Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


YETTI YULDUZ VA O‘N IKKI BURJ ATAMALARI



Download 3,07 Mb.
bet93/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

YETTI YULDUZ VA O‘N IKKI BURJ ATAMALARI
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida astronomik atamalar tizimi yaxshi berilgan. Asarning bir bo‘limi (“Yeti kavākib, on iki buruj” yoki “Yeti yulduz on iki ökäk buruj ayur”) koinotning tuzilishiga bag‘ishlangan.

Yusuf Xos Hojib koinotning tuzilishi to‘g‘risida bahs etar ekan, ko‘kdagi jismlarni birma-bir sanab o‘tadi. Muhimi, kitobni o‘qib, butun bir astronomik atamalar tizimiga to‘qnashamiz. Bejiz emas, shu tizimning o‘zi-yoq o‘sha kezda astronomik bilimlar yuqori bosqichda ekanligidan belgi berib turadi. Har bir atama koinot jismlarining ko‘rinishi, holati va harakatidan kelib chiqqan holda yasalgan. Bu hodisani o‘sha kezlardagi soha taraqqiyoti, qadimgi turkiy tilda atama yasash va tanlash prinsiplarining puxta ishlab chiqilgani hamda til an’anasining uzoq asrli takomiliga bog‘laganimiz ma’qul.

Astronomik atamalarning ma’nosini uqib, ularni farqlay bilish matn mag‘zini chaqishga yo‘l ochadi. Avval “Yer yuzi” va “falak” tushunchalari qanday atalgani to‘g‘risida. Muallif “falak”ni kök, ewrän, ora-chora falak deb ataydi. “Yer kurrasi; olam” esa Yer, ažun, dunya yoki tezginč atalgan. “Koinot”ni yer-kök deydi. Matnda yer-kök idisi degan birikmani ham uchratamiz, bu sifat “yeru ko‘kning (koinotning) egasi, Tangri”ni bildiradi.

Dostonda falakka yašïl (“moviy”), yerga esa yağïz (“qo‘ng‘ir rang”) sifati berilgan: yašïl kök, yağïz yer.

Endi ko‘kdagi yulduzlarga ko‘chamiz. Asarda “yulduz” yulduz yoki kavkab, “yulduzlar turkumi, burj” esa ew, ökäk, buruj deyilgan. Yulduzlar ilmi bilan shug‘ullanuvchi olimni yulduzčï deb ataydi. Yusuf Xos Hojib yulduzchilarga “Yetti qat falakning sirlarini yerda yotgan xaschalik bilib ol” (Yeti qat falaknï yatur yamča tut) degan talabni qo‘yadi (QB.4277). Buning bilan inson yetti falakning sirinigina bilishi mumkin, degan fikrga tayangan chog‘i (Masalan, to‘qqizinchi falak – Arsh a’lo (ediz ‘arš) sirlarini yechishga qodir emas).

Yulduz va burjlarning otlari turkcha. Yetti yulduz quyidagicha atalgan: Zuhal (Saturn) yulduzini – Sekäntir, Mushtariy (Yupiter) yulduzini Oŋay yoki Qaraquš, Mirrix (Mars)ni Körüd yoki Baqïrsoquna, Quyoshni Yašïq yoki Kün, Zuhra (Venera) yulduzini Sewit, Utoridni Arzu, Oyni Ay yoki Yalčïq deydi. Uning zamondoshi Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘atit turk” kitobida “Mirrix”ni Baqïrsoqum deb bergan va uning ko‘rinishi haqida “qizillikda misga o‘xshatiladi” deb yozadi (MK.I.342). Mushtariy yulduzini Qaraquš deb ataydi va “Bu tong vaqtida chiqadi. Ba’zan buni Qaraquš yulduz deb ham ataydilar” deya qayd etadi (MK.III.240).

“Qutadg‘u bilig”da yulduzlarning holati va o‘rni ham yaxshi berilgan. Ularning ba’zilari yuqori, ba’zisi quyi. Yulduzlar ushbu ketma-ketlikda yetti falakka joylashadi. Bulardan eng ustda, ya’ni sakkizinchi falakda Sekantir (Zuhal) yuradi. U bir burjda ikki yilu sakkiz oy qoladi. Ikkinchisi – O‘ngay (Mushtariy), u bir burjda o‘n ikki oy qoladi. Uchinchisi – Ko‘rud (Mirrix), u qay tomon qarasa, yashnab turgan narsa quriydi. To‘rtinchisi – Yashiq (Quyosh), dunyoni yoritadi. Beshinchisi – Sevit (Zuhra). Undan keyin Arzu (Utorid) keladi. Bulardan eng oldin Yalchiq (Oy) yuradi. U Yashiq bilan qarshi kelsa, to‘lishadi. Oy joy va yo‘li birinchi falakda.

“Qutadg‘u bilig”da Yetti qaroqchi yulduz – Yetikän, Hulkar esa Ürkär atalgan.

O‘n ikki burj bulardan boshqadir. Ular turg‘un yulduzlar bo‘lib, joyi sakkizinchi falakda. Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonida Ollohga hamd o‘qir ekan, “Sakkizinchi gumbazga turg‘un yulduzlarni joylading” deb yozgan edi (SI.13).

Yusuf Xos Hojib Hamalni Qozï, Savrni Ud, Javzoni Erändiz, Saratonni Qučïq yoki Saratan, Asadni Arslan, Sunbulani Buğdaybašï, Mezonni Ülgü, Aqrabni Čadan, Qavsni Ya, Jadiyni Oğlaq, Dalvni Könäk, Hutni Balïq deb atagan.

Burjlarning ayrimlari ikki xonali (juft), ayrimlari bir xonali (toq).

Yusuf Xos Hojib burjlarning joylashish o‘rni va ketma-ketligini quyidagicha tasvirlaydi: Qo‘zi – ko‘klam burji, so‘ng Ud keladi. Erandiz yulduzi Quchiq bilan yaqindir. Arslon bilan Bug‘doyboshi qo‘shnidir. Ulgu esa Chadan va Yoy bilan eshdir. So‘ng O‘g‘laq, Ko‘nak va Baliq burjlari keladi, bular tug‘sa, osmon yorishadi.

Bularning uchi ko‘klamgi burj, uchi yozgi, uchi kuzgi, uchi qishki burjdir. Yusuf Xos Hojib olamning yaralishiga asos bo‘lgan to‘rt unsurni ana shu burjlarga bog‘laydi. Uning ta’kidlashicha, burjlarning uchtasi o‘t, uchtasi suv, uchtasi yel, uchtasi esa tuproq bo‘ldi. Olam (ažun) va el shulardan yaraldi. Ularning biri boshqasiga yovdir. Bu o‘rinda: “o‘t – suv”, “el – tuproq” qarama-qarshiligi nazarda tutiladi. Shundan olamning yaralishidagi ziddiyat qonuni yuzaga chiqadi. Shiorning badiiy talqiniga ko‘ra, Tangri yovga yovni yo‘lladi (davosini qildi) va o‘rtadagi adovatni kesdi. Buning oqibatida qorishmaydigan yovlar o‘zaro yaqinlashdi, ko‘rishmaydigan yovlar orasidan o‘ch ko‘tarildi.

Faylasuf to‘rt unsur birligini yer va ko‘kdagi jismlarda ko‘radi. Dostonga kiritilgan maktublarning biridagi hamdda shunday deyilgan:

Yašïl kök törütti, kötürdi ediz,

Kün, Ay birlä yulduz bezädi bediz.

Qudïsï yağïz yer yašïl suw bilä,

Örüsi süzüg yel üzä ot bilä.

(Mazmuni: Yashil ko‘kni yaratdi, yuqori ko‘tardi,

Kun, Oy, yulduzlar bilan suratini bezadi.

Quyisi kulrang yer bilan yashil suvdan iborat.

Yuqorisi suzuvchi yel bilan o‘tdan iborat.) (QB.3659–3660).

Yusuf Xos Hojibning ta’kidlashicha, evran [ya’ni, falak] doim evriladi [muttasil aylanadi], tezginch [ya’ni, Yer kurrasi] tezginadi [charx urib turadi]. Muallif Allohga hamd o‘qir ekan, yozadi:

Yarattï, kör, ewrän tučï ewrülür,

Anïŋ birlä tezginč yemä tezginür.

(Falakni yaratdi, ko‘rgin, doim aylanadi,

Uning bilan charx ham charx uradi.) (QB.122).

Yoki boshqa bir o‘rinda Tangrini alqab, “Doim aylanuvchi bu falakni yaratdi” (Törütti bu ewrän tučï ewrülür) deydi shoir (QB.3155).

Buning bilan falakning aylanishi, Yer kurrasining tinimsiz harakatda ekaniga ishora etiladi. Koinot atamalari ham o‘z harakati va holatiga nisbat berib yasalgan: ewrän hamda ewrül- (aylan-) so‘zlari o‘zakdosh, tezginč so‘zi esa tezgin- (charx ur-) fe’lidan yasalgan.

Shu o‘rinda muhim bir masalaga e’tibor qaratsak. Yusuf Xos Hojib Oyni ta’riflar ekan, uning tinimsiz harakatda ekanini alohida ta’kidlaydi. Oyning ta’rifi asar qahramonlari Kuntug‘di elig bilan vazir Oyto‘ldi suhbatida yaxshi ochib berilgan. Oyto‘ldi deydi:

Bu Ay ornï boldï ewi munqalïp,

Orunsuz bolur munqalïp näŋ qïlïp.

Bu Ay burjï Saratan, bu ew ewrülür,

Ewi ewrülür ham özi čewrülür.

Qayu ewkä kirsä, bu Ay terk čïqar,

Čïqarï üčün terk batarïn yïqar.

(Bu Oyning o‘rni o‘zgaruvchan uydir,

U o‘zgaruvchan harakat qilib, o‘rinsiz bo‘lib qoldi.

Oyning burji Saratondir, bu uy doim aylanadi.

Uyi aylanadi, shuning uchun o‘zi ham charx uradi.

Qaysi uyga [burjga] kirmasin, bu Oy tez qaytib chiqadi,

Chiqish uyi bo‘lgani uchun, botgan uyini tez tark etadi.) (QB.728–730).

Oyto‘ldi, o‘z otining ma’nosini izohlar ekan, sifatini Oyga mengzaydi:

Bu Ay tuğsa, ašnu edi az tuğar,

Küningä bedüyür, yuqaru ağar.

Tolun bolsa, tolsa ažunda yarar,

Ažun xalqï andïn yaruqluq bulur.

Tügäl bolsa, kör, Ay bu ağsa ediz,

Yana erlü törčir, ketär körk meŋiz.

Yaruqluqï eksür, yana yoq bolur,

Tuğar kečä adïn yana-oq tolur.

(Mazmuni: Oy tug‘ilganda, boshlab juda kichik tug‘iladi,

So‘ng kundan-kun ulg‘ayadi, yuqori ko‘tariladi.

To‘lin bo‘lsa, to‘lsa, olamni yoritadi,

Olam xalqi undan yorug‘liq topadi.

Oy tugal to‘lishib, eng baland ko‘tarilsa, ko‘rgin,

Yana yemirilib, kamaya boradi, yuz chiroyi ketadi.

Yorug‘lig‘i kamayadi, yana yo‘q bo‘ladi.

Qayta tug‘ilgach, keyin yana to‘lishadi.) (QB.716–719).

Yusuf Xos Hojibning ta’rificha, Oy harakatda bo‘lgani uchun yorug‘lig‘i o‘zgarib turadi. “Kun bilan yuzma-yuz kelganda to‘lishadi” (Yašïq birlä otru baqïšsa, tolïr) deya ta’kidlaydi shoir (QB.133).

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy”da Ollohga ham o‘qir ekan, Oyning harakatini shunday ta’riflagan edi:

Yana birni sāz äylädiŋ turfa dayr,

Anïŋ sākinïn äylädiŋ tez sayr.

Barïdïn itigräk xirāmï anïŋ,

Vale tegmäyin yergä gāmï anïŋ.

Manāzilğa bāt-bāt qïlïp intiqāl,

Atïn gah etip Badru gahi Hilāl.

(Yana bir falakdan ajoyib butxona yaratib, uning yashovchisini sargardon qilding. Uning yurishi barcha sayyoralardan shu qadar tezki, uning oyog‘i yerga ham tegmaydi. Manzilini tez-tez o‘zgartirib turadi, otini ham goh Badr [to‘lin], goh Hilol [yangi chiqqan Oy] deb o‘zgartirib turadi) (SI.15).

Yana “Qutadg‘u bilig”ga qaytamiz. E’tiborlisi, asarda ayrim yulduzlar to‘g‘risida so‘z ketganda ular yurïr (yuradi) deb ta’riflanadi. Buning bilan ularning harakati bildiriladi.

Endi muallifning koinotdagi boshqa bir jism – Kun va uning holati bilan bog‘liq fikrlariga e’tibor qaratamiz. Asar qahramoni Kuntug‘di, o‘z ismining ma’nosini izohlar ekan, sifatini Kunga o‘xshatadi. Shu o‘rinda Kunni ta’riflab, deydi:

Bu Kün burjï Arslan, bu burj tebrämäs,

Ewi tebrämäsä üčün artamas (QB.819).

(Mazmuni: Bu Kun burji Arslon [ya’ni Asad]dir, bu burj tebranmaydi,

Uyi [ya’ni burji] tebranmaydi, shuning uchun o‘zi buzilib kamaymaydi.)

Yusuf Xos Hojibning ta’rifiga ko‘ra, Kun qo‘zg‘almasdir. Kun burji barqaror, turg‘undir. “Kün burjï sabit turur (Kun burji sobit turur)” deb ta’kidlaydi olim boshqa bir yerda (QB.818). Shuning uchun doim birday yorug‘liq sochib turadi.

Boshqa bir yog‘i, muallifning ushbu fikrlari asosida katta bir masala turibdi. Bu jumboqni shunday tushuntirish mumkin: Falak va Yer doimiy harakatda. Kun markazda turadi, u turg‘undir. Yer esa uning tevaragida aylanadi. Bu fikrlar ulug‘ olimning dunyo va uning tuzilishi to‘g‘risidagi falsafiy qarashlarining asosini tashkil etadi.

Ma’lumki, N. Kopernikning olamning aylanishi to‘g‘risidagi qarashlari yuzaga chiqqunga qadar, butun G‘arb astronomiya ilmi geotsentrik nazariya ta’sirida yashar edi. U “Er emas, Quyosh markazda turadi, Yer esa uning tevaragida aylanadi”, deganida boshda afkor ammasi uni qo‘llab-quvvatlamadi. Keyinchalik, ilmiy haqiqat tan olindi va uning qarashlari fanning ulug‘ kashfiyotlari qatoridan o‘rin oldi. Hozirgi zamon astronomiya ilmida bu kashfiyot uning nomi bilan bog‘lanmoqda. Vaholanki, bu fikrni N. Kopernikdan ancha burun ulug‘ mutafakkir Yusuf Xos Hojib aytib turibdi.


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish