Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va tarix fakulteti falsafa kafedrasi


 Ahmad al-Farg’oniyning hayoti va ijodi



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana05.03.2020
Hajmi0,66 Mb.
#41634
1   2   3   4
Bog'liq
ahmad al-fargoniyning tabiiy va ilmiy qarashlarining falsafiy ahamiyati


1.2 Ahmad al-Farg’oniyning hayoti va ijodi    

O’rta asrlarda yashagan Markaziy Osiyolik olimlar orasida buyuk astronom 

riyozidon(matemika)  va  jug’rofiydon(geograf)  al-Farg’oniy  salmoqli  o’rin 

egallaydi.  Uning  to’liq  ismi  Abul  Abbos  Ahmad  Ibn  Muhammad  ibn  Kasir  al-

Farg’oniydir.  U  Farg’ona  vodiysining  Qubo  (Quva)  tumanida  tug’ilgan.  Quva 

shahri o’sha davrning madaniy –ilmiy markazlaridan bo’lgan. 20 yoshgacha Quva 

shahrida yashab, shu yerda ta’lim oladi. 

Aniqlanishicha, 

Al-Farg’oniy 

haqidagi 

biografik 

ma’lumotlar 

saqlanmaganligi uchun u qachon va qayerda tug’ilganligi, qayerda ta’lim olganligi 

haqida faqat taxmin qilishimiz  mumkin. U haqidagi eng so’nggi ma’lum sana 861 

yil bo’lgani  uchun shu sanadan so’ng  u ko’p yashamagan  ko’rinadi. Uning  vafoti 

865 yil atrofida deyish mumkin.  

VIII  asr  oxiri  va  IX  asr  boshlarida  Farg’onaning  poytaxti  Axsikant(yoki 

Axsi) edi va bu shaharni vodiyni nomi bilan Farg’ona, deyilardi. Axsikantda arab 

noibi turar edi, shuning uchun arablar uni poytaxt hisoblardilar. 

U  809-819  yillar  oralig’ida  Marvda  Abdulloh  al-Ma’mun  saroyida  boshqa 

qator olimlar bilan birga to’planganligi ma’lum. Bu o’n yilning qaysi pallasida al-

Farg’oniy  Marvga  al-Ma’mun  saroyiga  kelgani  haqida  esa,  quyidagi  mulohazani 

yuritish mumkin. 

Aniqlanishicha,  Al-Farg’oniy  Marvga  ketishidan  avval  Axsikantda  arab 

noibiga  yaqin bo’lgani ehtimol, aks holda al-Ma’munning ta’sir doirasiga tushishi 

amri  mahol  edi.  Lekin  u  aslida  Axsikantlik  emas.  Qubo  (Quva)lik  bo’lganligi 

ehtimolga  yaqin.  U  Farg’onaning  boshqa  shaharlariga  nisbatan  ancha  obod  edi.; 

hatto  ba’zilar  Quboni  Farg’onaning  ikkinchi  shahri,  deb  hisoblaganlar.  Suvga 

serobligi va bog’lari ko’pligi jihatidan u Axsikatdan ustun bo’lgan. 

Al-Farg’oniyning 1998 yilda 1200 yillik yubileyi munosabati bilan shaharda 

keng ko’lamda arxeologik qazishmalar olib borildi. 

Yuksak  madaniyatli  shaharlar  –  Qubo  yoki  Axsikatdan  kelib  chiqqan  al-

Farg’oniy  qadimgi  an’analarga  asoslangan  bilim  va  ma’lumotni  o’z  vatanida 


 

 

19 



olganiga  shubhalanmasa  bo’ladi.  Ana  shu  chuqur  bilimlari  tufayli  al-Ma’mun  uni 

o’z huzuriga taklif qilgan. 

 Tadqiq qilinjshicha, yosh, navqiron Ahmad olim sifatida Farg’ona zaminida 

shakllanadi.  Uning  nomi  o’sha  davrlardayoq  keng  tarqalib,  Marv  (  hozirgi 

Turkmanistonning  Mari)  shahriga  taklif  etiladi.  Ahmad  al-Farg’oniy  nomi  ko’p 

o’tmay,  ko’p  e’tibor  qozonadi.  Al-Farg’oniy  xalifa  Xorun  ar-Rashidning  sharqiy 

yerlaridagi  noibi, o’g’li  Abdullohning  (bo’lajak xalifa al-Ma’munning) Marvdagi 

olimlari  doirasiga  kirgan.  Marv  avvaldan,  Sosoniylar  davridanoq  yirik  ilmiy 

markaz  hisoblangan.  651  yili  eng  so’nggi  Sosoniy  shahonshoh  Yazidgard  ibn 

Shahriyor  arablar  taqibidan  qochib,  bu  yerga  kelganida  poytaxtdagi  kutubxona 

kitoblarini  ham  olib  kelganligi  ma’lum.  Marv  arablar  qo’l  ostida  ham  madaniy 

markaz  sifatidagi  o’z  mavqeini  yo’qotmadi,  aksincha  to  mo’gul  istilosigacha 

taraqqiy etib bordi. Xalifa Xorun ar-Rashid 809 yili Tusda to’satdan vafot etadi va 

uning vasiyatiga ko’ra, Bag’dodda taxtga o’g’li – Muhammad al-Amin nomi bilan 

o’tiradi. Saroydagi xurosonlik a’yonlar esa Abdullohni taxtni qol’ga  olishga da’vat 

etadilar. 811 yildan 813 yilgacha aka-uka Muhammad va Abdulloh O’rtasidagi taxt 

uchun olib borilgan kurash Abdullohning  g’alabasi bilan tugaydi va al-Amin qatl 

qilinadi.  O’sha  yili  Abdulloh  taxtga  al-Ma’mun  nomi  bilan  o’tiradi.  Lekin  u 

Bag’dodga bormay 819 yilgacha Marvda yashaydi. Natijada, Marv 813 yildan 819 

yilgacha  xalifalikning  vaqtincha  poytaxti  bo’lib  turadi.  819  yili  al-Ma’mun  butun 

saroy  a’yonlari  va  ulamolari  bilan  birga  Bag’dodga  ko’chadi.  Ular  orasida  al-

Farg’oniy ham bor edi. Xorun ar-Rashiddan keyin Abdulloh al-Ma’munning yirik 

allomalarni  o’zi  bilan  birga  Marvdan  Bag’dodga  olib  kelishi  va  donishmandlar 

uyining  tashkil  qilinishidagi  tashabbusi  Abdulloh  al-Ma’munning  ham  ancha 

ma’rifatparvar bo’lganligini ko’rsatadi. 

Ma’lumki,  Markaziy  Osiyolik  olimlar,  jumladan  Muhammad  Xorazmiy, 

Ahmad  Farg’oniy,  Abbos  ibn  Said  Javhariy  va  Ahmad  ibn  Abdulloh  Marvaziy 

kabi  ko’plab  olimlarimiz  Yevropa  adabiyotlarida  arab  olimlari,  deb  nomlanib 

kelindi.  Ehtimol  buning  sababi  o’sha  davrlarda  arab  imperiyasining  kuchaygan 


 

 

20 



davri bo’lishi, bundan  tashqari,  islom dini Markaziy  Osiyoga Qutayba tomonidan 

yoyilishi  natijasida  arab  tilining  asosiy  adabiy  va  aloqa  tili  bo’lib  qolishi  sababli 

allomalarimizning asarlari ham arab tilida yozilganligi sabab bo’lgandir. 

Al-Farg’oniyning  Misrga  qanday  qilib  kelib  qolganligini  Ashraf  Ahmedov 

shunday izohlaydi. “Ma’lumki, al-Ma’mun Marvdan Bag’dodga nafaqat olimlarni, 

g’ulomlari bo’lmish turk askarlarini ham olib kelgan edi. Bag’dodga kelishi bilan u 

ma’lum ma’noda askarlarni turklashtirdi: ana shu turk askarlaridan lashkarboshilar 

tayinladi.  Xalifa  turk  g’ulomlaridan  biri  Buxorolik  To’lunni  Suriya,  Falastin  va 

Misrdagi  lashkarboshilarning  amiri  etib  tayinladi.  Uning  o’gli  Ahmad  esa  Suriya 

va Misrni mustaqil, deb e’lon qilib, To’luniylar sulolasiga asos soldi. Al-Xorazmiy 

xalifa al-Ma’munnig yaqin odami va maslahatchisi bo’lgani kabi al-Farg’oniy ham 

T’olunning  yaqin  odami  bo’lishi  mumkin  yoki  “Ahmad  Farg’oniyning  osmon 

yoritgichlarining  ko’tarilish  vaqtlarining  har  xil  joylarda  turlicha  bo’lishi,  tutilish 

sabablari  va  tutilishlarning  vaqtlarini  oldindan  belgilash  kabi  ishlari  o’sha 

vaqtdayoq keng tarqaldi. Ahmad  Farg’oniyning al-Ma’mundan keyin, Mutavakkil 

zamonida  (846-862)  Nil  daryosining  suvini  o’lchaydigan  yangi  o’lchov  asbobini 

(Miqyos jadidni) ixtiro qilishi uning shuhratiga yana shuhrat qo’shdi.  ”  

Afsuski, shuhrati butun olamga tanilgan,  Muhammad Xorazmiylar bilan bir 

qatordan  joy  olgan  buyuk  bobokalonimizning  ulug’  kashfiyotlari  haqida 

ma’lumotlarning  hozirga  qadar  o’z  Vatanida  va  o’z  ona  tilida  yo’qligi,mahrum 

qilib turibdi. O’z xalqini uning merosidan Ahmad Farg’oniyning ijodi ham boshqa 

allomalarimiz kabi ko’p qirrali bo’lganligida hech shak- shubha yo’q. 

O’ylaymizki,  Al-Farg’oniyning  ijodi  va  ilmiy  merosiga  kelsak,  uning 

asarlari nomlari dalolat berishicha, ular asosan astronomiyaga bag’ishlangan.   

Ahmad  Farg’oniy  asarlaridan  astronomiyaga  oid  bo’lgan  faqat  quyidagi 

sakkiz  asarning  yetib  kelganligi,  ularning  zamonaviy  tillardagi  tarjimasining 

yo’qligi  yana  ham  achinarli.  Ular  quyidagilardir:  “Astronomiya  asoslari  haqida 

kitob”, “Astrolyabiya yasash haqida kitob”, “Astrolyabiya bilan amal qilish haqida 

kitob”,  “Al-Farg’oniy  jadvallari”,  “  Oyning  Yer  ustida  va  Yer  ostida  bo’lish 


 

 

21 



vaqtlarini aniqlash haqida risola”, “Quyosh soatini yashash haqida kitob” va “Al –

Xorazmiy zijining nazariy qarashlarini asoslash ”. Bu qo’lyozmalarning va ulardan 

ayrimlarining  chet  tillardagi  tarjimasining  ham  bizda  yo’qligi  nihoyatda 

achinarlidir. 

Manbalardan  ma’lum  bo’lishicha,  Ahmad  Farg’oniyning  hozircha  ma’lum 

bo’lgan  va  yuqorida  nomlari  keltirilgan  asarlaridan  faqat  ikkitasi,  “Astronomiya 

asoslari haqida kitob” va “Astrolyabiya yashash haqida kitob” XII asrdan boshlab 

dastlab ispan va lotin tillariga tarjima qilingan. 

Shunday  qilib,  xalifalikda  VIII  asr  oxiri  va  IX  asrda  fan  hamda  madaniyat 

sohasidagi  ulkan ko’tarilish asosan  xalq  ommasi ongi  va tafakkuridagi progressiv 

o’zgarishlar tufayli yuz bergan edi. 

Al-Farg’oniy yashagan davr – ijtimoiy-siyosiy hayotda suronli voqealar, fan 

va madaniyatda ulkan ko’tarilish davri edi. 

Olimning  o’ziga  kelsak,  al-Farg’oniy  nomi  tarixda  ma’lum  bo’lishiga 

qaramay, uning  haqida  ma’lumot deyarli saqlanmagan. Uning  hayoti  haqida  faqat 

bir  sana  –  861  yil  eslatiladi:  al-Farg’oniy  o’sha  yili  xalifa  al-Mutavakkil  farmoni 

bilan  Qohirada  Nil  daryosidagi  Ravzo  orolida  miqyos  –  suv  sathini  o’lchovchi 

asbob yasaydi.  

Abu  Rayhon    Beruniyning  bir  xabariga  ko’ra,  Bag’dod  rasadxonasining 

ishida  Yahyo  ibn  Abu  Mansur,  al-Xorazmiy  va  boshqa  olimlar,  Damashq 

rasadxonasida  esa  Xolid  ibn  Abdumalik  va  al-Farg’oniy  Suriya  shimolida,  Sinjor 

sahrosida  832-833  yillarda  Tadmur  va  ar-Raqqa  oralig’ida  yer  meridiani  bir 

darajasining uzunligini o’lchashda ishtirok etganini ham aytgan. Al-Farg’oniyning 

hayoti haqidagi eng so’nggi va eng aniq xabar 861 yil bilan bog’lanadi. U shu yili 

Qohira  yaqinidagi  Ravzo  orolida  nilometrni,  ya’ni  Nil  daryosi  suvi  sathini 

belgilovchi uskunani yasagan yoki ta’mirlagan. 

Bilshimizcha, Ahmad al-Farg’oniy ko’plab qomusiy asarlar muallifi ekanligi 

tarixiy manbalarda qayd etilgan. Biroq uning ba’zi ishlari bizgacha yetib kelmagan. 

Shunga  qaramasdan,  mavjud  asarlarning  o’zi  ham  olimning  yirik  ilmiy 


 

 

22 



salohiyatidan  darak  beradi.  Jumladan,  al-Farg’oniyning  osmon  jismlarini 

o’rganuvchi usturlob qurulmasi haqida qisqa risolasi, “Kitob usul al-falak”, “Kitob 

al-fusul  ixtiyor  al-Majistiy”,  “Kitob  javome  ilm  an-nujum  val-harakat  as-

samoviya” singari asarlari ma’lum. 

Ahmad  al-Farg’oniyning  “Kitob  javome’  ilm  an-nujum  val-harakat  as-

samoviya” asari  uning eng  muhim  ilmiy ishlaridan biri  hisoblanadi. Bu asarni al-

Farg’oniy 840 yil atrofida yozgan, chunki kitob ichida shu sana qalamga olingan. 

Asar  XII  asrda  ikki  marta  lotin  tiliga  va  bir  marta  yahudiy  tiliga  tarjima  qilingan. 

Birinchi  lotincha  tarjimani  1145  yili  seviliyali  Ioann  va  ikkinchisini  1175  yili 

kremonalik  Gerardo  bajargan.  Yahudiycha  tarjimani  Yakob  Anatoli  bajargan.  Asr 

Ovrupo Renessansi davrida va undan biroz so’ng bir necha marta nashr etilgan va 

u  yerda  uzoq  muddat  astronomiyadan  asosiy  qo’llanma  vazifasini  bajargan.  Bu 

asar  arab  olimi  Ibn  an-Nadimning  “Kitob  al-Fihrist”  risolasi  bibliografiyasiga 

kiritilgan va sharhlangan. Al-Farg’oniyning mazkur asari taxminan 5000 sahifadan 

iborat  bo’lgan.  Uninng  nusxasi  hozirda  Istanbuldagi  Ayo  Sofiya  muzeyida 

saqlanadi. Bu asarga allomaning zamondoshi Abdulaziz al-Qubaysiy batavsil sharh 

yozgan. 

O’ylaymizki,  Ahmad  al-Farg’oniy  o’zining  falakiyot  ilmiga  oid  asarlari 

bilan  G’arbda  astronomiya  maktabining  shakllanishi  jarayoniga  katta  ta’sir 

ko’rsatdi.  Uning  osmon  jismlari  harakatlariga  bag’ishlangan  risolalaridan 

foydalangan  g’arblik  olimlar  keyinchalik  astronomiya  sohasida  katta  kashfiyotlar 

qilib, olamshumul nazariyalar yaratishdi. 

Ta’kidlaganimizdek,  Amad  al-Farg’oniy  arab  tilida  astronomiya,  jug’rofiya 

va matematikaga oid bir necha asarlar yozgani va ular yuqori ilmiy ahamiyatga ega 

bo’lishiga  qaramay,  ko’pchiligi  bizgacha  yetib kelmagan,  deb  ta’kidlaymiz.  Olim 

ilmiy merosidan qo’lyozma shaklida yetib kelganlari quyidagilar bo’lib, ular Sharq 

va G’arbning yirik kutubxonalarida saqlanmoqda. 

“Kitob  fi  javome’  ilm  an-nujum  va  usul  harakat-is-samoviya”  (“Yulduzlar 

ilmining  jami’va  samoviy  harakatlar  usuli  haqida  kitob”).  Bu  asar  “Kitob  ilal  al-


 

 

23 



aflok”  (“Falaklar  sabablari  kitobi”)  nomi  bilan  ham  yuritiladi.  U  yana 

“Almajistiyga  bag’ishlangan    astronomik  risola”,  “Falak  sferalari  sababiyati”, 

“Almajisti”, “Ilm al-hay’a” (“Astonomiya  ilmi”) nomlari bilan ham ataladi. Kitob 

lotin  tiliga  tarjima  qilinib,  1669  yili  nashr  etilghan.  Uning  qo’lyozmalari  Berlin, 

London,  Parij,  Mashhad,  Tehron,  Marokosh,  Misr,    Sank-Peterburgda 

saqlanmoqda. 

“Kitob  al-kolmil  fi-l-usturlob”  (“Usturlob  haqida  mukammal  kitob”).  Bu 

asarning  uchta  qo’lyozma  nusxasi  Berlin  qirollik  kutubxonasida  saqlanmoqda. 

V.Alvardning  1893  yili  Berlinda  chop  etilgan  Berlin  qirollik  kutubxonasida 

saqlanayotgan arabcha qo’lyozma fihristida bu risola haqida shunday deyilgan: Bu 

asarning  birinchi  qo’lyozma  nusxasi  “Al-Farg’oniyning  usturlob  haqida 

mukammal  kitobi”  deb  nomlangan.  Al-Farg’oniy  bu  asarini  xalifa  Al-Ma’mun 

davrida  taxminan  815  yili  yozgan  bo’lib,  unda  hali  hech  kim  tomonidan  maxsus 

asar yozilib, mufassal yoritilmagan “astrolyabiya” asbobi va bu asbob bilan bog’liq 

bo’lgan  masalalar  yetti  bobda  yoritilgan.  Bu  birinchi  nusxa  noma’lum  kotib 

tomonidan taxminan 1494 yili ko’chirilgan. Asarning ikkinchi nusxasi “Ahmad ibn 

Muhammad ibn Kasir al-Farg’oniyning astrolyabiya san’ati haqida kitobi”, bo’lib, 

birinchi nusxadan kamroq farq qiladi. Bu nusxani 1376 yili Muhammad ibn Yoqut 

ibn  Ali  al-Molikiy  ko’chirgan.  Risolaning  uchinchi  nusxasi  “Usturlob  san’ati  va 

uning  dalillari  haqida  kitob”  deb  atalib,  bu  nusxada  V-  bobdan  oldin  jadvallar, 

jadvallardan  so’ng  qolgan    V-VII  -  boblar  keladi.  Bu  nusxa  1381  yili  Ali  ibn 

Homid Abu Bakr al-Buvaytiy tomonidan ko’chirilgan.   

Jumladan,  “Risolat  fi  ma’rifat-il-avqot  al-lati  yakunu-l  qamar  fiho  favq  al-

arzi  av  tahtiha”  (“Oy  yer  ustida  yoki  uning  ostida  bo’lgan  paytdagi  vaqtlarni 

o’rganish haqida risola”). Asarning bir nusxasi Qohirada saqlanmoqda. 

“Hisob al-aqolim as-sab’at” (“Yetti iqlim hisobi”). Bu asarning ham bir qo’l 

yozmasi Gotada, biri Qohirada saqlanmoqda. 

“Kitob  amal-il  ruxomot”  (“  Astronomik  asboblarda  marmarning  xizmat 

kitobi”) kabi asarlari bor. 


 

 

24 



Yuqorida  ko’rinib  turibdiki,  al-Farg’oniyning  birorta  asari  O’zbekiston 

kubxonalarida yo’q. 

Ahmad Farg’oniy asarlari u yashagan davrdan boshlab hozirgacha Sharq va 

G’arb  olimlari  tomonidan  yuqori  baholanib,  ulardan  ko’pchilik  olimlar  o’z  ilmiy 

asarlarida  foydalanadilar.  903-913  yillari  ijod  etgan  eronlik  geograf  Abu  Ali 

Ahmad  ibn  Umar  ibn  Rusta  “Al-A’loq  an-nafis”  (“Nafis  javohirlar”)  asarida  al-

Farg’oniy asarlariga suyangan. 

Damashq  va  Bog‘dod  shaharlarida  zikr  qilingan  va  boshqa  iste’dodli 

olimlarning jo‘g‘rofiy vaziyatlar nuqtalari haqidagi ilmiy ma’lumotlar, shuningdek 

al-Ma’mun  davrida  Bog‘dod  hamda  Damashqdagi  ilmi  falakkiyot  bo‘yicha 

kuzatishlari  “Az-zij  ul-Ma’mun  al-Mumtaxana”  (al-Ma’munning  tekshirilgan 

jadvallari)  nomi  ostida  butun  Ovro’pa  va  boshqa  chet  mamlakatlarda  belgili.  Bu 

asar haqida Ahmad Farg‘oniy “Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi 

haqida  kitob”da  xabar  bergan.  Shu  mo‘tabar  ma’lumot  orqali  Ovro’pa  olimlari 

“Ma’mun  ziji”  asarining  ma’no  va  mazmuni,  ilmiy-nazariy  yo‘nalishi,  tadqiqot 

maqsadi va hal qilingan fan muammolarini bilib olishgan. 

Shunigdek, Ahmad  Farg‘oniy  falakkiyot ilmi bilan  muttasil shug‘ullandi  va 

qator  ilmiy-nazariy  asarlar  yaratdiki,  ular  ilm  olamining  diqqat-e’tiborini  tortdi. 

Olimning “Kitobu amal ar-Ruxomot”, “Kitobu ilal-al aflok” (“Falakda bo‘ladigan 

sabablar  haqida  kitob”),  “Al-madhal  ila  ilmi  hay’at  al-aflok  va  an-nu-jum” 

(“Falakkiyot va ilmi nujum faniga kirish”) singari risolalari shular jumlasidandir. 

Ayrim tadqiqotchilarning xabar berishiga qaraganda, Ahmat Farg‘oniy faqat 

ilmiy kuzatuvchi va tadqiqotchi bo‘lib qolmay, balkir rasadxona uchun kuzatuvchi 

va tadqiqotchi bo‘lib qolmay, balki rasadxona uchun maxsus asbob-uskunalar ham 

yaratilgan. Shu ishlar natijasi o‘laroq olim va amaliyotchi muhandis “Al-komil fi-

usturlob”  (“Astrolyubiya  haqida  mukammal  bilimlar”),  “Fi-san’at  va  usturlob” 

(“Astrolyubiya  yasash  san’ati  haqida”)  kabi  amaliy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  ikki 

asar  yozgan.  Risolalar  mavzu  va  mazmunlaridan  Ahmad  Farg‘oniyning 

chizmachilik  san’ati  va  sir-sinoatini  puxta  bilgani  yaqqol  ko‘zga  tashlanadi. 


 

 

25 



Chunki  asbob-uskunalar  dastlab  qog‘ozga  chizma  holda  tushiriladi,  keyin  amaliy 

mehnat va tajribalar orqali jism sifatida shakllantirildi. 

Aniqrog‘i,  Ahmad  Farg‘oniy  “Falakkiyot  asoslari”  nomli  ilmiy-nazariy 

jihatdan  mukammal  kitobi  bilan  shuhrat  qozondi.  Akademik  T.N.Qori-niyoziy 

so‘zlari bilan aytganda, o‘sha asar “astronomik bilimlarning o‘ziga xos qomusidir”. 

Yana  bir  narsani  ta’kidlash  lozimki,  “Falakkiyot  asoslari”  nomli  asarida 

muallifning  va  boshqa  olimlarning  shu  sohadagi  namunali  ishlari  va  ularning 

muvaffaqiyatlari  asosli  ravishda  izchil  yoritilgan.  Shuningdek,  Ahmad  Farg‘oniy 

tomonidan  muqaddam  ahli  ilm  tadqiq  ishlari  qiyosiy    o‘rganilgan.  Demak,  bu 

risoladan Ahmad Farg‘oniyga  qadar yashab ijod etgan olimlar asarlari to’g’risida 

ham tegishli ilmiy va nazariy ma’lumotlar olish mumkin. 

Ahmad  Farg‘oniyning  har  qanday  maqtovlarga  muhtoj  bo‘lmagan    asarlari 

o‘zidan  keyingi  dunyo  olimlariga  qo‘llanma  sifatida  xizmat  qildi  va  xizmat 

qilmoqda.  Xuddi  shu  ma’noda  buyuk  olimni  ajib  muallif  va  pedagog  sifatida 

qadrlaymiz. 

Yevropada  Al-Farg‘oniyning  ilmiy  asarlari  Xorazmiy,  beruniy,  Ibn 

Sinolarningqatorida  ijod  qilgan  degan  fikr  tug‘ilgan.  Farg‘oniyshunoslik  asrlar 

davomida fanda muhim ilmiy ishlar qatorida o‘irn tutadi. Al-Farg‘oniyning fikrlari 

Attor,  Brauniul,  Videman,  Vist,  Vernett,  Gavani,  Gerxard,  Gool,  Golius,  Zuter, 

Dante,  Delembr,  Kampagni,  Karmodi,  Kennedi,  Karistman,  Mjik,  Regiomontan, 

Reynaud,  Sarton,  Sevil,  sezgin,  Frank,  Xispalensis,  Xogeydaik,  Shener,  Shiller, 

Shneynshneyder,  Yakubes  kabi  buyuk  olimlar  e’tiborini  qozongan.  Bizning 

asrimizda  Al-Farg‘oniy  ijodi  bilan  V.Bartold,  I.Kraskovskiy,  T.Qori-Niyozov,  I. 

Muminov, P.Bulgakov, B.Rozenfeld,A.Yushkevich, B. Axmedov, G.Matvievskaya, 

I.Dobrovolskiy,M.Xayrullaev,N.Senrgeyeva,A.Axmedov,A.Qayumov,F.Sulaymon

ov shug‘ullanganlar va shug‘ullanib kelmoqdalar. 

Guvohi  bo’lganimizdek,  Ahmad  al-Farg’oniy  tabiiy  va  ilmiy  qarashlari 

nihoyatda  boy.  Uning  tabiiy  va  ilmiy  qarashlaridagi  falsafiy  mushohadalarning 

ahamiyati katta. U tabiatshunoslik falsafasiga ham o’z hissasini qo’shgan.  


 

 

26 



Shu  o’rinda,  Ahmad  al-Farg’oniy  haqida  adabiyotshunoslardan  Olimjon 

Bo’riyev unga bag’ishlab doston yozgani diqqatga sazovor. 

Bu foniy olamda ko’plab kashfiyot  

Bo’lgandi, valekin ilmi samovot, 

Islomiy davrda topdi inkishof –  

Desak sanalmagay azizlar hech lof! 

Hijriy yil hisobi ikki yuz o’n to’rt, 

Bag’dodda boshlandi ilk tadqiqot mo’rt. 

Jug’rofiya ila falakiyot bas, 

Ko’plab olimlarda  uyg’onib havas, 

Shu ish bilan ular bo’lishib mashg’ul, 

Shu haqda qilishib fikru taxayyul! 

Oradan uch yilcha o’tgandan so’ng, 

Damashqda bu ishlar topdi rivoj cho’ng. 

Milodiy sakkiz yuz o’ttiz ikki yil, 

Ilmiy izlanishlar qilindi dalil. 

“Baytul- hikma” dagi ko’plab ulamo, 

Bo’ldi bu ishlarga bosh-qosh rahnamo! 

Xususan Farg’oniy ila Xorazmiy  

Ila qizir edi anjuman bazmi. 

Ma’rifat mash’ali xalifa Ma’mun, 

Ko’p mablag’ ajratib bu ishlar uchun, 

Vaqtini ayamay Damashq-Bag’dodda, 

Ishtirok etardi har tadqiqotda!  

 

 

 



 

 


 

 

27 



 II-bob Ahmad al-Farg’oniyning tabiiy va ilmiy qarashlari  

2.1 Ahmad al-Farg’oniy tabiiy va ilmiy qarashlarining falsafiy tahlili 

Guvohi bo’lganimizdek, Ahmad al-Farg’oniyning tabiiy  va  ilmiy qarashlari 

juda  ham  boy.    Uning  asosiy  tadqiqot  mavzusi  astronomiya,  jug’rofiya  va 

geodeziya sohalarida edi. U ilmiy ishlar bilan bir qatorda, muhandislik, me’morlik 

va  irrigatsiya  sohalarida  ham  katta  tadbirga  bosh  bo’ldi.  U  me’mor,  suv  injeneri, 

to’g’on  qurish  mutaxasisi  bo’lmasada,  uning  boshchiligida  qilingan  ishlar  o’sha 

davr  fanining  eng  ilg’or  g’oyalariga  asoslangan  edi.  O’z  tadqiqotlarining 

natijalarini  arab,  eron,  yunon,  fors,  Misr  va  boshqa  mamlakat  olimlarining  ilmiy 

xulosalari bilan solishtiradi. Farg’oniy fikricha, osmon doiraga o’xshashdir, negaki 

samoviy  jismlarning  burchakli  harakatlari  tezligi  bir  xildir.  Yer  ham  doiradir. 

Uning kattaligi osmon diametriga  nisbatan ozginadir.  Bu shu bilan tasdiqlanadiki, 

inson hamisha osmonning teng yarmini ko’radi.  

Aniqlanishicha,  Ptolomeyda  Quyosh  va  Oy  bilan  Yer  orasidagi  masofa 

haqida ma’lumot berilganligi al-Farg’oniyga ma’lum edi. Al-Farg’oniy sayyoralar 

va  yulduzlar  masofalarini  ularga qo’shdi.  Oy  va Quyosh tutilishlarini tatbiq qilib, 

voqealar  vaqt oralig’ini  aniqlab  berdi.  Shundan  so’ng  astronomiya  fani kelgusida 

sodir bo’ladigan voqealar ilmiga aylana boshladi. 

Hali  geliotsentrizm  sharpasi  yo’q  zamonda  al-Farg’oniy,  Yer  eng  kichik 

yulduzdan  ham  kichikdir,  degan  fikr  bilan  maydonga  chiqdi  va  unga  asos  qilib, 

Yer  radiusi  Osmon  radiuslaridan  juda  ozligini  aytdi.  Yer  shari  go’yo  bir  nuqta 

bo’lib,  uning  kata  kichikligini  bilish  uchun  yerning  diametrini,  binobarin,  uning 

meridian  uzunligini  o’lchash  nihoyatda  murakkab  nazariy  va  amaliy  masala 

ekanligi aniq edi. Al-Farg’oniyning bu ishiga Beruniy ham yuqori baho bergan. 

Jumladan, u Dajla daryosiga tutashgan, tarixda Ja’fariya nomi bilan atalgan 

kanalning  qazilishida  rahbarlik  qilgan.  Shuningdek,  861  yida  Fustotda  (Qohira 

shahrining  qadimiy  nomi)  barpo  etilgan  nilometr  (Nil  daryosi  sathini  o’lchash 

uchun mo’ljallangan inshoot) ham o’z davrida tengi yo’q edi. Alloma bu qurilishga 

o’zining  shaxsiy  mablag’larini  ham  sarfladi.  Vujudga  kelgan  inshoot  Misrda 



 

 

28 



dehqonchilik,  soliq  tizimi  sohalarida  islohotlarni  amalgam  oshirishga  sharoit 

yaratdi.  Hokimiyat  nilometrdan  dehqonlardan  olinadigan  soliq  miqdorini 

belgilashda foydalandi. 

Ahmad  al-Farg’oniy  va  Xristofor  Kolumb  o’rtasida  o’ziga  xos  sirtqi 

munosobat  vujudga  kelgan.  Xristofor  Kolumbning  shaxsiy  kutubxonasida 

Farg’oniyning  kitoblari  va  chizgan  xaritalari  ham  mavjud  bo’lgan.  Bunga  sabab 

Kolumbning  xotini  Portugal  sayyohlaridan  birining  qizi  bo’lgan.  Portugallar 

azaldan  arab  xaritalaridan  foydalanishgan.  Umuman,  Yevropa  sayyohlari  orasida 

al-Farg’oniy  tuzgan  xaritalar  o’z  mufassalligi  va  aniqligi  bilan  shuxrat  qozongan 

hamda e’tiborli manbalardan bo’lgan. 

Al-Farg’oniy  Bag’doddagi  Ma’mun  akademiyasidagi  faoliyati  davomida 

rasadxonada ishlaydi. 1022 dan ortiq yulduz va sayyoralar ro’yxatga olinib, ularga 

xarita  tuziladi.  Olim  koinotni  ilmiy  o’rganish  va  tahlil  etishning  yangi  usullarini 

o’ylab topadi, ularni amaliy qo’llash bobida katta muvaffaqiyatlarga erishadi. 

Astronomik  tadqiqotlar  olib  borishda  olim  o’zidan  avval  o’tgan  barcha 

allomalarning  mavjud asarlarini ilmiy tahlildan o’tkazadi. Shu bilan birga qadimgi 

yunon  olimlarining  asarlarini  mukammal  egalladi,  ularga  tanqidiy  yondashib, 

xatolarni asosli ravishda tuzatib chiqdi hamda mazkur fanlar rivojini yanada yuqori 

bosqichga  ko’tardi.  Ayniqsa,  Klavdiy  Ptolomeyning  “Sintaksis  Majesta”  (“Ulug’ 

tartibot”)  asari  unga  ko’mak  beradi.  Olim  mazkur  kitobni  ilmiy  o’rganib,  tahlil 

etibgina  qolmay,  balki  unga  sharhlar  ham  yozadi.  Ahmad  al-Farg’oniy  qadimgi 

yunon  olimlari  amalga  oshira  olmagan  ishni  bajaradi,  ya’ni  Yer  va  boshqa 

sayyoralar o’rtasidagi masofani aniqlab beradi. 

Ma’lum  bo’lishicha,  samoviy  jismlar  harakatini  Nyuton  va  Laplas  massa 

harakatining    dinamikasi  shaklida,  Kepler  geometrik  yo’sinda  bayon  etishgan 

bo’lsa,  al-Far’oniy  jadvallar  shaklida  izohlagan.  Jadvalning  fazilati  –  uning  jonli 

mushohadalik tabiatidir. 

Stereografik  proyeksiyalar  nazariyasining  kashfiyotchisi  al-Farg’oniydir. 

Quyosh, Oy, sayyoralar, yulduzlarning, binobarin, osmonning kelajak manzarasini 


 

 

29 



bilish 

uchun 


geometrik 

–  kinematik  usul  qabul  qilib  olinishida 

usturlob(astrolyabiya)  asbobining  ahamiyati  katta  bo’lgan.  Osmon  gumbazida 

mavhum  ravishda  joylashtirilgan  meridian,  ekvator,  ekliptika,  azimut,  koordinata 

o’qlari  va  tizimlari,  burchaklar,  nuqtalarning  doira  asbobga  proyeksiyalarini 

tushirish  ancha  qulayliktug’dirdi.  Bu  asbob  oldin  ham  bor  edi,  lekin  uning 

nazariyasini faqat al-Farg’oniy kashf etadi.  

Shuningdek, Sinjor sahrosida al-Farg’oniy va Movarounnahrlik boshqa qator 

olimlar ishtirokida olib borilgan o’lchashlar natijasida hozirgi ilm nuqtai nazaridan 

katta  aniqlikda  bo’lmasa  ham,  bu  ish  xalifa  al-Ma’mun  davrida  astronimiya  va 

matematik  geografiyaning  barcha  masalalari  bo’yicha  muntazam  ilmiy  izlanishlar 

olib  borilgan.  Al-Fa’rgoniy  bu  izlanishlar,  o’lchash  va  kuzatishlarning  faol 

qatnashchisi bo’lib, ularga maxsus asarlar bag’ishlagan. 

Atoqli  rus  sharqshunosi  I.  YU.  Krachkovskiy  manbalarni  sinchkovlik  bilan 

tahlil qilib chiqargan xulosaga ko’ra, al-Farg’oniy ishtirokida Sinjor sahrosida Yer 

meridiani  bir  daraja  uzunligi  o’lchash  ishlari  827  yilga  yaqin  olib  borilgan.  Lekin 

bu haqda xabar bergan Beruniy va Ibn Yunus aniq sanani k’orsatmaganlar.   

Beruniy  Sanad  ibn  Ali  topgan  Yer  radiusining  son  qiymatini  keltirmagan. 

Lekin  aniq  matematik  qoida  bilan  Yer  radiusining  topilishining  o’zi  al-Ma’mun 

davridagi olimlarning, jumladan, al-Farg’oniyning katta yutug’i edi. 

Misr  mamlakati  Nil  havzasida  joylashgan  bo’lib,  uning  dehqonchilikka 

qulay  qismi  daryoning  quyilishidagi  yunonlarning  delta  harfi,  ya’ni  uchburchak 

shaklidagi  kichik  parchasini  tashkil  qiladi.  Misrliklar  juda  qadim  zamonlardan 

boshlab o’z hayotini Nilning “hulq-atvoriga” moslashtirganlar, ya’ni daryoning suv 

rejimi  bilan  muvofiqlashishiga  uringanlar.  Buning  uchun  ular  har  doim  daryoning 

suvi ko’tarilish vaqtlarini bilishga harakat qilganlar. Bunday urinidhlar to Abbosiy 

xalifa  al-Mutavakkil  (847-861  yillar)  davrigacha  behuda  ketavergan.  Al-

Mutavakkil  Misrliklarni  Nilning  suv  rejimi  haqida  ogohlantiruvchi  bir  qurilma 

uskuna  yasashni  al-Farg’oniyga  topshiradi.  Bag’doddagi  “Bayt  ul-Hikma” 

olimlarining eng ko’zga ko’ringani Ahmad al-Farg’oniy edi. Shuning uchun xalifa 



 

 

30 



Nil  suvi  sathini  o’lchovchi  miqyosni  barpo  etish  vazifasini  unga  yuklagan,  lekin 

qurilma bitmasidan xalifa vafot etgan. 

Nil  miqyosini  al-Farg’oniy  al-Fustot  shahridagi  Ravzo  orolida  barpo  etadi. 

Keyinchalik  al-Fusto  undan  shimolroqda  barpo  etilgan  Qohiraning  tarkiby  qismi 

bo’lib qoladi. Miqyos silindr shaklidagi bino ichida joylashgan bo’lib, uning tomi 

konus shaklidagi qubbadan iborat. 

Ahmad  al-Farg’oniy,  shuningdek,  o’z  tadqiqotlarida  islom  kalendarini 

sharhlab beradi. U o’zining astronomiyaga bag’ishlangan risolasining so’ngida Yer 

kurrasining xaritasini beradi. Bu xaritaning o’ziga xos tomoni shundaki, bir davrda, 

bir akademiya doirasida yashab, ijod etgan ikki olim, al-Farg’oniy va al-Xorazmiy 

tuzgan  Yer  suratlari  tamoman  bir-biridan  farq  qiladi,  ya’ni  al-Farg’oniy  al-

Xorazmiy  g’oyalarini  rivojlantirgan  bo’lib,  o’ziga  xos  ilmiy  salohiyati,  qudratini 

namoyish qildi. 

Ta’kidlaganimizdek,  al-Farg’oniy  tadqiq  qilgan  iqlim  tushunchasi  va 

iqlimlar guruhi Yevropa olimlari tomonidan tan olindi va fanda ancha vaqt xizmat 

qilib  keldi,  lekin  keying  asrlarda  yeti  iqlim  o’rniga  tropik,  subtropik,  ekvator, 

arktika,  antarktida,  qutblar,  magnit  qutblari,  sovuqlik  qutbi  kabi  tushunchalar 

paydo bo’ldi. Iqlimlar tasnifi o’zgargan bo’lsada, lekin al-Farg’oniyning o’sha asos 

qilib olgan qoidasi yangicha shaklda namoyon bo’lmoqda.   

Xorazmiy  xizmat  qilgan  Bag’doddagi  “Hikmat”-  lar  uyi  allomalari, 

shuningdek  Ahmad  Farg’oniy  ishtirokigidagi  Damashqdagi  “Hikmat”lar  uyidagi 

allomalar  ham  shug’ullanishgan  muhim  masalalardan  biri  bu  hijriy  qamariy  va 

hijriy  shamsiy  va  milodiy  yillari  orasidagi  munosabat,  ya’ni  milodiydan  hijriy 

qamariyga o’tish yoki aksincha, amallarni aniqlash edi. Chunki bu yil hisobi, ya’ni 

hijriy qamariy bo’yicha hisob yuritish islom ahlining kundalik zaruratiga aylangan 

edi. 


Al-Farg’oniy  yozadi:  “Oylarning  bu  kunlari  soni  –  Quyosh  va  OYning 

o’rtacha harakatida ijtimo’ qilishidan aniq hisoblash bilan olingan. Ammo yangi oy 

ko’rinishiga  kelsak,  u  zoidlik  yoki  noqislik  bilan  farq  qiladi.  Bunda  ketma-ket 


 

 

31 



to’liq yoki noqis oylar kelishi kerak. Hamma vaqt ham hisoblab topilgan oy boshi 

va ko’rinma oy boshi bir kunga to’g’ri kelavermaydi. Ularning ikkalasi faqat uzoq 

zamonlarda  teng  bo’ladi”.  Bu  yerda  aytilgan  Quyosh  va  Oyning  ijtimo’  qilishi, 

ya’ni qo’shilishlarning bir ekliptik uzunlikda eng yaqin masofada bo’lgan paytidir. 

Demak,  al-Farg’oniyning  so’zlariga  ko’ra,  bu  yoritgichlarning  ijtimo’  vaqtlari 

musulmon astronomlari tomonidan ancha ilgariroq aniq hisoblangan. Al-Farg’oniy 

o’z  asarini  ommabop  qo’llanma  tarzida  yozgani  uchun    bu  hisoblashlarni 

keltirmagan.  Ijtimo’  vaqtlari    oy  boshiga,  ya’ni  hilol  ko’rinishi  paytiga  to’g’ri 

keladi.  Yangi  oy  –  hilol  ko’rinishi  ikki  xil  usul  bilan  aniqlangan:  birinchi  va  eng 

soddsi  bu  kuzatish  bilan,  ya’ni  visual  aniqlashdir.  Bunda  yangi  oy  Quyosh 

botganidan  biroz  so’ng  g’arb  ufqidan  andak  balandlikda  ingichka  o’roq  shaklida 

ko’rinadi.  Buni  arabcha  hilol,  deyilgan.  Lekin  ingichka  hilol  yerning  g’arbiy 

hududlarida  sharqdagilarga,  ya’ni,  masalan,  Marokoshda  Bangladeshga  nisbatan 

oldin  ko’rinadi.  Shuning  uchun  musulmon  mamlakatlari  kalendarlarida  farq 

mavjud.  Ramazon  hayit  turli  mamlakatlarda  bir  kunga  to’g’ri  kelmasligining 

sababi  ham  shunda.  Ammo  yangi  oy  aniqlanishining  ikkinchi  usuliga  kelsak,  bu 

hisoblash bilan aniqlashdir. Hisoblash usuli aniq matematik qoidalarga asoslangan. 

Yangi  oyni  kuzatish  aslida  astronomik  masalalardan  biri  bo’lsa  ham,  hijriy  yil 

hisobi qamariy oylarga asoslanganligi sababli  u  islom  vojibotlari  nuqtai  nazaridan 

muhim ahamiyat kasb etgan. 

Aniqlanishicha, Arablarning yil va oylari haqida ma’lumot berganidan so’ng 

al-Farg’oniy oydan keyingi vaqt o’lchash davri – hafta haqida quyidagilarni aytadi: 

“Arablarning  oylarini  hisoblaydigan  kunlari  yettitadir.  Ularning  boshi 

yakshanba  u  shanba  kuni  quyosh  botishidan  boshlanadi  va  oxiri  Quyoshning 

yakshanba  kunidagi  botishi  bo’ladi.  Qolgan  kunlar  ham  shunga  o’xshash  bo’ladi. 

Arablar  har  bir  kecha  kunduz  boshini  Quyosh  botishi  vaqtidan  hisoblashlarining 

sababi  shuki,  ular  oy  kunlarini  hisoblashni  hilol  ko’rinish  vaqtidan  boshlaydilar. 

Hilol ko’rinishi esa, Quyosh botishi paytida yuz beradi”.

7

 

                                                



7

 Ashraf Ahmedov. “Ahmad al-Farg’oniy”. 67-69-betlar. 



 

 

32 



Hafta kunlarini “yettita” (sab’a) deydi. Aslida biz ishlatadigan “hafta” so’zi 

arabcha “usbu’”, yani “yettilik” so’zining forscha tarjimasidir. Xuddi shuningdek, 

bizdagi  hafta  kunlarining  nomlari  yakshanba,  dushanba,  seshanba,  chorshanba, 

payshanba,  juma,  shanba  aslida  arabchadan  forschaga  tarjimadir.  Al-Farg’oniy  bu 

yerda  hafta  kunlaridan  faqat  yakshanba  va  shanbaning  arabcha  nomlari  –  yavmul 

ahad va yavmus sabtni keltirgan. Haftaning qolgan kunlarining nomlari: dushanba 

–  yavmul  isnayn,  seshanba  –  yavmus  sulasa,  chorshanba  –  yavmul  arba’a, 

payshanba – yavmul xamis, juma yavmul jum’a haqida to’xtalmaydi. 

Hozirgi kunda arablar kecha-kunduzni, al-Farg’oniy aytganidek joriy kunduz 

oxiridagi  Quyosh  botishidan  hisoblamay,  barcha  millatlar  kabi  yarimtundan,  soat 

24:00 dan boshlaydilar. 

Al-Farg’oniy  arab  taqvimi  haqida  xabar  berganidan  so’ng,  xalifalikdagi 

boshqa  yirik  xalqlar  –  yunonlar,  suryonlar,  forslar  va  qibtlarning  kalendarlari 

haqida xabar keltiradi. 

Bilishimizcha,  Al-Farg’oniy  “Eralar”,  deb  atalgan  o’ta  diqqatga  sazovor 

quyidagi kichik bir bo’limni keltiradi: 

“Arablar  erasi  nabiyulloh  alayhissalom  Makkadan  Madinaga  hijrat  qilgan 

yilning boshidan boshlangan, uning boshi esa juma kuni edi .” 

“Forslar  erasi  Yazdigard  ibn  Shahriyor  ibn  Kisro  podsho  bo’lgan  yilining 

boshidan boshlanadi, uning boshi esa seshanba kuni edi”. 

“Rumlar  va  Suryonlar  erasi  boshi  Iskandar  yilining  boshi  bilan  bir  xil,  u 

dushanba kunidir. Iskandar – bu Zul-Qarnayn”. 

“Al-Majistiy”  kitobida  qibtlar  erasining  boshi  Buxtunasr    podshoh  bo’lgan 

yil  boshidan  boshlanadi.  Uning  boshi  chorshanba  kuni  edi.  Ptolomey  zijida  qibt 

erasi Filipp yilining boshidan – yakshanba kunidan boshlanadi.     

Ma’lum  bo’lishicha,  Ahmad  al-Farg’oniy  o’zining  falakiyot  ilmiga  oid 

asarlari bilan G’arbda astronomiya maktabining shakllanishi jarayoniga katta ta’sir 

o’tkazdi.  Uning  osmon  jismlari  harakatlariga  bag’ishlangan  risolalaridan  ta’lim 

olgan  G’arblik  olimlar  keyinchalik  astronomiya  sohasida  katta  kashfiyotlar  qilib, 


 

 

33 



olamshumul  nazariyalar  yaratishdi.  Ahmad  al-Farg’oniy  o’zidan  keyin  nafaqat 

ulug’  nom,  balki  bebaho  meros  qoldirdi.  Uning  muhandislik,  arxitektorlik, 

astronomiya,  matematika,  geografiya,  geodeziya  va  fanning  boshqa  sohalarida 

amalga  oshirgan  ishlari,  yaratgan  nazariyalari  insoniyat  taraqqiyotining 

rivojlanishida  o’z  mavqei  va  salohiyatiga  ega  bo’ldi.  Allomaning  ilmiy  ishlari, 

asarlarini  mutolaa  qilib,  undan  saboq  olgan  shogirdlari  fanning  turli  sohalarida 

samarali  ijod  qilib,  yirik  yutuqlarga  erishdilar,  nazariyalar  yaratdilar.  Ahmad  al-

Farg’oniy  o’zining  serqirra  ijodi  bilan  Movarounnahr  maktabi  vakillari  obro’-

e’tiborining  yuksalishi  va  shuxrat  qozonishiga  o’z  hissasini  qo’shdi.  Uning  ilmiy 

merosi,  salmoqli  tajribasi  Temuriylar  hukmronligi  davomida  (1370-1500  yillar) 

ilm-fanning  gurkirab  rivojlanishi,  ayniqsa,  Ulug’bek  Movarounnahr  falakiyot, 

matematika, geografiya fanlari maktabining shakllanishi va taraqqiy etishiga zamin 

yaratgan. 

Milodgacha  bo’lgan  III-II  asrlarda  yerning  yumaloqligi  va  doimiy 

harakatdaligini aniqlagan yunon fani keyingi asrlarda jaholat qurboni bo’lib qoldi. 

Bu  fan  Ovrupoda  olti  asr  deyarli  O’rta  Osiyolik  olimlar  ishtirokida  taraqqiy  eta 

boshladi. Ular astronomik jadvallar tuzdilar. 

Al-Farg’oniy  Bag’dod  rasadxonasida  ilmiy  tekshirish  ishlari  olib  borish 

bilan birga rasadxonaning ma’muriy ishlarini ham boshqargan. 

Shuningdek, Bag’dod va Damashq rasadxonasi olimlarining faoliyatlari “Al-

Majistiy”dagi  barcha  ma’lumotlarni  tekshirishdan  iborat  edi.  Al-Farg’oniy  yunon 

tilidan arab tiliga qilingan astronomik asarlar tarjimasida Batlimusning “Yulduzlar 

jadvali”  asaridagi 

ma’lumotlarni  tekshirishda  qatnashdi.  U  o’zining 

“Astronomiyaga kirish” nomli kitobida Batlimus va boshqa yunon olimlarining bu 

fan  haqidagi  fikrlarini  o’rgandi,  o’sha  davrdagi  astronomik  bitimlarni  tadrijiy 

tarzda  bayon  qilib berdi.  Shu  bilan  birga  o’zidan  avval  o’tgan  olimlar,  jumladan, 

Batlimusning  bir  necha  fikrlarini  tanqid  ham  qildi.  Ahmad  Farg’oniy  Bag’dod 

rasadxonasida  ko’pgina  kashfiyotlar  qildi.  Masalan,  812  yilgi  quyosh  tutilishini 


 

 

34 



oldindan aniqladi va bu haqda ilmiy kuzatishlar olib bordi. 

8

 



Ma’lum  bo’lishicha,  Ahmad  al-Farg’oniy  iste’dodi  serqirra  va  beqiyos, 

uning  umri  davomida  amalga  oshirgan  ilmiy  tadqiqotlari  aql  bovar  qilmaslik 

darajasidadir.  Olim  o’z  davrining  daho  insonlaridan  biri  bo’lib,  Al-Beruniy, 

Ulug’bek  kabi  mutafakkir,  qomusiy  ilm  sohiblariga  ham  o’z  ilmiy  merosi  orqali 

ustozlik  qilgan.  Uning  tadqiqotlari  natijasida  insonning  olam  tuzilishi,  uning 

qonuniyatlari  haqidagi  tasavvuri  tamoman  o’zgargan,  shu  bois  Ahmad  al-

Farg’oniyni  o’rta  asrlar  dunyo  ilmida  tub  burilish  yasagan  buyuk  alloma  deb, 

ataymiz.  Olim  bir  necha  tabiiy  fanlar  rivojiga  o’z  hissasini  qo’shadi. 

Astronomiyaning  alohida  mustaqil  fan  sifatida  shakllanishida  xizmatlari  katta. 

Jumladan,  Yer  sharining  meridian  uzunligini  hisoblab  chiqib,  uning  6500  milya 

ekanini  aniqladi.  Quyosh  sistemasidagi  sayyoralar,  ko’plab  yulduzlarning radiusi, 

ular  orasidagi  masofani  hisoblab  chiqdi.  Bu  xizmatlari  bilan  alloma  geodeziya 

fani(yer  yuzining  hajmi  va  shakllarini  o’rganadigan,  yer  maydonlarini  o’lchash 

bilan shug’ullanadigan fan) taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shdi. Al-Farg’oniy yer 

sharining o’z o’qi atrofida aylanishi nazariyasini  yaratdi.  Bu  nazariya o’z davrida 

astronom olimlar Battoniy va Ibn Yunus tomonidan inkor etilgan edi. 

Qisqa  qilib  aytganda,  Ahmad  al-Farg’oniy  sayyoralar  harakatining  tasnifini 

beradi.  Sobit  yulduzlarning  harakati  –  bu  barcha  sayyoralarga  zarur  bo’lgan, 

yagona  harakatdir.  Quyosh  ikki  harakatda  ishtirok  etadi:  g’arbdan  sharqqa  tomon 

va ekliptika (Yerning Quyosh atrofidagi yo’li joylashgan tekislik) qutblari atrofida. 

Oy beshta aylanma harakatlarda ishtirok etadi. 

Aniqrog‘i, Farg‘oniy va uning ilmiy maslakdoshlari sayyoralarning koinotda 

joylashishi, 

yulduzlarning 

sirlari, 

shuningdek 

ularning 

harakat 


qilish 

qonuniyatlariga  oid  tekshirishlari  bilan  mashg‘ul  bo‘lishdi.  Huddi  shu  jarayonda 

ular  mashhur  grek  olimi  Ptolomeyning  yulduzlar  jadvalini  tajribalar  asosida 

o‘rganib chiqdilar.  Shu  kuzatuvlar  natijasida  zikr  qilingan  jadvalda  ayrim  nuqson 

va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi va tuzatishlar kiritildi. 

                                                

8

 3. 


Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar, 20-34-betlar 

 

 

35 



Damashq  va  Bog‘dod  shaharlarida  zikr  qilingan  va  boshqa  iste’dodli 

olimlarning jo‘g‘rofiy vaziyatlar nuqtalari haqidagi ilmiy ma’lumotlar, shuningdek 

al-Ma’mun  davrida  Bog‘dod  hamda  Damashqdagi  ilmi  falakkiyot  bo‘yicha 

kuzatishlari  “Az-zij  ul-Ma’mun  al-Mumtaxana”  (al-Ma’munning  tekshirilgan 

jadvallari)  nomi  ostida  butun  Ovro’pa  va  boshqa  chet  mamlakatlarda  belgili.  Bu 

asar haqida Ahmad Farg‘oniy “Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi 

haqida  kitob”da  xabar  bergan.  Shu  mo‘tabar  ma’lumot  orqali  Ovro’pa  olimlari 

“Ma’mun  ziji”  asarining  ma’no  va  mazmuni,  ilmiy-nazariy  yo‘nalishi,  tadqiqot 

maqsadi va hal qilingan fan muammolarini bilib olishgan. 

Ta’kidlash  joizki,  Qomusiy  olimning  ilmiy-ijodiy  faoliyatini  diqqat  bilan 

kuzatar ekansiz, uning qaysi sohada bo‘lmasin, ilmiy ishni boshlashdan oldin shu 

maqsadni  va  vazifani  amalga  oshirish  uchun  kerakli  asbob-uskunalarni  tayyorlab, 

o‘ziga amaliy shart-sharoit yaratishga qanoat hosil qisasiz. 

Ahmad Farg‘oniyning falakkiyot ilmiga doir asari so‘ngida jo‘g‘rofiy joylar 

jadvali o‘rin olgan. Undan dastlab sharqiy viloyatlar o‘rin olgan va ular Sharqdan 

G‘arbga  tomon  birin-ketin  ko‘rsatilgan.  “...  birinchi  iqlim  Mashriqdan,  Sin 

mamlakatining  chekkasidan  boshlanadi...  So‘ng  Qulzum  dengizini  kesib  o‘tib, 

Habash mamlakati va Nili Misrdan o‘tadi... keyin bu iqlim Mag‘rib yerlari tomon 

yoyilib,  Bobar  mamlakatining  janubidan  o‘tadi  va  Mag‘rib  dengiziga  yetadi”. 

Xuddi  shu  yo‘nalishda  Al-Xorazmiyning  ham  jadvali  bor.  Lekin  ba’zilar  uni  Al-

Xorazmiy  jadvali  bilan  bir  xil  desa,  ayrim  olimlar  uning  Al-Xorazmiy  jadvalidan 

farqlanishi haqida fikr bildirishlgan. 

Umuman  olganda,  Ahmad  Farg‘oniy  tinimsiz  samarali  ilmiy  mehnati    va 

faoliyati  tufayli  buyuk  falakkiyotshunos  sifatida  ilmi  riyoziyot  va  jo‘g‘rofiya 

sohasida  katta  obro’  qozondi.  Qolaversa,  u  Sharq  mamlakatlari  “Hosib”  degan 

(matematik) laqab olgani ma’lum. Bu unga riyoziyot ilmi bo‘yicha berilgan yuksak 

baho edi. 

*1986  yilda  nashr  qilingan  O‘zbekiston  kalendari  (288-bet)da  qiziqarli 

ma’lumot  berilgan.  U  “Toshga  bitilgan  xarita”  sarlavhali  kichik  maqolaga 


 

 

36 



jamlangan.  Shu  maqolani  to‘liq  keltiramiz.  “Qirg‘izistondagi  O‘sh  pedagogika 

instituning  filolog  olimi  Lutfullo  Jusupahmatov  Oloy  vodiysiga  qilingan 

ekspedisiya  vaqtida  odam  yashamaydigan  baland  toshga  dumaloq  muhr  o‘yib 

tushirilganligini  eshitdi.  Haqiqatdan  4,5  ming  metr  balandlikdagi  qoyatoshda 

roppa-rosa  to‘rtga  bo‘lingan  doira  chiziq  ichida  halqachalar,  chiziqlar  ko‘zga 

tashlanib  turardi.  Moxlar  ostidagi  yana  17  ta  shunday  tasvir  chiqdi.  Har  bir  doira 

kompozisiyachi  o‘ziga  xos.  Geograf  olim  K.Matikeyev  topilma  aylana  jahon 

xaritasi ekanini topdi. Bolqon va  Apennin, Tyanshan va Pomir, Sharqi-Janubiy  va 

Markaziy  Osiyo,  Oloy  tizmalari  aniq  chizilgan.  Mutaxassislar  toshga  o‘yilgan 

xaritaning  asl  nusxasi  IX  asrda  yashab  ijod  qilgan  osiyolik  mashhur  matematik, 

astronom Muhammad ibn Muso Xorazmiyga tegishli deyishmoqda. 

Lekin  toshga  eski  arab  alifbosida  tarixchilarga  noma’lum  Lasur  Aalim  Ibn 

nomi yozilgan”. 

Ilmiy  anglash  noaniqlikdan  aniqlikni  tushunib  olishdir.  Anglash    jarayoni 

har doim mavhumlikni tushunishdan aniqlikni tushunishga yo‘l ochadi. 

Al-Farg‘oniy,  ijodining  bundan  12  asr  avval  aniqlashgan.  Shu  bilan  birga 

fanda  noaniqliklar  mavjud  bo‘lgan  osmon  jismlarining  harakatlari  haqidagi 

fikrlariga olimlar tomonidan katta qiziqish bilan qaralgan. 

Yana  ta’kidlash  joizki,  Al-Farg‘oniy  o‘zining  ilmiy  tadqiqotlari  yo‘lida 

ushbu haqiqatni ma’lum qiladi: “Olimlar o‘rtasida kelishmovchilik yo‘q, osmonda 

yer  shari  hamma  jismlar  singari  aylanib  turadi,  huddi  2  tomonlama  mahkamlab 

qo‘yilgan  jism  kabidir.  Ulardan  biri  janub,  ikkinchi  tomoni  shimol  tarafdir”.    Al-

Farg‘oniy    “Bu  osmonga  va  yerga  uzviy  bog‘liqdir”  –degan  taxminini  barcha 

olimlar  keyinchalik  qo‘llab  quvvatlaydilar.  Butun  olam  quruqlik  va  dengiizlardan  

iborat, osmon ham yer ham 1 tomoni qavariq, 2-tomoni botiq muhitdan iborat deya 

ta’kidlaydi. 

Lekin  bu  hulosani  o‘zigacha  boshqa  olimlar  tomonidan  o‘rganilganligini 

fanga  esa  buni  isbotlash  kerakligini  aytib  o‘tadi.  Yerning  sharsimon  ekanligini 

keyinchalik  X.Kolumb  (XVasr),  Magellan  (VI  asr),    Chelyuskin  (XX  asr)  va 


 

 

37 



boshqa olimlar tomonidan isbotlandilar. 

Yerning  sharsimon  ekanligini  u  2  tomonlama  yondashadi:  a)  ko‘zga 

ko‘rinmas,  quyoshning  sharqdan  chiqib  g‘arbga  botishini,  oydan  hamisha  bir  xil 

yorug‘lik  tarqalishi,  bu  esa  dunyoning  turli  joyida  turlicha  vaqtni  ko‘rsatishini 

ta’kidlaydi. 

Al-Farg‘oniy  o‘zining 

mashhur,  kelgusida  Yevropaning  taniqli  , 

astronomlariga, o‘ziga  xos pedagogik  mahorat bilan tunning tenglashishi,  yerning 

ekvatorga 2 marta yozda va 2 marta qishda yaqinlashishini bayon etgan.  

Ahmad al-Farg’oniyning tabiiy va ilmiy qarashlarining mazmuni shundadir. 



Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish