Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet107/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Bir tobïlqu yüz boltï, yüz tobïlqu miŋ boltï, miŋ tobïlqu tümän boltï, ter. Anča biliŋlär: asïğï bar, edgü-ol (Bir to‘bilqu yuz bo‘ldi, yuz to‘bilqu ming bo‘ldi, ming to‘bilqu o‘n ming bo‘ldi, – der. Shunday bilinglar: buning foydasi bor, (belgisi) yaxshidir).

Qan sükä barmïš, yağïğ sančmïš, köčirü, qonturu kelir. Özi, süsi ögirä sebinü ordusïŋaru kelir, ter. Anča biliŋlär – edgü-ol (Xon jangga bordi, yovni yengdi. Ko‘chirib, qo‘ndirib qaytmoqda. O‘zi va lashkari sevinib o‘rdasi tomon kelayotir. Bilib qo‘ying – bu yaxshi).

Adïğlï toŋuzlï art üzä soqušmïš ermiš. Adïğïŋ qarnï yarïlmïš, toŋuzuŋ azïğï sïnmïš, ter. Anča biliŋ – yablaq-ol (Ayiq va to‘ng‘iz qoya ustida to‘qnashdilar. Ayiqning qorni yorildi, to‘ng‘izning oziq tishi sindi, – der. Buni biling – yomondir).

Eki öküzüg bir boqarsïqa kelmiš. Qamsayu umatïn turur, ter. Anča biliŋ – yablaq-ol (Ikki ho‘kizni bir omochga qo‘shdilar. Ularning yurishga majoli yo‘q, – der. Shunday biling – buning belgisi yomon).

Bularning bari qadimgi turk adabiy tilida badiiy uslub o‘lchovlari puxta ishlab chiqilganidan dalolat beradi.


SUTRA USLUBI”
Yozma matnlar ichida diniy-falsafiy asarlarning uslubi ham ajralib turadi.

Buddizm davrida Sharq xalqlarining adabiy aloqalari kuchaydi, tarjima adabiyot yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘sha kezlar turkiy tilga sanskrit, tohar, sug‘d, xitoy tillaridan ko‘plab budda asarlari tarjima qilingan. Muhimi, ana shu adabiy aloqalar etkisida turkiy adabiyotda yangi janrlar yuzaga keldi, ko‘k turk yozma adabiyotidan ayricha o‘laroq, diniy qonunlarni bayon etuvchi yirik voqeaband asarlar yaratila boshladi. Badiiy adabiyotdagi ushbu jarayon yozma adabiy tilda yangi bir uslubning yuzaga keluviga olib keldi: turkiy tilning uzoq asrli an’analari negizida budda asarlarigagina xos bo‘lgan, o‘ziga yarasha yangi bir uslub shakllandi. Buni shartli ravishda “sutra uslubi” deb atashimiz mumkin. O‘sha chog‘larning diniy qonunlarni bayon etuvchi adabiy asarlari – no‘m bitiglar ana shu uslubda. “Maytri simit no‘m bitig”, “Oltun tusli yorug‘”, “Syuan-szan kechmishi” singari asarlarining uslubi bunga misol.

“Sutra uslubi” budda diniy-falsafiy asarlari uchun xoslangan bir uslubdir. Uning o‘ziga xosligi, birinchi galda, atamalar tizimida ko‘zga tashlanadi. Budda asarlarida diniy atamalar tizimi puxta ishlab chiqilgan. Atamalarning katta bir qismi matn talabi bilan sanskrit va asar tarjima qilinayotgan boshqa tillardan o‘zlashgan. Muhimi, turkiy tilda burundan qo‘llab kelinayotgan turkiy so‘zlar ham atama vazifasida qo‘llanilishi mumkin. “Sutra uslubi”da chet tildan olingan tayyor jumla, birikmalar ham uchrab turadi.

“Sutra uslubi”da bitilgan matnlar o‘zining badiiyligi, tasvir vositalarining ustalik bilan ishlatilgani, bayon shaklining ravon va aniqligi bilan ajralib turadi. Budda matnlari qadimgi turk badiiy adabiyotining sara namunalari qatoridan joy olgan. Misol sifatida “Oltun tusli yorug‘” sutrasiga kiritilgan “Tigin va tishi bars qissasi”da elig xon ta’rifiga bag‘ishlangan bir jumlani ko‘rib chiqamiz:



Ol yemä Maxaradi elig xan ertiŋü uluğ bay barïmlïğ, tsaŋlarï ağïlïqlarï ï tarïğ, ed tawar özä tolu, alp atïm sülüg küčiŋä tükällig, törttin sïŋar yer orunuğ iymiš basmïš, öküškä ayatmïš ağïrlatmïš, ürük uzatï köni nomča törüčä bašladačï, imärigmä qamağ bodunïn qarasïn ašmïš üklitmiš, qoptïn sïŋar yağïsïz yawlaqsïz erti (AYar.270).

Ushbu jumlada badiiy uslubning xarakterli belgilari ko‘zga yaqqol tashlanadi. Bir jumlaning o‘zida so‘zlarni juftlash orqali yangi-yangi ma’nolar hosil qilinmoqda. Qadimgi turkiy tilda keng amal qilgan ushbu usul matn badiiyligini, uning o‘qishli bo‘lishini ta’minlaydi. Shu o‘rinda yangi ma’nolarni yuzaga chiqaruvchi juftliklarni birma-bir ko‘rib chiqaylik. So‘zlarning juft holda anglatayotgan ma’nolariga e’tibor bering: bay barïmlïğ – birgalikda “boy-badavlat, davlatmand” ma’nosini beradi; ï tarïğ – ï so‘zi qadimgi turkiyda “o‘simlik”, tarïğ bilan juft holda qo‘llanilib, “don-dun” ma’nosini beradi; ed tawar – “mol-mulk”degani; alp atïm – alp – “alp, bahodir”, atïm – “mergan”, birgalikda “shavkatli” ma’nosini beradi; yer orun – birgalikda “el, mamlakat” ma’nosida; iy- bas- “hukumronlik qilmoq” ma’nosida; ayat- ağïrlat- “ko‘pning hurmatini qozongan” degani; ürük uzatï – “uzoq, uzoq zamonlar” ma’nosida; nomča törüčä – nom – “qonun, qoida”, törü – “siyosat”, birgalikda “qonun-qoidalar asosida, adolat bilan” ma’nosini beradi; bodun qara – “avom, xalq” anglamida; aš- üklit- “xalqni oshirgan, ko‘paytirgan” degani. Qadimgi turkiy adabiyotda xoqonlarning elsevarligi, uning qo‘l ostida xalq tinch yashab, o‘zidan ko‘payganligi ta’riflanganda shuning singari so‘zlardan foydalanilgan; yağïsïz yawlaqsïzyağï – “yov”, yawlaq – “yovuz”, juft holda “yovsiz-yovuzsiz” degan ma’noni anglatadi. Bu birikma adabiyotda yon-veridagi ellar bilan totuv yashagan xoqonlar ta’rifida keltiriladi.

Juft so‘zlarning yuqorida keltirilgan ma’nolariga tayanib, yuqoridagi matnni hozirgi tilimizga o‘girib ko‘ramiz. U shunday bo‘ladi: “O‘sha Maxaradi elig xon behad ulug‘, boy-badavlat, omboru xazinalari don-dun, mol-mulkka to‘la, alpu mergan, kuchli cherikka ega, to‘rt tomondagi ellarni o‘ziga bo‘ysundirgan, ko‘pning hurmatini qozongan, uzoq yillar adolatli siyosat yuritgan, bo‘ysungan barcha ellarning xalqini ko‘paytirgan, yon-veri butunlay yovsiz-yovuzsiz edi”.

Matndan uzilmay, keyingi jumlani o‘qiymiz: Ol antağ osuğluğ čoğluğ yalïŋlïğ küčlüg küsünlüg elig xannïŋ uluğï xatunïnta toğmïš körgäli sewiglig, körklüg meŋizlig üč oğlanï erti (AYar.270).

Ushbu jumlada: čoğluğ yalïŋlïğ – juft holda “kuch-qudratga ega” ma’nosini beradi; küčlüg küsünlüg ham avvalgi birikmaning sinonimi. Bari birgalikda, uyushiq holda “shavkatli, cheksiz kuch-qudratga ega” degan ma’noni beradi; körklüg meŋizlig – asli “chiroyli” ma’nosida, lekin so‘z yigitlar to‘g‘risida borayotgani uchun uni “istarasi issiq” deb o‘girganimiz yaxshi. Ana shularni inobatga olganda jumlaning ma’nosi quyidagicha bo‘ladi: “Ana o‘shandayin shavkatli, cheksiz kuch-qudratga ega bo‘lgan elig xonning katta xotinidan tug‘ilgan ko‘hli-suyukli, istarasi issiq uch o‘g‘loni bo‘lar edi”.

Yana bir jihati, budda muhitida yaratilgan nasriy matnlargina emas, she’riy asarlar ham “sutra uslubi”da ijod qilingan. Budda she’rlari matnlarning o‘zida küg, taqšut, küg taqšut, šlok, padak atamalari bilan qayd etilgan. Bularning har biri qadimgi turk she’riyatining o‘ziga xos turlari bo‘lib, matn tuzilishi, qatorlardagi bo‘g‘inlar soni, qofiya tizimi, ritmi bilan ajralib turadi. Biroq ularni hozirgi o‘lchovlar bilan o‘lchamaslik kerak. Ular qadimgi turkiy poetik uslubining talablari, yozma adabiy til me’yorlaridan kelib chiqqan holda yuzaga kelgan. Hatto qofiya tizimi ham ayricha. Qadimgi turk she’rlarida satrboshi qofiya tizimi amalda bo‘lib, yetakchi ritmni ham ana shular ta’minlaydi.

Qadimgi turk diniy-falsafiy asarlarini bitishda shakllangan va muqum bir qolipga tushgan adabiy til an’anasi diniy asarlar tilida asrlar osha saqlanib keldi.


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish