Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

yurja’u:n  (Hukm  Unikidir  va  Unga  qaytadilar)  deb  yozilgan. 
Ostidagi  mehrobda  esa  yozuv  yo‘q.  Uchinchi  qabrtoshning 
ishlanishi  ham  shunday.  Undagi  lavhning  ters  yog‘ida  ham 
avvalgisiday yozuvi bor. 
Ustalar  mazkur  toshlavhlarni  mahorat  bilan  ishlaganlar, 
ularning xati ham o‘ta chiroyli. Umuman, mazkur qabrtoshlarni 
o‘z  davrining  eng  ajoyib  san’at  va  arxitektura,  epigrafik 
yodgorliklari sifatida baholash mumkin.  
Yodgorliklar  ichida  trapesiya  ko‘rinishidagilarini  ham 
uchratamiz. 
Qabrtoshlarning  ancha  keyingi  davrlarda  ommalashgan 
simyog‘och  asosi  shaklida  ishlanganlari  ham  bor.  Kesh-
Shahrisabz  tevaragida  bunday  toshlar  juda  oz.  Bunday 
qabrtoshlar 
Jizzax 
viloyati 
Baxmal 
tumanidagi 
eski 
qabristonlarda  bor.  U  yerda  simyog‘och  asosi  shaklidagi 
toshlar keng tarqalgan. 
Qabrtoshlar  orasida  sopolak  shaklidagilari  ham  bor. 
Bunday  toshlarning  shakli  oddiy  bo‘lib,  ularga  naqshlar 
berilgan. Yozuvi chiroyli.   
XIV  asrning  ikkinchi  yarmi  –  XX  asr  boshlarida  qayroq 
shaklidagi  toshlar  keng  tarqalgan.  Bularning  shakli  oddiy, 
bezaklari  ham  yo‘q.  Toshga  asosan,  basmala  hamda 


 
286
marhumning  ismi-sharifi,  o‘limining  sanasi  bitilgan,  xolos.  
Bunday  toshlarni  Samarqand  viloyatining  Chelek  tumanidagi 
eski qabristonlarda uchratamiz.  
Yodgorliklar  orasida  qabr-sandiq  ham  ayricha  o‘rin  tutadi. 
Bu  yerlarda  qabr-sandiqlar,  asosan,  taxtadan  ishlangan. 
Shuning uchun ham ular o‘ralgan, usti yopiq joylar, ko‘pincha, 
maqbaralardagi  qabrlarga  qo‘yilgan.  Odatda,  qabr-sandiq 
o‘zining 
ishlanishi, 
bezaklari 
jihatidan 
qabrtoshlardan 
qolishmaydi.  Tabiiyki,  bunday  yodgorliklar  ulug‘  kishilarning 
qabriga qo‘yilgan.  Afsuski, kunimizgacha bunday yodgorliklar 
juda  oz  saqlangan.  Xuddi  shunday  qabr-sandiq  Kitob 
tumanidagi  Sulton  Said  Ahmad  (Hazrati  Bashir)  maqbarasida 
bor.  Uni  ayni  turdagi  san’at  yodgorliklarining  go‘zal 
namunalaridan  biri  deb  sanash  mumkin.  Yodgorlik  yaxshi 
saqlangan.  Faqat  u  ayni  chog‘da  go‘r  ustidan  chetga  olib 
qo‘yilibdi.  Bu  yerlik  qariyalarning  so‘ziga  qaraganda,  qabr-
sandiq  avval  go‘r  ustida  turgan.  Keyinchalik  qabrga  yangi 
marmar  o‘rnatilgach,  chetga  olib  qo‘yilgan.  Aftidan,  mazkur 
qabr-sandiq 300-330 yillar burun yasalgan. 
Islom davri qabrtoshlarida matnga jiddiy e’tibor qaratilgan. 
Bu  davr  qabrtoshlaridagi  matn  o‘z  tuzilishi,  matn  tanlash 
prinsipiga  ko‘ra  O‘rta  Osiyo  xalqlari  tomonidan  ancha  burun, 
boshqa diniy e’tiqodlar davrida yaratilgan epigrafik matnlardan 
farq  qiladi.  Muslim  xotirasiga  o‘rnatilgan  qabrtosh  islom 
madaniyatining  muhim  yodgorligidir.  Bu  davr  toshlaridagi 
matn  butkul  islomiy ruhda.  Tabiiyki,  yodnoma  matni toshning 
tuzilishi, 
kimga 
atalayotganiga 
qarab 
tanlangan. 
Yodgorliklarda  marhumga oid tarixiy  ma’lumotlardan tashqari 
islom  e’tiqodidagi  tushunchalar,  Qur’oni  karim  oyatlari  joy 
olgan. Chunonchi, e’tiborli kishilar sharafiga bitilgan yodnoma 
basmala  bilan  boshlanadi.  Bundan  tashqari  toshga  Ollohning 
ismi-sifatlari  (asmau-l-husna)  bitilgan.  Ularning  soni  turlicha: 
o‘ta  e’tiborli  yodgorliklarda  99  ta,  boshqalarida  66  yoki  33  ta 
keltiriladi.  Toshga  ba’zan  Allah,  Muhammad  so‘zlari  ham 


 
287
bitilgan.  Shuningdek,  matnda  Qur’oni  karimdan  oyatlar  ham 
keltirilgan. 
Matn  ichida  marsiyalar,  ba’zan  sharq  klassiklarining  teran 
falsafiy  baytlari  ham    joy  olgan.  Va,  eng  asosiysi,  matnda 
marhum  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  alohida  yer  egallaydi. 
Sandiqbichimli  qabrtoshlarda  bunday  ma’lumotlar  toshning 
bosh  va  oyoq  ko‘ndalangiga  bitilgan.  Bosh  tomonda  ushbu 
marqad  kimga  tegishli  ekanligi  ta’kidlansa,  oyoq  tomonda 
o‘limining ta’rixi beriladi.   
Tosh  qanchalik  soddalashgan  sari  undagi  matn  ham 
oddiylashib,  qisqara  boradi.  Ayrim  toshlarda  basmala, 
o‘likning ismi-sharifi va o‘limining sanasi qayd etilgan, xolos. 
Islom  davrida  yaratilgan  qabrtoshlar  uch  tilli:  arabcha, 
forsiy  hamda  turkiy.  Yodgorliklarda  basmala,  asmau-l-husna, 
Qur’oni  karimdan  olingan  oyatlar  arabcha  shaklda  keltirilgan. 
Marsiya  va  she’rlar,  ko‘pincha,  forsiyda  keladi.  Marhumga 
tegishli  qaydlar,  o‘limining  ta’rixi  XIV–XVI  asrlarda, 
ko‘pincha,  arab  tilida  bo‘lib,  bular  bilan  oldinma-ketin 
forschada  ham  yozila  boshlaydi.  Keyingi  davrlarda  marhum 
to‘g‘risidagi qaydlar turkiyda beriladigan bo‘ldi. 
Qabrtoshlarning  bezaklari  ham  e’tiborga  molik.  Toshlarga 
ko‘pincha  mehrob  tasviri  tushirilgan.  Ba’zi  toshlarning 
bezaklari  boy,  ta’rifiga  so‘z  ojiz.  Hatto  qirralariga  ishlangan 
ustunchalar  ham  naqshinkor.  Ustunchalar  ishlanishiga  ko‘ra 
uch  xil:  morpech  (kulala  ilon),  kungirador  hamda  bezaksiz 
ustun  shaklida.  Yana  bir  jihati,  toshlarning  yuziga  romashka 
gul, yulduzchalar o‘yib tushirilgan. Bu shakl, aftidan, shamdon 
vazifasini bajargan ko‘rinadi. 
Yana 
toshlarga 
islom 
tushunchasidagi 
abadiyat 
belgisi(svastika)ni tushirish ham mumkin bo‘lgan.  
Yozuv  toshlarga  o‘yib  yoki  bo‘rtma  shaklda  bitilgan.  Xat 
uslubi ko‘pda suls, sulsi nasx, shuningdek, nasx va nasta’liqda. 
Ba’zi  toshlarda  Allah,  Muhammad  so‘zlari  hamda  matndagi 
muhim o‘rinlar ramkalarga olinib, kufiyda ham yozilar edi. 
 


 
288
S o‘ r o q  v a  t o p sh i r i q l a r: 
 
Lurfan yozma uslublar tarixini, ularning  kelib chiqishini so‘zlab 
bering. 
Lutfan  badiiy  matnlar  uslubi  va  uning  belgilarini  ochiqlab 
bering. 
“Sutra uslubi” va uning belgilarini ta’riflang.  
O‘tmishdan  qolgan  rasmiy  yozmalarning  muhim  qirralarini 
ochib bering. 
Qadimgi  turk  monumental  matnlari  qanday  uslubda  bitilgan? 
O‘rnaklar bilan tushuntiring. 
Turli xil matnlardan olib, ularning uslubini tahlil qiling. 
Turkiy yozma yodgorliklarda tarix qanday  ko‘rinishda berilgan? 
O‘zingiz bilgan-o‘qigan matnlardan o‘rnaklar keltiring. 
O‘zbekistonning  turli  o‘lkalarida  o‘zingiz  ko‘rgan-bilgan  eski 
qabrtoshlardagi  yozuvlar  to‘g‘risida  o‘z  bilgingizcha  ma’lumot 
yig‘ing. Imkon tug‘ilsa, o‘sha yerlarga o‘qituvchingiz bilan epigrafik 
ekspeditsiya uyushtiring. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish