Til tarixining “Qadimgi turkiy adabiy til” bosqichi.
Ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda kechgan etnik jarayon. Til va etnos. Ko‘k turk xoqonliqlari, uyg‘ur xoqonlig‘i va davlatlarida til vaziyati.
Ko‘k turklarda yozuv madaniyati. Ko‘k turk yozuvi – bobolarimizning ulug‘ kashfiyotidir. Ko‘k turk yozuvi yodgorliklari – turkiy yozma adabiy tilning eng eski naunalari sifatida. To‘nyuquq, Yo‘llug‘ tigin singari tarixchi va adiblarning adabiy til ravnaqiga qo‘shgan ulushi. Yozma uslublar va ularning yuzaga kelishi.
Uyg‘ur yozuvi va uning tarixi. Uyg‘ur yozuvi yodgorliklari – til tarixining manbalari sifatida. Uyg‘ur yozuvidagi qadimgi turkiy til davriga tegishli diniy-falsafiy va badiiy asarlar. Ko‘k tangri diniy tasavvurlari ta’sirida yaratilgan asarlar. Buddizm ta’sirida yaratilgan asarlar. Sanskrit, tohar, xitoy, sug‘d tillaridan qadimgi turkiy tilga o‘girilgan diniy-falsafiy yodgorliklar. Moniylik muhitida yaratilgan turkiy asarlar.
Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari. Unlilar tizimi. Turkiy singarmonizm – yodgorliklar tilining temir qonuni. Undoshlar tizimi. Fonetik hodisalar.
Morfemika. So‘zning morfem qurilishida tarixiylik. So‘z yasalishi. Qadimgi turkiy tilda amal qilgan so‘z yasash yo‘llari.
So‘z turkumlari. Ot va uning kategoriyalari. Ko‘plik. Egalik. Kelishik kategoriyasi. Unutilgan kelishik qo‘shimchalarining hozirgi o‘zbek tilidagi qoldiqlari. Otlarda jins. Otlarning yasalishi.
Sifat va uning muhim belgilari. Sifatlarning yasalishi.
Son. Sanoq sonlar. Sonning darajalari: birliklar, o‘nliklar, yuzliklar, mingliklar. Qadimgi turkiy tilda ikki xonali sonlar. Tartib sonlar. Qadimgi turkiy tilda yasama sonlar.
Olmosh va uning turlari.
Fe’l va uning kategoriyalari. Fe’lning sifatdosh formalari, ularning yasalishi. Ravishdosh. Masdar alomati. Fe’lning buyruq shakli. Bo‘lishsizlik. Fe’llarda shaxs-son ko‘rsatkichi. Shart ko‘rsatkichi. Fe’l nisbatlari. O‘tgan zamon fe’li. Hozirgi zamon fe’li. Kelasi zamon fe’li. Fe’llarning yasalishi.
Ravish va uning turlari. Ravishlarning yasalishi. Yordamchi so‘zlar. Qadimgi turkiy tilda qo‘llangan bog‘lovchilar. Ko‘makchi so‘zlar. Yuklamalar. Qadimgi turkiy tilning sintaktik qurilishi.
So‘z birikmasi: otli va fe’lli birikmalar.
Sodda gap va uning turlari. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari. Gap bo‘laklari: aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol. Gapning uyushiq bo‘laklari. Qo‘shma gaplar va ularning turlari: bog‘lovchili va bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gap, ergashgan qo‘shma gap. Bir necha ergash gapli qo‘shma gap. Ko‘chirma gap.
Do'stlaringiz bilan baham: |