Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

sekiz yüz qïrq üčtä deyilganda hijriy “sakkiz yuz qirq uchinchi 


 
275
yil”  ko‘zda  tutiladi.  Undan  keyin  turkiy  muchalyil  oti 
keltiriladi. Bunday matnlarda oy otlari ham musulmon taqvimi 
asosida.  
Tabiiyki, 
keyin 
oyning 
nechanchi 
kuni 
ekanligi 
ta’kidlanadi.  Ba’zan  bunga  haftaning  kuni  ham  qo‘shib 
qo‘yiladi. 
Shuning 
singari 
bir-ikki 
o‘zgachaliklarni 
aytmaganda, komponentlarning ketma-ketligi, jumla tuzilishida 
islom  davri  matnchiligidagi  sana  bitish  an’anasi  o‘zidan 
burungi  davr  matnchiligidan  uncha  farq  qilmaydi.  Islom  davri 
matnchiligi qadimgi turk an’ananasini saqlagan. 
Badiiy  matnlardagi  ta’rix  bitish  tartibini  “Qutadg‘u 
bilig”ning 
hirot 
qo‘lyozmasidan 
olingan 
misol 
bilan 
dalillaymiz.  Chunonchi,  asar  ko‘chirib  tugallangan  o‘rindagi 
ta’rix  shunday:  Tügändi  Qutadğu  kitabï  tarix  sekiz  (yüz)  qïrq 
üč yïlta qoy yïl muhar(r)am aynïŋ törti Haruda
Yoki, ayni qo‘lyozmaning boshqa bir yerida berilgan ta’rix 
quyidagicha: Tarix sekiz yüz qïrq üčtä qoy yïl axiri muhar(r)am 
aynïŋ tört yaŋïsï Haru šahrïnda bitildi
“Hibatu-l-haqoyiq”  istanbul  nusxasining  oxiridagi  ta’rix 
esa  shunday:  Tarix  sekiz  yüz  seksän  dörtdä  toŋuz  yïlï  zulqada 
ayïnïŋ  on  yetisidä  šamba  küni  tamām  boldï.  Qutluğ  bolsun, 
davlat kelsün, mehnat ketsün tep Šayxzāda `Abdulrazzāq baxšï 
Qustantaniyada bitidi
Uyg‘ur  yozuvli  “Muhabbatnoma”ning  oxiriga  bitilgan 
ta’rix:  Qutluğ  bolsun.  Tarix  sekiz  yüz  otuz  beštä  čïčqan  yïl 
rajap aynïŋ altïsïnda Yazd šahrïnda Mir Jalāl(id)din buyurğan 
üčün bu faqir Mansur baxšï bit(i)di. 
Uyg‘ur  yozuvli  “Tazkirayi  avliyo”  asarining  yakuniga 
shunday  tarix  bitilgan:  Emdi  tazkirada  bitilgän  mašāyix 
avliyālarnïŋ hikāyat sözläri tügätildi. Tarix sekiz yüz qïrqta at 
yïl jumādul-āxira aynïŋ onïda Heruda Abu Malik baxšï bitidim. 
Ana  shunday  ta’rix  bitish  an’anasini  o‘rta  asrlarning 
yorliqlarida  ham  kuzatamiz.  Masalan,  Oltin  O‘rda  xoni 
To‘xtamishning  1393  yili  polyak  qiroli  Yag‘ayliga  uyg‘ur 


 
276
xatida  yo‘llagan  yorlig‘ining  oxirida  berilgan  ta’rix  shunday: 
Taqağu yïl tarix yeti yüz toqsan beštä rajap ayïnïŋ sekiz yaŋïda 
ordu  Tanda  erürdä  bitiglädimiz  (Tovuq  yili,  ta’rix  yetti  yuz 
to‘qson  beshda,  rajab  oyining  sakkizinchi  kuni  o‘rda  Tanda 
ekanligida yozdik).   
Oltin  O‘rda  xoni  Temur  Qutlug‘ning  1397  yili  uyg‘ur 
yozuvida  bitilib,  satrma-satr  arab  xatida  izohi  keltirilgan 
yorlig‘ida  uning  hijriy  800  yil  (=1397)  bars  yili,  sha’bon 
oyining  oltinchi  kunida  Uzu  suvining  yoqasida  Mujavaranda 
bitilganligi  qayd  etiladi:  Tarix  sekiz  yüzdä    bars  yïlï    ša`ban 
ayïnïŋ  altïnčï  künidä  Üzü  suyïnïŋ  kanarïda  Mujavaranda 
erürdä bitildi. 
Shohruhning  Hirotning  Chechakto‘ba  mavzeidagi  Talxan 
ota mozorining mujovuri Ismoil nomiga bergan uyg‘ur yozuvli 
suyurg‘alida qayd etilgan ta’rix: Tarix sekiz yüz yigirmi bešidä 
ud  yïl  muharram  aynïŋ  yigirmi  ikisidä  Bāğ-i  Šaharda  bitildi 
(Ta’rix  sakkiz  yuz  yigirma  beshinchi,  sigir  yili,  muharram 
oyining  yigirma  ikkisida  (=1422  yilning  16  yanvari)  Bog‘i 
shaharda bitildi). 
Tilxatlarda  ta’rixni  keltirish  shakli  bulardan  farq  qiladi. 
Ortig‘i  bilan  qaytarish  evaziga  olingan  narsa  yoki  tushumidan 
ulush  olish  sharti  bilan  ishlovga  olingan  yer  uchun  yozilgan 
rasmiy  hujjatlar  (tilxatlar),  odatda,  o‘sha  narsa  nasiyaga 
olingan sanani qayd etish bilan boshlanadi.  
Muhim belgilaridan biri, tilxatlarda (odatda, uning oxirida) 
tilxat berayotgan kishi, hatto xatni yozgan kotib, guvohlar ham 
qayd  etiladi.  Biroq  xatning  yozilgan  sanasi  va  bitilgan  yeri 
ko‘rsatilmaydi. 
Shu  o‘rinda  Berlinda  saqlanayotgan  Turfondan  topilgan 
uyg‘ur yozuvli rasmiy hujjatlarning sanalarini ko‘rib chiqamiz: 
U  5238  soni  bilan  saqlanayotgan  hujjat  shunday 
boshlanadi: Taqïğu yïl aram ay altï …(Tovuq yili aram oyining 
olti  ...).  Bu  o‘rinda  aram  ay  //  ram  ay  –  qadimgi  uyg‘ur 
taqvimining birinchi oyidir. 


 
277
U  5329  soni  bilan  saqlanayotgan  uch  qatorli  hujjat  Toŋuz 
yïl üčünč ay bir … (To‘ng‘iz  yili, uchinchi oyining  bir...)  deb 
boshlangan. 
U  5316  soni  bilan  saqlanayotgan  uch  mesh  may  (üč  qap 
süčük) olinganligi haqidagi to‘rt qatordan iborat bo‘lgan hujjat 
Ud yïl yitinč ay bir otuzqa (Sigir yili yettinchi oyning yigirma 
birida) deb boshlanadi.  
U  5314  soni  bilan  saqlanayotgan  besh  qatorli  hujjatning 
boshlanishi  shunday:  Tawšan  yïl  onunč  ay  tört  yigirmikä 
(Tovushqon yil o‘ninchi oyining o‘n to‘rtinchi kuni). 
U  5301  soni  bilan  saqlanayotgan  uch  qatorli  hujjatning 
boshlanishi:  Ït yïl onunč ay biš yaŋïqa (It yil o‘ninchi oyining 
beshinchi kuni). 
U 5291 soni bilan saqlanayotgan o‘n qatorli hujjat Ït yïl bir 
yigirminč  ay  tö[rt  ..]  (It  yil,  o‘n  birinchi  oyning  to‘rt  ...)  deb 
boshlangan. 
U 5284 soni bilan saqlanayotgan saqlanayotgan to‘rt qatorli 
hujjatning  boshlanishi:  Ud  yïl  č(a)xš(a)p(a)t  ay  iki  otuzqa 
(Sigir  yil  chaxshapat  oyining  yigirma  ikkinchi  kuni).  Matnda 
uchragan  čaxšapat  ay  –  ro‘za  oyi,  taqvimning  o‘n  ikkinchi 
oyidir. 
Bunday hujjatlarda keltiriluvchi ta’rix uchta komponentdan 
tuzilgan bo‘ladi: yil, oy, kun. Yil, odatda, muchalyil otlari bilan 
keltiriladi.  
Islom  davridan  avval  yaratilgan  matnlarda  oy  ikki  xil 
tartibda  berilgan:  1)  oyning  tartib  ko‘rsatkichi  aytiladi:  birinč 
ay, ikinč ay, üčünč ay  singari. Bu tartib turkiy tillar tarixidagi 
eng  eski  tartibdir;  2)  oy  qadimgi  uyg‘ur  taqvimi  (budda 
taqvimi,  moniylik  davrida  ham  turklar  ana  shu  taqvimdan 
foydalangan)  asosida  keltiriladi.  Bu  taqvimga  ko‘ra  har  qaysi 
oyning  o‘z  oti  bo‘lgan.  Masalan:  aram  ay  //  ram  ay  [r`m]    –  qadimgi  uyg‘ur  taqvimining  birinchi  oyi.  Yoki: 
čaxšapat  ay    [siksapada]  –  ro‘za  oyi,  taqvimning  o‘n 


 
278
ikkinchi  oyidir.  Ushbu  tartib  turklar  buddizm  va  moniylikni 
qabul qilganlaridan keyin ommalashdi. 
Qadimgi turklarda kunlarning oti yo‘q, ular o‘z tartibi bilan 
aytiladi.  Faqat  oyning  birinchi  kunlari  (odatda,  birinchi  o‘n 
kunlik) tilga olinganda unga yaŋï so‘zi qo‘shib aytiladi. yaŋï – 
“oyning  birinchi  kuni”  degan  ma’noni  anglatadi.  Masalan,  biš 
yaŋïqa  deyilganda  “yangi  oyning  beshinchisida,  oyning 
beshinchi kunida” deb tushuniladi. 
Islom  davridan  boshlab  hafta  kunlari  ham  ommalashdi. 
Shuning  uchun  islom  davri  matnlarida  oy  kunlaridan  keyin 
hafta kunlari ham qo‘shib qo‘yilgan. 
Demak,  turkiy  tillar  tarixidagi  sanoq  kishilik  hisob-kitob 
tushunchalarining  kelib  chiqishidan  boshlab  uning  tugal  bir 
tizimga aylanishiga qadar davom etgan uzoq asrli  taraqqiyotini 
o‘zida aks ettiradi. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish