Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Turk beklari, xalqi, buni eshiting!



Download 3,07 Mb.
bet120/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Turk beklari, xalqi, buni eshiting! Turk xalqini to‘plab davlat tutishingizni bunda [ya’ni toshda] yozdim. Adashib, ayrilganingni ham (11) bunda yozdim. Har qanday so‘zim bo‘lsa, mangu toshga yozdim. Unga qarab biling, turkning endigi xalqi, beklar. Uy-­dunyoga(gina) qaraydigan beklar, butunlay gumrohsiz.
Ilova

[Yo‘llug‘ tigin so‘zi]:

Men mangutosh .... Tabg‘ach xoqonidan naqqosh keltirdim, naqshlatdim. Mening so‘zimni buzmadi. (12) Tabg‘ach xoqoni saroy naqqoshini yubordi. Unga maxsus ziyoratgoh yarattirdim. Ichi-­tashiga maxsus naqsh soldirdim, tosh o‘rnattirdim. Ko‘ngildagi so‘zlarimni ul ..... [o‘n o‘q avlodi]ga, totgacha buni ko‘rib, biling! Mangutosh (13) o‘rnattirdim. Bu sayrgoh bo‘lgach, maqbara sayrgoh yerda bo‘lsa! Shunday sayrgoh yerda mangutosh o‘rnatdim, (bitig) bitidim. Uni ko‘rib, shunday deb biling: bu tosh ........dim.

Bu bitig bitilguchining jigari Yo‘llug‘ tigin.

K.I

Kul tiginning oltinini, kumushini, ipagini, borini tur[k xalqi] fuqarosini yiqqan to‘ygi bu ..... begim tigin yuqori Tang[ri] ....... tosh bitdim Yo‘llug‘ tigin.


Asosiy qism

[Bilga xoqon so‘zi]:

K

(1) Yuqorida ko‘k osmon, pastda qo‘ng‘ir yer yaratilganda ikkisining orasida inson bolasi yaratilgan. Inson bolalari ustidan ota-­bobom Bumin xoqon, Istami xoqon bo‘lib (taxtga) o‘tirgan. (Taxtda) turib turk xalqining yurtini, hukumatini tutib turganlar, tartibga keltirganlar. (2) To‘rt taraf butunlay yov ekan. Qo‘shin tortib, to‘rt tarafdagi xalqni butunlay olgan(lar), butunlay qaram qilgan(lar), boshi borni ta’zim qildirgan(lar), tizzasi borni cho‘ktirgan(lar). Sharqqa – Qadirqan yishga qadar, g‘arbga – Temir qopiqqacha manzil qildirgan(lar). Ikkisining orasida (3) xo‘jayinsiz, tanobsiz [cheklanmagan yerga egalik qilib], ko‘k turk shu tarzda yashar ekan. (Ular) dono xoqon ekan, alp xoqon ekan, vazirlari ham dono ekanligi uchun, botir ekanligi uchun, beklari ham, xalqi ham to‘g‘ri ekan. Shuning uchun davlatni shunday tutgan ekan. Davlatni tutib, rasm-rusumni ado etganlar. O‘zi shunday [boshqarib] (4) vafot etgan. Azachi, yig‘ichi(lar), sharqdan – kun chiqardan bo‘kli cho‘lgil, tabg‘ach, tuput, apar, purum, qirqiz, uch quriqan, o‘tuz tatar, qitan, tatabi – shuncha xalq kelib yig‘lagan, aza tutgan. Shunday mashhur xoqon ekan. Shundan keyin inisi xoqon (5) bo‘lgan ekan, o‘g‘li, jigari (?) xoqon bo‘lgan ekan. Undan keyin inisi og‘asiday ish tutmagan ekan, o‘g‘li otasiday ish tutmagan ekan. (Taxtda) johil xoqon turganligi uchun, badfe’l xoqon turganligi uchun vaziri ham kaltafahm ekan, yovuz ekan. (6) Beklari, xalqi to‘g‘ri emasligi uchun, tabg‘ach xalqi hiylakor, to‘ymasligi uchun, firibgari bor uchun, ini va og‘ani (bir-biriga) qayragani uchun, begi va xalqini bir-biriga chaqqani uchun turk xalqi ushlab turgan davlatini qo‘ldan chiqarib yuborgan, (7) xoqonlik qilib turgan xoqonini yo‘qotib yubordi. Tabg‘ach xalqiga bek bo‘ladigan o‘g‘il bolasi bilan qul bo‘ldi, suluv qiz bolasi bilan cho‘ri bo‘ldi. Turk beklar turkcha otini qo‘yib, tabg‘achlik beklarning tabg‘achcha otini qabul qilib, tabg‘ach xoqonga (8) qaram bo‘ldi. Ellik yil mehnatini, kuchini beribdi. Sharqqa – kun chiqarda Bo‘kli xoqonigacha lashkar tortib beribdi. G‘arbga – Temir qopiqqa qadar lashkar tortib beribdi. Tabg‘ach xoqoniga davlatini, hukumatini olib beribdi. Turk qora xalqi, bari (9) xalq shunday debdi: “Davlatli xalq edim, davlatim endi qani? Davlatni kimga egallab beryapman?” – der ekan. “Xoqonli xalq edim, xoqonim qani? Ne xoqonga mehnatimni, kuchimni beryapman?” – der ekan. Shunday deb tabg‘ach xoqoniga yov bo‘libdi. (10) Yov bo‘lib, o‘zini eplab va tiklab ololmay, yana taslim bo‘libdi. Shuncha mehnatini, kuchini berganiga andisha qilmay (tabg‘ach xoqoni) “turk xalqini o‘ldirayin, urug‘ini qirayin” der ekan. [Uni] yo‘qotib borayotgan ekan.



Yuqorida turkning osmoni, turkning muqaddas yeri- (11) suvi shunday debdi: “Turk xalqi yo‘q bo‘lmasin” deya, “xalq bo‘lsin” deya otam Eltaris xoqonni, onam Elbilga xotunni Tangri (o‘z) martabasida tutib, yuqori ko‘targan ekan.

Otam xoqon o‘n yetti er bilan tashga chiqib ketgan. “Tashda (12) yuribdi” degan ovozani eshitib, shahardagi tashga chiqibdi, tog‘dagi(si) inibdi. Terilib, yetmish er bo‘libdi. Tangri kuch bergani uchun otam xoqonning qo‘shini bo‘ridek ekan, dushmani qo‘ydek ekan. Sharqqa, g‘arbga qo‘shin tortib, (odam) yig‘ibdi, (oyoqqa) turg‘azibdi. Hammasi (13) yetti yuz er bo‘libdi. Yetti yuz er bo‘lib, davlatini yo‘qotgan, xoqonini yo‘qotgan xalqni, cho‘riga aylangan, qul bo‘lgan xalqni, turk hukmronligini boy bergan xalqni ota-bobolarim yo‘sunicha oyoqqa turg‘azibdi, boshqaribdi. To‘lis, tardush ........ (14) yabg‘uni, shadni o‘shanda tayinlabdi. Janubda tabg‘ach xalqi yov ekan, shimolda baz xoqon, to‘quz o‘g‘uz xalqi yov ekan. Qirqiz, quriqan, o‘tuz tatar, qitan, tatabi butunlay yov ekan. Otam xoqon buncha ...... (15) qirq yetti yo‘la qo‘shin tortgan, yigirma marta jang qilgan. Tangri yorliqagani uchun eli borni elidan ayirgan, xoqoni borni xoqonidan ayirgan, yovni qaram qilgan, tizzasi borni cho‘ktirgan, boshi borni ta’zim qildir...... (16) hukmronlik qilib vafot etgan. Otam xoqon [qabri]ga birinchi bo‘lib baz xoqonning balbali tikildi.

O‘sha hukumat boshiga amakim xoqon bo‘lib o‘tirdi. Amakim xoqon o‘tirib, xalqni yaxshilab oyoqqa turg‘izdi, tarbiyaladi, qashshoqni ...... (17) Amakim xoqon bo‘lib turganda o‘zim tardush xalqi uza shad edim. Amakim xoqon bilan sharqqa Yashil o‘guz, Shantung dashtiga qadar qo‘shin tortdik, g‘arbga Temir qopiqqa qadar qo‘shin tortdik. Ko‘gman osha qi..... (18) Hammasi (bo‘lib) yigirma besh (marta) cherig tortdik, o‘n uch (marta) jang qildik. Eli borni elidan ayirdik, xoqonlini xoqonidan judo qildik, tizzasi borni cho‘ktirdik, boshi borni yukuntirdik. Turgas xoqon turkimiz ...... (19) uchun, bizga (nisbatan) yanglishgani uchun xoqoni o‘ldi, vaziri, beklari ham o‘ldi. O‘n o‘q xalqi zahmat chekdi. Bobomiz, ajdodimiz boshqargan yer-suv egasiz bo‘lmasin deb az xalqini tartibga solib yar..... (20) bars bek edi, xoqon unvonini bunda biz berdik. Singlim xoqonzodani berdik. O‘zi yanglishdi, xoqoni o‘ldi, xalqi cho‘ri, qul bo‘ldi. Ko‘gman yer-suvi egasiz qolmasin deya az, qirqiz xalqini tikla[b] ......... (21) qaytib berdik. Sharqqa Qadirqan yishni osha xalqni shunday qo‘ndirdik, shunday tartibga keltirdik. G‘arbga Kangu Tarmanga qadar turk xalqini shu holda qo‘ndirdik, shu xilda tartibga keltirdik. U chog‘da qul qulli bo‘lgan, ....... (22) Shunday qozonilgan, tiklangan elimiz, hukumatimiz (bor) edi.


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish