b) Koreys millatining kiyimlariga oid so‘zlar
한복20 - koreys millatining milliy libosi ma’nosini anglatuvchi so‘z hisoblanadi. 한복 ning ko‘rinishi uzoq o‘tmishdan beri mavjud bo‘lgan bo‘lsada, unga biroz o‘zgarishlar kiritilgan. Hozirda kiyiladigan 한복 Choson davridan qolgan shakl uslubida tikiladi. Ayollarning 한복i저고리 va 치마dan erkaklarning 한복 i esa 저고리 va 바지 dan iborat bo‘lgan. Hozirgi kunda 한복 kundalik kiyim bo‘lmasa ham, bayram va to‘y marosimlariga o‘xshagan yig‘inlarda kiyish odatiy hisoblanadi. 한복 ning o‘ziga xos bir xususiyati bu odam o‘zini erkin tuta olishi va libosning qulayligidir. Buning sababi 한복 yopishib turmaydi va keng bichimda bo‘lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |