Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet85/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

YORDAMCHI SO‘ZLAR
Bog‘lovchilar
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida uyushiq bo‘laklar hamda juft so‘zlarda ishlatiladigan va yoki -u bog‘lovchilarining o‘rnida qadimgi turkiy tilda …lï …lï bog‘lovchisi qo‘llanilgan. Misol: Saqïntïm, turuq buqalï sämiz buqalï arqda bilsär, sämiz buqa, turuq buqa täyin bilmäz ärmis. – (So‘ng) o‘ylab qoldim: “(Birov) turug‘ buqa bilan semiz buqani tezagidan bilsa, (birov bu) semiz buqa, (bu) turug‘ buqa deya bilmas emish [ya’ni semiz buqa bilan turug‘ buqani ajratolmas ekan]” (Ton.5–6); Bu sawïğ ilig begli xatunlï ešidip... – Bu xabarni elig bek va xotini eshitib ... (AYar.281); Adïğlï toŋuzlï art üzä soqušmïš ermiš. – Ayiq va to‘ng‘iz tepalik ustida to‘qnashibdi (İB.6); T(ä)ŋrili yäkli nädä ötrü süŋüšmiš y(a)ruqlï q(a)ralï q(a)ltï qatïlmïš yirig t(ä)ŋrig kim y(a)ratmïš tipän bilt(i)m(i)z. – Tangri va iblis nima sabab urushdilar, yorug‘lik bilan zulmat qanday qilib qorishdilar, yerni, osmonni kim yaratganini bildik (Huast.73–75).

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida biriktiruvchi bog‘lovchilardan ham bog‘lovchisi-da qo‘llanilgan: Fida qïldï barïn, näŋi ham özin. – Barini – narsasini hamda o‘zini fido qildi (QB.55); Ularnïŋ taŋuqï kelir ham barïr. – Ularning sov­g‘asi keluvchi ham ketuvchidir [ya’ni o‘tkinchidir] (QB.109).

XI asrdan turkiy tillarga -u hamda va bog‘lovchilari ham o‘z­lasha boshladi. -u – forscha, va esa arab tilidan o‘zlashgan. Ke­yinchalik ushbu bog‘lovchilar qadimgi turkiy -lï, -li … -lï, -li bog‘lovchisini siqib chiqardi. Shunga qaramay, qadimgi -lï, -li … -lï, -li ayrim o‘zbek shevalarida hozir ham saqlanib qolgan.

Arab yozuvli matnlarda -u hamda va bog‘lovchilari farqlan­maydi, ikkalovi ham “vav” bilan beriladi. Lekin uyg‘ur xatida ular bir-biridan farqli holda yozilgan. Biroq ushbu bog‘lovchi­larning qo‘llanilishida qat’iy qoida bor. Matnda -u bog‘lov­chi­si juft so‘zlarni, uyushiq bo‘laklarni bir-biriga bog‘laydi, kishi yo narsa otlari sanalganda ishlatiladi. va bog‘lovchisi esa gap tugagandan so‘ng, ikkinchi gap boshlanganda ishlatiladi, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o‘zaro bog‘laydi, -u bog‘­lovchisi qo‘llangan juft so‘zlarni hamda sinonim so‘zlarning bir guruhini ikkinchisiga bog‘lash uchun ishlatiladi (Abdurahmonov, Rustamov 1984,143–144).

-u bog‘lovchisi undosh bilan tugagan so‘zlarga -u, unli bilan tugagan so‘zlarga esa -vu shaklida qo‘shiladi. Hozirgi o‘zbek adabiyotshunosligida Navoiy asarlarini “Farhād va Širin”, “Layli va Majnun” deb atayapmiz. Aslida esa ularni “Farhād-u Širin”, “Layli-vu Majnun” shaklida aytganimiz to‘g‘ri bo‘ladi.

Shuningdek, matnda ta’kid yuklamasi -u ni ham farqlay olish kerak. Chunki arab yozuvli matnlarda u ham “vav” bilan yoziladi. Undosh bilan tugagan so‘zlarga -u, unli bilan tugagan so‘zlarga esa -yu shaklida qo‘shiladi.

Buni Alisher Navoiyning “Nasoyimu-l-muhabbat”da Adib Ahmad haqida yozgan quyidagi satrlarida yaqqol kuzatsa bo‘ladi: Derlär-ki, közläri bütäw ermiš-u aslā zāhir ermäs ermiš. Basir bolup özgä basirlär-deg andaq emäs ermiš-ki, köz bolğay-u, körmäs bolğay, ammā bağāyat zi:rak-u zaki: va zāhid-u muttaqi: kiši ermiš. Haq subhānahu va ta'ālā agarči zāhir közin yapuq yaratqandur, ammā köŋli közin bağāyat yaruq qïlğandur… anïŋ tili türk alfāzï bilä mavā'iz-u nasāyihqa go:yā ermiš, balki aksar Türk ulusïda hikmat-u nuktalarï šāye'dur va nazm tari:qï bilä aytur ermiš” (NM.390–391). Ushbu matnda köz bolğay-u, körmäs bolğay jumlasidagi -u bog‘lovchi emas, yuklamadir. Qolganlari bog‘lovchi bo‘lib kelgan.

Husayn Boyqaro qalamiga mansub quyidagi baytga ham e’tibor bering:

Husn ilä sen kāmil-u, Širin-u Layli šuhratï,

İšq ara men zār olup, Farhād-u Majnun tuhmatï HHHh(Maj.139).

Misolda kāmil-u dagi -u – yuklama, juft so‘zlar orasidagi -u esa bog‘lovchidir.

Yana bir misol. Alisher Navoiy o‘zining “Muhokamatu-l-lug‘atayn” asarida turkiy tilda nozik ma’nolari bilan ajralib turuvchi yuzta fe’lni ketma-ket keltirgan. Qo‘lyozmada bu fe’llar bir-biriga “vav” harflari bilan ulab ketilgan. Asarni nashrga tayyorlagan mutaxassislar, odatda, fe’llarning o‘rtasidagi “vav”ni doimiy holda va sifatida keltiradilar: quwarmaq va quruqšamaq va üšärmäk va jïyjaymaq … singari. Aslida ikki so‘z orasidagi “vav”ni -u, juftliklar orasidagilarni esa va deb berilgani to‘g‘ridir: quwarmaq-u quruqšamaq va üšärmäk-u jïyjaymaq … singari. Shunday qilinganda grammatik jihatdan to‘g‘ri yo‘l tutilgan bo‘ladi, ritm (ohang) ham ta’minlanadi.



Ya bog‘lovchisi inkorni bildiradi. U takrorlanib ham ishlatiluvi mumkin:

Yurïmaz ya yatmaz, uδïmaz uδuğ,

Ya meŋzäg ya yaŋzağ kötürmäz boδuğ. –

U yurmaydi yo yotmaydi, uxlamaydi, (u) uyg‘oq,

Yo mengzaydigan, yo o‘xshaydigan sifati yo‘qdir (QB.16).

“Yoki” bog‘lovchisining o‘rnida azu bog‘lovchisi qo‘llanilgan. Ushbu bog‘lovchi ora-chora takror holda ham ishlatiladi: Azu muŋ üčün azu bušï birgäli qïzğanïp yiti türlüg bušï arïğ nomqa tükäti birü umadïmïz ärsär. – Yoki qayg‘u-musibatga atab ehson bergani qizg‘anib yetti xil ehson, chin aqoidga butkul bera olmagan bo‘lsak (Huast.107–108); Anïŋ oxšağï yoq azu meŋzägi. – Uning o‘xshaydigani yoki mengzaydigani yo‘q (QB.15); Esiz-mu seŋä yeg azu eδgü-mu / Söküš-mu qïlur-sen azu ögdi-mu. – Senga esizlik yaxshimi yoki ezgulikmi? So‘kilishni istaysanmi yoki maqtovnimi? (QB.240).

Hozirgi forschadan o‘zlashgan “goho” bog‘lovchisining o‘rnida eskida ara bog‘lovchisi qo‘llanilgan. U takrorlanib kelishi ham mumkin: Ara ögdilür til, ara mïŋ söküš. – Til goho maqtaladi, gohida ming so‘kish eshitadi (QB.174).

Hozirgi o‘zbek tilida -ki bog‘lovchisi ergash gapni bosh gapga bog‘lashga xizmat qiladi. O‘zbek tilshunosligida -ki bog‘lovchisi fors tilidan o‘zlashgan, sodda gaplari -ki bog‘lovchisi bilan birikkan qo‘shma gaplarni forsiy qolipda yuzaga kelgan, deb qarovchilar ham bor. Ta’kidlash kerakki, turkiy tillardagi -ki bog‘lovchisi tarixan -kim ning qisqargan shaklidir (-kim>-ki). Qadimgi turkiy yodgorliklar tilida kim ikki xil vazifada keladi:

1) Kishilik olmoshidir. Masalan: Kim taluyqa barayïn tesär, kiriŋlär, oğlum tiginkä eš boluŋlar. Ne kergäkin barča bergäy-biz. Kim yerči suwčï, kemäči bar ersär, yemä kelzün. – Kim dengizga boraman desa, qoshimga kiringlar, o‘g‘lim shahzodaga esh bo‘linglar. Nima kerak bo‘lsa, barini bergaymiz. Kim yo‘l boshlovchi, dengizchi, kema boshqaruvchisi bo‘lsa, u ham kelsin (AT.283).

2) Bog‘lovchi bo‘lib keladi, qo‘shma gaplarda ergash gapni bosh gapga bog‘lash uchun xizmat qiladi. Quyidagi misollarga e’tibor bering: Luu xanlarïnta Čintamani erdäni bar-kim, ülüglüg qutluğ kiši ol erdäni bulsar, qamağ tïnlïğlarqa asïğ tusu qïlur. – Ajdar xonlarida Chintamani javohiri bor-kim, nasib etgan baxti bor kishi o‘sha javohirni topsa, hamma jonzodlarga foyda keltiradi (AT.283); Men bu muntuda yigräk Čintamani erdäni alğalï barayïn-kim, qayu tïnlïğlarqa tüzü tükäti asïğ tusu qïlu usar-men. – Men bu yerda qolib yaxshiroq Chintamani javohirini olish uchun borayin-kim, qay jonzodlarga tugal foyda keltira olaman (AT.284).

Hozirgi forschadan o‘zlashgan “agar”, “garchi” bog‘lovchilari o‘rnida eskida qalï~xalï, apaŋ~abaŋ bog‘lovchilari qo‘llanilgan. Masalan, “Qutadg‘u bilig”da: Qalï mundağ ersä yorïq otru ur. – Garchi shunday ekan, o‘rtacha yo‘riq tut (QB.172); Apaŋ iki ažun qulur ersä sen. – Agar ikki dunyo farog‘atini tilar bo‘lsang (QB.223).

“Chig‘atoy turkiysi”da bular bilan bir qatorda lekin~valek ~vale~lek, čun~ču, čun-kim, hamānan-ki~hamānan-kim, tā, andaq-ki~andaq-kim, äylä-ki~äylä-kim, hamu-l nav’-ki~hamu-l nav’-kim, agar~gar, agarči~garči, nečä-ki~nečä-kim, anda-ki~anda-kim bog‘lovchilari ham amal qilgan.



Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish