Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

Kirish  qismi,  ko‘pincha  uch  komponentdan  tuziladi. 
Birinchisi  –  unvon.  Unvon  bitig(söz)ning  kimga  tegishliligi 
(kim  tomonidan  yozdirilayotganligi)ning  qaydi,  uning  kim 
tomonidan  yozilayotganligini  dalillovchi  yorliqdir.  Masalan, 
Oltin  O‘rda  xoni  To‘xtamishning  1393  yili  polyak  qiroli 
Yag‘ayliga  yo‘llagan  yorlig‘i  Toxtamïš  sözüm  Yağaylağa
Temur  Qutlug‘ning  1397  yili  bitilgan  yorlig‘i  esa  Temür 
Qutluğ sözüm deb boshlangan.  
Shu  o‘rinda  ko‘k  turk  bitiglariga  murojaat  qilamiz.  Bilga 
xoqon  ulug‘  bitigi  Täŋri-täg  täŋri  yaratmïš  türk  Bilgä  qağan 
sabïm  jumlasi  bilan  boshlangan.  Bu  boshlama  xoqonning  el-
ulusga  yo‘llagan  yorlig‘ining  unvoni  (preambulasi)dir.  Unvon 
uch  komponentdan  tuzilgan:  birinchisi  yaratganning  e’tirofi 
(Täŋri-täg täŋri yaratmïš),  ikkinchisi  xoqonning  oti  va unvoni 
(türk  Bilgä  qağan),  uchinchisi  esa  sab  (“so‘z,  farmon, 
yorliq”)ning xoqonga qarashliligini anglatuvchi bo‘lak (sabïm). 
Birinchi  qismga  kiruvchi  Täŋri-täg  (“ko‘kday”)  so‘zi  täŋri 
(“yaratgan, tangri”)ning sifati bo‘lib, uning ko‘kday ulug‘ligiga 
ishoradir.  Ikkinchi  qismda  Bilgä  qağan  ismidan  avval 
qo‘llangan türk so‘zi ulug‘ shaxs, yurt egasining sifatidir.  
O‘rta  asrlarda  bitilgan  turkiy  yorliqlarning  boshlamasida 
ham  ba’zan  yorliq  yo‘llovchi  yurt  egasining  darajasi,  unvoni 
qo‘shib  yozilgan.  Masalan  Shohruh  Mirzoning  1422  yili 
yozilgan  nishoni  Šāhruh  bahadur  shaklida  keladi.  Ushbu 
birikmadagi bahadur so‘zi yuqori tabaqa kishilariga beriluvchi 
nisbani,  unvonni  bildiradi.  Qiyos  uchun  turkiy  yorliqlar 
boshlamasida 
qo‘llangan 
abu-l-muzaffar, 
abu-l-ğāzi: 
unvonlarini  eslash  yetarli.  Bilga  xoqon  unvonidagi  sabïm  – 
“mening  so‘zim”  degani  emas,  balki  “mening  murojaatim, 
mening  yorlig‘im”  ma’nosidadir.  Turkiy  tilning  keyingi 
bosqichida  sab  (~saw)  so‘zi  iste’moldan  chiqib,  uning  o‘rnida 
söz  kalimasi  qo‘llana  boshladi.  Endi  rasmiy  hujjatlar 


 
269
boshlamasida  ham qadimgi  sab(~saw) o‘rnini  söz egalladi.  Bu 
ham  tarixiy  an’anaga  uyg‘un  holda  “buyruq,  farmon,  yorliq” 
ma’nolarini beradi. 
Yuqoridagilarga  tayanib,  Bilga  xoqon  ulug‘  bitigi 
boshlamasini  shunday  talqin  etish  mumkin:  “Ko‘kday  (ulug‘) 
tangri yaratgan qudratli Bilga xoqon so‘zim”. Bilga xoqon ana 
shu  unvon  bilan  xalqiga,  kelajak  o‘g‘il-qizlarga  murojaat 
qilgan.  Ushbu  boshlamada  barcha  komponentlarning  to‘la-
to‘kis,  lo‘nda,  ixcham  holda  muayyan  qolipga  joylashganligi 
ko‘k  turk  hujjatchiligida  rasmiy  hujjat  unvonlarining  uslub 
jihatdan anchayin takomillashganidan darak beradi. 
O‘rta asrlarning yorliqlari (jumladan temuriylar zamonidan 
qolgan  yorliqlar)  unvonlarining  qolipi  qadimgi  turk  davriga 
ildiz otgan deyishga to‘la asos bor. Turkiy unvonlar qolipi ko‘k 
turk xoqonliqlari davrida ishlab chiqilib, zamonlar osha yozma 
til (bitig söz) uslublari bilan tengma-teng yuksalib kelgan. 
Kirishning  ikkinchi  komponenti  –  adresat  (inscriptio)
qabul qiluvchi tomon. Ushbu komponentda xat yo‘llanayotgan 
kishining oti, uning kimga yuborilayotgani qayd etilgan.  
Kirishning uchinchi komponenti – salomlashish (salutatio)
Bu komponentda xat yo‘llovchining salomi bayon qilingan.  
Bildirilgan  salomdan  keyin  maqsadga  (asosiy  qismga) 
ko‘chiladi. 
Yorliqlarning  so‘nggi  –  yakuniy  qismida  ta’rix  va 
yorliqning yozilgan yeri qayd etilgan.  
O‘tmishdan  narsani  yoki  yerni  ishlovga  olish  uchun 
berilgan  tilxatlar  ham  yetib  kelgan.  Bunday  tilxatlarning  matn 
komponenti  yorliqlardan  ajralib  turadi.  Ortig‘i  bilan  qaytarish 
evaziga olingan narsa yoki tushumidan ulush olish sharti bilan 
ishlovga olingan yer uchun yozilgan rasmiy hujjatlar (tilxatlar), 
odatda,  o‘sha  narsa  nasiyaga  olingan  sanani  qayd  etish  bilan 
boshlanadi.  Muhim  belgilaridan  biri,  tilxatlarda (odatda, uning 
oxirida)  tilxat  berayotgan  kishi,  hatto  xatni  yozgan  kotib, 
guvohlar ham qayd etiladi.  


 
270
Ortig‘i  bilan  qaytarish  evaziga  olingan  narsa  uchun 
yozilgan tilxatlarning boshlamasi uchta komponentdan tuzilgan 
bo‘ladi:  1)  qarzga  olinayotgan  sana;  2)  sabab:  qarz  oluvchiga 
qanday shart asosida kerak bo‘lgan narsa; 3) oqibat: kimdan va 
qancha narsa olinganligi. 
Albatta, bunday matnda ikkinchi va uchinchi komponentlar 
(sabab  va  oqibat)  muhimdir.  Birinchi  komponent  esa  ana  shu 
hodisaning paytini ko‘rsatishga  xizmat qiladi  va  uning  yuridik 
maqomini  mustahkamlaydi.  Matnning  birinchi  komponentini 
tashkil etuvchi sana yil, oy va kun ketma-ketligida ifoda etiladi.  
Ikkinchi  komponentda  qarz  olinishining  sababi,  qarz 
oluvchi  va  unga  qanday  shartga  rozi  bo‘lgan  sharoitda  nima 
kerak  bo‘lganligi  ta’kidlanadi.    Ushbu  komponentda  qayd 
etilayotgan  qarz  oluvchining  ismi,  odatda,  mäŋä  aniqlovchi-
izohlovchisi bilan qo‘llanadi. 
Matnning  ushbu  komponentida,  ko‘pincha,  tüškä  so‘zi 
ishlatiladi.  Bu  “ortig‘i  (foizi)  bilan  qaytarish  evaziga”  degan 
ma’noni anglatadi. Biror shart asosida kerak bo‘lgan narsa esa 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish