Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet36/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Alifbo tizimi. Uyg‘ur alifbosida harflar o‘n sakkizta. Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘atit turk” asarida uyg‘ur alifbosini keltiradi va har bir shakl ostida arab harflari bilan ularning ma’nosini ham beradi (MK.I.47). Agar buni transkripsiyada ko‘rsatadigan bo‘lsak, o‘n sakkiz harfli mazkur alifbo tubandagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: a w x v z q y k δ m n s b č r š t l.

Alifboda harflar soni oz bo‘lishiga qaramay, uyg‘ur yozuvining imlo prinsiplari puxta ishlangan edi. Qator harflarga bir emas, bir qancha tovushni ifodalash vazifasi yuklatilgan. Ayniqsa, yozuvning keyingi bosqichida (XI–XV asrlarning yodgorliklarida) ba’zi tovushlarni farqlash maqsadida qo‘shimcha nuqta va ishoratlardan unumli foydalanilgan. Puxta imlo va qo‘shimcha grafik vositalar yozuvning imkoniyatlari keng ekanligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham uyg‘ur xati uzoq yuzyilliklar mobaynida turkiy tilning fonetik-orfoepik talablarini bemalol qondirib keldi.

Alifbo harflarining ko‘pvazifalilik xususiyati to‘g‘risida Mahmud Koshg‘ariy alohida to‘xtalgan edi. Uning ta’kidlashicha, turkiy tildagi yetti tovush uyg‘ur yozuvida o‘z belgisiga ega emas. Bular: p, ž (sirg‘aluvchi), ğ, g, ŋ hamda arabcha j, f lardir. Ushbu tovushlar yuqorida ko‘rsatilgan harflar vositasida ifoda etilgan yoki ular singari ifodalanib, qo‘shimcha belgilar bilan farqlangan (MK.I.48). Bundan yozuvda quyidagi tovushlar bir xil harflar orqali ifoda etilganligi ayon bo‘ladi: k–g, x–ğ, č–j–ž, w–f. Sonor ŋ esa yozuvda ikki harf (n+k) bilan berilgan.

Alifbo harflarining o‘z oti ham bor. Bu ot har bir harf o‘zi bildirgan tovushga “fatxa” qo‘shib hosil qilingan: a, wa, xa, va, za, qa, ya, kä, δa, ma, na, sa, ba, ča, ra, ša, ta, la. Eslashga o‘ng‘ay bo‘lsin uchun alifbo harflarini tartib bilan uchta-uchtadan birlashtirilib, awaxa, vazaqa, yakäδa, manasa, bačara, šatala ko‘rinishida o‘qilgan.

Uyg‘ur alifbosidagi harflardan uchtasi, o‘rni bilan, unlilarni ifodalashga xizmat qilgan: harfi [a]–[ä~e] unlilarini, [y] undoshini ifodalovchi harfi [ï]–[i~e] ni, harfi esa [u]–[ü]–[o]–[ö] unlilarini anglatadi.

Yozuvda hatto old va orqa qator unlilar ham farqlangan. Yozuvning bu xususiyati sug‘d xatini turkchalashtirish jarayonida vujudga kelgan edi. Chunonchi, sug‘dcha yozuvda cho‘ziq [a:] tovushi qisqa [a] dan qo‘shaloq alif orqali yozilishi bilan farqlangan. Turklar sug‘d xatini o‘zlashtirish chog‘ida uning ba’zi prinsiplarini o‘z tillariga moslashtirib olganlar. Sug‘d xatida cho‘ziqlikni anglatuvchi grafik belgilar uyg‘ur yozuvida cho‘ziq-qisqalikni emas, turkiy til uchun muhimroq bo‘lgan old va orqa qator unlilarini farqlashga xizmat qila boshladi. Turfondan topilgan qadimgi budda, moniy matnlarida so‘z boshida qo‘shaloq harfi orqa qator [a] ni, oddiy esa old qator [ä (~e)] unlisini ifodalagan. Keyinchalik orqa qator [a] tovushi uchun ham oddiy harfidan foydalaniladigan bo‘ldi. So‘z boshi va birinchi bo‘g‘inda old qator yumshoq [ö]–[ü] unlilarini ifodalash uchun ham qo‘shaloq belgidan foydalanilgan: “va” harfi yozilib, unga “ya” ulangan. Old qator lablangan unlilar yozuvda shu usul bilan orqa qator [o]–[u] unlilaridan farq qiladi.

Uyg‘ur alifbosidagi harflarning aksariyati polifonik xususiyatga ega. Buning sababi alifboning ixcham bir shaklda tuzilganligida. Turkiy xalqlar o‘tmishda foydalangan alifbolarning eng ixchami ham uyg‘ur alifbosi edi. Ixcham bir alifboda qadimgi turkiy tilning murakkab tovush tizimini ifodalash murakkab ish. Shu o‘rinda o‘yimizga “nima uchun turklar bu yozuvdan uzoq muddat foydalanib keldi, bu ularga mushkullik tug‘dirmadimi?” – degan so‘roq kelishi tabiiy. Ushbu jumboq oson hal etilganligining muhim sababi bor: uyg‘ur yozuvining imlo prinsiplari juda o‘ylab ishlab chiqilgan edi. O‘tmish yozuv amaliyotining tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yozuvning qulay yo o‘ng‘aysizligi, tilning fonetik-fonologik tizimiga qay daraja javob berganligi alifbodagi harflarning oz-ko‘pligida emas, balki imlo qoidalarining qanday tuzilganligida ekan. Aks holda, 38–40 harfli ko‘k turk alifbosidan 18–16 harfli uyg‘ur alifbosiga o‘tishning o‘zi bo‘ladimi? Buning boshqa sababi ham bor: yozuv amaliyotida harflari bir-biriga ulab yozilgan uyg‘ur xatidan foydalanish ko‘k turk xatiga ko‘ra qulayroq, kitobat ishida uning imkoniyatlari kengroq edi.


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish