Amaliy darslarni uyushtirish bo‘yicha ko‘rsatma va yo‘llanmalar
Ko‘k turk yozuvida bitilgan To‘nyuquq, Kul tigin, Bilga xoqon, O‘ngin bitiglaridan misollar olib, ularni leksik-grammatik jihatdan tahlil qilish. Uyg‘ur xoqonlig‘i davridan qolgan Mo‘yun-cho‘r, Tariat yodgorliklaridan misollar ishlash. Yenisey bitiglaridan misollar ishlash. “Irq bitigi” va uning tahlili. Uyg‘ur yozuvli yodgorliklar. “Maytri simit no‘m bitig”, “Xuastuanift”, “Oltun tusli yorug‘”, “Syuan-szan kechmishi” asarlaridan misollar olib, ularni grammatik jihatdan tahlil qilish. Qadimgi turk she’riyatidan namunalar tahlil qilish.
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida keltirilgan to‘rtliklar, xalq maqollaridan misollar ishlash. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonidan misollar olib, ularni grammatik tahlil qilish. Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibatu-l-haqoyiq” asaridan misollar tahlil qilish. “Turkiy tafsir” va uning tahlili. Nasiruddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy”, Qutbning “Xusrav va Shirin”, shuningdek, “Nahju-l-faradis”, Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarlaridan misollar olib, matnlarni semantik, grammatik jihatdan tahlil qilish.
Mavlono Lutfiyning tuyuq va g‘azallaridan misollar ishlash.
Alisher Navoiy g‘azallari tahlili. G‘azallar semantikasi. Navoiyning ruboiy va tuyuqlari. “Farhod va Shirin”, “Sab’ai sayyora”, “Saddi Iskandariy”, “Lisonu-t-tayr” dostonlaridan misollar olib, ularni lingnvistik tahlil qilish.
Navoiyning nasriy asarlaridan misollar olib, grammatik jihatdan tahlil qilish. “Muhokamatu-l-lug‘atayn” asarini o‘qib o‘rganish. “Munshoot”dagi maktublarni o‘rganish. Zahiriddin Bobur lirikasi. “Boburnoma” asaridan misollar olib, grammatik jihatdan tahlil qilish.
Boborahim Mashrab, Xuvaydo, Shermuhammad Munis, Muhammad Sharif Gulxaniy, Amiriy, Jahon otin – Uvaysiy, Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy, Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy, Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat she’rlaridan olib, ularni lingvistik jihatdan tahlil qilish. Adiblarning til imkoniyatlaridan foydalana olish mahoratini baholash.
Til tarixi, tarixiy grammatik ko‘rsatkichlar, ularning tarixiy takomilini aks ettiruvchi rasmlar, chizmalar tahlili.
Turkiy yozma yodgorliklar, o‘zbek mumtoz adabiyoti yodgorliklarining faksimil nashrlari, ko‘k turk, uyg‘ur, arab yozuvlaridagi nashrlari, transkripsion nashrlaridan olib ulardan tarqatma materiallar, slaydlar tayyorlash va amaliy mashg‘ulotlar chog‘ida ulardan foydalanish.
Internet saytlaridan turkologiya bo‘yicha e’lon qilingan matnlarni izlab topish va ulardan dars davomida foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |