Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va tarix fakulteti falsafa kafedrasi



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/82
Sana29.12.2021
Hajmi1,01 Mb.
#82740
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   82
Bog'liq
falsafa

chakravartina  deb  ataluvchi  –  hukmdorning  bekamu-ko‘stligi  xususidagi  konsepsiyada 

mujassamini  topdi  va  rasmiy  tus  oldi.  Ikkinchidan,  qattiq  tabaqaviy-kastaviy  yakkalanish 

sharoitida  buddaviylik  ezilgan  ommani  ijtimoiy-axloqiy  xulq-atvor  me’yorlariga  og‘ishmay 

rioya  etish  yoki  diniy  jamoaga  kirish  yo‘li  bilan  kelgusi  hayotda  ancha  yaxshiroq  ahvolda 

tug‘ilishdan  umidvor  qilgan.  Bu  buddaviylikning  aholi  keng  qatlamlari  orasida  ommalashuvi 

kuchayishiga yordam bergan. 

Yer kurrasining turli qismlarida hozirda ham yangi-yangi budda jamoalari paydo bo‘lmoqda, 

ibodatxonalar  qurilmoqda.  Jahon  buddaviylari  ikkita  xalqaro  tashkilotga    -  Jahon  buddaviylar 

ittifoqi (bosh qarorgohi  Bangkokda, Tailand) va Osiyo buddiylar tinchlik uchun konferensiyasi 

(bosh qarorgohi Ulan-Batorda, Mo‘g‘iliston)ga birlashganlar.  



2.  Xristianlik  (grekcha  so‘zdan  kelib  chiqqan:  «Xristos  –  «muqaddas  yog‘  surilgan  shaxs», 

«masih»,  xaloskor  degani)  I  asrda  Falastinda  paydo  bo‘ldi.  Eng  avval  Falastin  va  O‘rta  Yer 




dengizi  bo‘ylarida  yashagan  yahudiylar  orasida  tarqalib,  dastlabki  o‘n  yilliklardayoq  boshqa 

xalqlar («majusiylar»)dan tobora ko‘proq muxlislar orttirdi.  V asrgacha  xristianlik asosan Rim 

imperiyasining  jug‘rofiy  hududida,  shuningdek  uning  siyosiy  va  madaniy  ta’siri  doirasida 

(Armaniston, sharqiy Suriya, Habashiston), keyinchalik (asosan birinchi ming yillikning ikkinchi 

yarmida)  german  va  slavyan  xalqlari  orasida,  keyinroq  (XIII-XV  asrlarga  kelib)  boltiq  va  fin-

ugor  xalqlari  orasida  ham  tarqaldi.  Yangi  va  Eng  yangi  davrda  xristianlikning  Yevropadan 

tashqarida  tarqalishi  mustamlakachilik  harakatlari  va  missionerlarning  faoliyati  tufayli  sodir 

bo‘ladi.  Butun  dunyoda  xristianlikka  e’tiqod  qiluvchilar  soni  1mlrd.  kishidan  oshadi  (jahon 

aholisining  qariyb  28  foizi),  bundan  475  mln.ga  yaqini  Yevropada,  250  mln.ga  yaqini  Lotin 

Amerikasida,  155  mln.ga  yaqini  Shimoliy  Amerikada,  100  mln.ga  yaqini  Osiyoda,  110  mln.ga 

yaqini  Afrikada  istiqomat  qiladi.  Bulardan  660  mln.ga  yaqini  katoliklar,  300  mln.ga  yaqini 

protestantlar  (sektalari  bilan  birgalikda,  ular  orasida  42  mln.  metodistlar  va  37  mln.  baptistlar 

bor),  pravoslavlar  va  Sharq  «noxalkidon»  diniy  e’tiqodlariga  ergashuvchilar  (monofisitlar, 

nestorianlar va h.k.) 120 mln. kishiga yaqin

1



Xristianlik yahudiylikda pishib yetilgan mutlaq barakat va marhamat, mutlaq bilim va mutlaq 



qudrat egasi bo‘lmish yagona Xudo g‘oyasini rivojlantirdi. Ya’ni barcha jonzotlar va ashyolarni 

u yaratgan, hamma narsa ilohiy irodaning moneliksiz mayl-ixtiyori bilan vujudga kelgan. 

Xristianlik  ta’limotiga  ko‘ra,  inson  Xudoga  «qiyofadoshlik  va  o‘xshashlikni»  ifodalovchi 

sifatida  yaratilgan.  Biroq  dastlabki  odamlar  tomonidan  sodir  etilgan  osiylik  odamga  ilk  gunoh 

tamg‘asini  bosib,  insonning  xudoga  o‘xshashligini,  ya’ni  pokligini  barbod  qildi.  Xristos 

chormixga  tortish  azoblarini  va  o‘limni  qabul  qilib,  butun  odamzod  uchun  aziyat  chekib, 

odamlarning «gunohini yuvgan». Shu sababli xristianlik azob-uqubatning, inson o‘z istaklari va 

ehtiroslarini har qanday tarzda cheklashining poklovchilik ahamiyatini ta’kidlaydi: «o‘z krestini 

qabul qilar ekan» inson o‘zidagi va atrof muhitdagi yovuzlikni yengishi mumkin. Bu bilan inson 

xudoning amrini bajo etibgina qolmay, balki uning o‘zi ham o‘zgaradi va Xudo sari yuksalishga 

musharraf  bo‘ladi,  unga  yaqinroq  bo‘lib  qoladi.  Xristian  kishining  taqdiri,  uning  Iso  o‘zini 

qurbon qilganligini to‘g‘ri deb hisoblashi – oqlashi ana shundandir. 

1054 yilda pravoslav va katolik cherkovlarining bo‘linishi yuz berdi.  


Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish