha, 

ularning  hammasi  harakatda  bo’lib,  bular  harakatlarining  mustaqilligi,  ya’ni 

harakat yo’llari – orbitalarining ham alohida-alohida ekanligi qayd qilinadi. 

Tabiiy  bir  savol  tug’iladi:  “Bu  gaplarning  Ahmad  Farg’oniy  va  “Hikmatlar 

uyi”  ning  allomalariga  qanday  aloqasi  bor?  “Yuqoridagi  so’zlarda  qayd 

qilinganidek,  ko’p  yillar  davomida  Bag’doddagi  “Hikmatlar  uyi”  da  Xorazmiy, 

Damashqda  esa  Ahmad  Farg’oniy  ko’p  ishlarni  bajarganlar.  Shuning  uchun 

“Hikmatlar  uyi”ning  allomalari  faqat  astronomiya  kabi  aniq  fanlar  bilan  emas, 

balki boshqa fanlar bilan ham shug’ullanib, ayniqsa islom qonunlarini ham chuqur 

o’rganib  tahlil  qilganlar.  Shuning  uchun,  yuqorida  eslatib  o’tilgan  Qur’on 

oyatlariga  o’xshash  yana  ko’pgina  oyatlar  ham,  ularning  dunyoqarashlariga  ta’sir 

etmasdan  qolishi  mumkin  emas  edi.  Afsuski,  Farg’oniyning  Yer  va  Osmon 

jismlarining  harakatlariga  oid  asarlarining  ko’pchiligi  bizlarga  yetib  kelmagan  va 

yetib kelganlari ham zamonaviy tillarga tarjima qilinmagan. 

9

   



Ma’lum  bo’lishicha,  musulmon  mamlakatlarida  yeru  osmon  haqidagi 

                                                

9

 . Булгаков П.Г., Розенфельд Б.А., Ахмедов А.А Мухаммад ал-Хоразми. – М.. 1973. 45-69. 



 

 

40 



tasavvur astronomik ilmlar yo’lga qo’yilganiga qadar asosan Qur’onga ko’ra hosil 

qilingan.  Qur’onda  “saba’  samovot(“yetti  osmon”),  degan  ibora  ko’p  marta 

ishlatiladi.  Lekin bu “yetti osmon” deb aslida  nima  nazarda  tutilishi aniq  ma’lum 

emas.  Undan  tashqari  samoviy  harakatlar  haqida  Qur’onning  biror  oyatida  hech 

narsa  deyilmagan.  Bu  sohada  Bag’dod  olimlari,  xususan  al-Farg’oniy,  birinchilar 

qatorida  osmonning  sfera  shaklida  ekanligi,  undagi  harakatlar  aylanma  ekanligi 

haqida bayon qiladi va bu bilan xalifalikda ilmiy dunyoqarashning shakllanishi va 

ommalishishiga o’z hissasini qo’shadi. U shunday yozadi: 

Ta’kidlaymizki, “Osmonning kurra shaklida ekanligi haqida osmon o’zidagi 

barcha  yoritgichlar  bilan  birga  biri  shimol  tarafida,  ikkinchisi  janub  tarafida 

bo’lgan  ikki  harakatlanmaydigan  qutb  atrofida  aylanma  harakat  qilishi  haqida 

olimlar orasida ixtilof yo’q.  Barcha yoritgichlarning sharqda paydo bo’lishi va o’z 

harakatida  bir  xil  tartibda  oz-ozdan  ko’tarilishi,  ular  jismi  va  bir-birlaridan 

masofasi  miqdorining  osmonning  o’rtasigacha  davom  etishi  bunga  dalildir. 

So’ngra  ular  yuqoridagi  tartib  va  qoida  bilan  g’arb  tomonga  pastlaydi.  Ularning 

harakatlari  o’zaro  parallel  doiralariga  o’xshash  bo’ladi.  Ular  tezlashish  va 

sekinlashish  bo’yicha  farq  qilmaydi,  chunki  go’yo  ular  kurra  sirtiga  qattiq 

mahkamlangandek va ularning hammasi bir aylanma harakat bilan aylanadi”.

10

 

Osmonning  tuzilishi  kurraviy  shaklda  ekanligi  haqida  gumonlarni  tarqatish 



va fikrlarni isbotlash uchun yorqin misol tariqasida shimoliy iqlimlarda doimo Yer 

ustida ko’rinadigan Jadiy (“Echki”), al-Farqadayn (“Ikki buzoqcha”) va Banot an-

na’sh (“Tobut oldida yig’lovchi qizlar”) kabi yoritgichlarni hamda ular yaqinidagi 

yoritgichlarni keltirish mumkin. Ular bir-biriga parallel doiralar bo’ylab go’yo bitta 

nuqta  atrofida  aylanadi.  Shu  nuqtaga  eng  yaqinlari  kichkina  doiraga  bo’ylab 

aylanadi  va ularning  harakati sekin bo’lgandek ko’rinadi. Bu nuqtadan uzoqroqda 

turganlari  yaqinroqda  turgan  yoritgichlar  doirasiga  qaraganda  kattaroq  doira 

bo’ylab  harakatlanadi.Bularning  harakati  doirasi  kattalashgani  sari  kichiklariga 

qaraganda tezroq ko’rinadi. Nuqtadan  masofa shu nuqtadan yerning tagida g’oyib 

                                                

10

 A.ahmedov “Ahmad al-Farg’oniy” 70-72-betlar 



 

 

41 



bo’lgan  yoritgichlarga  yetgunga  qadar  davom  etadi.  Shu  nuqtaga  eng  yaqin  Yer 

tagida bo’ladigan  yoritgich Yer  ustida  botuvchi bo’lib turadi  va Yer ostida g’oyib 

bo’lishi  vaqtida  ko’tarilguncha  biroz  botadi.  Botadigan  yoritgichlarning  o’sha 

nuqtadan  ko’proq  uzoqda  bo’lganlari  oz  vaqt ko’rinadi,  ko’p  vaqt g’oyib  bo’ladi. 

Bundan  tashqari,  botadiganlari  va  botmaydiganlarining  to’la  bir  marta  aylanish 

vaqti  bir  xil  va  ularning  harakat  doiralari  bir-biriga  xalaqit  bermaydigan  holda 

parallelligicha  qoladi.  Bunday  bo’lishiga  sabab,  mazkur  nuqta  kurraning  ikki 

qutbidan  biri  bo’lishidir.  Osmonning  kurra  shaklida  ekanini,  aylanishi  ham 

kurraning aylanishi kabi ekanini, oydinlashtiradi. 

So’ngra,  ba’zi  kishilar  aytganidek,  osmon  tekis  bo’lsa  edi,  bu  holda  uning 

hamma  tomoni  bizdan  bir  xilda  uzoqlashmagan  bo’lardi.  Aksincha,  osmonning 

bizga  eng  yaqin  joyi  boshlarimiz  tepasidagi  qismi  bo’lardi  va  ufq  tomonlariga 

yaqin qismlari esa ancha uzoq bo’lardi. Shunga Quyosh, Oy va boshqa yoritgichlar 

sharqdan  chiqayotganda  sezilmaydigan  kichik  bo’lib  ko’rinishlari  kerak  edi, 

chunki  ular  bizning  nigohimizdan  uzoq.  So’ngra  yoritgichlar  osmon  o’rtasiga 

yaqinlashgan  sari  kattalashgandek  bo’lardi,  chunki  endi  ular  bizning  kozimizga 

eng yaqin bo’lardilar. So’ngra ular o’zlarining g’arbga og’ishida to ko’zdan g’oyib 

bo’lguncha  oz-ozdan  kichrayib  borardilar.  Lekin  biz  hech  bunday  holni 

ko’rmaymiz.  Ammo  ularning  chiqish  oldidagi,  osmonning  o’rtasidagi  va  botish 

oldidagi kattaliklarini ayni bir xil ko’ramiz. Buning  ustiga yana  ularning sharq  va 

g’arbdagi  miqdorlari  osmonning  o’rtasidagi  miqdoridan  katta  ko’rinadi.  Biz 

