Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Turk o‘g‘uz beklari, xalqi eshiting!



Download 3,07 Mb.
bet121/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Turk o‘g‘uz beklari, xalqi eshiting! Yuqoridan osmon bosmasa, pastda yer yorilmasa, turk xalqi, davlatingni, hukumatingni kim buzdi? ..... (23) o‘kin, ko‘rguliging uchun, tarbiya qilgan dono xoqoningni, yemirilgan, ketgan ezgu davlatingga. O‘zing yanglishding, (oraga) yomonni kirgizding. Qurolli qaydan kelib tarqatib yubordi, nayzali qaydan kelib surib ketdi? Qutlug‘ O‘tukan yish ......... (24) bording, g‘arbga borolguncha bording. Borgan yerda ezgulik shu bo‘lsa kerak: qoning suvday oqdi, suyaging tog‘day (uyulib) yotdi, bek bo‘ladigan o‘g‘il bolang qul bo‘ldi, suluv qiz bolang joriya bo‘ldi. (Buni) bilmagani uchun ...... (25) Boshlab qirqiz xoqonining balbalini tikdim.

Turk xalqining oti, dong‘i yo‘qolmasin deya otam xoqonni, onam xotunni ko‘targan Tangri, el bergan Tangri turk xalqining oti, dovrug‘i yo‘q bo‘..... (26) xoqon qilib o‘rnatdi. Mol-mulkli xalqqa (xoqon) bo‘lmadim. Ichi oshsiz, tashi to‘nsiz, bechorahol xalq uzra (xoqon) bo‘ldim. Inim Kul tigin bilan so‘zlashdik. Otamiz, amakimiz qoz[ongan] ....... (27) deya turk xalqi uchun tun uxlamadim, kunduz o‘tirmadim. Inim Kul tigin bilan, ikki shad bilan o‘la-yita (zafar) qozondim. Shu xilda (zafar) qozonib, uyushgan xalqni o‘t-suv qilmadim. Men ...... (28) ketgan xalq o‘la-yita yayov, yalang‘och qaytib keldi. Xalqni tarbiyalayin deya shimolga o‘g‘uz xalqi tomon, sharqqa qitan, tatabi xalqi tomon, janubga tabg‘ach tomon ulug‘ lashkar [bilan] o‘n ikki .... (29) keyin, Tangri yorliqasin, qutum bor uchun, nasibam bor uchun o‘layotgan xalqni tiriltirib, oyoqqa qo‘ydim. Yalang xalqni to‘nli, qashshoq xalqni boy qildim, oz xalqni ko‘paytirdim. Panohtalab davlatlida, ..... (30) xalqni butunlay do‘st qildim, yovsiz qildim (?), butunlay menga qaradi. Mehnatni, kuchni beruvchi shunday hokimiyatni qozonib, inim Kul tigin (Yaratganning O‘ziga) kerak bo‘ldi [ya’ni vafot etdi].

Otam xoqon o‘lganda inim Kul tigin yet...... (31) Umaydek onam xotun baxtiga inim Kul tigin er (degan) ot qozondi. O‘n olti yoshida amakim xoqon davlatini, hokimiyatini shu xilda qozondi. Olti chub [viloyat] sug‘dlari tomon qo‘shin tortdik, tor-mor qildik. Tabg‘ach o‘ng tutuq besh t..... (32) Kul tigin yayov otilib hujum qildi. O‘ng tutuq yo‘lboshchisini yaroqli qo‘li bilan tutdi, yaroqlangan holda xoqonga tortiq qildi. U cherikni o‘shanda yo‘q qildik. Yigirma bir yoshida Chacha Sunga urush qildik. Eng avval Tadqas cho‘rning bo‘z ..... (33) o‘ldi. Ikkinchi (bor) Ishbara Yamtar bo‘z otini minib hujum qildi. U ot o‘shanda o‘ldi. Uchinchi (bor) Yagansil bekning yasatilgan to‘riq otini minib hujum qildi. U ot o‘shanda o‘ldi. Yarog‘iga, yopinchig‘iga yuzdan ortiq o‘q bilan urdi. Badanga boshiga bir t....... (34) hujum qilganini, turk beklari, yaxshi bilasiz. U lashkarni yo‘q qildik. Undan keyin yer bayirqu[li] Ulug‘ Erkin yov bo‘ldi. Uni quvib, Turgi Yarg‘un ko‘lda tor-mor qildik. Ulug‘ Erkin ozgina yigiti bilan qochib ketdi. Kul tigin ..... (35) .....[yoshi]da Qirqiz tomon qo‘shin tortdik. Nayza botimi qorni yorib, Ko‘gman yishga ko‘tarilib yurib, qirqiz xalqini qo‘qqisdan bosdik. Xoqoni bilan Sunga yishda jang qildik. Kul tigin Bayirquning [oq ayg‘irini] (36) minib otilib hujum qildi. Bir erni qo‘li bilan urdi, ikki erni biryo‘la sanchdi. O‘sha kurashda Bayirquning oq ayg‘irining kuragini sindirib urdi. Qirqiz xoqonini o‘ldirdik, davlatini oldik. O‘sha yili turgash .... (37) ko‘tarilib, Ertis daryosini kechib yurdik. Turgas xalqini qo‘qqisdan bosdik. Turgas xoqon qo‘shini Bo‘luchuda o‘tday-bo‘ronday keldi, jang qildik. Kul tigin Bashg‘u (laqabli) bo‘z otini minib hujum qildi. Bashg‘u bo‘z k..... (38) tutqazdi. Ikkisini o‘zi oldirdi. O‘shanda yana (jangga) kirib, Turgas xoqon(ning) vazirini, az tutug‘ini qo‘li bilan tutdi. Xoqonini o‘shanda o‘ldirdik, elini oldik. Turgas qora xalqi butunlay taslim bo‘ldi. U xalqni Tabarda qo‘........ (39) So‘g‘daq xalqini tuzatayin deya Yinchu o‘guzni kechib, Temir qopiqqa qadar lashkar tortdik. Shundan keyin qora turgas xalqi yov bo‘lgan Kangras tomon bordi. Bizning lashkar(imizning) oti oriq, ozig‘i yo‘q edi. Yomon kishi er...... (40) alp er bizga (?) hujum qilgan edi. O‘shanday zamonda o‘kinib, Kul tiginni oz er bilan izlatib yubordik. Katta jang qilibdi. Alp Shalchi oq otini minib hujum qilibdi. Qora turgas xalqini o‘shanda o‘ldiribdi, qo‘lga olibdi. Qaytib yurib ........
Kb

(1)........ bilan, Qushu tutuq bilan jang qilibdi. (Uning) jangchilarini xo‘p o‘ldiribdi, uy-joyini ....... hujum qilib butunlay keltirdi.

Kul tigin yigirma yetti yoshida qarluq xalqi begonalashib [orada ziddiyat chiqib], yov bo‘ldi. Tamg‘iduq bashda jang qildik. (2) Kul tigin o‘sha jangda o‘ttiz yashar edi. Alp Shalchi (laqabli) oq (oti)ni minib, otilib hujum qildi. Ikki erni birvarakayiga sanchdi. Qarluqni o‘ldirdik, (qo‘lga) oldik. Az xalqi yov bo‘ldi. Qora ko‘lda jang qildik. Kul tigin o‘ttiz bir yashar edi. Alp Shalchi (laqabli) oq (oti)ni (3) minib, otilib hujum qildi. Az Eltabarni qo‘lga tushirdi. Az xalqi o‘shanda yo‘q bo‘ldi.

Amakim xoqonning davlati zaiflashganda, xalq nochor qolganda izgil xalqi bilan jang qildik. Kul tigin Alp Shalchi oqini minib, (4) otilib jang qildi. U ot o‘shanda tush....... Izgil xalqi o‘ldi. To‘quz o‘g‘uz xalqi o‘z xalqim edi. Ko‘k-er fitnali bo‘lgani uchun yov bo‘ldi. Bir yilda besh bora jang qildik. Boshlab, To‘g‘u shahrida jang qildik. (5) Kul tigin Azman oqini minib, otilib hujum qildi. Olti erni sanchdi, lashkar hujumida yettinchi erni qilichladi. Ikkinchi marta, Qushlag‘aqda [ ]z bilan jang qildik. Kul tigin Az kul rang (ot)ini minib, otilib hujum qilib, bir erni sanchdi, (6) to‘qqiz erni qurshab urdi. [ ]z xalqi o‘shanda o‘ldi. Uchinchi bor, Bo‘l.........nda o‘g‘uz bilan jang qildik. Kul tigin Azman oq (ot)ini minib hujum qildi, sanchdi. Lashkarini sanchdik, davlatini oldik. To‘rtinchi bor, Chush boshida jang qildik. Turk (7) xalqi oyoqdan qoldi, yomon bo‘ladigan edi. Ilgari kelgan lashkarini Kul tigin turg‘izib otlantirib, bir qavm alp o‘n erni To‘nga tigin azasida qurshab olib o‘ldirdik. Beshinchi bor, Azganti Qadanda o‘g‘uz bilan jang qildik. Kul tigin (8) Az kul rang (ot)ini minib hujum qildi, ikki erni sanchdi. Shaharga bormadi. O‘g‘uz o‘shanda o‘ldi. ....... qo‘rg‘onda qishlab, bahorda O‘g‘uzga lashkar (bilan) chiqdik. Kul tiginni beklarga bosh qilib jo‘natdik. O‘g‘uz dushman o‘rdani bosdi. Kul tigin (9) O‘gsuz (laqabli) oq(ot)ini minib to‘qqiz erni sanchdi. O‘rdani bermadi.

Xotima

Onam xotun, keyingi onalarim, akalarim, kelinlarim, xonzodalarim, buncha(ngiz) ham tirigi(ngiz) cho‘ri bo‘lar edi, o‘ligi(ngiz) vayronada, yo‘lda yotib qolar edingiz.



(10) Kul tigin bo‘lmaganda butunlay o‘lar edingiz. Inim Kul tigin vafot etdi, o‘zim alam chekdim; ko‘rar ko‘zim ko‘rmasdek, bilar bilimim bilmasdek bo‘ldi [ya’ni ko‘zimning nuri ketdi, es-hushimdan og‘dim], o‘zim alam chekdim. Umrni Tangri belgilaydi. Inson bolasining bari o‘lguchidir. (11) Shunchalik alam chekdimki, ko‘zda yosh kelsa, azob berib ko‘ngildan yig‘i kelsa, qayta qayg‘urdim, qattiq alam chekdim. Ikki shad keyingi ini-jiyanim, o‘g‘lonim, beklarim, xalqim(ning) ko‘zi-qoshi yomon bo‘ladi deb qayg‘urdim.

Azachi, yig‘ichi, qitany tatabi xalqini boshlab (12) Udar sangun keldi. Tabg‘ach xoqondan Isyi Liki keldi. Bir tuman ipak, oltin, kumushni sonsiz keltirdi. Tuput xoqondan bo‘lun keldi. Janubda kunbotardagi sug‘d barchalar(?), uch qora ulus xalqidan Nang sangun, O‘g‘ul tarqan keldi. (13) O‘n o‘q o‘g‘lim Turgas xoqonidan Maqarach tamg‘achi, O‘g‘uz Bilga tamg‘achi keldi. Qirqiz xoqonidan Tardush Inanch-cho‘r keldi. Bino quruvchi, naqsh solingan bitigtosh yasovchi tabg‘ach xoqonining chanqani(?) Chang Sangun keldi.

K.III

Kul tigin qo‘y yilida, [birinchi oyning?] o‘n yettinchi (kuni)da o‘ldi. To‘qqizinchi oy(ning) yigirma yettisida azasini o‘tkazdik. Binosini, naqshini, bitigtoshini maymun yilida, yettinchi oy(ning) yigirma yettisida butunlay tugatdik. Kul tigin u......... qirq yetti yosh (?) tosh .......... buncha naqshni Tuyg‘un Eltabar keltirdi.



Ks

(1) Inanchu bobo Yarg‘an tarqan otini ......... (2) Qurdanni o‘rdi. Inim Kul tigin ........ mehnatini, kuchini bergani uchun turk Bilga xoqon yerida inim Kul tiginni kuzatib o‘tirdim.


Ilova

[Yo‘llug‘ tigin so‘zi]:

K.II

Buncha bitigni bitiluvchi Kul tiginning jigari Yo‘llug‘ tigin bitdim. Yigirma kun o‘tirib, bu toshga, bu binoga to‘liq Yo‘llug‘ tigin bitdim. Panohtalab o‘g‘loningizga, tayanuvchingizga qiyinchilikda tarbiyat qilar edingiz, vafot etdingiz. Tangri yashatuvchidir.


XUASTUANIFT”NING ESKI TURKCHA VERSIYASI
“Xuastuanift” moniylik dinining yolboruv duosidir (nashrlariga qarang: Maлов 1951,108–130; Дмитриева 1963; Asmussen 1965). Asarning oti matnda N(i)ğošaklarnïŋ suyïn yazuqïn öküngü Huastuan(i)vt deb berilgan. Ushbu jumladagi niğošak – sug‘dchadan o‘zlashgan atama bo‘lib, “tinglovchi” ma’nosini anglatadi, u moniy diniy jamoasida quyi darajani bildirgan; suy yazuq – juft so‘z, “gunohlar, yozuqlar” degan ma’noni bildiradi; öküngü esa hozirgi “o‘kinuv, tavba qiluv” so‘ziga teng. Shunga ko‘ra, ushbu qayddan “Nig‘o‘shaklarning yozuqlarini o‘kinuvchi “Xuastuanift” degan ma’no kelib chiqadi.

“Xuastuanift”ning turkiy versiyalari uyg‘ur va moniy yozuvlarida bitilgan. Qo‘lyozmalari hozir Sankt-Peterburg, London va Berlin qo‘lyozma fondlarida saqlanmoqda.

Quyida keltirayotgan matnimiz asarning Rossiya FA Sharqshunoslik institutining Sankt-Peterburg bo‘limida saqlanayotgan uyg‘ur yozuvli qo‘lyozmasi asosida tayyorlandi. Matn chiroyli xat bilan o‘rama qog‘ozga bitilgan. Qog‘ozning bosh qismi chirib, titilib ketgan. Matndan 160 qator saqlangan.


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish