Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va tarix fakulteti falsafa kafedrasi



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/82
Sana29.12.2021
Hajmi1,01 Mb.
#82740
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   82
Bog'liq
falsafa

ash-shahoda  (kalimai  shahodat)  –  islomning  ikkita  asosiy  aqidasini,  ya’ni  Allohning 

yagonaligiga  iqror  bo‘lish  (at-tauxid)ni  va  Muhammadning  payg‘ambarlik  vakolati  e’tirof 

etilishi  (an-nubuvva)ni  o‘zida mujassam etgan dinga e’tiqod  qilish; 2)  as-salat  (namoz o‘qish); 

3)  as-saum  (ro‘za  tutish);  4)  az-zakot  (faqiru  bechoralarga  berish,  Alloh  yo‘lidagi  ishlarga 

sarflash  uchun  berilishi  shart  bo‘lgan  xayr-ehson);  5)  al-xadjj  (muqaddas  joylarga,  xususan 

Makka shahriga ziyoratga borish). Islom diniy ta’limotining beshta arkonidan to‘rttasi ma’naviy-

axloqiy va marosimga oid ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi hamda shu asnoda islom asoschisining 

marosimlarga  va  diniy  hayot  qoidalariga  ko‘proq  e’tibor  qaratganligini  aks  ettiradi.  Bu  holat 

keyinchalik aqidalarga qaraganda huquqning ustunlik bilan rivojlanishini ta’minladi. Shu bilan 

birga, ilk islomda aqidalar va odat-taomillar, din va huquq o‘rtasida aniq farq bo‘lmagan. 

«To‘g‘ri  e’tiqodlilik»  va  «adashganlik»  muammosi  musulmon  ilohiyotchiligining  bosh 

muammolaridan biriga aylangan. Turli maktablarga mansub sunniy ilohiyotchilar faqat sunniylar 

(ahli  as-sunna  va-l-jama’a)  73  ta  islom  jamoasi  orasida  «to‘g‘ri  yo‘ldan»  borayotgan  yagona 

jamoa  sifatida  «najot  topishi»,  jannatga  tushajagi  haqidagi,  Muhammad  payg‘ambarga  nisbat 

berilgan hadisga asoslanib  «to‘g‘ri e’tiqodlilik» tarafdorlari  ekanliklarini  qat’iyat bilan himoya 

qilganlar. G‘arb va mamlakatimiz islomshunosligida an’anaviy, sunniylik yo‘nalishidagi islomga 

ergashuvchilarni  «e’tiqodi  mustahkamlar»  (ortodokslar)  deb,  ularning  muxoliflarini  – 

«bid’atchilar»  (yeretiklar),  «mazhabchilar»  (sektantlar)  deb  ataydilar.  Lekin  xristianlikdagi 

«ortodoksiya»,  «yeres»,  «sektantlik»  tushunchalari  islomning  din  sifatidagi  mohiyati  va  o‘ziga 

                                                      

1

 Islam. Ensiklopedicheskiy slovar. M., 1991. 109-b. 




xosligini  ifodalay  olmaydi.  Islomda  xristianlikdagi  Dunyo  xristianlarining  yig‘ini  singari 

aqidalarni qonunlashtirib qo‘yadigan  institut (tuzilma)  yo‘q; islomning teokratik oliy  maqsadi 

davlat  bilan  bir  qatorda  diniy  institutning  (cherkovning)  mavjud  bo‘lishi  g‘oyasiga  zid  edi. 

Islomda  barcha  mintaqalarda  umumiy  e’tirof  etilgan  diniy  maktab    bo‘lmagan.  Diniy 

masalalarning turlicha sharhlanishi ehtimoli ana shundandir. Qarama-qarshi nuqtai nazarlarning 

tarafdorlari  ayni  birday  yengillik  bilan  Qur’ondan  va  sunnadan  o‘z  fikrlari  foydasiga  va  o‘z 

muholiflariga qarshi dalillar topganlar. 

Islomga tarixiy voqelik sifatida qarashda unga g‘oyalar va fikrlar kurashida shakllangan va 

hozirda  ham  amal  qilib  turgan  mafkuraviy  tizim  sifatida  yondashish  noxolislik  va  bir 

tomonlamalikni bartaraf etishda yordam berishi mumkin. Islomdagi ana shu g‘oyalar va fikrlar 

xilma-xilligi,  uning  yangi  g‘oyalarni  o‘zlashtirib  olishga  va  moslanuvchanlikka  moyilligini, 

uning o‘zgarib borayotgan dunyo sharoitidagi yashovchanligini ta’minladi. 

XIX asr boshlaridan to XX asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan bir yarim asr islom tadrijiy 

rivojlanishida  muhim  burilish  bosqichi  bo‘ldi.  Sharq  mamlakatlarida  ro‘y  bergan  ijtimoiy-

iqtisodiy tuzilmalardagi o‘zgarishlar, yangi sinfning – milliy burjuaziyaning shakllanishi, milliy-

ozodlik  harakatining  avj  olishi  –  bularning  hammasi  qo‘shilib,  islomning  jamiyatdagi  tutgan 

o‘rniga  qarashlarda  ham,  ijtimoiy  hayotning  yangi  voqeliklarini  islomning  o‘zi  tomonidan 

asoslashda ham o‘zgarishlarga olib kelmasligi mumkin emasdi. 

Islom  diniy-falsafiy  va  huquqiy  me’yorlarining  XIX  asr  o‘rtalarida  boshlangan  hamda 

hozirda  ham  davom  etayotgan  yangi  tarixiy  sharoitga  moslashuv  jarayonini  ko‘pgina 

tadqiqotchilar,  garchi  u  xristian  reformatsiyasidan  jiddiy  farq  qilsa  ham,  «musulmon 



reformatsiyasi»  (isloh)  atamasi  bilan  belgilamoqdalar.  Ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  taqozosi 

musulmon islohiyotchilari va huquqshunoslari oldiga islomning bir qator an’anaviy qoidalarini 

yangicha  mushohada  qilish  zaruriyatini  qo‘ydi.  Biroq  ushbu  jarayon  juda  og‘riqli  va  davomli 

bo‘ldi.  Bu,  masalan,  musulmon  mamlakatlarida  bank  tizimini  vujudga  keltirish  joizligi  (yoki 

gunoh  hisoblanishi)  xususidagi  bahsda  aks  etdi.  Bahs,  bir  tomondan,  qarz  foizini  undirish  man 

etilishi (riba’) haqidagi qoida atrofida, ikkinchi tomondan esa – sarmoyaning ishlatmay tashlab 

qo‘yilishini shariat man etishi vajidan avj oldi. 

Turmush  tarzining  qat’iy  belgilab  qo‘yilganligi  islomning  zamonaviy  globallashuv 

voqeliklariga  moslashuviga  to‘sqinlik  qilmoqda  va  «g‘arblashtirishga»  qarshi  harakat 

kuchayishiga  olib  kelmoqda.  Garchi  o‘zining  butun  tarixi  davomida  islom  siyosatdan  chetda 

turmagan  bo‘lsa-da  islomga  siyosiy  ruh  berilishi  musulmon  mamlakatlarida  milliy-ozodlik 

kurashi  kuchaygan  va  milliy  o‘zlikni  anglash  o‘sgan  sayin  tobora  ko‘proq  namoyon  bo‘la 

boshladi.  XXI  asr  boshlarida  xalqaro  xavfsizlikka  va  jahondagi  barqarorlikka  eng  ko‘p  tahdid 

soluvchi turli radikal (ekstremistik) va terrorchilik kuchlari tomonidan «islom fundamentalizmi» 

shiorlaridan  foydalanish  hozirgi  sharoitda  islomga  siyosiy  ruh  berilishining  eng  keskin 

ko‘rinishlariga aylanmoqda. 

 


Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish