Pravoslavie – xristianlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, tarixiy jihatdan uning
sharqiy tarmog‘i sifatida shakllangan. U asosan Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq mamlakatlarida,
Balqonda tarqalgan. Pravoslaviening teologik asoslari Vizantiyada shakllangan bo‘lib, bu yerda
pravoslavie IV– XI asrlarda hukmron din edi.
Muqaddas kitob (Bibliya) va Muqaddas rivoyat (IV – VIII asrlardagi yettita Dunyo
xristianlari yig‘inining qarori), shuningdek, Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy Velikiy, Grigoriy
Bogoslov, Ioann Damaskin, Ioann Zlatoust singari eng e’tiborli yirik cherkov arboblarining
asarlari diniy ta’limotning asosi sifatida e’tirof etilgan. Diniy ta’limotning asosiy qoidalarini
shakllantirish cherkovning ana shu rahnamolari zimmasiga tushgan.
Katolisizm xristianlikning ikkinchi yirik yo‘nalishidir. «Katolisizm» so‘zi umumiy, butun
dunyoga oid degan ma’noni anglatadi. Uning ibtidosi, rivoyatga ko‘ra Rimdagi, apostol
(havoriy) Pyotr birinchi yepiskop bo‘lgan, uncha katta bo‘lmagan xristian jamoasidan
boshlanadi. Xristianlikda katolisizmning ajralish jarayoni Rim imperiyasining g‘arbiy va sharqiy
qismlari o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy tafovutlar kuchaygan va chuqurlashgan
paytda, III asrdayoq boshlangan.
Katolisizm xristian dinining yo‘nalishlaridan biri sifatida uning asosiy aqidalari va
marosimlarini tan oladi, lekin diniy ta’limotda, ibodatda tashkiliy tuzilishda bir qator o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Butun xristianlikda bo‘lgani singari Muqaddas kitob va Muqaddas rivoyat
katolik diniy ta’limotining asosi hisoblanadi. Biroq pravoslav cherkovidan farqli ravishda katolik
cherkovi faqat yettita dastlabki Dunyo xristianlari yig‘inining emas, balki keyingi barcha
yig‘inlarning ham qarorlarini, bundan tashqari – papaning maktublari va qarorlarini Muqaddas
rivoyat deb hisoblaydi. Katolik cherkovining tashkiliy tuzilishi qat’iy markazlashtirilganligi
1
M. Malherbe. Zes religions. Saind-Amand-Moontrond, 2000, p. 95.
bilan ajralib turadi. Rim papasi – bu cherkovning rahnamosi. U e’tiqod va axloq masalalariga
doir qonun-qoidalarni belgilaydi. Uning irodasi Dunyo xristianlari yig‘ini irodasidan yuqoridir.
XVI-XVII asrlardagi Refarmatsiya jarayonlari natijasida protestant cherkovlari (lyuteranlik,
kalvinizm, anglikanlik va boshqalar) paydo bo‘ldi. Ular Shimoliy va Markaziy Yevropa (Buyuk
Britaniya, Skandinaviya, Germaniya va boshqa) mamlakatlarida, keyinroq esa Shimoliy
Amerika (AQSh, Kanada), Avstraliya va boshqa bir qator mamlakatlarda eng ko‘p tarqalgan.
3. Islom – (al-islom – «Allohga bo‘ysunmoq» «itoat qilmoq») – jahon dinlaridan biri.
Zamonaviy islom – e’tiqod qiluvchilari soni jihatidan ikkinchi (xristianlikdan keyin) jahon dini.
Taxminiy hisoblarga ko‘ra, yer kurrasida musulmonlarning umumiy soni 1 mlrd. kishiga boradi
(ulardan 90 foizga yaqini sunniylar), bundan uchdan ikki qismidan ortig‘i Osiyoda (qit’a
aholisining 20% dan ziyodi), qariyb 30 foizi Afrikada (qit’a aholisining 49 foizi) yashaydi.
Jahondagi musulmon jamoalari bo‘lgan 120 tadan ortiq mamlakatdan 35 tasida musulmonlar
aholining ko‘pchiligini tashkil etadi. Osiyo va Afrikadagi 28 ta davlatda islom davlat dini (yoki
rasmiy din) deb e’tirof etilgan
1
. Ayrim mamlakatlarda «islom» so‘zi ularning nomiga kiritilgan:
Eron Islom Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Mavritaniya Islom Respublikasi va
boshqalar.
Islom ijtimoiy-mafkuraviy hodisa sifatida Arabiston jamiyati taraqqiyotining tarixiy in’ikosi,
butun Yaqin Sharq qadimgi zamondan o‘rta asrga o‘tishi davrida unga xos bo‘lgan umumiy
jarayonlarning natijalaridan biri bo‘ldi. Sof diniy nuqtai nazardan uning paydo bo‘lishi o‘zidan
oldingi dinlar – xristianlik, yahudiylik va zardushtiylikning ta’siri va rivoj topishi bilan ham,
Arabiston aholisi diniy ongining tadrijiy yuksala borishi hamda sinkretik (qorishiq) yakka
xudolikning arablarga xos shakllari bilan ham bog‘liq bo‘ldi.
«Al-islom» atamasi Qur’onda «al-imon» (ishonch, e’tiqod) va «ad-din» (diniy majburiyatlar
majmui, din) so‘zlariga yaqin ma’noda sakkiz marta uchraydi. Ana shu tushunchalar o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘lanishni islom ulamolari turlicha izohlaydilar. Sunniylar orasida tarqalgan nuqtai
nazarlardan biriga ko‘ra, «ad-din» tushunchasi beshta arkonning yoki asosiy diniy qoidalarning
majmui sifatida «al-islom»ni, Allohning va Muhammad payg‘ambar aytgan hamma narsaning
chinligiga ishonch sifatida «al-imon»ni va ma’naviy fazilat sifatida «al-ehson»ni o‘zida
mujassam etadi.
Islom diniy ta’limotining beshta arkoni (ustuni) to‘g‘risidagi tasavvur musulmon
jamoasining vujudga kela boshlagan ilk davridayoq tarkib topgan. Bu beshta arkon (arkon
shariat al-islom, arkon al-islom, al-arkon al-xamsa) quyidagilardir:
1)
Do'stlaringiz bilan baham: |