To‘qqizinchi (bo‘lim). (87) O‘nta diniy aqoidni tutganimizda: uchtasi og‘iz bilan bog‘liq, uchtasi (88) ko‘ngil bilan, uchtasi qo‘l bilan, biri butun o‘zlik bilan bog‘liq (aqoidlarni) tugal tutmoq (89) kerak edi. Tangrim, bilib-bilmay vujud farog‘atiga (90) berilib, yomon yo‘ldosh, o‘rtoqlarning so‘ziga kirib, ko‘ngil bilan (91) ko‘rib, mol-mulkka hirs qo‘yib yoki hojatimizni (92) ko‘zlab bu o‘nta diniy aqoidni buzgan bo‘lsak, qancha zarar (93) yetkazgan bo‘lsak, tangrim, endi yozuqdan qutqarg‘il deya o‘tinurmiz. (94) Yozug‘imizni kechirgaysan!
Do'stlaringiz bilan baham: |