Quyoshni  botayotganida,  doirasining  boshi  ufqqa  yaqinlashib,  oz-ozdan  g’oyib 

bo’layotganini  ko’ramiz,  toki  uning  doirasining  oxirgi  qismi  botguncha  ufq  uni 

kesib  turadi.  Oy  bilan  ham  xuddi  shunday.  U  ufqning  sharqi  va  g’arbida  osmon 

o’rtasidagidan kattaroq ko’rinadi. Lekin bu Oy shu joylarda osmon o’rtasidagidan 

bizga  yaqinroq  bo’lgani  uchun  emas,  balki  Yerdan  ko’tarilayotgan  bug’lanish 

bizning  ko’zimiz  bilan  ufq  orasida  turib  qolgani  uchundir.  Ularni  biz  sovuq 

kunlarda,  yomg’ir  tufayli,  bahor  havosida,  namlik  katta  bo’lganda,  qish  kunlarida 

kattaroq ko’ramiz. Shunday kunlarda Quyosh va Oy chiqish va botish oldidan juda 


 

 

42 



katta  bo’lib  ko’rinadi.  Xuddi  shu  singari  odam  toza  suvning  qa’rida  biror  narsani 

ko’rsa,  u  narsaning  haqiqiy  shaklidan  katta  ko’radi.  Sof  suvdagi  narsalar  go’yo 

chuqurroqda  ko’rinadi.  Yoritgichlarning  ufq  yaqinida  katta  bo’lib  ko’rinishining 

sababi ham xuddi shunday. 

Ahmad  al-Farg’oniy  “Baytul  hikma”  da  dars  bergan.  Darsxonada  u  ilmi 

nujum (astronomiya) fanidan ushbu mazmunda dars o’tmoqda edi: 

Osmon sfera yanglig’ (osmon qavatlari singari) o’zida bor narsalarning 



hammasi bilan birga aylanib turadi. Yer ham o’zining barcha qit’alar va bahralari 

(okeanlar)  bilan  birgalikda  harakatdadir.  Quyosh  Oy  chiqqan  vaqtda  yoki 

botayotganda  ularni  yerning  turli  nuqtalaridagi  kishilar  bab-baravar  ko’rmaydilar. 

Yerning  sharqiy  bo’lagida  oldin  Quyosh  va  Oyning  chiqishi  yoki  botishi  g’arbiy 

bo’lagidan  ko’rinmaydi.  Bir  kishi  agar  Yerning  janubidan  shimoliga  qarab  borsa, 

ilgari  shimoldan  chiqadigan  yoritgichlar  doimo  ko’rinadigan  bo’lib  qoladi.  Ilgari 

janubdan  chiqadiganlari  esa  umuman  ko’rinmay  qoladi.  Ana  shu  aytilganlar 

Yerning yuzasi yumaloq ekanligini va Yerning gumbazga o’xshashligini bildiradi.  

Ahmad  al-Farg’oniy  so’zidan  to’xtadi.  Hamma  jim.  Shu  payt  tolibi 



ilmlardan biri so’radi: 

Bir savol bersam bo’ladimi, muhtaram ustoz, dedi u. 



Marhamat, - dedi Farg’oniy. 

Qur’oni  majidda  yer  oddiy  gilam  singaridir.  Yerning  shakli  hatto 



to’shak va beshikka nisbat beriladigan darajada tekis deyilganini qanday tushunsa 

bo’ladi? 

   Qur’oni  majid  ilohiyotga  oid  asar.  Uning  mazmuni  yaratuvchi  va 



uning  Rasuli,  Islom  diniga  oid  fikrlarni  o’z  ichiga  oladi.  Ilmi  nujum  esa  osmon, 

sferalar,  yoritgichlar,  ularning  o’zaro  bog’liqligi  va  harakatlarini  o’rganadi. 

Shuning uchun bu ikkala sohaga alohida-alohida yondashmoq darkor. 

Savol  bergan  shogird  javobidan  qoniqmagandek  sekin  boshini  chayqab 

qo’ydi.  Ahmad  al-Farg’oniy  tinglovchi  yoshlarga  qarab  yana  qanday  savollar 

borligini so’radi.  



 

 

43 



Nima  uchun  Quyosh  va  Oy  chiqayotgan  va  botayotgan  vaqtida  ufq 

yuzasidan ularning jismi kattalashadi. Bu paytda ular bizga yaqinlashadimi? 

Yo’q  yaqinlashmaydi,  -  dedi  Farg’oniy.  Shogirdning  bu  savolidan 



olimning  mamnun ekanligi seziladi. Chunki olim  yoqimli bir shabboda esib,  unga 

orom bag’ishlagandek jonlanib oldi. 

Yo’q,  ular  bizga  yaqinlashmaydi,  -  deb  takrorlanadi  ustoz,  so’ng  faol 



tushuntira boshladi. – Yerdan doim ko’tarilib turadigan bug’lar o’rtasini to’ldiradi. 

Quyosh  va  Oy  ufqdan  chiqib  kelayotgan  yoki  botayotganida  biz  ularni  ana  shu 

bug’lar orqali ko’ramiz. Shuning uchun ular jismi bizga katta bo’lib ko’rinadi. 

Shogirdlar  jim  tinglar  edilar.  Ustoz  hammaga  ham  tushunarli  bo’lmaganini 

payqadi va so’zida davom etdi: 

Tiniq  suvga  bir  tosh  tashlasangiz    suv  ichida  yoki  tubida  o’sha  tosh 



sizga  jismiga  nisbatan  kattaroq  ko’rinadi.  Suv  qanchalik  tiniq  va  tubi  chuqur 

bo’lsa,o’sha  tosh  shuncha  kattalashadi.  Shuningdek,  Quyosh  va  Oy  ham  Yerdan 

ko’tarilayotgan  bug’  orqali  ko’zimizga  kattalashib  ko’rinadi.  Agar  havoda  namli 

bug’ ko’proq bo’lsa bu hol yanada aniqroq seziladi. 

Ustoz  shogirdlariga  Quyosh,  Oy  va  sayyoralarning  harakatlari,  kun  va 

tunning  bir  xil  bo’lish  vaqti,  osmon  burjlari,  harakatli  va  harakatsiz  yulduzlar 

to’g’risida so’zlab berdi. 

Ma’lum  bo’lishicha,  Qur’onda  Yer  (ard)  haqida  ham  ko’p  marta  eslatiladi, 

odatda,  “as-samovot  val-ard”  (“osmonlar  va  yer”),degan  ibora  ishlatiladi.  Yer 

shakli  haqida  ham  Qur’onda  aniq  tasavvur  mavjud.  “Nuh”  surasining  19-oyatida: 

“Alloh  ja’ala  lakum  al-arda  bisatan”  deb,  Yerni  gilamga  (“bisat”)  o’xshatiladi. 

“Baqara”  surasining  22-oyatida:  “A-lazi  ja’ala  lakum  al-arda  firoshan”  deb,  uni 

to’shakka (“firosh”) o’xshatilgan. “Naba’ surasining 6-oyatida ham “A  lam  naj’al 

al-arda  mihodan”  deb,  yana  Yer  ko’rpachaga  (“mihod”)  o’xshatilgan.  Bu 

oyatlarning  hammasida  Yerning  tekis  ekanligiga  shama  qilinayotganligi  aniq 

ko’rinyapti.  Bu  fikrlar  islom  mamlakatlarida  geografiyaning  rivojlanishiga 

to’sqinlik  qilmadi.  Aksincha,  bu  va  boshqa  oyatlar  payg’ambarning  ilmga 


 

 

44 



undovchi  hadislari  bilan  birga  islom  astronomlari  va  geograflarini  haqiqat  uzra 

yo’naltirildi, ularga bu yo’nalishda katta turtki berdi. Ahmad al-Farg’oniy bunday 

olimlarning  eng  peshvosi  edi.  U  birinchilar  qatorida  Yerning  kurraviy  –  sferik 

shaklda ekanligi haqidagi to’g’ri tasavvurga keldi.

11

 

Ahmad  al-Farg’oniy  o’z  asarining  uchinchi  bobini  to’g’ridan  to’g’ri 



“Yerning  quruqlik  va  dengizga  tegishli  hamma  qismlari  bilan  birgalikda  kurra 

shaklida ekanini tan olishgan,uning dalili shuki, Quyosh, Oy va boshqa yoritgichlar 

Yerning  turli  taraflarida  bir  vaqtda  chiqmaydi  ham,  botmaydi  ham,  balki  Yerdan 

qaraganda  ulardan  sharqiy  vaziyatda  bo’lganlari  g’arbiy  vaziyatda  bo’lganlaridan 

oldinroq  chiqishini  ko’ramiz,  sharqdagilarning  botishi  ham  g’arbdagilarning 

botishidan  oldin  bo’ladi.  Bu  ular  balandlikda  bo’lishi  hodisasidan  ham  ravshan 

ko’rinadi. Oy tutilishi singari aniq bir hodisaning yuz berishi Yerning turli tarafida 

turli  vaqtda  kuzatiladi.  Agar  bu  hodisa  oralaridagi  masofa  uzoq  bo’lgan  sharq  va 

g’arbdagi ikki shaharda kuzatilsa, masalan, tutilish vaqti sharqiy shaharda kechasi 

soat  uchda  ro’y  beradi.  Agar  biz  g’arbiy  shaharda  shu  hodisani  aniqlamoqchi 

bo’lsak, bu shaharlar orasidagi masofani e’tiborga olib, tutilish vaqti uch soat kam 

bo’ladi.  Sharqiy  shaharda  soatning  ziyoda  bo’lishi  Quyoshning  g’arbiy 

shahardagiga nisbatan bu yerda ilgariroq botishini bildiradi. 

Katta yoritgich botish vaqtida kuzatilsa ham ana shunday bo’ladi. Turli ikki 

shaharda  uning  kuzatilish  vaqtini  topamiz.  Hamma  vaqt  sharqiy  shahar  soati 

g’arbiy  shahar  soatidan  oldinda  bo’ladi.  Vaqtdagi  bu  farqlar  Yerning  odam 

yashaydigan  qismining  g’arbiy  va  sharqiy  hududlari  orasida  mavjud.  U  shaharlar 

vaqti oarsidagi farq ular orasidagi masofaga bog’liq ravishda aniqlanadi.  

Shimol  va  janubdagi  bir-biridan  uzoqlikda  joylashgan  joylar  orasida  ham 

xuddi  yuqoridagi  kabi  farq  mavjud.  Agar  Yer  janubdan  shimolga  qarab  yurilsa, 

(kishiga)  unga  shimol  tomonda  botuvchi  bo’lgan  ba’zi  yoritgichlar  abadiy 

ko’rinuvchi bo’lib qoladi. Xuddi shu singari janub tomonda avval unga ko’ringan 

ba’zi  yoritgichlar  endi  doim  ko’rinmaydigan  bo’lib  qoladi  va  doim  shu  bir  xil 

                                                

11

 Беруни. «Тавхим». См. Крачковский И.Ю. Арабская географическая литература. М. 1962. 



 

 

45 



tartibda bo’ladi. 

Agar Yer yassi bo’lganda, bayon etilgan hodisalarning birontasi ro’y bermas, 

Yerning  hamma  tomonida  yoritgichlar  ayni  bir  vaqtda  chiqar  va  Yerning  shimoli 

va  janubidagi  hodisalar  yuz  bermas  edi:  doim  ko’rinadigan  yoritgichlar 

ko’rinmaydigan  va,  aksincha,  doim  ko’rinmaydigan  yoritgichlar  ko’rinadigan 

bo’lib qolar edi”.

12

 

O’rta asrlarda islom astronomlari va umuman tabiatshunoslari ko’p jihatdan 



o’z  davrlaridan  ilg’orlab  ketganlariga  qaramay,  olam  tizilishi  masalasida 

geotsentrizm doirasida qoldilar. Bu doiradan chiqish uchun boshqa ilmiy muhit va 

ijtimoiy  sharoit  yaratilishi  kerak  edi.  Bunday  muhit  va  sharoit  bir  muncha  keyin 

Ovrupoda yuzaga keldi. 

Al-Farg’oniy  yashagan  ilk  o’rta  asrlar  davrida  geotsentrizm  hududida  hali 

katta  ilmiy  yutuqlarga  erishish  mumkin  bo’lmagan.  U  asarining  to’rtinchi  bobini 

“Yer  kurrasi  osmon  kurrasining  o’rtasida  qo’zg’almas  markaz  kabi  ekani,  uning 

o’lchami osmon  o’lchamiga  nisbatan  kichkina  doiradek  nuqta  kabi  ekani  haqida” 

deb  nomladi.  So’ngra  olim  bu  sarlavhaga  chiqargan  da’vosini  aniq  dalillar  bilan 

isbotlaydi. U bunday yozadi: 

“Yer osmonning o’rtasida turadi, deb qat’iy aytish mumkin.  

Isbotlash  uchun,  keltirilgan  dalillardan  farqliroq,  Yer  osmonning  o’rtasida 

emas  deb,  balki  osmonning  boshqa  biror  joyiga  nisbatan  yaqinroq  vaziyatda 

bo’lsin,  deb  faraz  qilaylik.  Bunday  holda  osmonning  o’sha  joyiga  eng  yaqin 

bo’lgan  tog’da  yashovchilar  doim  osmonning  faqat  yarmisidan  ozrog’ini 

ko’rishlari kerak edi. Xuddi shu singari, osmonning o’sha nuqtasidan eng uzoqdagi 

tog’li o’lkalardagi aholi doimo osmonning yarmisidan ko’prog’ini ko’rishlari kerak 

edi.  Bu  esa  osmonning  ko’rinishiga  xilofdir,  chunki  Yerning  barcha  tomonidagi 

kishilarga osmondagi oltita burj abadiy ko’rinmaydi. Bu yerning osmonga nisbatan 

nuqtadek  kichkina  ekanini  isbotlaydigan  dalildir.  Agar  uning  o’lchovi  osmonga 

nisbatan katta bo’laganida edi, Yerdagilar doimo osmonning yarmisidan ozrog’ini 

                                                

12

 A.Ahmedov ”Ahmad al-Farg’oniy” 78-80-betlar. 



 

 

46 



ko’rar edilar.

13

 



Yer  osmonning  o’rtasida  bo’lgani  uchun  osmonni  teng  ikkiga  bo’luvchi 

tekislik  Yerning  markazidan  o’tadi,  chunki  bu  markaz  osmonning  ham  markazi 

bo’ladi.  Shuning  uchun  yerdagilarga  osmondagi  narsalarning  teng  yarmisi 

ko’rinadi.  Bu  sezgi  bilan  aniqlanadiganga  zid  kelmaydi.  Buning  dalili  shuki, 

ko’zimizdan  o’tgan  tekisli  Yerning  sirtida  ham  ufq  bo’ylab  yo’naladi  bu  tekislik 

bilan  Yerning  markazidan  o’tuvchi  tekislik  orasida  aytarli  farq  yo’q.  shuningdek, 

yer  markazi  bilan  sirti  orasidagi  masofa  osmon  o’lchamlariga  nisbatan  sezilarli 

miqdorda  emas.  Shuning  uchun,  haqiqatan  ham  Yer  kurrasi,  osmon  kurrasiga 

nisbatan nuqtadek. 

Bu  so’zlardan  so’ng,  quyida  turg’un  yulduzlar  orasidagi  masofani 

tavsiflashda  osmonda  ko’rinuvchi  eng  kichik  turg’un  yulduz  ham  o’lchovi 

bo’yicha  Yerdan  katta  ekanligini  va  eng  kichik  yulduzlar  osmonda  nuqtadek 

ko’rinishini  aytamiz.  Yerning jismi eng  kichik  yoritgichlar  jismidanham  kichkina 

bo’lgani  uchun  osmonning  o’lchami  oldida  uning  o’lchami  hisobga  olinmaslik 

darajada sezilarli emas. 

Yer olamning o’rtasida, xuddi markazdek, uni hamma tomondan havo o’rab 

olgan.  Osmon  ham  kurra  singari  havo  bilan  o’ralgan.  Yerning  o’lchami  osmon 

o’lchamiga nisbatan kichkina doiradek, nuqtadir.”

14

 

Al-Farg’oniy ushbu asarida qabul qilgan bayon qilish uslubi shu qadar sodda 



va ravshanki, bunda geometrik shakllar va hisoblashlarga hojat sezilmadi. 

Aniqlanishicha,  Shundan  so’ng  al-Farg’oniy  o’zi  tanlagan  sodda  usul  bilan 

osmon  sferasidagi  eng  asosiy  doiralar  tushunchasini,  ya’ni  hozirgi  ibora  bilan 

aytsak,  ekliptik  va  ekvatorial  koordinatlar  tushunchasini  kiritadi.  Buni  u 

“osmonning  birinchi  ikki  harakati  haqida  ulardan  biri  butun  olamning  sharqdan 

g’arbga  yo’nalgan  harakati  bo’lib,  uning  natijasida  tun  va  kun  ro’y  beradi, 

ikkinchisi  sayyoralarning  harakati  bo’lib,  u  ekliptika  bo’ylab  g’arbdan  sharqqa 

yo’nalgan ko’rinadi” deb yozgan. 

                                                

13

 Матвиевская Г.П Ал-Фeргани выдающийся ученый средневсковья – Ташкент; Oqituvchi 1998 yil 



14

 A.Ahmedov “Ahmad al-Farg’oniy” 82-85-betlar. 



 

 

47 



“Biz  osmonning  shakli  va  Yer  haqida  bayon  qilganimizdan  so’ng  endi 

osmonning birinchi ko’rinma harakatlaridan hosil bo’ladigan narsalarga ham tatbiq 

etadi.  Aytadiki,  osmonda  ko’rinadigan  birinchi  harakatlar  ikkitadir.  Ulardan 

birinchisi  butun  olam  harakati  bo’lib  uning  natijasida  tun  va  kun  ro’y  beradi. 

Quyosh,  Oy  va  barcha  yoritgichlar  kecha-kunduzda  sharqdan  g’arbga  qarab  to’la 

bir  marta  va  bir  xil  holatda,  ikkala  qo’zg’almas  qutb  atrofida  bir  xil  tezlikda 

aylanib chiqadi.  Birinchi  harakatning qutbidan biri  – shimoldagisi shimoliy  qutb , 

unga  qarama-qarshi  ikkinchisi  –  janubdagi  janubiy  qutb,  deb  ataladi.  Yoritgichlar 

bu  harakat  bilan  o’z  parallel  doiralari  bo’ylab  harakatlanadi,  shu  doiralardan  eng 

kattasi  osmon  ekvatori  deb  ataladi.  U  birinchi  harakat  mintaqasi  ham  deyiladi,  u 

osmon  kurrasini  teng  ikki  bo’lakka  ajratadi.  Mintaqaning  har  ikkala  qutbdan 

masofasi aynan bir xil bo’ladi 

Uning  osmon  ekvatori  deyilishiga  sabab  ,  quyosh  undan  o’tayotganda 

yerning  hamma  joyida  tun  bilan  kun  tenglashadi.  Ikkinchi  harakat  shuki,  bunda 

Quyosh  va  yoritgichlar  birinchi  harakat  yo’nalishiga  qarama-qarshi  o’laroq, 

g’arbdan  sharqqa,  birinchi  harakat  qutblaridan  boshqa  ikki  juft  qutblar  atrofida 

harakatlanadi.  Mana  shu  boshqa  qutblardan  barobar  uzoqlikdagi  katta  doira 

ikkinchi harakat mintaqasi bo’lib, burjlar falaki o’rtasining doirasi deb ataladi. Bu 

Quyoshning  g’arbdan  sharqqa  qarab  o’ziga  xos  harakatida  chizadigan  doirasi 

bo’lib, u burjlar deb ataladigan o’n ikkita teng bo’lakka ajratiladi. Ularning ismlari: 

Hamal,  Savr,  Javzo,  Saraton,  Asad,  Sunbula,  Mezon,  Aqrab,  Qavs,  Jadiy,  Dalv, 

Hut.  Har  bir  burj  o’ttiz  darajaga  taqsimlanadi.  U  holda  barcha  doira  uch  yuz 

oltmish daraja bo’ladi. Har bir daraja oltmish daqiqadir. 

Qat’iy  qilib  aytish  kerakki,  ekliptika  doirasi  osmon  ekvatori  bilan  qarama-

qarshi ikki nuqtada kesishadi  hamda undan shimol va janub yo’nalishlarida bir xil 

miqdorda og’adi. Quyosh osmon ekvatorining janubidan shimoliga o’tganida kesib 

o’tadigan  nuqta  –  bahorgi  tenglik  nuqtasi  deyiladi.  U  hamal  burjining  boshi. 

Ikkinchi nuqta Quyosh ekvatorning shimolidan janubiga o’tganida kesib o’tadigan 

nuqta,  u  kuzgi  tengkunlik  nuqtasi  deb  ataladi.  U  Mezonning  boshi.  Osmon 


 

 

48 



ekvatoridan  shimoldagi  oltitasi  shimoliy  burj  bo’lib,  ular  Hamalning  boshidan 

Sunbulaning  oxirigacha,  oltitasi  janubiy  burj  bo’lib,  ular  Mezonning  boshidan 

Hutning oxirigacha. 

Osmon  falakida  shimoldan  janubga  qarab  yotuvchi  uchinchi  doira  hosil 

bo’ladiki, u o’sha ikki doiraning qutblaridan o’tadi  va bu ikkala doira qutblaridan 

o’tuvchi  doira  deb  ataladi.  U  osmon  ekvatorini  ham,  ekliptikani  ham  teng  ikki 

qismga bo’ladi. 

Haqiqatan, u ekliptika bilan ikkita shunday nuqtada kesishadiki, bu nuqtalar 

og’ish  chegaralari  bo’lib,  ular  ekvatorning  har  ikki  –  shimol  va  janub  tomonidan 

ekvatordan  teng  masofada  bo’ladilar.  Shimoliy  nuqta  –  yozgi  Quyosh  turish 

nuqtasi  deb  ataladi.  U  Saraton  burjining  boshida  bo’ladi.  Janubiy  nuqta  qishki 

Quyosh turish nuqtasi deyiladi va u Jadiyning boshida bo’ladi. 

Shu qutblardan o’tuvchi doirada yotgan ikki Quyosh turish nuqtalarining har 

biri  bilan  ekvator  orasidagi  yoy  ekliptikaning  ekvatorga  og’ishi  miqdoridir.  U, 

Ptolomey  aniqlaganidek,  agar  uch  yuz  oltmish  qismga  bo’lingan  bo’lsa,  yigirma 

uch daraja va ellik bir daqiqaga teng bo’lgan. 

Harakatlanuvchi  yoritgichlar  ekliptika  qutblari  atrofida  g’arbdan  sharqqa 

o’ziga  xos  tezlikda  va  barcha  tebranishlar  bilan  aylanadi.  Qolgan  yoritgichlar 

sharqdan  g’arbga  birinchi  tur  harakatda  bo’ladilar.  Qutblardan  o’tuvchi  doira 

birinchi  tur  harakatni  takrorlaydi.  Ekvatorning  qutblari  birinchi  tur  harakatda 

qo’zg’almasdir,  ya’ni  harakatlanmaydi, ekliptikaning qutblari esa ekvator qutblari 

atrofida  birinchi  harakat  bilan  aylanadi  va  ularning  ikkalasi  ham  ikkala  orbita, 

ya’ni ekvator va ekliptika qutblaridan o’tgan doirada joylashadi ”. 

Al-Farg’oniy  talqinida osmonning birinchi, ya’ni  g’arbiy  harakati,  aslida bu 

osmonning  ko’rinma  harakati  bo’lib,  Yerning  haqiqiy  aylanishiga  ko’ra  sodir 

bo’ladi.  Osmonning  ikkinchi  –  sharqiy  harakati  esa  sayyoralarning  qo’zg’almas 

yulduzlarga  nisbatan  ko’rinma  harakati  bo’lib,  sayyoralarning  harakatiga  ko’ra 


 

 

49 



sodir bo’ladi.

15

 



Shunday  qilib,  Ahmad  al-Farg’oniy  tabiatshunoslik  falsafasiga  o’zining 

ilmiy tadqiqotlari  bilan  ulkan  hissasini  qo’shadi.  Uning  tabiiy  va  ilmiy  qarashlari 

nihoyatda boydir.   

 


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish